uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️ Diqqat!

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning mediasavodxonlik darajasi va ulardagi bu bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

🖥 Unda bolalarning telefon, televizor va internetdan qanday foydalanayotgani, reklama va axborotga nisbatan munosabati o‘rganiladi.

📊 So‘rovnoma natijalari tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi va bu orqali ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

✍️ Vaqtingizdan bir necha daqiqa ajratib, so‘rovnomada ishtirok etsangiz, juda minnatdor bo‘lamiz! Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

So‘rovnomada ishtirok etish havolalari:

🔹 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun:
https://forms.gle/xfdyUuGB52EMYFqP9

🔹 Maktab psixologlari uchun:
https://forms.gle/wpxKyYd7XQwPcKFPA

🔹 Ota-onalar uchun:
https://forms.gle/XQcriGcBPAfgF38s7

🔹 O‘quvchilar uchun:
▪️ 1-sinf: https://forms.gle/tZNEVsLaEUsZQhnF8
▪️ 2-sinf: https://forms.gle/c8pvc1V98sqEDps57
▪️ 3-sinf: https://forms.gle/sFNwBqLFRNuHvhus7
▪️ 4-sinf: https://forms.gle/5FSFvtVjB1xuKfJy7

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.

Oʻzbek tili:

11-sinf Oʻzbekiston tarixi
9-sinf Oʻzbekiston tarixi
11-sinf Ona tili va adabiyot
9-sinf Ona tili va adabiyot
11-sinf matematika (chuqurlashtirilgan)
11-sinf matematika (asosiy)
9-sinf matematika
11-sinf Davlat va huquq asoslari
9-sinf Jismoniy tarbiya
11-sinf Fizika
11-sinf Biologiya
11-sinf Geografiya
11-sinf Kimyo
11-sinf Fransuz tili
11-sinf Nemis tili
11-sinf ingliz tili

Qoraqalpoq va rus tilidagi topshiriqlarni quyidagi havola orqali yuklab olishiningiz mumkin: 👉 https://talimxabarlari.uz/26229/

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon davom etmoqda.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

15-16-aprel kunlari attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilangani haqida xabar bergan edik.

Quyidagi hududlar kesimida 15-16-aprel kunlari malaka (test) sinovlarida ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Jizzax viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Namangan viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent shahri
Toshkent viloyati

Boshqa hududlardagi pedagoglar ro'yxati ham tez kunlarda e'lon qilinadi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin: 👉 /channel/uztditestbot

👉 Pedagoglar attestatsiyasi quyidagi manzillarda oʻtkaziladi: /channel/uztdi/9499

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Talaba va oʻquvchilarining amaliyot oʻtash, malaka oshirish hamda ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtiriladi

Bu Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan “Oliy va kasbiy taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilarining amaliyot oʻtash, malaka oshirish hamda ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasida ko‘zda tutilmoqda.

Unga ko‘ra:

➖ 2026/2027 o‘quv yilidan Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarini amaliyot o‘tash, malaka oshirish hamda ishga qabul qilish jarayonlari maxsus platformasi ishga tushiriladi;

Nizomga muvofiq:

➖ har yili davlat attestatsiya komissiyasining yakuniy xulosalari asosida oliy va kasbiy ta’lim tashkiloti tomonidan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformaga kiritiladi;

➖ davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlarga platformaga o‘zlari uchun kerak bo‘layotgan kadrlar, shu jumladan vakant lavozimlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi joriy etiladi;

➖ oliy va kasbiy ta’lim tashkilotining o‘z o‘zini band qilgan bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlari orqali platformaga uzatiladi.

Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Mart oyida e’lon qilingan metodik tavsiyalar dayjesti

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan o‘qituvchilarni metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TRM Metodik yordam” telegram kanali orqali videodarslar va metodik qo‘llanmalar joylashtirib borilmoqda.

Quyida e’tiboringizga mart oyida e’lon qilingan metodik tavsiyalar dayjestini havola etamiz:

🗂 Darsni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Mukammal dars qanday bo‘lishi kerak?
Hissiy tafakkur: Empatiya
Miya tanaffuslarining foydalari
“Sirli sumka” o’yini
O‘qitish richagi
Gardnerning ko‘p intellekt nazariyasi
O‘quvchilarni darsga faol jalb etish uslublari: Qo‘g‘irchoqlar
➖Bola darsdan zavqlansa, oson oʼzlashtiradi

🖐 Neyrogimnastika mashqlari
Xotira faoliyatini yaxshilash, kognitiv tezlik qobiliyatlarni oshirish va asab tizimini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar
Kognitiv tezlik va diqqatni jamlashni yaxshilovchi neyrogimnastika mashqlari
Diqqatni jamlash uchun mashqlar
Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun mashqlar
Vizual xotirani kuchaytiruvchi mashqlar

🔹 "Metodik marafon" doirasidagi seminarlar
Qashqadaryo viloyatida tashkil etiladigan "Metodik marafon" ma’ruzachilar taqdimotlari
Surxondaryo viloyatida tashkil etiladigan "Metodik marafon" ma’ruzachilar taqdimotlari

Qashqadaryo viloyatida tashkil etiladigan "Metodik marafon" seminarlarining videolari
Surxondaryo viloyatida tashkil etiladigan "Metodik marafon" seminarlarining videolari

📹 Videoyo‘riqnomalar
Grok sun’iy intellekt platformasi

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkaziladi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sport hamda boshqa tegishli vazirliklar hamkorligida joriy yilning 7-30-aprel kunlari barcha umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo’lib o’tadi.

➖ Ushbu bahslarda qatnashish ixtiyoriy boʻlib, ishtirokchilar my.sport.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtgan holda sport sinovlarini topshirishlari mumkin.

Ixtiyoriy sport sinovlar umumiy oʻrta taʻlim maktablarida qabul qilinadi. Ishtirokchilarning natijalari ushbu platformada baholanadi va oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.

📍 Gʻoliblarga maxsus Diplom, esdalik sovgʻalar hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovining I, II va III darajali koʻkrak nishonlari topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon davom etmoqda. Yuqori ball to‘plaganlarga 1-3 mln so‘mlik vaucherlar va maxsus sertifikat beriladi.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot
fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xalqaro taʼlim, zamonaviy yoʻnalishlar va kuchli ustozlar – barchasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida!

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari

🌍 Nega aynan KIUT?

✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud

✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz

Hujjat topshirish uchun:

📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari keyingi oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi

Prezident qaroriga asosan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

📄Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.

💪 Unga ko'ra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

🗓 Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun: (2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, 2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasidan boshlab):

➖birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);

➖ikkinchi bosqich – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).

❗️Taʼkidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, oʻtgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi).

Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya bo‘yicha na'munaviy testlarni quyidagi telegram bot orqali bajarishlari mumkin:

👉
/channel/uztditestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Koʻpgina pedagoglarning takliflariga asosan 2025-yil 5-aprel sanasida milliy va xalqaro sertifikatlar telegram kanalida online uchrashuvni tashkil qilamiz.

iTEP, TOEFL iBT va TOEFL iTP sertifikatlari va ularga tayyorlanish boʻyicha NEN The New Education Exam Centre masʼullari ishtirok etishadi.

Online muloqot vaqti: 17:00

Oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan ushbu guruhga (Savol yo`llash) savollaringizni yuborishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va hoziroq kanalimizga a'zo bo'ling!


📱 Murojaatlar uchun: @xalqaro_sertifikat_ustamabot
📢 Kanalga ulanish uchun: @xalqaro va milliy sertifikat

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kasbiy ta’lim ustalari attestatsiyasi: yangi nizom loyihasi e’lon qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra:


Taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish («Recognition of Prior Learning») diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.

Attestatsiyadan oʻtish uchun taʼlim ustalari qoidaga koʻra 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita Vazirlikning rasmiy veb-saytida pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.

55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, malaka toifasiz taʼlim ustasi lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

Malaka toifasiz taʼlim ustasi navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan malaka toifasiz taʼlim ustasini navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ikki marta jalb etadi. Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan taʼlim ustasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.

Muhokamada ishtirok etish: 👉 https://regulation.adliya.uz/project/4570/10631

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bugun ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olishning oxirgi kuni

✅ Joriy yilning 24-mart kuni boshlangan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 30-mart kun yakunlanadi.

💴 To‘lovlar esa 31-martgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 19-20-aprel kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/891

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Farzandingiz olimpiadada qatnashib VELOSIPED va boshqa qimmatbaho sovg'alar yutishni xohlaysizmi?

⭐️ Saralash olimpiadasi 30-MART soat 19:30 da 1-2-3-4-5-6-sinf o'quvchilari uchun bo'lib o'tadi.  Go'lib farzandingiz bo'lishi mumkin. Shoshiling!!!

Sizni nimalar kutmoqda?

🔹Matematik va mantiqiy masalalardan iborat qiziqarli savollarga javob berib, o‘z bilimingizni sinash imkoniyati.
🔹INSPIRING EDUCATION VA Abrorbek Butaev jamoasidan savollar tahlili va yangi bilimlar o‘rganish.
🔹Mukofot yutish imkoniyati!

Qo‘shimcha imkoniyatlar:

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha ga Abrorbek Butaev jamoasining ochiq va yopiq pullik kurslaridagi 1 mln so'm qiymatdagi bir nechta darslar TEKINGA taqdim etiladi!


🔥 Olimpiadada ishtirok etish BEPUL.

💡 Final bosqich 6-APRELDA OFLAYN bo'lib o'tadi.

‼️ Ro'yxatdan o'tish yo'riqnomasi.

Olimpiadaga ro'yxatdan o'tish uchun ( botga /start bering )

👉 @fikrlashnioshiramiz_bot
👉 @fikrlashnioshiramiz_bot
👉 @fikrlashnioshiramiz_bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

iTEP - International Test of English Proficiency
Ingliz tili bilish darajasini aniqlash uchun mo`ljalllangan
xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi va u nomzodlarning
Listening, Reading, Writing, Speaking, Grammar kabi
ko`nikmalarini sinovdan o`tkazadi.

📌iTEP imtixoni afzalliklari:
☑️natijalarning 24 soatda e`lon qilinishi;
☑️imtihonning 90 daqiqa davom etishi;
☑️sertifikatning magistratura va doktorantura mutaxasisliklariga qabul qilinishi;
☑️Ishga kirishda qabul qilinishi;


🔥 iTEP imtixon kuni: Dam olish kunlaridan
tashqari deyarli har kuni tashkillashtirilgan


📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tuman,
NEN The New Education test markazi

⌛️Hoziroq ro`yxatdan o`ting!

Ro`yxatdan o`tish uchun: +998930019092
Telegram | Telegram kanal

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);

🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);

🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Теперь бесплатно можно проходить диагностические тесты для аттестации педагогов на русском языке

В целях поддержки педагогов перед аттестацией, которая пройдет во первой половине 2025 года, и создания условий для подготовки к экзаменам организуются диагностические тесты по общеобразовательным предметам.

Исходя из многочисленных запросов и пожеланий, для создания более широких возможностей, диагностические тесты для аттестации педагогов теперь также доступны на русском языке.

Эти тестовые задания разработаны на основе тем и списка литературы, опубликованных Министерством дошкольного и школьного образования по квалификационным экзаменам для аттестации педагогов.

В диагностических тестах педагогу будет предложено 35 вопросов по специальности, 5 вопросов по профессиональному стандарту и 10 заданий, направленных на выявление педагогического мастерства и использование современных педагогических методов и технологий, то есть формат и количество заданий аналогичны реальному процессу аттестации.

Чтобы пройти диагностические тесты на русском языке, перейдите по следующей ссылке:

👉 /channel/uztditest_rusbot

На узбекском языке: 👉 /channel/uztditestbot

На каракалпакском языке: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

Инструкция по выполнению теста показана в видео по ссылке ниже. 👉 /channel/talimxabarlari_video/93

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️9-10-11-sinf o‘quvchilariga "IBRO-2025” olimpiadasining tuman bosqichida ishtirok etish uchun yana bir imkoniyat beriladi

Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim Axborot xizmati rahbari Shavkat Xoʻjaqulov brifingda ma'lum qilishicha "IBRO-2025” olimpiadasida roʻyxatdan oʻtgan biroq turli sabablarga koʻra qatnasha olmagan 9-10-11-sinf oʻquvchilari 10-17-aprel kunlari testbor.uz platformasida dastlabki bosqich imtihonlarini onlayn tarzda topshirishlariga imkoniyat beriladi.

Bugungi kunga qadar olimpiadaga 227 730 nafar oʻquvchi roʻyxatdan oʻtgan. Shundan 192 ming nafar matematikadan, 19 ming nafar fizikadan, 16 ming nafar oʻquvchi informatika va axborot texnologiyalari fani boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan.
Hududlar kesimida esa eng koʻp ishtirokchilar Fargʻona, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida bu koʻrsatkich nisbatan kam.

Olimpiada gʻoliblari munosib taqdirlanadi. 2–9-sinf oʻquvchilari uchun pul mukofotlari ajratiladi.

10–11-sinf oʻquvchilari oʻrtasidagi gʻolib va sovrindorlarga esa noutbuk, planshet, mobil telefonlar, aqlli soatlar va quloqchinlar taqdim etiladi. Xususan, matematika, fizika yoki informatika fanlaridan eng koʻp va eng tez yechimlarni taqdim etgan oʻquvchiga iPhone 16 smartfoni sovgʻa qilinadi.

Shuningdek, olimpiadada faollik koʻrsatgan, yuqori natijalarni qayd etgan taʼlim muassasasi jamoasiga maxsus bosh sovrin – BYD Chazor avtomobili topshiriladi. Oʻz fan yoʻnalishida TOP-10 natija qayd etgan oʻquvchilarni tayyorlagan oʻqituvchilarga ham alohida tashakkurnomalar beriladi.

Batafsil: https://bit.ly/3R9SL8H

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣Toifa testlari boshlanishiga 6 kun qoldi (15-aprel kuni 2025-yil bahorgi toifa testlari boshlanadi)

📍Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida barcha oʻquv fanlari boʻyicha test (shu jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

Test jarayonlarida ishtirok etishdan oldin yuqoridagi video-rolikni koʻrib chiqishni tavsiya qilamiz.


Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning;

birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 (35 ta mutaxassislik fandan+5 ta pedagogning kasbiy standartlaridan) ta test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

💻Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

📌Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya fanlariga 120 daqiqa, qolgan fan yoki (lavozim)larga 90 daqiqa vaqt ajratish rejalashtirilmoqda.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktab bitiruvchilari o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha yakuniy imtihondan o‘tadi va ularga elektron sertifikat beriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha yakuniy imtihondan o‘tkazish va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi to‘g‘risida"gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi.

Unga ko’ra, kasbiy ta’lim yo‘nalishiga mos kasb-hunar o‘rgangan 11-sinf bitiruvchilariga maktab direktorining buyrug‘iga asosan yakuniy imtihonni topshirishga ruxsat beriladi.

Yakuniy imtihon oʻtkaziladigan kuni va vaqti yakuniy attestatsiya komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi va yakuniy imtihon boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin hududiy kasbiy koʻnikmalar markaziga rasmiy xabar beriladi hamda maktabning kirish qismiga osib qoʻyiladi.

Yakuniy imtihonni baholash mezonlari va yakuniy imtihon savollari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, umumiy oʻrta taʼlim maktabiga yetkaziladi.

Yakuniy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.

Imtihonga uzrli sabablarga koʻra kelmagan oʻquvchilar Komissiya qaroriga asosan imtihonni shu yili 1-iyulga qadar qayta topshirishi mumkin. Qayta topshirishdan oʻta olmagan bitiruvchilarga sertifikat berilmaydi.

Bitiruvchilarga sertifikat maktab pedagogik kengashining qarori asosida elektron platforma orqali beriladi.

Bitiruvchilarga sertifikat har yili 25-iyunga qadar beriladi. Yakuniy imtihonni qayta topshirgan yoki maʼlum sabablarga koʻra kech topshirgan bitiruvchilarga sertifikat 1-iyulga qadar berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon davom etmoqda.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlar fandan ozod qilinadi.

Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga 5 baho beriladi.

Milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga quyidagicha baho qo’yiladi.

A, A+ uchun 5 baho
B, B+ uchun 4 baho
C, C+ uchun 3 baho beriladi.


Amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz qoʻllaniladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon davom etmoqda.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Diqqat! Kirish imtihonlarida tushadigan savollar standartidagi testlarni onlayn yechib 1-3 mln so’mlik vaucher yutib olishingiz mumkin!

Bugun, 5-aprel kuni soat 09:00 dan boshlab UBS oliygohi
bilan hamkorlikda Bepul onlayn imtihon boshlandi.

💵 Yuqori ball olganlarga 1-3 mln so‘mlik vaucherlar beriladi!


👍"University of Business and Science", 9️⃣ Taʼlim nazorati, 🎓Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi abituriyentlar uchun 1-ONLAYN DIAGNOSTIK TEST sinovlariga start beradi!


🎓
Ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va ular "University of Business and Science"ning 38 ta bakalavr yo‘nalishlaridan birida o'qish uchun 1-3mln so'mlik vaucher yutib olishlari mumkin bo'ladi.

✅ Testda ishtirok etish MUTLAQO BEPUL!


📚Yo‘nalish tanlang va test yechishni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Matematika + Geografiya
👉 Fizika + Matematika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Rus tili + Ona tili
👉 Rus tili + Ingliz tili
👉 Rus tili + Tarix
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


📄 Yakunda abituriyentga test tahlili va maxsus sertifikat taqdim etiladi!


👍 “University of Business and Science” — iqtisod-moliya, pedagogika, dasturlash, tibbiyot, xorijiy tillar va menejment bo‘yicha yetakchi kadrlar tayyorlaydigan nufuzli universitet.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari joy manzillari maʼlum boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)

Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)

Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi 44-maktab binosi (Buxoror shahar, Bog'ishamol ko'chasi 5-uy. Mo'ljal: oldingi Pedagogika kolleji)

Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-maktab binosi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)

Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)

Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)

Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-maktab binosi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)

Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)

Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)

Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-maktab binosi (Termiz shahri "Kattabog'" MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh. Mo'ljal: "Yashil dunyo" bozori)

Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-maktab binosi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)

Xorazm viloyati: Urganch shahridagi 17-maktab binosi (Urganch shahar "4-Yuqori bog'" mahallasi, Maxtumquli ko'chasi, 229 "A"-uy)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)

Ma’lumot uchun: joriy yilning 15-may kuni o‘tkaziladigan kasbiy sertifikat sinovlari ham ushbu manzillarda bo‘lib o‘tadi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi

✅ Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);

Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);

Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);

Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);

Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);

Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);

Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);

Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);

Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);

➖Qoraqalpoq tili
(Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan kunlar hali e'lon qilinmagan

Ayrim telegram kanallari yoki gruppalarida 2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Pedagoglardan mazkur xabarlarga eʼtibor bermasliklarini soʻrab qolamiz, zero, bu sanalar oʻtgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari oʻtkazilgan sanalar ekanligini maʼlum qilamiz.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz.

Shuningdek, yangi tartibga koʻra attestatsiya toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, shu jumladan pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib,vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Yangi tartibga koʻra, toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi (bugun 1-aprelga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadimi?-demak 11-aprelga qadar sinovlar boshlanmaydi).

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#DIQQAT_MUHIM

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida PASPORT (ID KARTA) olishlarini so‘raydi

✅Ma’lumki, abituriyentlarning OTMga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish jarayonida bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi.

❗️Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.


🧑🏻‍💻Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

❗️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 450 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning pasport ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.


Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

⚡️Farzandingizning Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.

📍Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bugun kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun ro’yxatdan o’tishning oxirgi kuni

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishmoqda.

✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

👉
Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:

➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;

➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;

➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.


Kasbiy sertifikatlashga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️CHQBT rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash haqidagi Nizom tasdiqlandi

Mudofaa vazirining 2025-yil 1-fevraldagi 108-son buyrug‘i bilan Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari lavozimiga nomzodlarni saralab olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun foizsiz ssuda beriladi

Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025-y.) ga
ko‘ra xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

Yoshlar ishlari agentligi uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan ssudani ajratish tartibini hamda olis va borish qiyin bo‘lgan hududlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida 26.03.2025-yildagi PF-61-son Prezident Farmoni

Ushbu Farmonga asosan:

👉Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!

👉
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi

🔰“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
▪️har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
▪️saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish;

📜 “El-yurt umidi” jamg‘armasiga joriy yilda “Yorqin iste’dod” loyihasi uchun 300 milliard so‘m ajratiladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

📆 2025-yil 1-iyundan:
🟢nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
🟢nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

✅ Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel