⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2024-yil 22-sentabrdan 4-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 29-oktabr kuni boshlanadi.
✅ Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.
⚡️ Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.
👉 Test sinovlarini bajarish uchun:
➖ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;
➖ qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
👉 Malaka sinovlarining:
➖ birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;
➖ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Manzillar: 👉 https://talimxabarlari.uz/11539/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
👨🏻💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.
Nomzodlar qo‘yilgan talablar bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://talimxabarlari.uz/11381/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
BOSHLANG'ICH TA'LIM USTOZLARI RESPUBLIKADAGI YAGONA ✏️✏️✏️✏️✏️
✏️✏️✏️✏️ LOYIHA AYNAN SIZ UCHUN
⚡️Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi!
Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Quvonarlisi ilk bor ushbu reytingda respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, Oʻzbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.
Ma’lumot uchun, THE reyting tashkiloti dunyoning 133 davlatining 2 860 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari orasida ularning xalqaro darajadagi akademik nufuzi, ilmiy nashrlar faolligi, iqtiboslik samaradorligi, bilimlar transferi, xalqaro hamkorlik hamda ilm-fan va ijtimoiy soha ravnaqiga qo‘shgan hissasi mezonlari asosida baholab keladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
✅ Biz sizga sifatli «Izlanuvchilar» ilmiy tashkilotni taklif qilamiz, bu tashkilot orqali siz ilmiy va ijodiy faoliyatingizni rivojlantirishingiz mumkin!
📚 BIZNING XIZMATLAR;
- Xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy maqola chiqarish;
- Impact factorli jurnallar va OAK roʻyxatidagi sifatli jurnallarda maqola nashr etish;
- Monografiya, oʻquv qoʻllanma, darslik tayyorlab berish va ularni rasmiy tarzda nashr qilish;
- Xalqaro almanax va tanlovlar;
- Scopus, Web of science jurnallarida rasmiy shartnoma bilan maqola chiqarish;
- Tahrir a’zosi boʻlish va shu turdagi xizmatlar sizga kerak boʻlsa, bizga murojaat qiling va biz sizga rivojlanishingizda yordam beramiz!
MUROJAAT UCHUN ➡️ @jurnalmaqolaqabul
🇺🇿 KANALIMIZ ➡️ @izlanuvchiuz
Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o'tkazilishi rejalashtirilmoqda:
➖ 22-oktabr – Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
➖ 23-oktabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
➖ 24-oktabr – Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
➖ 25-oktabr – Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
➖ 26-oktabr – Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.
Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 1-GURUH FANLARIdan 4-9-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
1-guruh fanlari (Matematika, Fizika, Kimyo Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari)
2-guruh fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tarix, Davlat va huquq asoslari, Geografiya )
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan bog'chalar rahbar va pedagoglarini rag'batlantirishga ruxsat etiladi
❓Toifa testlarida ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligini qayerdan bilish mumkin?
Shaxsiy kabinetga kirib "Murojaat haqidagi ilova fayli" tugmachasini bosish orqali soʻrovnomani yuklab olish kerak.
Soʻrovnomaning oxirigi "Murojaat holati" qatorida "Qabul qilindi" degan yozuv boʻlsa, murojaat qabul qilingan hisoblanadi.
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar ushbu soʻrovnomani yuklab olib, barcha maʼlumotlar toʻgʻri ekanligini tekshirib koʻrganlaridan keyin toʻlov qilishlari kerak.
Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi
Prezidentning “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.
2025-yildan boshlab:
➖ 5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
➖ asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;
➖ terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
➖ asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;
➖ xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.
2025-yil 1-mayga qadar:
➖ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:
➖millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
➖ matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
➖ kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
➖ fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
➖ biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Hozirning o’zida oktyabr oyida qancha maosh olishingizni bilib oling!
Xabaringiz bor, Prezidentning tegishli farmoni bilan 1-oktyabrdan boshlab pedagoglarning oyliklari 15 foizga oshirildi.
@oylikhisoblaydigan_bot yordamida oktyabr oyidan boshlab oladigan oylik maoshingizni turli ustamalar, soliqlar va qo‘shimchalar bilan birga hisoblashingiz mumkin.
👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va foydalanishni boshlang!
Lavozimlar kesimida oshgan oylik maoshlar miqdori: https://talimxabarlari.uz/7761/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotidan yangiliklar dayjesti
🔹Oʻqituvchining umumiy oylik maoshi 12 million soʻmga yetkaziladi – Prezident
🔹O‘tgan 7 yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan – Prezident
🔹Endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g’oliblariga 3 xonali uy beriladi – Prezident
🔹21 ming nafar o‘qituvchi malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmagan
🔹Davlat bog‘chalari ham to‘liq raqamlashtiriladi – Prezident
🔹Maktab tizimida oʻqituvchi oʻz imkoniyati va yutuqlarini eʼlon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi
🔹Pedagog kasbiga qiziqqan o‘quvchilar uchun alohida sinflar tashkil etildi – Prezident
🔹Endilikda xususiy maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi
🔹Endilikda xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi
🔹300 ta maktabning moddiy-texnik bazasi talablarga javob bermaydi – Prezident
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Bugun, 30-sentyabr kuni pedagog kadrlar attestatsiyasiga hujjat topshirish va to'lov qilishning oxirgi kuni
Joriy yilning 1-avgust kuni boshlangan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayoni 1-oktyabr (30-sentyabr 24:00) ga qadar davom etadi.
Buning uchun pedagoglar pedkadr.uzedu.uz platformasi, DXM yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Hujjat topshirishdan avval o‘zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi javob olishingiz mumkin:
👉 Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi
👉 Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?
👉 Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?
👉Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?
👉 Ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!
👉Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?
👉 Tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!
👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Quyidagi telegram botlar yordamida esa attestatsiyaga bepul tayyorlanishingiz mumkin:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
Tez kunlarda yangi testlar ham yuklanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️“Oʻqituvchilar maoshi oshadi” — Prezident
Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchining maoshi kelgusi yildan qay tarzda 12 millionga yetkazilishiga toʻxtaldi.
“Muallimlarni qoʻllab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirishni albatta davom ettiramiz”, — degan davlat rahbari bugungi yigʻinda.
“Mana, 1-oktyabrdan pedagog xodimlar ish haqini 15 foizga oshirdik. Kelgusi oʻquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yoʻlga qoʻyiladi” dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qoʻshimcha 70 foiz ustama oladi.
Misol uchun, oliy toifali biologiya oʻqituvchisi oʻz fani boʻyicha xalqaro sertifikati boʻlsa – 50 foiz, direktor jamgʻarmasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.
Prezidentning qayd etishicha, shu tariqa oʻqituvchining umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming soʻmdan 12 million soʻmga yetadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Attestatsiyada qatnashgan o‘qituvchilarning 10 foizi malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmagan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.
"Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda o‘qituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli ta’limni ta’minlay olmaymiz. Bu – ayni haqiqat.
Afsuski, bugungi kunda, davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar (7 foiz), xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oshirmagan.
Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi.
Natijada 198 ming o‘qituvchidan 21 ming nafari (10 foiz) malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmadi. Afsuski, bunday holatlar o‘quvchilarning bilimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu yil bitiruvchilarning 130 ming nafari (30 foizi) oliygohlarga kirishda eng past – 57 ball ham to‘play olmagan.
Bu barchamizni tashvishga solishi kerak" — dedi Shavkat Mirziyoyev.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi
Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.
Unga koʻra:
➖Informatika va axborot texnologiyalari — 29-oktyabr (1 kun);
➖Matematika, fizika — 30-31-oktyabr (2 kun);
➖Boshlangʻich taʼlim — 1-2, 4-noyabr (3 kun);
➖Oʻzbek tili (davlat tili), ona tili va adabiyot — 5-6-noyabr (2 kun);
➖ Kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik — 7-8-noyabr (2 kun);
➖ Tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari — 9-noyabr (1 kun);
➖Fransuz tili, ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili — 11-12-noyabr (2 kun);
➖Rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti (rus), qirgʻiz tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, musiqa madaniyati — 13-noyabr kuni (1 kun);
➖ Jismoniy tarbiya, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr (1 kun);
➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, psixologi, tarbiyachi-metodist, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, musiqa xodimi (musiqa rahbari), psixolog, qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr (1 kun);
— Boshqa fanlar 16-noyabr kuni (1 kun);
Batafsil:👉 https://talimxabarlari.uz/11583/
📍Attestatsiya test sinovlari o'tkaziladigan manzillar
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing tashkil etildi.
Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov markaz tomonidan ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Xususan:
🔹 Phet, Kahoot, Nearpood, Online Test Pad, Plickers kabi platformalaridan foydalanish bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida 20 tadan ortiq video yo‘riqnomalar ishlab chiqilib, e’lon qilinmoqda.
🔹 1-2-sinflarda Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish bo‘yicha o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun 18 soatlik kurs va o‘quv-metodik resurslar ishlab chiqildi.
🔹 Pedagoglar uchun o‘zida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarning imkoniyatlarini jamlagan “Innovasion ta’lim texnologiyalari va vositalari” nomli o‘quv-metodik qo‘llanma ishlab chiqildi.
🔹 Formativ baholash jarayonini tashkil etish talablari aks etgan "4K ko‘nikmalarini baholash rubrikalari" nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etildi.
🔹 Baholash nazariyasi va amaliyotiga doir "Ta’limda baholash va monitoring asoslari" qo‘llanmasi tayyorlandi.
🔹 14 ta vazirlik, idora va ilmiy tadqiqot muassasalari hamda YUNISEF xalqaro tashkiloti tavsiya va takliflaridan kelib chiqib, xalqaro ta’lim atamalari asosida «Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati» loyihasi ishlab chiqildi.
🔹 Markazning "O‘zbekiston ta’lim tadqiqotlari" elektron jurnali 3 xil tilda ishga tushirildi va birinchi soni nashr qilindi.
⚡️Ertaga, 10-oktyabr kuni attestatsiyada jarayonlari uchun to‘lov qilishning so‘nggi kuni
Xabaringiz bor, 2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 1-avgustdan 1-oktabrga qadar davom etdi. Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2024-yilning 10-oktyabriga qadar amalga oshirishga ruxsat berilgan edi.
👉Toifa testlarida ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligini qayerdan bilish mumkin?
👉 Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi
👉 Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?
👉 Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?
👉Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?
👉 Ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!
👉Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?
👉 Tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!
👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Quyidagi telegram botlar yordamida esa attestatsiyaga bepul tayyorlanishingiz mumkin:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi
✅ Joriy yilning 10-oktyabr kuni 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.
👨🏻💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 12-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.
❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
➖etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
➖O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.
Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://talimxabarlari.uz/11262/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti
🔹 Talaba dars qoldirsa, kredit miqdori qanday hisoblanadi?
🔹 Oʻqituvchilar uchun qanday imtiyozlar bor?
🔹 Farg‘onada davlat oliygohlari tugatiladimi?
🔹 Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqot o'tkazdi
🔹 Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin boʻldi
🔹 Ta’lim krediti olgan talabalarga chet elga chiqishda ta’qiq bormi?
🔹 Pedagog xodimlarga beriladigan ustama turlari haqida bilasizmi?
🔹 Qancha o‘zbekistonlik talabalar xorijda tahsil olmoqda?
🔹 Magistraturadagi o‘qish davri ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi
🔹 Samarqand Arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘lgan
🔹 Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi
🔹 Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda - vazirlik
🔹 Maktab o‘quvchisi ustiga futbol maydonidagi darvoza to‘sini qulashi natijasida vafot etdi
🔹 Endilikda talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin
🔹 Startap loyihalar diplom ishi o‘rniga o‘tadi
🔹 Pedagog kadrlarga attestatsiyadan o‘tish imtihonida qancha vaqt beriladi?
🔹 Toifa testlarida ishtirok uchun murojaat qabul qilinganligini qayerdan bilish mumkin?
🔹 Pedagoglar uchun attestatsiya to‘lovlari muddati uzaytirildi
🔹 Endilikda bogʻchalar rahbar va pedagoglari ham moddiy ragʻbatlantiriladi
🔹 Samarqand viloyatida maktab binosi qurilishida bir qator qoidabuzarliklarga yo’l qo’yilgan
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!
✅ Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2024-yilning 10-oktabriga qadar amalga oshirishingiz mumkin.
Xabaringiz bor, 2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 1-avgustdan 1-oktabrga qadar davom etdi.
➖ Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.
❗️O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-oktabriga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Diqqat, eslatma!
pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan arizalarni tahrirlash 4-oktyabr soat 23:59 da to‘xtatiladi
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining majburiy attestatsiyadan o‘tish yoki navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi ko‘rib chiqilayotgan pedagog kadrlar joriy yilning 4-oktyabr kuni yakuniga qadar arizalarini tahrirlashlari va belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligini eslatamiz.
❗️O‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kollej va texnikumlarda oʻqiyotgan xotin-qizlar davlat granti asosida oʻqishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (29.09.2023-yildagi 516-son)ga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xoʻjaligi sohalarida taʼlim olayotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin.
Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Kollej (texnikum) direktori 3 ish kunida arizalarni koʻrib chiqadi va umumlashtirib, hududiy boʻlinmalarga taqdim etadi.
Hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20-oktyabrga qadar umumlashtirilgan xotin qizlarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi va tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.
Tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralar 25-oktyabrga qadar xotin-qizlarni davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida murojaatlar asosida grant uchun mablagʻ ajratadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Prezidentimiz bilan suhbat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr — o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillari, taʼlimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot o‘tkazdilar.
Muloqot davomida yuridik fanlari doktori — Axtam Yakubovning sohani rivojlanishiga doir takliflari davlat rahbari tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Yangi yildan xususiy maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida yangi yildan boshlab, xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratilishi ma'lum qilindi.
Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi (7 foizi) byudjetdan qoplanadi.
Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi”, - dedi Prezident.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O‘qituvchilarning 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.
O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.
Bugun muallimlarning 88 foizi 6 million so‘mgacha, 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda.
O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.
Albatta, bu hali yetarli emas, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshganini ta’kidlash lozim.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali