uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

OTMda o‘qiyotgan xodimga ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Mehnat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Yangi tahrirga ko’ra, 385-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda o’zgartirilishi belgilandi:

Oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:

birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida o‘n kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida o‘ttiz kalendar kun;

➖ uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yetti kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida qirq kalendar kun muddatga haq to‘lanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Boshlang‘ich ta’lim boʻyicha “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari 15-fevral kuni o‘tkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 31-yanvardagi 34-son buyrugʻiga asosan tuman (shahar)lardagi tayanch maktablarda yetakchi
oʻqituvchilar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Dastlabki “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlang‘ich ta’lim boʻyicha joriy yilning 15-fevral kuni tayanch maktablarda o‘tkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Joriy attestatsiya kimlar uchun majburiy hisoblanadi

2020-yilning noyabr-dekabr oylarida toifa sertifikatini olganlar uchun 2025- yil yanvar-iyun oylari attestatsiyasi navbatdan-tashqari, avgust-dekabr oylari attestatsiyasi esa navbatdagi majburiy boʻladi.

2020-yilda Toshkent shahridan boshqa hududlarda bahorgi attestatsiya oʻtkazilmagan, 13 ta hududda kuzda attestatsiya oʻtkazilib, sertifikatlar 2020-yil dekabr oyida rasmiylashtirib berilgan (COVID-19 pandemiyasi sababli).

👉Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

👇Attestatsiyaga tayyorgarlik uchun diagnostika testlarini quyidagi botlar yordamida bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2025-yilning 1-fevral sanasidan boshlab umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan O‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchilarning ham oylik maoshlariga 50 % miqdorida ustama haq to’lash bo’yicha hududiy boshqarmalarga yuborilgan ko’rsatma xat

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘qituvchilar uchun malaka (test) sinovlariga tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar (nazorat materiallari spetsifikatsiyasi va adabiyotlar ro‘yxati)

1. Boshlang‘ich ta’lim
2. MTT Psixolog
3. Ona tili va adabiyot
4. Tarix
5. Biologiya
6. Fizika
7. Informatika
8. Ingliz tili
9. Nemis tili
10. Fransuz tili
11. Rus tili (milliy)
12. Rus tili va adabiyoti (rus)
13. Matematika
14. Kimyo
15. Musiqa madaniyati
16. Musiqa rahbari
17. Jismoniy tarbiya
18. Iqtisodiy bilim asoslari
19. Davlat va huquq asoslari
20. CHQBT
21. Texnologiya (qiz bolalar)
22. Texnologiya (oʻgʻil bolalar)
23. Tarbiya
24. Pedagogik mahorat
25. Boshlangʻich taʼlim (qirgʻiz tilida)
26. Boshlangʻich taʼlim (tojik tilida)
27. Boshlangʻich ta’lim (turkman tilida)
28. Boshlangʻich ta’lim (rus tilida)
29. Boshlangʻich ta’lim (qozoq tilida)
30. Boshlangʻich ta’lim (qoraqalpoq tilida)
31. Defektolog-pedagog
32. Oʻzbek tili (Davlat tili)
33. Geografiya
34. Qozoq tili va adabiyoti
35. Qoraqalpoq tili va adabiyoti
36. Qoraqalpoq tili (Davlat tili)
37. Qirgʻiz tili va adabiyoti
38. Tojik tili va adabiyoti
39. Turkman tili va adabiyoti
40. Tasviriy sanʼat va chizmachilik
41. Xitoy tili
42. Koreys tili
43. Maktab psixologlari
44. MTT tarbiyachi-pedagog
45. MTT jismoniy tarbiya
46. Logopediya
47. MTT tarbiyachi-metodisti
48. Hind tili
49. Yapon tili
50. Surdopedagogika

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.


👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (76-son, 11.02.2025 y.) bilan “Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi

🔰 Ma'rifiy faoliyat – insonni shaxsiy, intellektual va ma'naviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko'nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat ta'lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblandi.

⚡️Nizom ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi va shakllarini belgilaydi hamda quyidagilarni nazarda tutadi:

🔹ma'rifiy faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakllari hamda ushbu faoliyatni amalga oshiruvchilarga nisbatan qo'yiladigan talablar;

🔹ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish shakllari (ma'ruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon, davra suhbatlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda, bevosita yoki onlayn, yakka tartibda yoki guruhlarda, pulli yoki bepul);

🔹ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shu jumladan, ushbu faoliyat tinglovchilari orasida voyaga yetmagan shaxs mavjud bo'lsa, majburiy tartibda ma'rifiy faoliyat dasturini ishlab chiqish talabi;

🔹ma'rifiy faoliyat ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va ma'rifiy faoliyatni amalga oshirishda taqiqlanadigan xatti-harakatlar.

✔️ Ma'rifiy faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tib shug'ullanish mumkin.

🔍 Ma'rifiy faoliyat bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga muvofiq pulli asosda shug'ullaniladi.

📚 14 yoshdan kichik shaxslarning ma'rifiy faoliyat tadbirlarida tinglovchi sifatida ishtirok etishlariga ularning ota-onasi (qonuniy vakillari) yozma roziligi bilan yo'l qo'yiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Bugun matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun toʻlov qilishning ohirgi kuni

📚Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni roʻyxatga olish jarayonlari 3-fevraldan 9-fevralga qadar boʻlib oʻtdi.

Toʻlovlar esa bugun, 10-fevralgacha amalga oshirilishi mumkin.

📕Test sinovlari 22-23-fevral kunlari oʻtkaziladi.

Natijalar 25-mart kuni eʼlon qilinadi.

📌Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida oʻtkaziladi.

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi.

📍Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Boshlang’ich ta’lim, matematika, ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan yangi testlar yuklandi

❗️2025-yilning 1-yarmida bo'lib o'tadigan attestatsiya jarayonlari oldidan, pedagoglar uchun tayyorlov testlari bosqichma-bosqich yuklab borilmoqda.


📌Bugundan boshlab 2025-yil 1-yarmi bo'limida quyidagi fanlardan yangi ko'rinishdagi diagnostik testlari (o'zbek tilida) e'lon qilindi:
➖Boshlang'ich ta'lim;
➖Matematika;
➖Ona tili va adabiyot;
➖Ingliz tili.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Ta'kidlash joizki, telegram botimizda barcha fanlar bo'yicha o'tgan yilgi test savollari ham joylashtirilgan. Xususan, 2024-yilning 2-yarmi bo'limiga 39 ta fan bo'yicha testlar joylashtirilgan. Ushbu testlarni ham o'zbek, rus yoki qoraqalpoq tilida bepul bajarib ko'rishingiz mumkin.

👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

Telegram botlardan foydalana olmasangiz dastlab diagnostik test ishlash yo'riqnoma ko'rishni tavsiya qilamiz: 👉 /channel/uztdi/9311

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 19-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

📌O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 812-fevral kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Talabalarga firibgarlar tomonidan “kontraktdan qarzdorligingiz bor” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilmoqda

Davlat universiteti talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram raqamlar orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor”, mazmunidagi feyk “ilovalar” yuborilmoqda.

Avvalroq, xususiy universitet talabalariga ham firibgarlar tomonidan turli telegram va SMS orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga o’tkazing!”, “Semestringizni yopishimiz kerak” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilgan edi.

📕Ma’lumot o’rnida, hech bir oliygohda kontrakt uchun pul kartaga o‘tkazilmaydi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabalar kontraktining 35% miqdori to'lab beriladi

❓O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning to’lov-kontrakt miqdorining 35% O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to’lab berish bo‘yicha arizalar qabul qilinish boshlandi.

📌Arizalar Oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari tomonidan qabul qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

«5-11-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi, 05.02.2025-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2117-2

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bugundan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatga olish boshlandi

❗️Bugun 3-fevraldan 9-fevralga qadar, matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro’yxatga olish jarayonlari bo’lib o’tadi.

To‘lovlar esa 10-fevralgacha amalga oshirilishi mumkin.

📕Test sinovlari 22-23-fevral kunlari o‘tkaziladi.

Natijalar 25-mart kuni e’lon qilinadi.

📚Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida oʻtkaziladi.

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi.

📍Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Joriy yilda pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga doir zarur adabiyotlar roʻyxati tasdiqlandi

✍️ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilda umumtaʻlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 BATAFSIL

Tez orada kanalimiz(@uztdi)da fanlar kesimida e'lon qilinadi

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Psixologlar ham diagnostika testlari orqali attestatsiyaga tayyorlanishlari mumkin

Xabaringiz bor, joriy yilda maktab psixologlari uchun ham attestatsiya imtihonlari tashkil qilinmoqda.

Psixologlar tomonidan Telegram botimiz(@Uztdibot)ga yuborilgan takliflaridan so'ng, 2025-yilning 1-yarmi uchun psixologiya fanidan ham tayyorlov testlarida ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

📕Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

👇O'zbek va rus tillaridagi diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolaga kiring:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo'shatishga taqiq joriy etildi

Qonun (O'RQ-1030-son, 13.02.2025 y.) bilan Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

⚡️ Qonun bilan Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta'til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o'rtacha ish haqini hisoblash tartibini o'zgartirishni nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.

📜 Shuningdek “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta'lim shaklida o'qishi mumkin bo'lgan ta'lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.

🚫 Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo'shatishga taqiq joriy etilmoqda.

🌐 Kiritilayotgan o'zgartirishlarga ko'ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma'lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so'rab oladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️O‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi

Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus koʻrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi.

Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

IMRAD formati asosida ilmiy maqola yozish bo‘yicha onlayn kurs!

Sizni ilmiy maqola yozishning eng samarali va xalqaro talablarga mos metodologiyasi – IMRAD formati bo‘yicha maxsus onlayn kursimizga taklif qilamiz!

Kursda nimalarni o‘rganasiz?
✅ Scopus va Web of Science jurnallarining talablari
✅ IMRAD formati asosida maqola yozish
✅ Ilmiy stil va akademik yozuv qoidalari
✅ Maqola uchun to‘g‘ri manbalarni tanlash va foydalanish
✅ Ilmiy maqolani jurnalga topshirish jarayoni

Kurs kimlar uchun?
📌 Tadqiqotchilar, doktorantlar va ilmiy maqola yozishni istagan har bir kishi uchun!

Kursning o‘tkazilish vaqti, narxi hamda shakli haqida ma'lumot olishni xohlasangiz, telegram guruhiga qo’shiling. Buning uchun ushbu havolani BOSING

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktab o'quvchilarini kasb-hunarga o'qitishda tadbirkorlarni jalb etish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (78-son, 11.02.2025 y.) bilan “O'quvchilarni kasb-hunarga o'qitishda umumiy o'rta ta'lim muassasalari va tadbirkorlik subyektlarining o'zaro hamkorlik qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

✅ Nizom o'quvchilarni kasb-hunarga o'qitishda umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o'zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.

📜 Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

▪️umumiy o'rta ta'lim muassasalari va tadbirkorlar o'rtasidagi hamkorlik yo'nalishlari;

▪️umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarni kasb-hunarga o'qitishni tashkil etish tartibi;

▪️tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to'garaklarini tashkil etish asoslari;

▪️umumiy o'rta ta'lim muassasalarining bo'sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy o'rta ta'lim muassasasi va tadbirkorlarning majburiyatlari.

📚 Kasb to'garaklariga kasbga qiziqishi bo'lgan 7–11-sinf o'quvchilari jalb etiladi.

▶️ 2025-yildan 8-sinf o'quvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.

🎓 2024/2025-o'quv yili yakunigacha maktablar bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari bo'yicha amaliy imtihondan o'tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

IBRO-2025 OLIMPIADASIGA START BERILDI!

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO-2025) tashkil etilmoqda.

Olimpiada testbor.uz ta’lim platformasida 3 bosqichda bo'lib o'tib, birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan jami 18 nafar oʻquvchilar AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant ajratiladi.


Birinchi bosqich (tuman) — onlayn tarzda 1–7-aprel kunlari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish, qatnashish va natijalarni aniqlash testbor.uz taʼlim platformasi orqali amalga oshiriladi.

Ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 13–20-may kunlarida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun ikkinchi bosqichda har bir hudud kesimida 1–5-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar saralab olinadi.

Uchinchi bosqich – Final bosqichi – 2–8-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda oʻtkaziladi. 10-11-sinf oʻquvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida oʻtkaziladi.

Eng faol ishtirok etib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin - BYD Chazor avtomobili topshiriladi.


Har bir fan kesimida yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘tish mumkin: 👉 https://testbor.uz/uz

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xushxabar

Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilarimiz uchun ajoyib yangilik.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

"Farmonga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi"— deya xabar bermoqda maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova.

#davlat_tili #ustama

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.

Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.

❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

👇Attestatsiyaga tayyorgarlik uchun diagnostika testlarini quyidagi botlar yordamida bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlari OTMlarga grant asosida qabul qilinadi – Prezident farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi kabi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida “sirkulyar iqtisodiyot” taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlaridagi davlat oliy taʼlim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va oʻquv dasturlari kiritiladi.

Oliy taʼlimda grant oʻrinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkaziladi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi taʼlim dasturlari asosida taʼlim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib boriladi.

Respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etiladi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagogik so‘rovnomada ishtirok eting va ta’lim rivojlanishiga hissa qo‘shing.

So‘rovnoma pedagog-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentikligini oshirishga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sizlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘rovnoma savollariga javob berasiz degan umiddamiz
🔹Zamonaviy metodik yondashuvlar
🔹Sun'iy intellekt – o‘qituvchi dastyori
🔹Auditoriyani boshqarish mahorati
🔹Pedagog etikasi va nutqi
🔹Raqamli savodxonlik
🔹Baholash savodxonligi
🔹Kontent tayyorlash mahorati
🔹Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish metodologiyasi
🔹Darsliklardan foydalanish metodikasi
🔹Ilmiy maqola yozish ko‘nikmalari
🔹Pedagogik keyslar muhokamasi


🟢 So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/gtvMTppkEpvAnVzd7

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🖍ATTESTATSIYA UCHUN ADABIYOTLAR🖍

Bizga qo'shiling:
👉🏻/channel/bayoznashriyoti

📦Buyurtma uchun:
👉🏻 @BAYOZ_1
👉🏻 @Komron_Bayoz
👉🏻 @bayoz_admin


☎️ +998946200408
☎️ +998912385268
☎️ +998935114320

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

UBS universiteti talabalari o'qishini Koreyada davom ettirishi mumkin

Joriy yilning 24-yanvar kuni “University of Business and Science” vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi mutasaddilari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan va Toshkent shahrida faoliyat ko'rsatib kelayotgan UBS oliygohining xalqaro munosabatlari, akademik hamkorliklar va ta’lim sohasidagi bir qator yangi imkoniyatlar haqida fikr almashildi:

— Koreyaning yetakchi universitetlari bilan 2+2, 3+1 qo‘shma ta’lim dasturlari;
— Talabalar almashinuvi;
— Talabalarni qisqa muddatli amaliyotlarga yo‘naltirish;
— O‘qishni hamkor universitetlarda davom ettirish masalalari keng muhokama qilindi.


🔗 Batafsil: ubsu.uz/items/437

Telegram | Instagram | Veb-sayt | UBS haqida ko‘rsatuv

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.

✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘qituvchilar uchun malaka (test) sinovlariga tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar (nazorat materiallari spetsifikatsiyasi va adabiyotlar ro‘yxati)

Boshlang‘ich ta’lim
Ona tili va adabiyot
Tarix
Biologiya
Fizika
Informatika
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili
Rus tili (milliy)
Rus tili va adabiyoti (rus)
Matematika
Kimyo
Musiqa madaniyati
Jismoniy tarbiya
Iqtisodiy bilim asoslari
Davlat va huquq asoslari
Texnologiya (qiz bolalar)
Texnologiya (oʻgʻil bolalar)
Tarbiya

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎥Diagnostik test ishlash yo'riqnomasi

⚡️Ushbu video davomida attestatsiyaga tayyorlov testlari qay tartibda ishlanishi bilan tanishib chiqishingiz mumkin bo'ladi.

❓Bir necha kun avval Pedagoglar attestatsiya oldidan o'z bilimlarini bepul diagnostik test qilib ko'rishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik. Ko'plab foydalanuvchilar tomonidan kelib tushgan e'tirozlardan so'ng, test ishlash tartibini ham video qo'llanma ko'rinishidan taqdim etmoqdamiz.

❗️Ma'lumot o'rnida, boshqa tildagi testlar ham aynan shu ko'rinishda ishlanadi.


👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi

“Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-14-son, 16.01.2025-y.) Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlangan.


🔰Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:

➡️oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil etiladi;

➡️“Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3 va 4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi;

➡️talabalarning amaliy mashg‘ulotlari korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu jarayon oliy ta’lim tashkiloti hamda amaliyot rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi;

➡️dual ta’lim asosida talabalarning korxonalarda faoliyat yuritgan davri uchun ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

🗓 Har yili 1-iyunga qadar dual ta’lim shaklida talabalarni qabul qiladigan korxonalar imkoniyatlari o‘rganiladi va dual ta’lim tashkil qilinadigan korxonalar ro‘yxati e’lon qilinadi.

🗓 Har yili 1-sentabrga qadar dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalarning korxonalarga biriktirilishi bo‘yicha korxona, talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuziladi.

🔍 dual ta’lim tashkil qilingan korxonalarda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar doimiy monitoring qilinadi.

🔖 Shuningdek, ushbu qaror bilan Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🟢Mazkur nizom dual ta’lim jarayonini tashkil etish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni muvofiqlashtirish, oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel