uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️APTIS sertifikatlarini magistraturaga va ishga kirishda hamda o‘qituvchilarga ustama belgilashda inobatga olish rejalashtirilmoqda

"Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qo‘shma qaror loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga Aptis ESOL for Teachers va Aptis ESOL Advanced sertifikatlarini ham kiritish rejalashtirilgan.

Magistratura qabul qilishda inobatga olinadigan ro‘yxatga esa ❌ Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) o‘rniga✅ Aptis ESOL Advancedni kiritish rejalashtirilgan.

Maktab kollej va litsey o‘qituvchilarini ishga qabul qilish va ustama belgilashda Aptis ESOL for Teachers, oliy tashkilotlari pedagoglariga esa Aptis ESOL for Teachers va Aptis ESOL Advanced inobaatga olinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, APTIS for teachers sertifikati 2021-yildagi qarorga asosan tan olib kelingan va 2024-yilda qarorga o‘zgatirish kiritilib ro‘yxatdan chiqarib tashlangan edi.

👉 Qaror loyihasi muhokamasida ishtirok eting hamda oʻz fikrlaringizni bildiring.

📍 Muhokama jarayonlari shu yilning 3-iyuliga qadar davom etadi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.

🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

⏱️ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Abituriyent #Qabul2025


⚡️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun to'lov qilishning oxirgi kuni

🎓 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish kecha (25-iyun kuni) soat 23:59 da yakunlandi.

📱 Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni bugun (26-iyun kuni) soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.

❗️ 26-iyun
kuni (bugun) soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi (to‘lovdan ozod qilingan abituriyentlar bundan mustasno).

Quyidagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovdan ozod qilingan:

joriy yil bitiruvchilari;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qaror_loyihasi_muhokamasi

⚡️Qaror loyihasiga 1500 tadan ortiq taklif berilgan. Siz ham taklif qoldirishingiz mumkin
!

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali — regulation.adliya.uz da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Unga ko'ra quyidagi o'zgarishlar kiritmoqda:

Pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar roʻyxati yangilanmoqda

➖Kimyo va Biologiya fani ustozlariga A-Level sertifikati uchun ustama to‘lash rejalashtirilmoqda

Informatika o‘qituvchilariga IC3 Digital Literacy Certification xalqaro sertifikati uchun ustama berish rejalashtirilmoqda

➖Chet tili fani o‘qituchilarini ishga qabul qilish va ustama to‘lash bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

👉
Qaror loyihasi muhokamasida ishtirok eting hamda oʻz fikrlaringizni bildiring.

📍 Muhokama jarayonlari shu yilning 3-iyuliga qadar davom etadi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Abituriyentlar test sinoviga nimalar olib kirishi mumkin?
 
Test topshirish jarayonida ba’zi narsalarni o‘zingiz bilan olib kirish mumkin bo‘lsa, ayrimlari esa qat’iyan taqiqlanadi. Quyida test sinovlariga ruxsat etilgan va taqiqlangan buyumlar ro‘yxati bilan tanishing.

✔️Test topshirish hududiga faqatgina zarur va ruxsat etilgan buyumlar bilan kirish mumkin. Ular quyidagilardan iborat:
 

🔹shaxsni tasdiqlovchi hujjat — bu ID karta yoki pasport bo‘lishi shart;
 
🔹abituriyent ruxsatnomasi — test topshirish joyi va vaqtini ko‘rsatib beruvchi hujjat;
 
🔹 kepka yoki panama;
 
🔹 oddiy qo‘l soati — (elektron smart-soat mumkin emas);
 
🔹optik koʻzoynak — ( boshqa ko’zoynaklar mumkin emas);
 
🔹 pul, dastro‘mol va kalit.


Imtihon jarayonining xolis va halol o‘tishini ta’minlash maqsadida quyidagi buyumlarni olib kirish qat’iyan taqiqlanadi:

🔹 mobil telefon, planshet, smart-soat yoki boshqa har qanday elektron qurilmalar;
 
🔹 shpargalkalar, kalkulyatorlar va shu kabi yordamchi vositalar;
 
🔹 ruchka, suv, qoralama qog‘oz — bu vositalar test markazida taqdim etiladi;
 
🔹 Mendeleyev jadvali yoki fizik kattaliklar jadvali — ichkarida beriladi;
 
🔹 tibbiy niqob — kirishda maxsus yangisi taqdim etiladi;
 
🔹 mashina kaliti yoki pulti — kirish postida topshiriladi va testdan so‘ng qaytariladi.


📌Test tartib-qoidalariga amal qilmaslik abituriyentning imtihon topshirish huquqidan mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ruxsat etilgan buyumlarni oldindan tayyorlab qo‘ying va kerakli hujjatlarni unutmaslikka harakat qiling.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Abituriyent   #Statistika   #Qabul2025

⚡️Bugun qabulning so‘nggi kuni

Bugun, 25-iyun 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 676 149 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 594 046 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 66 745 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 13 560 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 798 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 317 278 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 358 871 nafar

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin

📃Muhokamalar portaliga Hukumatning “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo’yildi.
 

📌Unga ko’ra, nodavlat ta’lim tashkilotlari qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15-oktyabrgacha hamda 15-fevralgacha amalga oshirishni taklif etilmoqda.

❗️Bundan tashqari, qarorda qabul parametrlarini Vazirlik bilan kelishish ham nazarda tutilgan.
 
Shuningdek, loyihada quyidagilar kiritilgan:
 
➖abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish va bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazishni davlat ta’lim tashkilotlariga belgilangan talablar asosida amalga oshirish;
 
➖nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv, ilmiy va ma’muriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimining mavjud bo‘lishi.

📁Bunda nodavlat ta’lim tashkiloti o‘z axborot tizimini Vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlariga integratsiya qilishi shartligi belgilanadi.
 
➖amaldagi litsenziya asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu qo‘shimcha litsenziya talabi kuchga kirgan vaqtdan boshlab 5 yil ichida mulk huquqi asosida zarur bino va inshootlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
 
💬 Mazkur talab Prezident qarorlari asosida faoliyati tashkil etilgan ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
 
❓Shuningdek, oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

🌐Muhokamada ishtirok etish

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Abituriyent #Qabul2025


⚡️Ertaga to'lov qilish muddati ham tugaydi

📌Ertaga qabulning oxirgi kuni bo’lgani uchun testga kirishda to’lanadigan to’lovni ham ertadan kechiktirmay qilish kerak.

To'lov ertaga 25-iyun kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Undan kechiksa abituriyent ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

📆Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 187 ming 500 so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni belgilangan muddatga qadar bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

Imkon qadar to’lovni ham oxirgi daqiqalarga qoldirmang. Serverga yuklama ortishi munosabati bilan tizim ishlamay qolishi mumkin va bu sizga kutilmagan muammolarni yuzaga keltiradi.

💬Quyidagilar testga kirish uchun to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;

— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;

— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;

— nogironligi bor shaxslar;

— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;

— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Abituriyent   #Statistika   #Qabul2025

❗️Qabul tugashiga 1 kun qoldi

📱 Bugun, 24-iyun 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 607 586 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 533 514 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 60 374 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 12 048 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 650 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 281 330 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 326 256 nafar

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025

⚡️Qabul tugashiga 4 kun qoldi

Bugun, 21-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 453 ming 700 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 398 216 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 45 690 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 8 500 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 294 nafar.


📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 205 304 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 248 396 nafar


@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Qabul tugashiga 5 kun qoldi

Bugun, 20-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 385 ming 909 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 o‘zbek tili  — 338 ming 869 nafar;
🔹 rus tili  — 38 ming 844 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili  — 7 ming 66 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 130 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ o‘g‘il bolalar — 174 ming 532 nafar
🙋🏻‍♀️ qizlar — 211 ming 377 nafar

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#KelajakkaQadam #TalabaExpo2025 #Samarqand

Endi “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Samarqandda


2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Mazkur koʻrgazma mamlakatimizdagi 300 ga yaqin yirik ish beruvchi korxonalar, tijorat banklari hamda 20 ming nafardan ziyod talaba-yoshlarni bir joyda jamlaydi.

Ushbu keng qamrovli tadbir bitiruvchi talabalar uchun real ish imkoniyatlari, mos kasbni tanlash va kelajakdagi faoliyatni belgilashda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.

2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida:

▶️“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
▶️ Seminar-treninglar;
◀️ Biznes va startap loyihalar taqdimoti;
◀️ Oliygohlar bilan tanishuv;
▶️ Imtiyozli kreditlar;
◀️ Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, boshqa hududlarda tahsil olayotgan samarqandlik bitiruvchilarni hamda abituriyentlarni ko‘rgazmaga taklif etamiz!

Manzil: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
    Siz- chi ? Yapon tili va IT ni o'rganib 🇯🇵 Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊
   
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

Qabul davom etmoqda ! Kirish imtihonlari matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan bo'lib o'tadi.

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookJapanDigitalUniversity">YouTube | Web site

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣Bugun mantiqiy testning g'oliblari aniqlanadi

"Talimxabarlari.uz" va "Jarayon.uz" jamoasi o‘z obunachilari uchun IQ darajasini aniqlashga qaratilgan mantiqiy test sinovlarini o'tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

⭕️Bugun soat 16:00 dan boshlab "Talimxabarlari.uz" saytining "You Tube" platformasidagi rasmiy sahifasida, 3 nafar g'olib nomi jonli efir orqali aniqlanadi.

💰G'oliblarning har biriga 500 000 so'mdan pul mukofoti taqdim etiladi.

Agar hali ham testlarda qatnashmagan bo'lsangiz, hoziroq @uztditestbot ga kirib, start buyrug'ini berishingiz lozim.

📲Shundan so‘ng "Yutuqli test" bo'limini tanlab, jarayonlarda ishtirok etishingiz mumkin.

Testda qatnashish mutlaqo bepul!


👇Jonli efirni o'tkazib yubormaslik uchun quyidagi havola orqali "You tube"dagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling:

😎 talimxabarlari?si=_HDxwS3vW2tZKACV">Kanal havolasi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Informatika o‘qituvchilariga IC3 Digital Literacy Certification xalqaro sertifikati uchun ustama berish rejalashtirilmoqda

Yangi e'lon qilingan qo‘shma qaror loyihasida informatika fani o‘qituvchilariga ustama to‘lashda ❌Microsoft Certified Educator (MCE) sertifikatini ro‘yxatdan chiqarish hamda ✅ IC3 Digital Literacy Certification xalqaro sertifikatini ro‘yxatga kiritish taklif etilmoqda.

Ustama olish uchun pedagoglarning natijasi IC3 Digital Literacy Certificationda har bir modul boʻyicha (jami 3 ta modul) 700 ball yoki undan yuqori boʻlishi lozim.

Mazkur qaror kuchga kirgunga olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar qoʻllaniladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Univertur" dasturining navbatdagi sonida Navoiy innovatsiyalar universiteti bilan yaqindan tanishamiz!

Bugun, 28-iyun kuni soat 20:40 da "Yoshlar telekanalida "Univertur" dasturining Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan Navoiy innovatsiyalar universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan soni efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv davomida:

Rektor stipendiyasi va 2 milliard so'mlik grantlar;

18 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo'nalishlari;

tan olinadigan diplom va ishga joylashishda ko'mak;

➖ talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.


Shuningdek, dasturda NIU ning boshqa oliygohlardan farqli jihatlarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

📌 Agar Sizning universitetingiz ham loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz biz bilan bog'laning.

📞 +998 91 080-60-06 ✈️@eduboostmedia

👉 Obuna bo‘ling:
Telegram | Facebook | univerturuz">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

‼️ Abituriyentlar diqqatiga! Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga sanoqli soatlar qoldi

Hurmatli abituriyentlar!


📆 2025-yil 25-iyun (bugun) — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni.

📱 Bugun soat 23:59 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin undan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

✅ Shu sababli:

ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi soatlarini kutmang, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting;

ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (ketma-ketligini), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling;

xalqaro sertifikatingiz bo‘lsa, hoziroq tizimga yuklang (xalqaro sertifikatlar bo‘limiga);

test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring (test sinovi uchun to‘lovdan ozod qilinganlar bundan mustasno);

ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingiz (qayd varaqasi) orqali tekshirib oling.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari

🌍 Nega aynan KIUT?

✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud

✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz (Qabul)

Hujjat topshirish uchun:

📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz

📌 Magistratura: https://masters.kiut.uz/

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida qabul boshlandi

Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya – o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi – o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi – o‘qish muddati 5 yil.

DIQQAT!

Tibbiyot texnikumlari va kollejlari bitiruvchilari
Farmatsiya
Sanoat farmatsiyasi
yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilinadi.

⌛️ Hujjatlar onlayn va offlayn qabul qilinadi.

👉 Hujjat topshirish

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: “UzMal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Sayram Korzinka

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma’lumot

📄 Litsenziya (№ 0033, 8.09.2021-y.)

☎️ Murojaat uchun telefonlar:

+998 71 203-05-50
+998 97 138-00-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | farmatsevtikatalimvatadqiq3707">YouTube |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanishi mumkin

Oʻtgan yili OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan 25-iyulgacha oʻtkazilgandi, bu yil ham sanalar oʻzgarishsiz qolishi mumkin, dedi Bilim va malakalarni baholash agentligidan Jamshid Odilov Kun.uz ga bergan intervyusida. Uning aytishicha, test sinovlari uchun binolar roʻyxati shakllantirilgan. Yakuniy qarorlar ariza topshirish yakunlanganidan keyin qabul qilinadi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qabul yakunlanishiga 2 kun qoldi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga arizalar qabuli 26-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Ushbu davlat oliygohida siz to'liq ingliz tilida xalqaro darajada sifatli ta'lim olishingiz mumkin.

Darslar Amerika, Germaniya, Xitoy va boshqa dunyoning yetakchi davlatlaridagi nufuzli oliygohlardan kelgan tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan olib boriladi.

💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📢 Orzuyingdagi universitet seni kutmoqda!

Navoiy innovatsiyalar universitetining Surxondaryo va Navoiy kampuslarida qabul davom etmoqda.
O‘z kasbingni egallash, bilimli va yetakchi bo‘lish fursati aynan hozir!

— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 )

📞Call-markaz: +998555000043
Ro'yxatdan o'tish uchun havola: USTIGA BOSING

Bizning manzillar:
📍 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📍 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Oqkamar MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱Web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Abituriyent   #Statistika   #Qabul2025

⚡️Qabul tugashiga 2 kun qoldi

Bugun, 23-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 547 ming 248 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 480 447 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 54 607 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 10 665 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 529 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 250 967 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 296 281 nafar

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilina boshlandi

2025-yil may oyida bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash (Ingliz, nemis, hindiy va turk tillaridan) test sinovi natijalari e’lon qilina boshlandi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

Natijalar navbat bilan e'lon qilinmoqda. Agar Sizning natijangiz hali ko‘rinmagan bo'lsa keyinroq yana tekshirib ko‘ring.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun boshlandi

Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.

J
oriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ertaga, 20-iyun kuni 1-sinfga hujjatlarni qabul qilish boshlanadi

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning
71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025

⚡️Ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar 300 mingdan oshdi

📱 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — (2025-yil 19-iyun 10:00 holatiga) 319 781 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 280 756 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 32 435 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 5 637 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 953 nafar.


📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻‍♂️ erkaklar — 145 366 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 174 415 nafar


@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Chet tili fani o‘qituchilarini ishga qabul qilish va ustama to‘lash bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

Yangi e'lon qilingan qo‘shma qaror loyihasida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi. Bunda taqdim etilgan malaka koʻnikmasi va til bilish sertifikatlari olingan oʻzaro vaqt oraligʻi bir yildan oshmasligi lozim.

✅ International Test of English Proficiency iTEP Academic — Plus xalqaro sertifikati ingliz tili pedagoglari uchun tavsiya etilmoqda.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) sertifikati asosiy sertifikatlar ro`yxatidan chiqarilmoqda. Shuningdek, qaror qabul qiligunga qadar olingan TOEFL iTP sertifikati uchun belgilangan muddatgacha imtiyozlardan foydalanish mumkin.

Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) xalqaro ingliz tili sertifikati baholash me'zoni va nomi o‘zgargan.

Endi ushbu sertifikatlar ro`yxatida Cambridge English Qualifications deb nomlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-o`quv yilidan kamida B2 va undan yuqori darajadagi xorijiy til sertifikati bo`lgan xorijiy til o`qituvchilari ishga qabul qilinadi.

👉 Pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar roʻyxati loyihasi

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kimyo va Biologiya fani ustozlariga A-Level sertifikati uchun ustama to‘lash rejalashtirilmoqda

Yangi e'lon qilingan qo‘shma qaror loyihasida Kimyo va Biologiya fani ustozlari xalqaro A-Level sertifikatining B darajasini olsa ustama to‘lash taklif etilmoqda.

Hozirgi paytda kimyo va biologiya fanlari o‘qituchilariga umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy sertifikatdan 80*/B+ natija qayd etsa ustama to'lanayotgan edi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel