Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
ASOSIY OLIMPIADA: HUDUDLAR KESIMIDA - INTELLEKTUAL REYTING
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
🇺🇿Yakuniy natijalarga koʻra eng yetakchi hududlarni aniqlash maqsadida reyting tuzildi.
Reyting bilan batafsil postda tanishing!
📌Ma’lumot uchun olimpiadada Respublikamiz boʻylab 787 nafar 11-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Ertaga, 28-mart kuni IV oʻquv chorak darslari boshlanadi
Maktablarda 21-mart kunidan boshlangan bahorgi ta'til 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.
👉 IV oʻquv chorak darslari 2025-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
O‘zbekistonlik olimlar Amerika Qo’shma Shtatlaridagi xalqaro konferensiyada birinchi o’ringa loyiq deb topildi
“University of Business and Science” Kuzatuv kengashi raisi, texnika fanlari doktori, Professor Elyorjon Jumayevning ilmiy ishi 2025-yil 24–27-mart kunlari Las-Vegas (AQSh)da boʻlib oʻtgan Minerallar, metallar va materiallar jamiyati (TMS)ning 2025-yilgi yillik konferensiyasi doirasida tashkil etilgan tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Qayd etish lozim, UBS Oʻzbekistondan ushbu tanlovda ishtirok etgan yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlib, taqdim etilgan ilmiy ishda yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining taʼsiri chuqur tahlil qilingan.
TMS 2025 anjumani — minerallar, metallar va materiallar sohasidagi dunyo boʻylab 4 000 dan ortiq muhandis, olim va biznes yetakchilarini bir joyga toʻplaydigan nufuzli tadbir hisoblanadi. Bu yilgi anjumanda 112 ta simpozium doirasida 4 600 dan ziyod maʼruzalar taqdim etildi.
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2025-yil 16-aprel kuni “Ta’lim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy o‘qitishda raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabul qilish boshlandi.
🔹 Maqola va tezislar elektron shaklda 2025-yil 10-aprelga qadar raqamlitalim.trm.uz/conference veb-manzili orqali qabul qilinadi.
🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.
Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!
— — — — — —
🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!
🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования начался прием статей в связи с проведением 16 апреля 2025 года международной научно-практической конференции «Трансформация образовательной среды: роль цифровых технологий в современном обучении».
🔹 Статьи и тезисы принимаются в электронном виде до 10 апреля 2025 года через веб-сайт raqamlitalim.trm.uz/conference.
🔹 Подробная информация в информационном письме.
Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
Bugun, 26-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Ta'limni rivojlantirish markazi tomonidan "Metodik marafon" tashkil etilmoqda.
Ma’ruzachilari ro‘yxati:
🎙 Pardayeva Mexriniso Doniyarovna – Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi, p.f.f.d (phd), dotsent
✍️ Kirish
🎙 Xodjayeva Gulnoz Musinxonovna – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi yetakchi mutaxassisi
✍️ Taqdimot mavzusi: O‘qituvchining kasbiy so‘nishini oldini olish omillari va samarali strategiyalar
🎙 Xalmonov Umid Ochilovich – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar
Matematik savodxonlik
🎙 Shayimqulov Abdulqosim Toshpulatovich – Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Matematika darslarida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish
🎙 O‘zbekov Atham Ahmedovich – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi matematika fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Matematika darslarida innovatsion usullardan foydalanish
Tabiiy-ilmiy-savodxonlik
🎙 Ziyodullayev Nodirjon Ma’mur o‘g‘li – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi kimyo fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Zamonaviy ta’limda tabiiy-ilmiy savodxonlik: o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullari
🎙 Mahmudov Abduqodir Yusupovich – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi biologiya fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyalarni shakllantirish
O‘qish savodxonligi
🎙 Qodirova Surayyo Dustqobilovna – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutq savodxonligini oshirishning samarali usullari
🎙 Toshev Elbek Choriyevich – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi boshlang‘ich ta’lim fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) ularni amalda qo‘llash
Boshlang‘ich ta’lim
🎙 Kenjaboyeva Nigora Mamayusufovna – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
✍️ Taqdimot mavzusi: Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda tayanch maktablarning o‘rni va ahamiyati
🎙 Mavlyanova Guzal Abduxalilovna – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi boshlang‘ich ta’lim metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish
Xalqaro taʼlim, zamonaviy yoʻnalishlar va kuchli ustozlar – barchasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida!
⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.
🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari
🌍 Nega aynan KIUT?
✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud
✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz
Hujjat topshirish uchun:
📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz
📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)
Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity">YouTube
Bugun, 25-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Ta'limni rivojlantirish markazi tomonidan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun tashkil etiladigan “Skills Up: nazariyadan amaliyot sari” mavzusidagi seminarlar ma’ruzachilari ro‘yxati
🎙 Rahmonberdiyev Sirojiddin Abdulla o‘g‘li – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik xizmat ko‘rsatish va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xavfsiz rivojlantiruvchi va rag‘batlantiruvchi ta’lim muhitini tashkil etishning zamonaviy usullari
🎙 Normirzayeva Muxayyo Olimovna – Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” o‘quv kursini tashkil etish mazmun mohiyati
🎙 Rizayeva Munisxon Maxkamovna – Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha va musiqa ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Bolalarning rivojlanish xaritasini yuritish: kuzatish va yakka ishlashni rejalashtirish
🎙 Xodjayeva Gulnoz Musinxonovna – Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy metodik markazi yetakchi mutaxassisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Bog‘cha yoshidagi bolalarga chet tillarini o‘qitish
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili (turk tili) imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 2-14-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hurmatli fuqarolar!
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ish haqi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi “Oylikbot” (chat boti) o‘chirilganligini, uning o‘rniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay bo‘lgan “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushirilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur dastur ishga tushirilgandan so‘ng, xodimlar bevosita ish haqi va boshqa zarur ma’lumotlarni dasturdan yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Dasturning ishga tushirilishi haqida rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
22-mart ingliz, nemis, arab, dariy (C1), italyan (C1), turk va fransuz tili bo'yicha chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni
22-mart kuni ingliz, nemis, turk, arab, pushtu va koreys tili bo'yicha chet tili imtihonlarida ishtirok etish bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olishning oxirgi kuni.
💴 To‘lov 23-martgacha amalga oshirilishi lozim.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#sertifikat_natija
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2025-yil 22–23-fevral kunlari o‘tkazilgan matematika, fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!
Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga ikkinchi tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.
Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun barcha hududlarda 24-mart kunidan oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.
Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlov joriy yilning mart–may oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi:
➖ tuman (shahar) bosqichi – mart oyida;
➖ hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) bosqichi – aprel oyida;
➖ Respublika bosqichi – may oyida.
Ko'rik-tanlov g‘oliblari:
🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Tanlovda ishtirokchilar 2 shart asosida — blits savol-javoblar hamda taqdimot asosida kuch sinashishadi.
#Jamoatchilik_muhokamasi
Chirchiq davlat universiteti va Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi
Savol: 2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasining test sinovlari boʻlib oʻtadigan kunlar qachon eʼlon qilinadi?
Javob: Nizomning 31-bandi (yangi tahrirda) Pedagoglardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatiladi.
Vakolatli vazirliklar tomonidan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib, ularning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda vakolatli vazirlikning rasmiy veb-saytidagi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Yangi tartibga koʻra, toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi (bugun 17-martga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadimi? --demak 27-martga qadar sinovlar boshlanmaydi).
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 1-aprelda yakunlanadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishmoqda.
✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
👉 Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
Kasbiy sertifikatlashga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab taʼlimi vakillarining noqonuniy harakatlari fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda shahar IIBB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mansabdor tanishlari orqali Shayxontohur tumanida joylashgan 4 ta umumtaʼlim maktabining futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, mazkur boʻlim bosh mutaxassisi bilan oʻzaro til biriktirgan holda, maktabda faoliyat yurituvchi oʻqituvchini tumandagi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga undan 15 mln. soʻm talab qilib, ushbu pul mablagʻini bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida DXX, IJQKD va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanloviga start berilmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining birinchi — tuman (shahar) bosqichi 27-mart kuni boshlanadi.
Unda eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar viloyat bosqichida hudud birinchiligi uchun bellashishadi.
Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi
Prezidentining 19.03.2025 yildagi PF-51-son “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga 2-ilova 18-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
a) birinchi xatboshidagi “50” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:
“Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg’armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag’lari doirasida belgilanadi”.
Endi umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari 2025-yil 1-oktabrda "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin. Ya'ni 2025-yil 1-oktabrda 577 ming 500 so‘mgacha emas, balki 866 ming 250 so‘mgacha miqdorida mukofot puli beriladi.
Agar 2025-yil 1-oktyabrgacha mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshsa, mukofot puli miqdori ham oshadi.
Hozirda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Onlayn repetitsiyalarga kirishdan avval oʻzingiz toʻgʻringizdagi quyidagi maʼlumotlarni tekshirib oling!
➖ Hudud nomi;
➖ Tuman (shahar) nomi;
➖ Ish joyingiz;
➖Attestatsiyadan oʻtayotgan faningiz;
➖ Amaldagi toifangiz;
➖ Attestatsiya turi.
❗️Maʼlumotlarda noaniqliklar aniqlangan taqdirda zudlik bilan viloyatingizdagi ishchi guruhlariga murojaat qiling.
Onlayn-repetitsiyalarga quyidagi havola orqali kiriladi: https://demotest.uzedu.uz
Sayt orqali onlayn-repetitsiyalarda yanvar iyun oylarida attestatsiyasida navbatdagi-majburiy hamda navbatdan-tashqari turlari boʻyicha ishtirok etish uchun yuborgan murojaatlari QABUL QILINGAN (sinov joyi va vaqti yuborilgan) pedagoglar ishtirok etishlari mumkin.
Boshqa pedagoglar attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bajarishlari mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1 ilovasidagi 2- va 3-pozitsiyalarini amaliyotda qoʻllashda, yaʼni 2025-2026 oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilanishida baholash uchun fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlar roʻyxati vazirlikning 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75-sonli kuzatuv xati orqali hududiy boshqaruv organlariga yuborilgan edi.
Ushbu xatga qoʻshimcha tarzda 2025-yil 13-mart sanasida 03-14-769-sonli koʻrsatma xati yuborildi.
Unga koʻra, qoʻshimcha tarzda “Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi” hamda “Ixtirochilikka qadam” koʻrik tanlovlari ham umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilanishida inobatga olinishi koʻzda tutilmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bugun, 25-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Ta'limni rivojlantirish markazi tomonidan "Metodik marafon" tashkil etilmoqda.
Ma’ruzachilari ro‘yxati
🎙 Pardayeva Mexriniso Doniyarovna – Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi, p.f.f.d (phd), dotsent
✍️ Kirish
🎙 Raximova Samira Abduxalimovna – Toshkent shahrida “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali katta o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Oʻqituvchilarning kasbiy soʻnishini oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini oshirish
🎙 Sag‘dullayev Shukurullo Komil o‘g‘li – Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Sun’iy intellektdan foydalanib, darslarni samarali tashkil etish usullari
Matematik savodxonlikni rivojlantirish
🎙 Elmirzayev Parvoz Pardayevich – Qashqadaryo viloyati Kitob
tumanidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Matematika fanida fanlararo bog‘liqlikning kundalik hayotga tatbiqi
🎙 Kamolov Bahodir Baxriddinovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
✍️ Taqdimot mavzusi: PISA-2025 tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonida matematika fanining ahamiyati
Tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish
🎙 Turapov Boboumar Tashkanovich – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy interfaol usullardan foydalanish
🎙 Ergasheva Marvarid Qo‘yliyevna – Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi kimyo fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy interfaol usullardan foydalanish
Oʻqish savodxonligini rivojlantirish
🎙 Norov Otajon Shomurodovich – Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), dotsent
✍️ Taqdimot mavzusi: O‘quvchilarni kreativ fikrlashida badiiy asarlarning o‘rni
🎙 Imomnazarova O‘g‘iloy Orifnazarovna – Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘zbek tili fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: PISA xalqaro baholash dasturida o‘qish savodxonligi yo‘nalishida matn bilan ishlash
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
🎙 Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna – Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
✍️ Taqdimot mavzusi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishning innovatsion yondashuvlari
🎙 Jumayeva Maxkamtosh G‘iyosiddinovna – Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 94-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish
Zamonaviy va xalqaro darajada ta'lim beriluvchi davlat oliygohida qabul boshlandi
🔬Atrofimizdagi hamma narsa — materiallardan iborat! Telefoningizdan avtomobilingizgacha, tibbiy implantlardan energiya tizimlarigacha — bularning barchasi materialshunoslik innovatsiyalarining mahsulidir.
🧪Agar siz ham yangi materiallar yaratish, nanotexnologiyalar bilan shugʻullanish yoki ilmiy kashfiyotlar qilishni xohlasangiz – Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo'nalishi aynan siz uchun!
✨“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2025/2026-o'quv yili uchun bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga o'qishga arizalar qabuli boshlandi.
💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz
Kelajak texnologiyalari muhandislar tomonidan yaratiladi.
⚡️ Ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 24-30-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
💴 To‘lovlar esa 31-martgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 19-20- aprel kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/891
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Oʻzbekiston oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga neyron tarmoqlar boʻyicha kurslar qoʻshildi
Informatika oʻqituvchilari uchun bepul kurslarni Raqamli texnologiyalar vazirligi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda ishga tushirildi.
Kurslar doirasida oʻqituvchilar:
➖ Neyron tarmoqlar va ularning qoʻllanilishi haqida maʼlumot.
➖Python dasturlash asoslarini, jumladan, asosiy konstruksiyalar va obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash prinsiplarini oʻrganadilar.
Kurslar nazariy va amaliy darslarni oʻz ichiga oladi, bu Python dasturlash tilini avvaldan bilmasdan ham materialni oʻzlashtirish va uni oʻz ishida darhol qoʻllash imkonini beradi. Barcha materiallar ishtirokchilarda doimiy ravishda qoladi.
Kurslarning asosiy jihatlari:
➖ Python boʻyicha oltita boʻlim; ishda eng muhim mavzular va vazifalarni tanlash imkoniyati.
➖ Oʻqituvchilarga qulay vaqtda oʻqish imkonini beruvchi onlayn-format.
➖ Oʻquvchilar uchun Python dasturlash boʻyicha qoʻshimcha materiallarga va avtomatik tekshiruvga ega tayyor vazifalarga kirish imkoni.
Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havola orqali qisqa anketani toʻldirish kerak: https://shorturl.at/NmWGl
— — — — — — —
В систему непрерывного профессионального развития учителей Узбекистана добавлены курсы по нейросетям
Министерство цифровых технологий в партнерстве с Национальным научно-исследовательским институтом профессионального развития и обучения педагогов новым методикам имени Абдулла Авлони и Yandex Uzbekistan запустили бесплатные курсы для учителей информатики.
В рамках курсов учителя смогут:
➖узнать о нейросетях и их применении.
➖ освоить основы программирования на Python, включая базовые конструкции и принципы объектно-ориентированного программирования.
Курсы содержат теоретические и практические занятия, что позволяет освоить материал без предварительного знания Python и сразу применять его в дальнейшей работе. Все материалы, останутся у участников на постоянной основе.
Ключевые моменты курсов:
➖ шесть разделов по Python, с возможностью выбора тем и заданий, наиболее актуальных для работы.
➖ онлайн-формат, позволяющий учителям учиться в удобном темпе.
➖ доступ к дополнительным материалам по программированию на Python для детей и готовым задачам с автопроверкой.
Записаться можно, пройдя по ссылке и заполнив короткую анкету: https://shorturl.at/NmWGl
Maktab va bogʻcha rahbarlarining ish haqi oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan farmon imzolandi.
Unga ko‘ra:
➖2025-yil 1-sentabrdan boshlab maktab direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻcha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi maktab direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.
➖Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
➖tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzuridagi Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmatidan 810 ta shtat birligini maqbullashtirish hisobidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 5 002 taga yetkaziladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#yangilik #ulashamiz #maoshlar_oshishi
Prezident farmoni imzolandi va undagi eng muhim oʻzgarishlar (foto)
Prezident Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi Farmon imzoladi.
Farmondagi eng muhim yangiliklar:
– Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻchalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi.
– 2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
– Tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilyapti va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi.
– Hududiy boʻlinmalari xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi).
– Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda.
– Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi.
"Umid qilamanki, tizimdagi yuz minglab xodimlar hayoti, ragʻbatlanishiga doir mazkur Farmon xodimlarimiz moddiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, ularga motivatsiya beradi, ish unumdorligini oshiradi. Pedagoglar, maktabgacha va maktab tizimi moddiy tomonlama ham jozibador sohaga aylanishi lozim, davlatimiz rahbari qoʻllovlari bilan bu masala bosqichma-bosqich hal etilmoqda." - dedi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#savol_javob
Savol: Onlayn repetitsiyalarda faqat bir martagina ishtirok etish mumkinmi? Onlayn repetitsiyada olingan ballar asosiy toifa testlariga taʼsir qiladimi?
Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi
❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2025-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.
👉 IV oʻquv chorak darslari 2025-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
__________
Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта
Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2025 года (7 календарных дней).
Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2025 года.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 RAMAZON TUHFASI – BEPUL SAT DARSLARI!