uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️Murojaat yuborish jarayonida topilmagan sertifikatlarni murojaatga qoʻshish imkoniyati yaratildi

2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish davom etmoqda.

Endilikda fan boʻyicha amaldagi toifa tanlanganida “Toifa sertifikati mavjud emas” degan xatolik chiqsa, avtomat shaklda "Sertifikatni qoʻshish" oynasi ochiladi va toʻldirib murojaatni yuborish mumkin boʻladi.

Murojaatlarni:

👉Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) — platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi)

👉Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz/uz) orqali

👉Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Turkiy davlatlar xalqaro universiteti nodavlat oliy ta'lim tashkiloti tashkil etiladi

“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-24-son, 25.01.2025 y.) qabul qilindi.


🔰 Qarorga ko‘ra, universitetda muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Universitet Respublika oliy taʼlim kengashi hamda Turkiya oliy taʼlim kengashining (Turkiya Respublikasi) muassisligidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

📌 Universitet Toshkent shahri Uchtepa tumani Kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchasi 3 va 3a-uy manzillarida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent soliq texnikumining bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

💰Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ QAT’IY ESLATMA!

Hurmatli xorijiy tillardan dars beruvchi ustozlar!

✍️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq:

2025/2026-oʻquv yiliga qadar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʻlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim.

❗️ Shu munosabat bilan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi mazkur talabdan kelib chiqqan holda, barcha xorijiy til ustozlarining 2025/2026-oʻquv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishi lozimligini qatʼiy eslatib oʻtadi.

Xorijiy til oʻqituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak: 👉 /channel/uztdi/8474

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi

“Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.


🔰Qarorga ko‘ra, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

📌 Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2025/2026-o‘quv yilidan:

➡️Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

➡️Universitet professor-o‘qituvchilari va doktorantlari yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;

➡️Yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;

➡️2026-yil 1-yanvardan Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#DIQQAT_YANGILIK.

Bizning jamoa va O’zbekiston va xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda yangi rasmiy Scopus WOS va bir nechta ilmiy bazalardan o’tgan jurnallar haqida ma’lumot berib boradigan rasmiy kanalini ochdi.

➖ Siz bu kanalda sifatli jurnallar bilan tanishib borasiz.
➖ Maqola qanday chop qilinish jarayonlarini kuzatib borasiz.
➖ Tekin bo’lgan Scopus jurnallari berib boriladi.
➖ Har bir muallifga kanal orqali murojaat bo’lsa amaliy yordam beriladi.
➖ Sizning maqolangiz plagiat yangi natijalari jurnal talabiga moslanadi.

📌 ENG MUHIMI, BU KANAL OCHILISHIDAN MAQSAD HOZIR QALBAKI JURNALLAR KO’PAYIB KETGANI. JUDA KO’P TELEGRAM KANALLARDA NOMIGA JURNALLAR MAVJUD.

Bular haqda ham ma’lumot berib boramiz. Barcha OTM guruhlarida ham e’lon qilinadi.

Biz bilan bog’lanish: @publisherscopus

Do’stlarizga ham ulashing. Kanalga obuna bo’ling👇🏽👇🏽👇🏽👇🏽👇🏽
/channel/scopusjournalwos

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Diniy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi

2025-2026-o‘quv yilida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darslik va adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Nurafshonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi

Cyber university” davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-14-son, 20.01.2025-y.) qabul qilindi.

📃Qarorga koʻra, universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatidan mustaqil boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Talabalarni oʻqitish davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi.

📕Universitetga qabul parametirlari davlat universiteti Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Kiberxavfsizlik sohasi boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Kuzatuv kengashiga yangi istiqbolli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish huquqi beriladi.

⚡️Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi.

✅Universitet faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

📍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY Yangiobod koʻchasi 42-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida universitetga oʻtkazib beriladi.

❗️Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali faoliyatini 2024/2025 oʻquv yili yakunlanganidan soʻng tugatadi va bu yerdagi talabalar oʻqishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli kurslariga belgilangan tartibda koʻchiriladi.

📚Universitetda oʻquv jarayoni 2025-yil sentyabr oyida boshlanadi.

2025/2026 oʻquv yili uchun universitetga bakalavr tayyorlash boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga 100 ta davlat grandi ajratiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Attestatsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha yana bir qator fanlardan diagnostik testlar joylashtirildi

Kecha pedagoglar attestatsiya oldidan o'z bilimlarini bepul diagnostik test qilib ko'rishlari
mumkinligi va testlar bosqichma-bosqich joylab borilayotgani haqida xabar bergan edik.

✅ Ustozlarning (@uztdibot) yuborgan talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegram botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha ham testlar joylashtirildi:

🔹Qozoq tili
🔹Tojik tili
🔹Koreys tili
🔹Nemis tili

❗️Bundan tashqari qoraqalpoq tilidagi testlar qatorga ushbu fanlar ham joylab bo'lindi:

🔹Oligofrenopedagogika
🔹Surdopedagogika

👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek va rus tilida: 👉 /channel/uztditestbot

Qoraqalpoq tilida: 👉
/channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Savol: Assalomu alaykum. Men boshlangʻich taʼlim 23-03 guruh talabasiman. Maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman. Meni bir oylik malaka oshirgani chaqirishdi. Talabalar malaka oshirishga borishadimi?

@Uztdibot telegram botimizga berilayotgan savollarga javob berishda davom etamiz.

✅ Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan maktabgacha va maktab ta'limi xodimlarning har 5 yilda belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi majburiy hamda pedagog va mutaxassis xodimlar uchun malaka oshirish kursining davomiyligi kamida 100 soat, rahbar xodimlar uchun kamida 144 soat etib belgilangan.

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 03-33-3453-son xati 2-ilovasi 11-bandida ish faoliyatini oliy ta’lim muassasasida o‘qish bilan birga olib borayotgan pedagoglar malaka oshirishga jalb qilinmasligi belgilab berilgan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

✅ Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagoglar attestatsiya oldidan o'z bilimlarini bepul diagnostik test qilib ko'rishlari mumkin

✅ Attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

📕Testlar o'zbek va qoraqalpoq tillarida bosqichma-bosqich yuklab borilmoqda. Ayni vaqtda o'zbek tilida 40 dan ortiq fanlardan diagnostik testlarni ishlashingiz mumkin bo'ladi.

❗️Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

📚Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot

Qoraqalpoq tilida: 👉
/channel/uztdi_qrtestbot

Repetitsiyada qayd etilgan natijalarning asosiy toifa testlariga umuman taʼsiri yoʻq. Natijalar hech qayerda saqlanmaydi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#savol_javob

Mening ikki nafar farzandim bogʻchaga boradi. Bogʻcha tarbiyachilari shu oydan boshlab bogʻcha puli oshganligini aytyapti. Agar toʻgʻri boʻlsa, endilikda ikki nafar bolamga qancha pul toʻlayman?

❗️ Ha, toʻgʻri. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida:

2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari belgilanganligi koʻrsatilgan.

👉 Ushbu toʻlov miqdorlari bilan yuqoridagi jadvalda batafsil tanishishingiz mumkin.

📍Maʼlumot uchun: davlat maktabgacha tashkilotiga bir oiladan boradigan bir nafar bola uchun alohida, ikki va undan ortiq bolalar uchun alohida ota-onalar toʻlovi belgilangan.

Bu tartibni poytaxtimiz misolida oladigan boʻlsak, maʼlum bir oiladan davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan bir nafar bola uchun 272 ming soʻm, oʻsha oiladan aynan shu davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan ikki va undan ortiq bolalarning har bir uchun 194 ming soʻm toʻlanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🌱 Tabiat — barchamizniki!

Tabiatni asrash — bu faqatgina davlat yoki jamiyatning emas, balki har birimizning masʼuliyatimiz.


Baʼzan juda kichikdek tuyulgan xatti-harakatlarimiz tabiatga qanchalik yomon taʼsir o‘tkazishini unutib qo‘yamiz.

Ona tabiat sofligini saqlash o‘z qo‘limizda!

📹 Youtube orqali tomosha qiling

🔺 Tabiatga mehr — kelajakka poydevor!

Manba
: "University of Business and Science"

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari(o‘zbek tilida) e’lon qilingan edi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali qoraqalpoq va rus tillaridagi namunaviy test topshiriqlari bilan ham tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 25–26-yanvar (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi quyidagi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

➖Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis;
➖Ingliz tili o‘qituvchisi;
➖Axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis;
➖Aloqa va axborot texnologiyalari bo‘linmasi mutaxassisi.

Tanlovda nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

🔹 O‘qituvchilarga:
Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja (PhD, DSc) va ilmiy unvonga (professor), shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga egaligi, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori talablariga muvofiq, kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

🔸 Mutaxassislarga:
O‘z mutaxassisliklari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari, kompyuterda ishlashni va turli xil dasturlarni o‘rnata bilishlari shart. 

Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab 1 oy muddat ichida qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3a-uy.

☎️ Murojaat uchun telefon 71-217-81-01.
⚡️ Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida arab  tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlar uchun imtiyoz bekor qilinadi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi

“Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-23-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.


🔰Qarorga ko‘ra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

✔️ Muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

🛠 Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

🔹2025/2026-o‘quv yilidan ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralari ko‘riladi.

🔸2026/2027-o‘quv yiligacha Universitetning kamida ikkita bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi ta’minlanadi.

⚙️ 2025-yildan yirik ishlab chiqarish korxonalari Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

📕 Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Теперь бесплатно можно проходить диагностические тесты для аттестации педагогов на русском языке

В целях поддержки педагогов перед аттестацией, которая пройдет во первой половине 2025 года, и создания условий для подготовки к экзаменам организуются диагностические тесты по общеобразовательным предметам.

Исходя из многочисленных запросов и пожеланий, для создания более широких возможностей, диагностические тесты для аттестации педагогов теперь также доступны на русском языке.

Эти тестовые задания разработаны на основе тем и списка литературы, опубликованных Министерством дошкольного и школьного образования по квалификационным экзаменам для аттестации педагогов.

В диагностических тестах педагогу будет предложено 35 вопросов по специальности, 5 вопросов по профессиональному стандарту и 10 заданий, направленных на выявление педагогического мастерства и использование современных педагогических методов и технологий, то есть формат и количество заданий аналогичны реальному процессу аттестации.

Чтобы пройти диагностические тесты на русском языке, перейдите по следующей ссылке:

👉/channel/uztditest_rusbot

❗️Новая серия тестов будет доступна на платформе на следующей неделе. Время начала по предметам будет объявлено в канале "Ta'lim nazorati" (@uztdi).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Murojaatdagi xatolar toʻgʻrilanib qayta murojaat yuborilganda qayta toʻlov qilinadimi?

✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli (17.09.2021 yildagi 572-son) qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda vakolatli vazirliklar tomonidan hujjatlar qabul qilinmaganligi toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar hujjat qabul qilish toʻxtatilgunga qadar kamchiliklarni tuzatgan holda hujjatlarni qayta topshirishlari mumkin. Bunda pedagog kadrdan davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim takroran undirilmaydi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida arab  tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlar uchun imtiyoz bekor qilinadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida chet tilidan arab  tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarga imtiyoz (maksimal ball) berish tartibi bekor qilinadi.

Chet tili boʻyicha barcha abituriyentlar test sinovlarida to‘liq ishtirok etadilar.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 26-dekabrdan 2025-yil 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27–29-yanvar kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#TOP1000 #Reyting

⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

Ta’lim nazorati rasmiy kanal

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Magistratura va doktoranturaga kirish endi muammo emas!

🇹🇷 Turk tili sertifikati bakalavr, magistratura va doktoranturaga qabul qilinadi. Oʻzbekistondagi yirik turk tili markazlaridan biri – Hilol Edu’da turk tilini yaxshi natija bilan oʻrganishingiz mumkin.

Kuchli va professional turk tili mutaxassislaridan tahsil olish uchun Hilol Edu turk tili markazining kurslariga yoziling!

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun

📞 33-287-88-88
33-286-88-88
33-287-78-88

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Aziz do‘stlar, guruhlarga qabul ochilganini tantanali ravishda e’lon qilamiz!

☺️ Sizlarni mamnun qilishdan xursandmiz: endi ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni va oylik ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat mavjud!

Bundan tashqari, dunyoning istalgan joyida dars berish imkoniyati ham mavjud. 🌍

Level 5 Diploma in TEFL kursi Ofqual, CCEA Regulation va Qualification Wales tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va nazorat qilinadi. Bu esa Britaniya hukumati tomonidan Level 5 TEFL Diplomi tan olinganligini anglatadi. Ushbu kurs xalqaro darajada yuqori standartlarga ega va butun dunyo bo‘ylab ish beruvchilar tomonidan e’tirof etilgan.

❗️📅 TESOL&TEFL Academy o‘quv markazida yangi guruhlar ochilishi e’lon qilinadi. Mashg‘ulotlar 30-yanvar kuni boshlanadi!

+998771750073
@TEFL_Admin_1

Havola ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/fKuREiWxhDRnRLwHA

Telegram kanalimiz:
@tesoltefl_academy

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.

Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.

So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oshgan. Lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab olmayapti.

Shu bois doktorantura kvotasini taqsimlashda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratish, ilmiy daraja va unvonlar olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida

Bugun, 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Mazkur roʻyxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi. Bular:

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600;
Oʻzbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Taʼlim yoʻnalishida ushbu universitet 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar tanlab olindi

✅ PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

📍 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O`zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

➖ Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

👉 Ma’lumot uchun: 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Mening maktabim” loyihasining ilk mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

“Ochiq budjet” portalida 14 ta tumanda sinov tarzida o‘tkazilgan “Mening maktabim” loyihasining g‘oliblari e’lon qilindi.

💰 Bunga ko‘ra, umumiy qiymati 25,7 mlrd so‘mni tashkil etgan 1 387 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Ushbu loyihalar uchun jami 38 371 nafar o‘quvchi tomonidan ovoz berilgan.

📝 G'olib loyihalar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://openbudget.uz/school/project-introduction

#mening_maktabim #open_budget

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#foydali_eslatma #abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma! Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel