Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
⚡️Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 1-martdan boshlanadi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishlari mumkin.
✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi
👉 Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
Kasbiy sertifikatlashga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Endi pensiya yoshidagi oʻqituvchilar ham majburiy attestatsiyaga jalb etiladi
1-sentyabrgacha olingan toifalar umrbod amal qiladi. Ushbu sanadan keyin olingan toifa sertifikatlari har 5-yilda yangilanishi kerak.
Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov ma'lum qildi.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️imtihonning yozma qismi — 2-mart kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 3-14-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-27
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika fanidan – yozma;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.
11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
➖Tarix fanidan – yozma;
Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:
➖ Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
➖ Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish yakunlanishiga 3 kun qoldi ( murojaat yuborish 1-martga qadar davom etadi)
Murojaatlarni:
➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) - platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi)
➖Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali
➖davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.
📍Har bir viloyat markazida, yaʼni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalarida murojaatlarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.
✅Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa toʻlov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.
❓Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.
❗️Murojaatning oʻrganish natijalari bilan pedagoglar oʻzlarining SHAXSIY KABINETlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarga talabgorlarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari natijalarini pedagoglar oʻz shaxsiy kabinetlaridan kirib bilib olishlari mumkin
Pedagoglar test sinovlarida berilgan javoblarini va toʻplagan ballarini tekshirib koʻrishlari uchun ballar koʻrsatilgan joydagi “Batafsil koʻrish” tugmachasini bosishlari kerak boʻladi.
👇Vazir jamgʻarmasi va Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2026-yilgi Vazir jamgʻarmasidan ustama oluvchi nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlab olinadi
✅ Vazir jamgʻarmasidan ustama berish tartibiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tayyorlanayotgan Hukumatning yangi qaror loyihasiga binoan, endilikda barcha pedagoglar mazkur ustamani olishga daʼvogarlik qilishi mumkin.
❗️ Buning uchun talabgor pedagoglar malaka toifasi sinovlarida qatnashishi lozim.
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu qaror loyihasiga koʻra, kelgusi yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi uchun oʻtkaziladigan birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazilmaydi.
Keyingi bosqichga nomzodlar sifatida malaka sinovlarining birinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani koʻrsatgan uchta nomzod tanlab olinadi (hududlar kesimida fan yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlangan har bitta kvota uchun).
2026-yilgi Vazir jamgʻarmasidan ustama oluvchi nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlab olinadi. Shunday ekan, bu yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarida faol ishtirok eting.
👇Vazir jamgʻarmasi va Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Vazir jamgʻarmasiga ariza bergan nomzodlar uchun soʻrovnomalar shakllandi
Nomzod pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasiga kirib shaxsiy kabinetidan soʻrovnomani yuklab olishi va oʻzining maʼlumotlari toʻgʻriligini tekshirib koʻrishlari mumkin.
Maʼlumotlarda noaniqliklar aniqlanganda viloyat ISHCHI GURUHIGA murojaat qilishlari kerak boʻladi.
Nomzod pedagoglar ushbu havola orqali 1-bosqich sinovi uchun tayyorlangan namunaviy test savollari bilan tanishishi mumkin.
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozimligi haqida quyida ma'lumot berilgan: 👉 /channel/uztdi/9243
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat rad qilinganida yangidan toʻlov qilmasdan eski toʻlov invoysini yangi yaratilgan murojaatda foydalanish imkoniyati yaratildi.
Faqat invoys aktiv murojaatda, yaʼni murojaat holati yangi, jarayonda yoki qabul qilindi — boʻlsa invoysi raqamini oʻzgartirish yoki bu invoys raqamidan qayta foydalanish mumkin emas.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🥳 3-4-5-6-7-8 sinf o'quvchilari uchun mukofot jamg’armasi 170 mln so’m bo’lgan IMAS xalqaro matematika olimpiadasi joriy yil 2-mart kuni o’tkaziladi.
🏆 Eng faol maktab jamoalariga umumiy qiymati 120 mln. so‘m bo‘lgan “super” kitoblar jamlanmasi taqdim qilinadi.
💰 G‘oliblar va ularning Ustozlari 50 mln. so‘mlik esdalik sovg’alari bilan mukofotlanadi.
🏅 Mukofotlar haqida to’liq ma’lumot olish uchun:
👉 haqida
📹 Ro’yxatdan o’tish uchun videolar qo’llanmalar:
👉 video qo’llanmalar uchun 👈
Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi ikki usuldan biri orqali roʼyxatdan o’ting:
🌐 Sayt orqali
👉 ro’yxatdan o’tish uchun
YOKI
🌐 Bot orqali
👉 @iqtidorlarBot
Telegram / Instagram / Facebook / iqtidorlarmaktabi">You tube
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.
📌 Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan jismoniy shaxslarga 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz beriladi
“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.
Maktab psixologlarining attestatsiyasi qanday tashkil qilinadi?
2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasida maktab psixologlari ishtirok etishlari mumkin. Attestatsiya jarayonlari quyidagi muddatlarda tashkil qilinadi:
➖Yanvar-fevral oylarida mutarojaatlar (arizalar) qabul qilinadi;
➖Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
➖Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
📌Psixologlar attestatsiyasi ham ikki bosqichda oʻtkaziladi.
🔹birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 (35 ta mutaxassislik fandan+5 ta pedagogning kasbiy standartlaridan) ta test topshirigʻi beriladi.
Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.
🔹ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi
❗️Birinchi marta tashkil qilinayotgan attestatsiya «hamma uchun bir xil turda, yaʼni navbatdagi — majburiy yoki navbatdan tashqari turi boʻyicha oʻtkaziladi« — degan majburiy talab mavjdud emas.
📍Attestatsiya turini tanlanishi mehnat stajiga yoki dekret taʼtillari hamda yana bir qancha omillarga bogʻliq.
Nizomning 6 — bandidagi imtiyozlari boʻlmasa-navbatdagi majburiy attestatsiya boʻladi.
📌2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan maktab amaliyotchi-psixologlarining attestatsiyasi kimlar uchundir navbatdagi-majburiy, kimlar uchundir esa navbatdan tashqari turi boʻyicha ham boʻlishi mumkin.
👇Psixologlar ham o'zbek va rus tillaridagi diagnostik testlar bajarib ko‘rishlari mumkin (2025-yil 1-yarim yillikni tanlang):
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓Ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotganlarga ham ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari beriladimi?
OTMda o‘qiyotgan xodimga ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgani haqida xabar berganimizdan so'ng ko'pchilik ikkinchi mutaxasislikka o'qiyotgan ustozlar ✅@uztdibot telegram botimizga "Ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotganlarga ham ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari beriladimi? " degan savol bilan murojaat qilishgan.
Javob: Mehnat kodeksining 386-moddasi ko'ra:
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda beriladi. Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek tegishli darajadagi ta’lim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.
Ishni bir vaqtning o‘zida ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi ikki tashkilotdagi o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimga faqat ushbu tashkilotlarning birida (xodimning tanloviga ko‘ra) olayotgan ta’limi munosabati bilan kafolatlar va kompensatsiyalar beriladi.
Ya'ni yuqoridagi moddada BIRINCHI marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berilishi aytilgan. Ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotganlar esa ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvda belgilangan bo'lsagina kafolatlar va kompensatsiyalar berilishi mumkin.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Endilikda Vazir jamgʻarmasidan ustama olish uchun nomzodlarni saralab olishning birinchi bosqichi toifa testlari natijalari asosida amalga oshiriladi.
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 9-bandi (yangi tahrirda) ga ko‘ra, har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash ikki bosqichda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) Vazirlik har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagoglar kvotasini belgilaydi;
b) Ishchi guruh kvotani taʼlim tashkilotlari soni, fan yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglar hamda tarbiyachilar sonidan kelib chiqib, “Maktabgacha taʼlim”, “Boshlangʻich taʼlim”, “Filologiya fanlari”, “Ijtimoiy fanlar”, “Aniq fanlar”, “Tabiiy va iqtisodiy fanlar”, “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha hududlar kesimida taqsimlaydi.
v) Ishchi guruh tomonidan kvotaga mos ravishda tegishli yil uchun Jamgʻarma hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1 bosqichda – kvota belgilangan yildan avvalgi yilning yanvar-iyun va sentyabr-dekabr oylarida boʻlib oʻtgan taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishning birinchi bosqichi – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash natijalari tahlil qilinadi va nomzodlar roʻyxati shakllantiriladi hamda ikkinchi bosqichga oʻtkaziladigan nomzodlar quyidagi tartibda tanlab olinadi:
hududlar kesimida fan yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlangan har bitta kvota uchun nomzodlar orasidan malaka sinovlaridan eng yuqori natijani koʻrsatgan uchta nomzod tanlab olinadi.
Bunda:
➖ nomzodlar malaka sinovlarida bir necha marotaba ishtirok etsa yoki bir necha fandan ishtirok etgan taqdirda eng yuqori natijani qayd etgan fani boʻyicha yoki attestatsiya navbati tanlanadi;
➖ agarda nomzod ikkita fan boʻyicha ham nomzod sifatida tanlab olingan taqdirda qaysi fanni tanlash oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni tanlab olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
➖ nomzodning amaldagi malaka toifasi darajasi yuqoriligi;
➖ Vazirlik tizimidagi tashkilotlardagi koʻp yillik ish stajiga egaligi.
Yuqoridagi barcha holatlarda ham ballar teng kelib qolgan taqdirda, istisno tariqasida, pedagoglarning barchasi ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi.
⚡️Bugun toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishning oxirgi kuni!
Murojaatlarni:
➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) - platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi)
➖Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali
➖davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.
📍Har bir viloyat markazida, yaʼni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalarida murojaatlarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.
✅Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa toʻlov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.
❓Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.
❗️Murojaatning oʻrganish natijalari bilan pedagoglar oʻzlarining SHAXSIY KABINETlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
IMAS OLIMPIADASI uchun roʻyxatdan oʻtish tugashiga 1️⃣ kun qoldi!
❗️Shoshiling. Hoziroq ro'yxatdan o'ting. So'nggi kunni kutmang.
🏆 Mukofotlar haqida to’liq ma’lumot olish uchun:
👉 haqida
📹 Ro’yxatdan o’tish uchun videolar qo’llanmalar:
👉 video qo’llanmalar uchun 👈
Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi ikki usuldan biri orqali roʼyxatdan o’ting:
🖥️ Sayt orqali
👉 ro’yxatdan o’tish uchun
YOKI
📥 Bot orqali
👉 @iqtidorlarBot
Telegram / Instagram / Facebook / iqtidorlarmaktabi">You tube
Vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
Qarorda pedagoglarimizga bir nechta xushxabar bor.
Vazir jamgʻarmasi:
endilikda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar roʻyxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin. Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga daʼvogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin.
Malaka toifa sinovlari:
pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishining tartibi tasdiqlandi. Unga koʻra malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball toʻplagan pedagoglarga beriladi.
Yana bir yangilik! Endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) boʻyicha malaka sinovidan ozod qilinadi.
👇Vazir jamgʻarmasi va Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2025-yil 16-aprel kuni “Ta’lim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy o‘qitishda raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabul qilish boshlandi.
🔹 Maqola va tezislar elektron shaklda 2025-yil 10-aprelga qadar raqamlitalim.trm.uz/conference veb-manzili orqali qabul qilinadi.
🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.
Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!
— — — — — —
🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!
🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования начался прием статей в связи с проведением 16 апреля 2025 года международной научно-практической конференции «Трансформация образовательной среды: роль цифровых технологий в современном обучении».
🔹 Статьи и тезисы принимаются в электронном виде до 10 апреля 2025 года через веб-сайт raqamlitalim.trm.uz/conference.
🔹 Подробная информация в информационном письме.
Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarga talabgorlarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan mazkur jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:
➡️ https://cams.uzedu.uz/
👇Vazir jamgʻarmasi va Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️“Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” va “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlarining o‘tkazilishi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganishini tashkil etish belgilandi
📃Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining tashkil etilish holatini oʻrganish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 03-33-506-sonli xati e'lon qilindi.
❓Unga ko'ra, “Kasbiy rivojlantirish kuni” “Metodik mahorat kuni” “Kasbiy rivojlantirish soati” hamda “Metodik mahorat soati” tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash, ta’lim muassasalariga yaqindan metodik ko‘mak berish, mavjud holatni tanqidiy tahlil qilish hamda tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar berish uchun metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari metodistlari tomonidan “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” va “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlarining o‘tkazilishi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganishini tashkil etish belgilandi.
📕Bunda, 2025-yil 20-fevraldan boshlab: Metodistlar “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” va “Metodik mahorat kuniva soati” tadbirlari o‘tkaziladigan haftada tanlov asosida kamida 3 tadan ta’lim muassasalarida (2 ta maktab, 1 ta DMTT) joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazishi;
❗️Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari o‘rganishlarni tashkil etishda metodistlarga yaqindan ko‘maklashishi, qayd etilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etishga mas’ul ekanligi belgilandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🥳 3-4-5-6-7-8 sinf o'quvchilari uchun mukofot jamg’armasi 170 mln so’m bo’lgan IMAS xalqaro matematika olimpiadasi joriy yil 2-mart kuni o’tkaziladi.
🏆 Eng faol maktab jamoalariga umumiy qiymati 120 mln. so‘m bo‘lgan “super” kitoblar jamlanmasi taqdim qilinadi.
💰 G‘oliblar va ularning Ustozlari 50 mln. so‘mlik esdalik sovg’alari bilan mukofotlanadi.
🏅 Mukofotlar haqida to’liq ma’lumot olish uchun:
👉 haqida
📹 Ro’yxatdan o’tish uchun videolar qo’llanmalar:
👉 video qo’llanmalar uchun 👈
Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi ikki usuldan biri orqali roʼyxatdan o’ting:
🌐 Sayt orqali
👉 ro’yxatdan o’tish uchun
YOKI
🌐 Bot orqali
👉 @iqtidorlarBot
Telegram / Instagram / Facebook / iqtidorlarmaktabi">You tube
⚡️O'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar ko‘rib chiqildi
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.
Bugundan boshlab talabalar OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.
Quyida kimlar o‘qishni qishda ko‘chirishi mumkinligi haqida ma‘lumot berilgan: 👉 /channel/uztdi/9198
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida dam olish kunlari qanday boʻladi?
Bu yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning shanba kuniga toʻgʻri keladi.
Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.
Shunga koʻra, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:
➖8-mart, shanba – bayram kuni, dam olish kuni;
➖9-mart, yakshanba – dam olish kuni;
➖10-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 DIQQAT, E'LON!
📍Vazir jamgʻarmasi ustamasi uchun dastlabki sinov jarayonlari 25-fevral kuni oʻtkaziladi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan joriy yilda Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun 1-bosqich (test) sinov jarayonlari 25-fevral kuni oʻtkazilishi belgilandi.
Test sinovlari belgilangan yuqoridagi hududiy manzillarda “test.uzedu.uz” platformasi orqali real vaqt rejimida onlayn oʻtkaziladi.
Bunda nomzodlarning oʻzi dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi. Test sinovlari (40 ta) uchun 100 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball beriladi.
❗️ Test sinovi natijalariga koʻra, maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻl oladi.
Nomzod pedagoglar ushbu havola orqali o‘z JSHSHIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami)ini kiritib, 1-bosqich sinovi uchun tayyorlangan namunaviy test savollari bilan tanishishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz: Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan joriy yilda har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilangan.
Yakuniy natijalarga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 2024-2025-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq:
➖ eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Ariza berish uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.
Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.
👉 Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkaziladigan maktablar ro'yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Bilasizmi?
⚡️ Talabalar kontrakt to‘lovining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishi mumkin
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to’lovining 35 foizi to’lab berilishi belgilangan.
❗️Unga ko’ra, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.
Kimlarga moddiy yordam beriladi?
➖ bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga;
➖ Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga ikkinchi bosqichdan boshlab.
➖ ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qiyotgan talabalarga;
➖ Harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga.
➖ Har yili 1-fevral kunidan kechikmagan holda Yoshlar Kengashi talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlashi lozim.
➖ 10-fevral kuniga qadar talabalar Yoshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
➖ 10-fevraldan 15-fevralga qadar Yoshlar Kengashi da’vogar talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
UBS Koreyaning TOP-10 va dunyoning TOP-250 talik ro‘yxatiga kirgan universitet bilan qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻydi
“University of Business and Science” delegatsiyasining Koreyaga safari davomida Sejong universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda:
— Universitetlar oʻrtasida 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi;
— Muhandislik yoʻnalishlaridagi talabalarni qisqa muddatli amaliyotlar;
— Sejong universiteti oʻquv dasturi asosida taʼlim berish;
— Professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish.
Sejong universiteti nufuzli “Times Higher Education” tashkilotining “World University Rankings – 2025” reytingida Janubiy Koreya universitetlari orasida 7-oʻrinni, dunyo universitetlari orasida 201–250-oʻrinni egallagan.
🔗 Batafsil: ubsu.uz/items/474
👉 UBS 38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
👉 UBS 6 ta magistratura mutaxassisliklari
🌐 ubsu.uz
☎️ +998781132626
🕊@ubsuzbekistan_bot
Telegram | Instagram | Veb-sayt | UBS haqida ko‘rsatuv
❗️ Ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi!
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi.
🔖 Ishonchli manbalarga tayaning va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmang!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali