Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Tez orada 2025-yil yanvar iyun oylari pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik koʻrish uchun tashkil etilgan onlayn-repetitsiyalar boshlanishi kutilmoqda.
Akademik qarzdorligi boʻlgan talabalarni oʻqishdan chetlatish taklif qilinyapti
Hukumatning “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga tegishlicha oʻzgartirish kiritish taklif qilinyapti.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishlab chiqqan Hukumat qarori loyihasiga koʻra, 824-son qaror bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 42-bandidan “Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor taʼlim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi.” soʻzlari chiqarib tashlanadi.
Yaʼni, talabalarni oʻqishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga oʻtkazish mexanizmlarini nazarda tutuvchi amaldagi 42-band, jumladan, quyidagilarni nazarda tutadi:
“…GPA (taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati) oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor taʼlim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor boʻlgan fanlarni oʻzlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi…”
O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, belgilangan toifadagi talabalar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA (grade point average) ko‘rsatkichi) “3,5” va undan yuqori bo‘lgan talabalarga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.
Bunday imtiyoz beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgacha bo‘lgan miqdorda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi abituriyentlar (keyingi o‘rinlarda - belgilangan toifadagi abituriyentlar) uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi.
Bunda muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat grantiga o‘tish balining 80 foizi va undan yuqori ball to‘plagan belgilangan toifadagi abituriyentlar ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda talabalikka tavsiya etiladi.
Mazkur imtiyoz abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamda ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirishda Davlat komissiyasi tomonidan davlat grantiga belgilangan minimal o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga nisbatan qo‘llaniladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARI DIQQATIGA!
2025-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilarning hujjatlari erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlar asosida onlayn qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilarga qulaylik yaratish va hujjat topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab etiladi:
#Abituriyent2025 #BaholashMezoni
⚡️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
💬Unga ko‘ra:
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
‼️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Abituriyent2025 #JavoblarVaraqasi
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
👉 Fanlar majmuasi bu yerda: /channel/uztdi/9223
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓ Men navbatdan tashqari malaka sinovlarida qatnashish uchun fevral oyining soʻnggi kunida murojaat yuborgandim. Ammo shaxsiy kabinetimda arizam qabul qilinganligi haqida maʼlumot chiqmayapti. Murojaatimni qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilsam boʻladi?
✅ Avvalo shuni aytib oʻtishimiz lozimki, joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilishi belgilangan malaka sinovlarida ishtirok etish uchun barcha murojaatlar 1-martga qadar, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun yuborilgan murojaatlar uchun toʻlovlar 10-martga qadar qabul qilindi.
❗️Agar siz ushbu vaqtlarga qadar murojaat yuborgan (toʻlov qilgan) boʻlsangiz, arizangiz ayni vaqtda oʻrganish jarayonida. Oʻrnatilgan tartibga koʻra, ushbu jarayonlar 25-30 kun vaqtni oʻz ichiga oladi.
👉 Shu vaqt ichida sizga oʻrganish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetingizga xabar yuboriladi.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️70 foizlik ustama oʻqituvchilarga 2 yil davomida toʻlanadi
Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimiga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bir qancha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Jumlanadi:
– pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilanadi.
Bunda qoʻshimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball eʼtiborga olinmaydi.
Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega boʻlishlari mumkin.
Ustamaning amal qilish muddati ikki yil boʻlib, muddat yakunlangandan soʻng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Aziz ayollar! Munis opa-singillar!
Barchangizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik hamda baxt-saodat tilaymiz!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi – Shavkat Mirziyoyev
Bugun Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida, ta’lim sohasiga doir islohotlarga ham aytib o’tdi.
Bu yil sharoiti ogʻir oilalardagi iqtidorli yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha “Yorqin kelajak” loyihasini boshlayapmiz. Ushbu loyiha doirasida kamida 200 nafar qizimiz har yili dunyoning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuboriladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zohidov, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov tizimi esa yana 250 ming nafar xotin-qizni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish uchun masʼul boʻladi.
Ayollari oʻqimishli va kasb-hunarli boʻlgan yurtda tinchlik va taraqqiyot boʻladi. Ayollari maʼrifatli boʻlgan xalq albatta baxtli boʻladi.
Shu bois, har bir oiladagi qizlarimiz bogʻcha, maktab bilan toʻliq qamrab olinishi, zamonaviy kasb-hunar va chet tillarini egallashi, oliy maʼlumotga ega boʻlishi uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratamiz.
Xususan, bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,5 karra koʻp. Natijada har bir mahalladan 25-30 nafar xotin-qiz oliygohlarda taʼlim olish imkoniga ega boʻladi.
Buning uchun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova har bir maktabda yuqori sinfda taʼlim olayotgan qizlarimiz bilan ishlashni individual yondashuv asosida tashkil etib, ularni oliygohlarga tayyorlaydi- deyiladi nutq davomida.
Cambridge o‘quv markazi o‘quvchilari ajoyib natijalarni taqdim etishda to‘xtamayapti!
Ushbu video qahramoni Sevinch Cambridge‘da o‘qish orqali 15 yoshida IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritdi. U 17 yoshida Toshkent xalqaro Westminster universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Xo‘sh, hali ham qaysi o‘quv markazni tanlashni bilmayapsizmi? Marhamat, Cambridge‘dagi kuchli ta‘lim tizimi, haqiqiy inglizcha muhit va Cambridge App ilovasi sizni kutmoqda.
Batafsil maʼlumotni o‘quv markaz Telegram-kanali orqali olishingiz yoki 78 777 77 74 raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib so‘rashingiz mumkin. Olg‘a!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Mazkur Farmon bilan boshqa tarmoqlar qatorida taʼlim sohasi vakillari ham orden va medallar bilan taqdirlanishdi.
Xususan:
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Axmedova Soraxon Tolipjanovna - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining maʼmuriy huquq kafedrasi professori
Saidova Dilfuza Eshkulovna - Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Jizzax viloyati
Soliyeva Uktamxon Qozoqovna - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi, shoira, Fargʻona viloyati
Sultanova Dilshoda Namazovna - Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining sanʼat kafedrasi professori, Samarqand viloyati
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Allayarova Dilfuza Mirjalilovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili fani oʻqituvchisi, marafon yuguruvchisi, Toshkent viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Yoqubjonova Shaxnoza Toʻlqinjon qizi - Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi magistranti
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Ozoda Safibullayevna - Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, Namangan viloyati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#savol_javob
Savol: Men 2021-yilda 1 toifani olgan edim. 2026-yilda mening navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish vaqtim keladi. Lekin, men 2026-yili 22-iyunda pensiya yoshiga yetaman. Men majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi? Attestatsiyadan oʻtishim shartmi?
Javob: Siz majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaysiz. Sababi, Sizda 2025-yil 1-sentyabr holatiga “yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar” uchun belgilangan imtiyoz mavjud boʻladi. Shu imtiyoz asosida Siz 2026-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan 2021-yilda olgan 1 toifa Sertifikatingizni cheksiz muddatga uzaytirib olishingiz mumkin boʻladi.
Shuningdek, Siz oʻz ixtiyoringizga koʻra, oliy toifa yoki 70% ustama olish uchun, yoki Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamaga talabgorlik qilish maqsadida attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etishingiz ham mumkin boʻladi.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!
✅ Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2025-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin.
➖ Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.
❗️O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
👇Attestatsiya va Vazir jamgʻarmasiga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi haqida ayrim tushuntirishlar
Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
❓Nechanchi kurslarga taalluqli?
✅ JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.
Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.
❓Magistrlarga taalluqlimi?
✅ JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.
Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:
1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;
2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;
3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.
❓Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
✅ JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.
❓Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?
✅ JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.
❓Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?
✅ JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.
Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi.
Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.
Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:
3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: bunday qo‘shimcha grant beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔔Ingliz tili o'qituvchilari diqqatiga: Attestatsiyadan yuqori ball olishni istaysizmi?
🔥Unda tilshunoslik sohasida so'nggi 7 yildan beri faoliyat yuritayotgan, xalqaro ingliz tili o'qituvchisi, Amerika va Germaniya Universitetlaridan double Master's holder egasi, Anglia Universitetlarida malaka oshirgan, kuzgi attestatsiyada ustozlarining yuqori natijalari bilan ajralib turgan TESOL/TEFL treyner bilan tayyorgarlik ko'ring!
⬆️Sizga ko'payib ketganday tuyulsa, yuqoridagi rasmlarni ko'rib chiqing, bular ko'p yillik mehnat, va olingan bilimlarning qog'ozdagi ifodasi xolos!
🎯Attestatsiya testlari ham aynan xalqaro imtixonlar darajasiga moslashib borayotgani uchun ham, bu tajribalar ustozlarga yuqori ballar olishda juda qo'l kelmoqda.
Shuning uchun ham bizda yuqori natijalar: 📍/channel/MaftunaFeedbackchannel.
🔥Attestatsiya Maftuna- ishonchli, sifatli va natijaga yetaklovchi kanalga hoziroq o'tib oling.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
/channel/+PVr7kTQWw8BkOWRi
❗️O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.
Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi: navbatdagi mavsum 27-martdan boshlanadi
2025-yilgi mavsum uchun tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 27-martidan boshlanishi ko‘zda tutilmoqda. Unda Respublikamiz bo‘ylab jami 7956 ta jamoa bellashadi.
Shuningdek, I, II va III-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida Prezident sovrini bilan mukofotlanadilar.
Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar esa xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Reyting #TOP1000
O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi
12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi — QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi. Ushbu reytingda jahonning 101 ta davlatidan 1756 ta universitet 55 ta fandan baholandi.
2025-yilgi reytingda O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/24376/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 15–16-mart (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.
❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
III chorak yakuni bo‘yicha markazlashgan summativ baholash sinovlari fanlar ro‘yxati
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 27-fevraldagi 72-son buyrug‘i asosida umumta’lim maktablarida markazlashgan summativ baholash sinovlari quyidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Ertaga, 10-mart attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni!
✅ Xabaringiz bor, 2024-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini haqida ma’lum qilgan edik.
Toʻlovlar miqdori:
a) DXM orqali murojaat etilganda BHMning 100 foizi (375 ming soʻm)
b) https://pedagog.uzedu.uz/ — platformasi orqali murojaat etilganda, BHMning 90 foizi (337 ming 500 soʻm)
v) my.gov.uz orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda BHMning 90 foizi (337 ming 500 soʻm)
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️10-mart kuni ayrim oliygohlarda dam olish kuni, ayrimlarida esa ish va o'qish bo'ladi
8-mart sanasi shanba kuniga to’g’ri kelganligi uchun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlarga 10-mart (dushanba) kuni qo’shimcha dam olish kuni hisoblanadi. 6 kun ishlaydigan uchun esa 10-mart ish kuni hisoblanadi.
Oliy ta'lim tashkilotlarida 10-mart kuni dam olish yoki ish kuni bo'lishi o‘qituvchilarning ish tartibiga bog‘liq. Agar o‘qituvchilar 5 kunlik ish haftasida ishlasa, unda dushanba kuni ularga dam olish kuni bo‘ladi. Demak, talabalar ham o‘qishga bormaydi.
Agar o‘qituvchilar 6 kunlik ish haftasida ishlasa, unda dushanba kuni ishga chiqadi va o‘z-o‘zidan talabalar uchun ham o‘qishlar bo‘ladi.
Shu sababli Siz dushanba kuni nima qilishingizni o‘qiydigan oliygohingizdan aniqlashtiring.
📌 Eslatib o'tamiz, maktablar 6 kunlik ish haftasida ishlaganligi uchun, 10-mart kuni maktablarda barcha uchun dars va ish vaqti bo’ladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
DTM kirish imtihonlarini o’zingizga ishonch bilan topshirmoqchimisiz?
📢 Geniuz onlayn kurslari DTM-2025 kirish imtihonlariga qadar davom etadigan (mart–iyul) tayyorgarlik marafonini boshladi!
📚 Matematika, fizika, o‘zbek va rus tillari bo‘yicha intensiv tayyorgarlik!
🗓 Birinchi hafta – mutlaqo bepul!
🏳 Darslar boshlanishi – 10-mart.
Onlayn kursda sizni kutadi:
✅ Yopiq YouTube darslari – chatda savol berish imkoniyati bilan.
✅ Har bir darsdan keyin uy vazifalari – bevosita Telegram’da.
✅ 24/7 qo‘llab-quvvatlash va barcha savollarga javoblar.
✅ Mualliflik materiallari va chek-listlar – barcha kerakli ma’lumotlar bilan.
✅ Endilikda siz dars tartibiga emas, dars sizning kun tartibingiz moslashadi – bizda istalgan joyda, hattoki telefondan ham o‘qish imkoniyati bor!
🚀 Bepul birinchi haftada safimizga qo‘shiling va hoziroq tayyorgarlikni boshlang!
👉 KURSLARGA QO'SHILISH
/channel/Geniuzdtm_bot?start=dl-1741198673320f41b53800
💖 Sizni onlayn kursda kutamiz!
⚡️2025-yil uchun Oʻzbekistonda sanatoriylar narxi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi sanatoriylar uchun 2025-yilga moʻljallangan yoʻllanmalar narxi e'lon qilindi. Bu haqida Kasprouz kanali xabar bermoqda.
📌Eng arzon yoʻllanma — Samarqand viloyatidagi «Abu Ali ibn Sino« sanatoriysi (kardiologiya va harakat-tayanch nevrologiyasiga ixtisoslashgan). Bu yerda 3 oʻrinli 1 xonali standart xonada 12 kun dam olish 3 mln 185 ming soʻm.
📌Eng qimmat yoʻllanma — Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi «Sevarsoy« sanatoriysi (nafas olish organlari va nevrologiyaga ixtisoslashgan). 2 kishilik lyuks xonada 10 kun dam olish 23 mln 80 ming soʻm.
❓Barcha yoʻllanmalar quyidagi xizmatlarni oʻz ichiga oladi:
➖Uch mahal ovqatlanish
➖Yashash
➖Sogʻlomlashtirish muolajalari
➖Madaniy tadbirlar
9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).
Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.
Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.
Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 130-son qarori
👇Attestatsiya va Vazir jamgʻarmasiga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Endilikda oʻrta-maxsus maʼlumotli pedagoglar ham attestatsiyaga jalb qilinadi
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/23261/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari