uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

“Ta’lim sohasidagi dasturlarimiz doirasida yaqin yillarda oliygohlarda qamrov 50 foizga yetkaziladi. Birgina 2025-yilda bog‘cha va maktablarni ta’mirlash va yangilarini qurish uchun davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.”

Prezidentning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigidan

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Guruh nazoratchiligiga tanlov

Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazorachisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish 6-dekabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi.

👍 Mazkur tanlovda 2024–2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.

🔗 Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktablarda qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi.

Dam olish kunlari 2025-yil 10-yanvargacha davom etadi.

Barcha maktablarda uchinchi chorak 2025-yil 11-yanvarda boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilish boshlandi

📝 2024-yil 2-3-noyabr kunlari o‘tkazilgan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilish boshlandi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi

Bugun Respublikamizning barcha 14 ta hududida 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o’quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.

Amaldagi tartib bo'yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g'olib bo‘lgan o'quvchilar

1-o'rin uchun BHMning 6 baravari;
2-o'rin uchun BHMning 4 baravari;
3-o'rin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mazkur bosqichda 1-2-3 o'rinni qo'lga kiritgan 11-sinf o'quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf bo’yicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

👉Asosiy olimpiadaning III(viloyat) bosqichining 25-noyabr kuni o‘tkaziladigan fanlar, sinflar hamda nazorat turlari bo‘yicha ma'lumot:

9-sinf — Biologiya — yozma ish

10-sinf — Informatika— dasturlash

11-sinf — Matematika, Fizika, Kimyo —-yozma ish

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha yangi lavozim joriy etiladi

Prezident 21-noyabr kuni yoshlarni sportga keng jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taklifga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilanadi. Jalb qilingan yoshlar soni hamda erishilgan natijalarga qarab, sport maktablari xodimlariga ustama beriladi.

Shuningdek, infratuzilmadan kelib chiqib, muassasalar muayyan sport turlariga ixtisoslashtirib boriladi.

Tizim maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimini joriy etilib, ularga beshtagacha mahalla va ta’lim muassasalari biriktiriladi.

Mahallalarda to‘garaklar tashkil etgan trenerlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Konstitutsiya-bosh qomusimiz" onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.

Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

➖ 8-sinf o‘quvchilari uchun – 5-dekabr;
➖ 9-sinf o‘quvchilari uchun – 6-dekabr;
➖ 10-sinf o‘quvchilari uchun – 7-dekabr;
➖ 11-sinf o‘quvchilari uchun – 8-dekabr.

Onlayn olimpiadada soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ishtirok etish mumkin.

Bunda ishtirokchilarga 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar onlayn olimpiada yakuniga yetgach 1 kundan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

📌 Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish shart: https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi va ishtirok etish mutlaqo bepul.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi o'tkaziladigan manzillar

Joriy yilning 25-noyabr 4-dekabr kunlari asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔹Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://talimxabarlari.uz/15303/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎓 Sirtqi ta’limda ta’lim krediti olish imkoniyati!

Endi siz sirtqi ta’lim shaklida ham ta’lim kreditidan foydalanib o‘qishingiz mumkin!

Muddat: 5 yilgacha

Jarayon: Atigi 10 daqiqa, ortiqcha qog‘ozbozliksiz!

Batafsil ma’lumot olish uchun ro’yxatdan o’ting: https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda.

Yigʻilishda Prezidentimiz “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni oʻrgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qoʻshildi.

Shuningdek, “xususiy maktab va bogʻcha quraman”, degan investorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga eʼtibor berish lozim”, deya taʼkidlab oʻtdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️ “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi


“Umumiy o'rta ta'lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-392-son, 15.11.2024) qabul qilindi.

🔰 Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

⚡️Qarorga ko'ra, 2025-yil:

1-martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;

1-iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;

1-mayga qadar maktab sport klublari a'zolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida o'quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi;

1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

🗓2025/2026-o'quv yilidan boshlab:

🔹5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari uchun o'quv-metodik qo'llanmalar ishlab chiqiladi;

🔹har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

🔹har yili an'anaviy tarzda maktablar o'quvchilari o'rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

IELTS ballingizni oshiring va maoshingizni 50% ga ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘ling!

📢 Bu taklif faqat Ingliz tili o‘qituvchilari uchun!

Hurmatli ustozlar! Siz duch kelayotgan quyidagi muammolar bizga yaxshi tanish:
IELTS olishni xohlaysiz, lekin o‘quv markazlarida o‘quvchilaringiz bilan birga o‘qish noqulay;
Ishdan keyin qo‘shimcha darslarga borishga vaqt yetmayapti, chunki oilaviy majburiyatlar bor;
Mustaqil o‘qishga urinmoqdasiz, lekin aniq tizim yo‘qligi sababli rivojlanish qiyin kechmoqda.


Endi bularning barchasiga yechim bor!

❤️‍🔥 180 soatlik maxsus o‘quv qo‘llanma yordamida IELTS balingizni 7.0 yoki undan yuqoriga ko‘tarishingiz mumkin.

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

IELTS 7.0+ darajasiga erishing — ustama maosh bilan moliyaviy barqarorlikka ega bo‘ling.

👉 Saytga o‘tish uchun bosing: OBUNSHA.UZ

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Savol. Menda Rus tili TRKI sertifikati bor. 2025-yil 1-yanvardan boshlab menga 20 foiz miqdorida ustama toʻlanadimi?


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-134-son farmonining 9-bandiga koʻra 2025-yil 1-yanvardan boshlab faqat Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan xorijiy til sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga 20 foiz miqdorida ustama toʻlanishiga oʻtiladi.

Sizning TRKI sertifikatingiz uchun 50 foiz miqdorida tarif stavkangizga nisbatan ustama toʻlanadi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#TIMSS_2023

TIMSS 2023: oʻzbekistonlik oʻquvchilar qanday natijalar qayd etdi?

Hozirgina taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalari e'lon qilindi.

2023-yil aprel-may oylarida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotda barcha hududlaridan tanlab olingan 166 ta maktabdan jami 8800 nafar oʻquvchilar (shundan, 4450 nafar 4-sinf va 4350 nafar 8-sinf) ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur maktablarning 166 nafar direktorlari hamda 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchilar soʻrovnomalarda qatnashgan.

8-sinf oʻquvchilari natijalari:

Xalqaro hisobot tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi 8-sinf oʻquvchilarining matematik savodxonlik boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 421 ball boʻlib, qatnashuvchi 44 ta davlatdan 32-oʻrinni egallagan. 8-sinf tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha esa qatnashgan 44 ta davlat orasidan 396 ball bilan 39-oʻrinni egalladi.

4-sinf oʻquvchilari natijalari:

Tadqiqotda qatnashgan o‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha 412 ball toʻplagan va ishtirokchi 58 ta davlat ichida 54-oʻrinni egalladi. Matematika savodxonligi boʻyicha esa qatnashuvchi 58 ta davlat ichida 443 ball bilan 50-oʻrinni egalladi.

❗️Oʻzbekistonda 4-sinflardagi qizlar (446 ball) matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalardan (440 ball) yaxshiroq natija qayd etgan boʻlsa, tabiiy fanlar yoʻnalishida ham xuddi shunday farq saqlanib qolgan (qizlar 414 ball, oʻgʻil bolalar 409 ball).

Tabiiy fanlar yoʻnalishida
8-sinflardagi qizlar (395 ball) va oʻgʻil bolalar (396 ball) deyarli bir xil natija qayd etgan boʻlsa, matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalar (426 ball) qizlardan (416 ball) koʻra yuqoriroq natija qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ushbu tadqiqotda ilk marotaba ishtirok etdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qabul2025
#akademik_litsey

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 2-8-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

💴 To‘lovlar esa 9-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 1-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🔹Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga qator soliq imtiyozlari berildi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar:

➖ nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;

➖ O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);

➖ nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

➖nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatnidoimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga "A-2" o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

➖ nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqdilar.

Xususan, Hilola Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga, Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga ma’qullandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kafillardan daromad manbai talab etilmaydigan ta’lim krediti bor desam ishonasizmi?

Ha endi Poytaxt consulting orqali nafaqat kunduzgi balki sirtqi ta’lim shaklida ham 10 daqiqada ta’lim kreditini rasmiylashtira olasiz.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

📞 78-113-72-10

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Joriy yilda 5-6-sinflar uchun yangi “AHA! Matematika” darsliklari amaliyotga tatbiq etildi

Ushbu yangi darsliklar mazmun-mohiyatini fan mutaxassislariga yetkazish maqsadida, joriy yilning 21-noyabr kunidan boshlab vebinarlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Yuqorida ilovada keltirilgan tartib asosida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 5-6-sinf matematika fani o‘qituvchilari uchun, tumanlarda belgilangan tayanch maktablaridan markazlashgan holda tashkil etib borish hamda vebinarlar yakunlari bo‘yicha ishtirok etgan o‘qituvchilar ro‘yxatini A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga taqdim etib borish so'raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlaganlarga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi

Prezidentning tegishli (PQ-393-son, 15.11.2024) qaroriga ko‘ra, har bir tuman (shahar)da bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

“Jasorat maktablari”da:

➖matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi;

➖oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi;
➖robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkaziladi;

➖oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi.

❗️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda “Turon” maktab teatri tanlovi oʻtkazib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli (2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son) qaroriga asosan, 2025-yil 1-iyundan taʼlim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari-xarbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatiladi.

Ushbu lavozim uchun ajratiladigan shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi hamda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichi o‘tkazilish sanalari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣DIQQAT, E’LON

Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 19-noyabr kuni attestatsiyadan oʻtkaziladi

 
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 29-oktabridan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.
 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.
 
❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 19-noyabr kuni attestatsiya sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

 
✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
 

👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ertaga tasviriy sanʼat va chizmachilik hamda texnologiya fanlari oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etadi

Joriy yilning 14-noyabr kun tasviriy sanʼat va chizmachilik hamda texnologiya fanlari oʻqituvchilari oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishadi.

👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;

👉Attestatsiyaga jalb qilingan tasviriy sanʼat va chizmachilik hamda texnologiya fanlari oʻqituvchilari roʻyxati

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun talab qilinadi — shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda toʻldirilgan SOʻROVNOMA

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel