Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
#savol_javob
Oilaviy sharoitga ko‘ra, kollejda o‘qishni davom ettira olmadim. Yaqinda ishga kirmoqchi bo‘lganimda kollej diplomini yoki 11-sinf attestatini so‘rashdi. Kollej yopilgan, attestatni qaerdan olsam bo‘ladi?
Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan fuqarolarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga attestat berish tartibi joriy etilgan.
Buning uchun fuqarolar har yili 1-martdan 1-mayga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun onlayn ariza berishi kerak.
Imtihonlar eksternat maktablarida may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Imtihondan muvafaqiyatli o‘tgan fuqarolarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu ro'yxatda ko‘rsatilgan 38 turdagi mahsulotlar sotuviga yo‘l qo'yish qonunchilik doirasida javobgarlikka sabab bo'ladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
“Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish yakunlanishiga 1 kun qoldi
Ertaga, 17-yanvar kuni soat 18:00 da “Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 2–11-yanvar kunlari loyihalarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng 13-yanvardan boshlab, ovoz berish bosqichi o‘tkazilmoqda.
“Ochiq budjet” portalida maktabingizdagi o‘zingiz muhim deb bilgan loyihaga ovoz berishda faol bo‘ling!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️imtihonning yozma qismi — 19-yanvar kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-15
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Vazirlik “Mehrli maktab”ning yangi filillariga ishga taklif etadi
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasining Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida tashkil etiladigan filiallariga malakali pedagoglar ishga taklif qilinadi.
📌 Bunda viloyatlardagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining gematologiya va onkologiya bo‘limlarida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish uchun quyidagi mutaxassislik yo‘nalishlari talab etiladi:
➖Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish uchun pedagog xodim (ona tili va adabiyot, matematika hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari);
➖Psixolog;
➖Tarbiyachi;
➖Tarbiyachi yordamchisi.
✔️ Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
➖ pedagog xodim lavozimiga:
oliy (pedagogik) ma’lumotli, dars berayotgan fani bo‘yicha kamida ikkinchi toifali, 3 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, rus va o‘zbek tillarini biladigan pedagoglar;
➖psixolog lavozimiga:
oliy ma’lumotli, bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega, kamida 3 yil psixolog faoliyati bilan shug‘ullangan, rus va o‘zbek tillarini biladigan mutaxassislar;
➖ tarbiyachi lavozimiga:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedagogik ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar;
➖ tarbiyachi yordamchisi lavozimiga:
o‘rta ma’lumot va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash ishlari xususiyatlari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega, kamida 3 yillik stajga ega xodimlar.
⏳ Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasining mehrlimaktab.vakant@gmail.com elektron pochta manziliga 2025-yilning 10-fevraliga qadar (shu kun ham) quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim:
➖ma’lumotnoma-obyektivka (telefon raqam);
➖pasport (ID-karta) hamda
➖oliy o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom nusxalari.
✔️ Yuqoridagi malaka talablariga mos kelgan nomzodlar orasidan munosiblari suhbat asosida ishga qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun: belgilangan qonunchilik talablariga ko‘ra, “Mehrli maktab” pedagog xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun 100 foizlik ustama beriladi va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.
⚡️Murojaatdagi xatolar toʻgʻrilanib qayta ariza yuborilganda qayta toʻlov undirilmaydi!
Attestatsiyada ishtirok etish uchun pedagoglar tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda vakolatli vazirliklar tomonidan hujjatlar qabul qilinmaganligi toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi.
Pedagog kadrlar hujjat qabul qilish toʻxtatilgunga qadar kamchiliklarni tuzatgan holda hujjatlarni qayta topshirishlari mumkin. Bunda pedagog kadrdan davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim takroran undirilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2021 yildagi 572-son, Nizom 30-band
❓Savol: Men hozirgina navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov qildim. Toʻlovim oʻtgan yoki oʻtmaganligini qanday bilsam boʻladi?
Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi
“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (1-son, 06.01.2025-y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:
🔹davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkazish;
🔹“Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining hisobini “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;
🔹Davlat bogʻlarida tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish.
🏢 Shuningdek, Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi.
✅ Davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
📜 Qaror bilan “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
🗓 Davlat bogʻchalari tarbiyalanuvchilarning sogʻlom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini taʼminlash maqsadida 2025-yil 1-iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.
✳️ 2025-yil 1-iyulgacha sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bogʻchalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish yoʻlga qoʻyilishi taʼminlanadi.
📢 Oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat qilishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2025-yilning birinchi choragida test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilandi.
YANVAR
➖ 14-yanvar
➖ 31-yanvar
FEVRAL
➖ 14-fevral
➖ 28-fevral
MART
➖ 13-mart
➖ 28-mart
❗️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.
⚠️ Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda kanilimiz (@uztdi) orqali qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili(turk tili) imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
🔔Chet tili(turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️imtihonning yozma qismi — 12-yanvar kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-08
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 DIQQAT, E'LON!
📍2025-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan pedagoglar soni belgilandi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug'i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va nomzodlarni saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.
➖ Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2025-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilandi.
📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi.
⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
📍 Ta’kidlash joiz: 2024-yilda kvota 1250 ta etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda mazkur ko‘rsatkich 1500 taga yetdi.
Tanlov va nomzod pedagoglarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Savol: 2025-yil yanvar-iyun oylari attestatsiyasiga qatnashmoqchiman, lekin roʻyxatdan oʻtmagansiz - deb javob kelyapti. Nima qilishim kerak?
Javob: Siz ONE ID-tizimi orqali roʻyxatdan oʻtgan boʻlishingiz kerak.
ONE ID-tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi bilan yuqoridagi video orqali tanishishingiz mumkin.
Shundan so‘ng ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:
👉 https://pedkadr.uzedu.uz/
👉 https://pedagog.uzedu.uz/
Pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish joriy yilning 1-martiga qadar davom etadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.
Buning uchun quyidagi havolalardan biriga kiriladi hamda ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:
👉 https://pedkadr.uzedu.uz/
👉 https://pedagog.uzedu.uz/
Pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish joriy yilning 1-martiga qadar davom etadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 Diqqat, e’lon!!!
✅ Hurmatli pedagoglar!
❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.
➖ Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2025-yil 1-martga qadar davom etadi.
👉 Murojaatlar:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedkadr.uzedu.uz va
https://pedagog.uzedu.uz/ platformasi;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar o‘z ixtisosligi bo‘yicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega bo‘ladilar, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" 2003-yil 11-avgustdagi 347-son qarori talablari qo‘llanilar edi.
Prezidentining 25.12.2024 yildagi PQ-455-son “O‘zbekiston Respublikasining "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to’g’risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” qarori 9-ilova 11-bandiga muvofiq:
Vazirlar Mahkamasining 11.08.2003 yildagi 347-son qarori 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA
Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Olimpiada joriy yili 4 bosqichda tashkil etiladi:
➖Maktab bosqichi – 1- fevralga qadar;
➖Tuman (shahar) bosqichi – 15-fevral kuniga qadar;
➖Viloyat bosqichi – 28-fevral kuniga qadar;
➖Respublika bosqichi – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha aprel oyida, aniq fanlar yo‘nalishi esa Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi sifatida may oyida bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓ Davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha ochmoqchiman. Buning uchun tanlovda ishtirok etamanmi? Mendan qanday hujjatlar talab qilinadi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi Nizom talablariga ko‘ra, xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan, nodavlat MTTni moddiy ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida tashkil etilishi mumkin.
Davlat-xususiy sheriklikni mazkur shaklda amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖ariza;
➖yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖binolarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖yong‘in nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;
➖sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;
➖xususiy sherik pedagogika xodimlarining oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumoti borligini tasdiqlovchi hujjatlar.
❗️Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
👉 Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning hududlar kesimidagi kvotasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi 408-sonli buyrug‘i bilan:
2025-yil uchun vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarning hududlar kesimidagi kvotasi;
2025-yil uchun vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarning hududlar kesimidagi kvotasi;
vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va nomzodlarni saralash bo‘yicha reglament tasdiqlangan.
➖ Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2025-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilandi.
⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim? 👉 /channel/uztdi/9243
Tanlov va nomzod pedagoglarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kasbiy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.
pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to‘xtatiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Direktor jamgʻarmasidan ustama belgilashda baholanadigan koʻrik tanlovlar roʻyxati
2025-2026-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olinadigan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlarni roʻyxati tavsiya qilinmoqda.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
UBS universiteti tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tayyorlangan ijtimoiy rolik.
Vatan himoyasi – bu shunchaki harbiy xizmat emas, balki har bir fuqaroning burchidir.
Bizning burchimiz – Vatanimizni sevish, uning tarixi va madaniyatini hurmat qilish, tinchligini taʼminlash va kelajak avlodlarimiz uchun mustahkam asos yaratishdir.
⚡️ “Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
Bugun, 13-yanvar kuni “Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Mazkur jarayon joriy yilning 17-yanvariga qadar davom etadi.
“Mening maktabim” loyihasini oʻtkazish tartibi, jumladan, loyihalarni shakllantirish, ularni saralab olish, ovoz berish hamda gʻoliblarni aniqlash jarayonlari bilan yuqoridagi infografikalar orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
“Ochiq budjet” portalida maktabingizdagi o‘zingiz muhim deb bilgan loyihaga ovoz bering!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha qabul qilingan buyruqlarni qayta koʻrib chiqish so'raldi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 9-yanvardagi 05-40-154-sonli koʻrsatma xatida ayrim joylarda 2024-yil dekabr oyi uchun direktor jamgʻarmasidan toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar joriy yilgi xarajatlar smetasining yanvar oyidagi mablagʻlari doirasida amalga oshirilmasdan, direktor jamgʻarmasi boʻyicha keyingi oylar uchun rejalashtirilgan mablagʻlarni yanvar oyiga koʻchirish orqali xodimlarga moddiy yordam toʻlanganligi aniqlangani maʼlum qilingan.
Yuqoridagilarni inobatga olib hududiy boshqarma va bo'limlardan:
➖umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli buyruqlarni har bir oy uchun direktor jamgʻarmasida rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida rasmiylashtirish, bunda:
➖birinchi navbatda, direktor jamgʻarmasidan toʻlanishi belgilangan har oylik ustama va boshqa qoshimcha toʻlovlar toʻlanishini taʼminlash;
➖ shundan soʻng, qolgan mablagʻlar hisobidan tegishli oy uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hajmidan oshib ketmagan holda zaruratga koʻra moddiy yordam koʻrsatilishini qatʼiy nazoratga olish va sun’iy ravishda mablagʻ yetishmovchilik holatlarini cheklash;
➖ umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha qabul qilingan buyruqlarni qayta koʻrib chiqish;
➖ yuqorida koʻrsatib oʻtilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan shaxsan birinchi rahbarlar javobgar ekanligini eslatib oʻtib, vazifalar ijrosini ta’minlanishini nazoratga olishingiz soʻralgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?
"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga nomzodlar qanday saralanadi? Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun nima qilish kerak ?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.
✅ Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlanadi.
🔰 Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2025-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni belgilanadi va bu kvota “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlanadi.
✅Hududiy kengashlar ushbu kvotaga asosan nomzodlarni vazirlikka taqdim etgan.
🤵 Qarorga koʻra, har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.
Nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda — nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;
2️⃣-bosqichda — umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
🏅 Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.
📢 Oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat qilishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanal
⚡️Vazir jamg'armasi uchun o'tkaziladigan saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari e‘lon qilindi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan vazir jamg'armasi uchun o'tkaziladigan saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari e‘lon qilindi:
➖ Boshlang‘ich ta’lim
➖ Matematika
➖ Fizika
➖ Geografiya
➖ Biologiya
➖ Kimyo
➖ Informatika
➖ Texnologiya (servis xizmati)
➖ Texnologiya (Texnologiya va dizayn)
➖ Tarbiya
➖ Tarix
➖ Musiqa madaniyati
➖ Jismoniy tarbiya
➖ Tasviriy san’at
➖ Ona tili va adabiyot
➖ O‘zbek tili
➖ Ingliz tili
➖ Rus tili
➖ Rus tili va adabiyoti
➖ Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➖ Fransuz tili
➖Tojik tili va adabiyoti
➖Iqtisodiy bilim asoslari
➖Koreys tili
➖Turkman tili va adabiyoti
➖Qirg'iz tili va adabiyoti
➖Nemis tili
➖Qozoq tili va adabiyoti
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Cambridge o‘quv markazida tahsil olgan 17 yoshli Azizbek Harvard University'ga 360 ming dollarlik grant yutdi
Bugungi kunda, Cambridge o’quv markazi o’quvchilari nafaqat yuqori IELTS natijalar, balki nufuzli universitetlar talabasi bo’lib ham barchani xursand qilmoqda.
Sizda ham 2025-yil davomida ingliz tilini sifatli o’rganib, yuqori natijalarni amalga oshirish imkoni bor.
Kurslar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
Murojaat uchun telefon: 78 777 77 74
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🩵🩵🩵
8-mart kuni SAT digitalning navbatdagi imtihoni bo’lib o’tadi.8-Yanvarda esa suhbat.
1 000 000 so’m mukofot.
SAT orqali matematika fani ustozlari 50% ustama olishi mumkin.8-yanvar 20:30 da esa SAT haqida ovozli suhbat qilamiz.
Suhbat davomida mendan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Kamina Rasulov Shaxzod ustama beradigan barcha xalqaro sertifikatlar sohibi va natijalarim GMAT 48/51 GRE 167/170 SAT DIGITAL 790/800.Hozirgacha 500+ ustozlarga xalqaro sertifikat olishlariga yordam berganman.
Suhbatda qatnashgan ustozlardan biriga 1.000.000 (1 mln so’m) pul mukofoti jonli efirda tavakkal tanlangan holda karta raqamiga ko’chirib beriladi.Suhbat bo’ladigan kanal
👇👇👇👇👇👇
📱@SATUSTAMA
📱 @SATUSTAMA
❓Bogʻchalardagi metodist shtati direktor oʻrinbosariga oʻzgartirilibdi, shu toʻgʻrimi? Ularning oylik maoshi hamda vazifalari qanday belgilanadi?
❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida:
➖ 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda.
✅ Ushbu lavozim maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda tashkil etiladi.
👉 Maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari taʼlim sifatini taʼminlash, pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, taʼlim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish vazifalarini bajarishi koʻzda tutilgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️20 foizlik ustama to‘lanadigan mentor-o‘qituvchilar qanday tanlab olinadi?
Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha maktablarda “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari joriy etiladi.
Ushbu tadbirlarni tashkil etish har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻquv yilining boshlanishiga qadar:
Maktablarda fanlar (yoki fanlar bloki) kesimida “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etishga masʼul boʻlgan yetakchi oʻqituvchilar roʻyxati shakllantiriladi.
fanlar (yoki fan bloklari) kesimida har biri 25-30 nafar yetakchi oʻqituvchilardan (imkoniyatdan kelib chiqqan holda tegishli fandan dars beruvchi barcha oʻqituvchilardan) iborat ishtirokchilar guruhlari shakllantiriladi va tasdiqlanadi;
malakali oʻqituvchilar orasidan tanlab olish asosida har bir guruh uchun 1 nafardan mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi va tasdiqlash uchun hududiy ishchi guruhga taqdim etiladi.
Mentor-oʻqituvchini tanlashda uning kasbiy mahorati, faolligi va liderlik xususiyatlari hisobga olinadi.
Ishchi guruhlar tarkibi va boshqa ma'lumotlar bilan MMTVning 07.08.2024 dagi 246-sonli buyrugʻida tanishishingiz mumkin: 👉 /channel/uztdi/8801
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️“Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi oʻtkaziladi
Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, ijod maktablari oʻquvchilari, “Temurbeklar maktablari” kursantlari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi oʻtkaziladi va gʻoliblar munosib taqdirlanadi.
Barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalari, kutubxonalar, mehnat jamoalari, mahallalar va harbiy qismlarda taniqli olimlar va adiblar ishtirokida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuvlar, adabiyot va kitobxonlik kechalari tashkil qilinadi.
2025-yil oktyabr oyida Samarqand davlat universitetida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilinadi.
2025-yil noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-ma’rifiy xotira kechasini o‘tkazadi.
Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi hududini obodonlashtiriladi hamda muzey ekspozitsiyasi boyitiladi.
Qarshi shahridagi ko‘chalardan biriga Mahmudxo‘ja Behbudiy nomini berish hamda unga bag‘ishlangan yodgorlik lavhasini o‘rnatiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali