#Job
Yirik Amerika autsorsing kompaniyasi nemis tilida so‘zlashuvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish agentlarini qidirmoqda: Uydan turib ishlang va yuqori daromad oling!
Boshlang‘ich maosh: 10 million so‘mdan yuqori!
Joylashuv: Masofaviy (O‘zbekistonning istalgan joyida)
Nega aynan bu lavozim?
Moslashuvchan ish jadvali
Avvalgi tajriba talab qilinmaydi
Martabani oshirish uchun treninglar va o‘sish imkoniyatlari
Raqobatbardosh ish haqi va eng yaxshi xodimlar uchun bonuslar
Talablar:
Nemis tilini bilish — C1
Bevosita O‘zbekistondan global brendlar bilan ishlash uchun noyob imkoniyat!
Hoziroq ariza topshiring
⚡️Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 11-17-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
💴 To‘lovlar esa 18-noyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 30-noyabr — 1-dekabr kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://my.gov.uz/oz/service/891
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi
⚡️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!
Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
✅ 12-noyabr ➖ Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
✅ 14-noyabr ➖ Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
✅ 16-noyabr ➖ Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
✅ 18-noyabr➖ Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
✅ 19-noyabr ➖ Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
✅ 20-noyabr➖ Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
✅ 21-noyabr ➖Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
✅ 22-noyabr ➖Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
✅ 23-noyabr ➖Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti
🔹Attestatsiyaga jalb qilingan kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari va ChQBT fanlari oʻqituvchilari roʻyxati
🔹Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi attestatsiya sinovidan 96 ballni qo'lga kiritdi
🔹Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum qilindi
🔹Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi malaka test sinovlarida 98 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi
🔹Kimyo va geografiya fanlaridan apellatsiya natijalari e’lon qilindi
🔹O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi
🔹Farg'onada o'zbek tili o'qituvchisi attestatsiya sinovidan 100 ballni qo'lga kiritdi
🔹O‘qituvchi maktabda pullik kurs ochishi mumkinmi
🔹10-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonidan 8 ball, SAT testlaridan 1550 ballni qo‘lga kiritdi
🔹Farzandini maktabga yubormagan ota-onalar jarimaga tortiladi
🔹2024-2025-o‘quv yili 5–11-sinflar 2-choragi uchun taqvim-mavzu rejalar e’lon qilindi
🔹Uyni talabalarga ijaraga berganlardan soliq undirilmaydi
🔹23 yoshli oʻqituvchi 400 million soʻm mukofot puliga ega boʻldi
🔹Attestatsiya jarayonida firibgarlik holatlari ko‘paymoqda
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Attestatsiya natijalaridan norozi pedagoglarning apellyatsiya arizalarini berish tartibi qanday?
Pedagoglar malaka sinovlaridagi test savollari boʻyicha eʼtirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin.
Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti –https://pedkadr.uzedu.uz/ platformasidagi (Shaxsiy kabinetingiz) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
Apellyatsiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda ko‘rib chiqish vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/13991/
Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:
O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xalqaro doiralarda nufuzini oshirish orqali o‘z mavqeyini yaxshilamoqda.
6-noyabr kuni Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi (QS Quacquarelli Symonds) Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingining o‘n oltinchi yillik nashri – QS Asia University Rankings 2025’ni e’lon qildi. 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingiga O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan.
Shulardan 11 ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilagan, 2 ta OTM o‘z o‘rnini saqlab qolgan, 9 ta OTM birinchi marta reytingga kiritilgan va 1 ta OTM o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z mavqeini eng ishonchli tarzda yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi (QS Asia University Rankings 2025) mintaqaning 25 ta mamlakat va hududidan 985 ta oliy ta’lim muassasasini qamrab olgan bo‘lib, ulardan 127 tasi ilk bor Osiyo reytingiga kiritilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi.
Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirish imkoni mavjud.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔥 NIU'ga qo‘shiling va orzungizdagi karyerani qurishni boshlang
Innovatsion dasturlar, yetakchi o‘qituvchilar va yorqin talabalik hayoti sizni kutmoqda!
Navoiy innovatsiyalar universitetida bilim cho‘qqilari sari o'z yo‘lingizni boshlang!
📞 Bog‘lanish uchun telefon: +998(55)500-00-43
📲 havola: https://niuedu.uz/uz/cv/2
📄 Litsenziya (№432755)
✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web-sayt
Oktyabr oyida e’lon qilingan metodik tavsiyalar dayjesti
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan o‘qituvchilarini metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TRM Metodik yordam” telegram kanali ishga tushirilib, videodarslar va metodik qo‘llanmalar joylashtirib borilmoqda.
Quyida e’tiboringizga sentyabr oyida e’lon qilingan metodik tavsiyalar dayjestini havola etamiz:
🗂 Darsni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar
📚 Darsliklardagi mavzularni qiziqarli o‘tish bo‘yicha metodik tavsiyalar
📹 Videoyo‘riqnomalar
#Attestatsiya
📣 Diqqat, e’lon!!!
✅ Xabaringiz bor, ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.
🔹 Sinov jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida vazirlik tomonidan barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Qadrli pedagoglar!
❗️ Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqida attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 97 352 09 09 yoki quyidagi bot manziliga xabar yuborishingizni soʻraymiz.
👉 Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Quyidagi botlarga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:
O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
I chorak baholarini o‘z vaqtida “eMaktab” axborot tizimda kiritilishini ta’minlash so‘raladi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 30-oktyabrdagi 05-32-4028-sonli xatidan:
“5-9-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror bilan tasdiqlangan Nizomida oʻquvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting koʻrsatkich ballari uning tabelida qayd etilishi belgilangan.
Maʼlumki hozirgi vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida oʻquvchining fanlarni oʻzlashtirish darajasi, choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting koʻrsatkich ballari elektron jurnal va kundaliklarda “eMaktab” axborot tizimda qayd etib boriladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib I chorak baholarini o‘z vaqtida “eMaktab” axborot tizimda kiritilishini ta’minlashingiz so‘raladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Fan va texnikaga oid ilmiy-ommabop kanalini tavsiya qilaman: 👉 360 daraja
Har kuni turli xil noodatiy va foydali videolar, eng so‘ngi texnika yangiliklarini o‘qib boring. Ta'limga oid eng yaxshi va foydali kanal
Kanalga azo bo‘lish: 👉 360 daraja yoki /channel/fantexnika_uz shu havola orqali obuna bo‘ling.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori
Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshishi munosabati bilan oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdori qayta tasdiqlandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Malaka sinovlari boshlandi: 150 mingdan ortiq pedagoglar attestatsiyaga jalb etilishi rejallashtirilgan
2024-yilning 2-yarmida o‘tkazilayotgan attestatsiyada ishtirok etish uchun 150 mingdan ortiq pedagoglar ariza topshirgan. Ulardan 136 ming nafari navbatdan tashqari o‘z ixtiyori bilan attestatsiya ishtirok etmoqda.
Bugun, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalar fani o‘qituvchilari malaka test sinovlari boshlab berishdi. 30-31-oktyabr kunlari matematika va fizika fanlari ustozlari uchun test sinovlari o‘tkaziladi.
Quyidagi botlarga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi testlar joylashtirilmoqda:
O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
📌 Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2024-yil 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
📌O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 13–15-noyabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔻"Univertur" dasturining navbatdagi sonida UMFT universiteti bilan yaqindan tanishamiz⭕️
🔹“Univertur” dasturining bu galgi sonida poytaxtimizda joylashgan, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) haqida so’z boradi.⭕️
▶️Siz video davomida:
✅O‘qishni Germaniyada davom ettirish uchun ketayotgan talabalar;
✅ Grant yutish imkoniyatlari;
✅Talabalar kibersport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan xonalar;
✅ Janubiy Koreya universiteti bilan hamkorlikda ochilgan fakultetga kirib 2 yil Koreyada o‘qish imkoniyati;
✅ UMFT universitetining boshqa universitetlardan farqli jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
📱To’liq videoni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:
https://youtu.be/x5lI6gaidys
⭕️ Agar Sizning ham universitetingiz loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz ushbu raqamga bog‘lanishingiz mumkin:
📞+99891080-60-06
⚡️11-12-noyabr kunlari ingliz, koreys, xitoy va yapon tillari o‘qituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etadi
Joriy yilning 11-12-noyabr kunlari ingliz tili, koreys tili, xitoy tili va yapon tili oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishadi.
Eslatib o'tamiz, 11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga ko'chirilgan edi.
👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;
👉Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadigan ingliz, koreys, xitoy va yapon tillari o‘qituvchilari ro‘yxati
Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:
O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Musiqa o‘qituvchilariga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Maktablardagi musiqa o‘qituvchilarining 21 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining o‘zi cholg‘u chala olmaydi. Sababi musiqa o‘qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo‘q, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi.
Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.
Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.
“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.
Hududlardagi musiqa va san’at maktablarini umumta’lim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish maqsadida muntazam ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Quyidagi telegram botda 2024-yilning 2-yarmi uchun musiqa fanidan ham yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:
👉@uztditestbot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Talabalar, pedagoglar hamda tadqiqotchilar diqqatiga
Ilmiy ishlarga oid tezkor va ishonchli yangiliklar hamda ilmiy faoliyatga doir manbalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishni istaysizmi?
🎓 Unda Sizga @doktorant_uz kanalini tavsiya qilamiz.
Ushbu kanal orqali Siz nafaqat ilmiy sohaga doir yangiliklar, balki tadqiqotlarni olib borishda e’tibor qaratiladigan jihatlar hamda huquqiy-normativ hujjatlar bilan ham tanishib borishingiz mumkin.
👉 Kanalga ulanish: @doktorant_uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️Ta'lim muassasalarida psixologik yordam ko'rsatish tashkil etiladi
❗️"Aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi Qonun (O'RQ-989-son, 05.11.2024 y.) qabul qilindi
⚡️5-6-noyabr kunlari ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili o‘qituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etadi
Joriy yilning 1-4-noyabr kunlari boshlangʻich ta'lim oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning malaka (test) sinovlari oʻtkazilmoqda.
5-6-noyabr kunlari esa ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili o‘qituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishadi.
👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;
Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:
O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Hafta davomida eʼlon qilingan xabarlar dayjesti
🔹 Yosh bolali xotin-qizlar OTMda onlayn tahsil olishi mumkinmi?
🔹 Darsda mustahkamlash bosqichi qanday o'tkaziladi? - metodika
🔹 O‘quvchilar maktab hududida telefon ishlatishi mumkinmi?
🔹 O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yish mumkinmi?
🔹 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
🔹 Maktab va maktabdan tashqari taʼlimi, madaniyat va sport muassasalari pedagoglarning ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi
🔹 Maktablardagi kuzgi ta’til davrida o‘qituvchilar ishga kelmasa bo‘ladimi?
🔹 Pedagoglar attestatsiyasi boshlandi. Vazir murojaat bilan chiqdi
🔹 Ta’til davridagi o‘quvchilar xatti-harakatlari uchun javobgarlik ota-onalarga yuklatiladi
🔹 Maktab va maktabdan tashqari taʼlim, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlarining ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi
🔹 Davlat maktabgacha taʼlim tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi
🔹 Maktab darsliklari ijarasi qayta joriy etilishi mumkin
🔹 Pandemiyadan keyingi boshlang’ich sinf bolalarida muloqot qobiliyati yetishmaydi — tadqiqot
🔹 Oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari ma’lum qilindi
🔹 Qaysi fanlardan daftar tekshirish uchun o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi?
🔹 Kimlarga har yili qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin?
🔹 Oʻqituvchilar ish vaqtini hisobga olish tabeli qanday yuritiladi?
🔹Vazir “Yil o’qituvchisi” tanlovi bo’yicha yuborilgan takliflarni e’lon qildi
🔹 2025-yilda ta’lim sohasiga budjetdan qancha mablagʻ ajratilishi rejalashtirilmoqda?
🔹 Oʻzbekistonda eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari tahsil olmoqda?
🔹 Ayol jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ustama haqi to‘lanadimi?
🔹 Malaka sinovlari oʻtkaziladigan sanalarga oʻzgartirish kiritildi
🔹 Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi – Prezident qarori
🔹 Attestatsiya jarayoniga doir e'tirozlar uchun maxsus bot ishga tushirildi
🔹 Maktablarning iqtidorli bitiruvchilariga berilgan oltin va kumush medallar OTMga kirishda imtiyoz taqdim etadimi?
🔹 Pedagoglar qanday holatlarda toifa testiga kelmasa muddati koʻchiriladi?
🔹 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga kirish jarayoni haqida batafsil
🔹 Ta’til vaqtida oʻqituvchilar ishga bormasa ham boʻladimi?
🔹 Bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi (video)
🔹 Maktab va bogʻchalarda “temiratki” kasalligi ommaviy tarqaldimi?
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi hamda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Pedagoglar_attestatsiyasi
Malaka sinovlari oʻtkaziladigan sanalarga oʻzgartirish kiritildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglarini malaka sinovlaridan oʻtkazish sanalari belgilangan.
❗️Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlariga oʻzgartirish kiritildi.
Xususan:
➖ 11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
➖ 13-noyabrda oʻtkazilishni belgilangan Musiqa madaniyati fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
➖ 14-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Jismoniy tarbiya fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
➖ 15-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlari sinov jarayonlari 19-noyabr kuniga ko’chirildi.
Quyidagi botlarga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:
O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Ertaga, 1-noyabr kuni boshlangʻich ta'lim oʻqituvchilari uchun malaka (test) sinovlari boshlanadi
Joriy yilning 1-4-noyabr kunlari boshlangʻich ta'lim oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi.
👉Attestatsiyaga jalb qilingan boshlangʻich ta’lim fani oʻqituvchilari roʻyxati
👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;
Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:
O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot
Sayt orqali bajarish: https://test.talimxabarlari.uz/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining yangi birinchi oʻrinbosari tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Karimov Sherzod Abdurasulovich maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sherzod Karimov 2006-2012-yillarda xalq taʼlimi tizimida, 2012-2018-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida faoliyat yuritgan.
2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasi taʼlim, ijtimoiy rivojlanish masalalari departamenti, kotibiyati boʻlimida yetakchi, bosh mutaxassis, shoʻba mudiri, kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2024-yil 28-fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlayotgan edi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Pedagoglar malaka sinovlaridagi test savollari boʻyicha eʼtirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin.
Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi testlar joylashtirilmoqda:
O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot
Sayt orqali bajarish: https://test.talimxabarlari.uz/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 2-3-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.
❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
➖bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali