⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.
❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.
👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://talimxabarlari.uz/9871/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovini o'tkazish to'g'risida
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi.
Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarida 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari esdalik
sovg‘alari hamda faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha pul mukofoti hamda faxriy yorliq bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 30 mln so‘m;
2-o‘rin – 20 mln so‘m;
3-o‘rin – 10 mln so‘m.
Tanlovda faol hamda munosib ishtirok etgan o‘qituvchilar “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng yaxshi notiq” kabi nominatsiyalar bo‘yicha alohida taqdirlanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
ZARMED Universiteti Buxoro kampusida 7000 o'rinli 2-o'quv binosi ochildi
✨ 16-sentyabr kuni Universitetning Buxorodagi 2-o'quv binosi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Yuqorida tadbir atmosferasini ulashdik.
ZARMED Universiteti Samarqand va Buxoro kampuslarida 21 ta kunduzgi va sirtqi, 5 ta magistratura, 17 ta ordinatura hamda 10 ga yaqin qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha qabul davom etmoqda. 🔥
📑 Litsenziya (№298590, 06.08.2022)
👉 Ariza topshirish
Zamonaviy sharoitlarda, sifatli ta'lim olib, davlat diplomiga ega bo'lishni istagan yigit-qizlarga ZARMED Universitetini tavsiya etamiz.
⚡️Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra,
➖ 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;
"3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
➖ Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi.
➖ Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
➖ Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi.
➖ Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanloviga start berildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi!
Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
❗️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim.
Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:
1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti;
2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;
3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va joriy yilning 20-oktyabriga qadar davom etadi.
Tanlov shartlari 👉 https://talimxabarlari.uz/9575/
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!
❗️Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi
Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:
🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
👨🏻💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.
✔️ Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti
🔹 Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishga doir zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi
🔹 “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
🔹 Umumta’lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlarining sanasi ma’lum qilindi
🔹 Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday?
🔹 Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi
🔹 Sinf rahbarlar to‘g‘risidagi nizom avvalgisidan nimasi bilan farq qiladi?
🔹 Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasigacha onlayn ariza berish kerak
🔹 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi
🔹 Talaba qanday holatlarda akademik ta'til olishi mumkin?
🔹 Talabalarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lsa, ularga foizsiz ta’lim krediti beriladi
🔹 “Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi
🔹 Nodavlat OTMlarning litsenziyalari bekor qilinishi mumkin?
🔹 Oʻquvchilar uchun ustozlar javobgar emas!
🔹 Keyingi oʻquv yilidan doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
📌 Abiturientlar uchun ajoyib imkoniyat!
Bir vaqtning o‘zida ham kasb, ham chet tillarini o‘rganing!
🩺 “Alpha professional ta’lim tibbiyot texnikumi”da tahsil olib, xalqaro kadrga aylanishingiz mumkin!
✔️ Chunki texnikumdagi ta’lim jarayonlarida chet tillarini o‘qitishga alohida va ko‘proq e’tibor qaratiladi. Bir vaqtning o‘zida talabalar stomatologiya, maktabgacha ta’lim, hamshiralik va feldsherlik ishi, farmatsiya kabi sohalardan birida o‘qish imkoniga ega.
😎 Keling, ko‘ring va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling!
🩺 Alpha professional ta’lim tibbiyot texnikumi — Biz yangi imkoniyatlar eshigini ochamiz!
🖥 Ro‘yxatdan o‘tish:➡️ Bu yerga bosing! ⬅️
Lokatsiya: Toshken shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy 190
📍 Google maps: https://bit.ly/3RZhayD
📍 Yandex maps: https://bit.ly/4buUa1v
☎️ +998337202024
+998337232024
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 3️⃣ Facebook
2️⃣ Instagram 📺 AlphaTexnikumi">You tube
2024-2025 o‘quv yili uchun taqvim-mavzu reja jamlanmasi
🔹 1-4-sinf musiqa fanidan
🔹 1-4-sinf o‘qish savodxonligi fanidan
🔹 1-4-sinf tarbiya fanidan
🔹 1-4-sinf texnologiya fanidan
🔹 1-4-sinf tasviriy san'at fanidan
🔹 1-4-sinf matematika fanidan
🔹 1-4-sinf jismoniy tarbiya fanidan
🔹 1-2-sinf informatika fanidan
🔹 Savod o‘rgatish davri “Alifbe” darslaridan
🔹 Savod o‘rgatish davri “Yozuv” darslaridan
🔹 2-4-sinf o‘zbek tili fanidan
🔹 1-4-sinf Tabiiy fanlardan
—————————————
🔹 По изобразительному искусству для 1-4 классов
🔹 По предмету «Технология» для 1-4 классов
🔹 По воспитанию для 1-4 классов
🔹 По предмету «Музыкальная грамотность» для 1-4 классов
🔹 По предмету «Русский язык» для 1-4 классов
🔹 По предмету «Письмо» в 1 классе
🔹 По предмету «Читательская грамотность» для 1-4 классов
🔹 По предмету «Информатика и информационные технологии» для 1-2 классов
🔹 По предмету «Математика» для 1-4 классов
🔹 По предмету «Естествознание» для 1-4 классов
🔹 По предмету «Обучение грамоте» в 1 классе
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi?
Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishga oid savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi.
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?
OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bunda muddatlar quyidagicha:
25% ni — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% ni — 2025-yil 1-yanvargacha;
75% ni — 2025-yil 1-martgacha;
100% ni — 2025-yil 1-maygacha.
Eslatma! To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.
kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
❗️Super-kontraktda o‘qiydigan talabalar ham kontraktni bo‘lib to‘lashlari mumkin. Lekin super-kontraktda o’qimoqchi bo’lganlar dastlab 50% to’lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❗️Baholar haqqoniy qoʻyilmaganligi uchun roʻyxatdan chiqarilgan maktablari roʻyxati
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 286-son buyrugʻiga bilan monitoring guruhlarining tahlillariga binoan baholar haqqoniy qoʻyilmaganligi uchun roʻyxatdan chiqarilgan umumtaʼlim maktablari roʻyxati tasdiqlangan.
Izoh: Baholar haqqoniy qo‘yilmaganligi aniqlanganda barcha to‘plagan ballari bekor qilinadi hamda ushbu maktab rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan maktablar ro‘yxatidan chiqariladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori ‘‘Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibi to‘g‘risidagi’’
Quyida 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan maktablar roʻyxati bilan tanishish mumkin: /channel/uztdi/8961
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kambagʻal oilalar farzandlarini bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli taʼlim olishini tashkil qilish Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi
Prezident har bir kambagʻal oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy maʼlumotli boʻlishi uchun sharoit yaratilishini eʼlon qildi. Bunda:
-- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining oʻzlashtirish koʻrsatkichi kamida 80 foiz boʻlsa, ularga keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti beriladi;
- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini toʻplagan kambagʻal oila farzandlariga qoʻshimcha grant ajratiladi.
Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil boʻlgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard soʻmlik grant eʼlon qiladi.
Bu grantlar hisobidan, fanlarni oʻzlashtirishidan kelib chiqib, kambagʻal oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Kambagʻal oilalar farzandlarini bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli taʼlim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama koʻmak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
🎓📚 Talabalar uchun: OTMlarda kontraktni bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi
Joriy yildan boshlab O‘zbekiston OTMlarida talabalarga kontraktni qismlarga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi. Birinchi 25% to‘lovni 15-sentabrgacha amalga oshirish lozim.
✅ payme’da siz shartnomani bir zumda, qulaygina to‘lashingiz mumkin:
1. "Xizmatlar to‘lovi" bo‘limiga o‘ting va "Ta’lim" bandini tanlang.
2. "OTMlar uchun kontrakt to‘lovi"ni toping va to‘lov turini tanlang
3. JSHSHIR hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni tasdiqlang.
Tayyor! 15-sentabrgacha o‘qish uchun kontraktning 25% ni to‘lashga shoshiling
⚡️SHOSHILING, OXIRGI IMKONIYAT!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari "Farmatsiya" hamda "Sanoat farmatsiyasi" yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.
Shuningdek, UzBMB( DTM) ballari asosida siz imtihonsiz “Farmatsiya” yoki “Sanoat farmatsiyasi ” yo‘nalishlariga qabul qilinasiz!
Bundan tashqari, o‘qishingizni davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan ham ko‘chirishingiz mumkin.
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.
✅ Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.
O‘qish muddati 2 yil.
👉 UzBMB( DTM)ni yuklash
Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy, Mo‘ljal: “Uz Mal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)
📍Manzil
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |
#Qabul_2024_2025
📣 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul davom etadi!
Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lganlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi.
✔️ Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarida "Yurisprudensiya" yo'nalishida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 25-sentabrga qadar my.uzbmb.uz saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin.
Bunda, abituriyentlar tomonidan ta’lim tilini o‘zgartirgan holda tanlovda ishtirok etishi mumkin
Ushbu fuqarolar Oliy ta’lim, fаn vа innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan yozma imtihоnlаr natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin
⚡️#Diqqat
Barcha uchun muhim! Endilikda ta‘lim sohasidagi barcha muammoli savollarga Yurist Xizmati malakali yuristlari orqali masofadan turib yordam olishingiz mumkin!
Malakali yurist xizmati orqali:
➖Qonuniy asoslantirilgan yozma yurist javobini olish;
➖Yurist bilan qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanish;
➖Barcha turdagi Yuridik hujjatlarni tayyorlatishingiz mumkin!
Bu xizmat hayotingiz mobaynida muammoga duch kelganingizda juda asqotadi, shu sababli rasmiy Yurist Xizmati kanaliga ulanib qo‘ying👇
👉 Yurist Xizmati rasmiy kanaliga ulanish
⚡️Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan maktablar roʻyxati va oʻquv dasturlari tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 300-sonli buyrug‘i bilan:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan ikkinchi xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy) til oʻquv dasturlari 1-6-ilovalarga muvofiq;
2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 10-sinfdan ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:
uch kun muddatda mazkur buyruqni ikkinchi xorijiy til oʻqitish amaliyoti joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazish va ijrosini nazorat qilish;
ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish;
har chorakda ikkinchi xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar toʻgʻrisida vazirlikka maʼlumot kiritish vazifalari yuklatildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🟡 Nega hali ham hujjat topshirmadingiz?
🎓 Ta'lim sifati chet elnikidan qolishmaydigan Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.
📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43
Hoziroq ariza topshiring va muvaffaqiyatli talaba bo'ling
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:
✍️ test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📌 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari e’lon qilindi
Kvota chiqdi. Omadingiz kelmagan bo‘lsa afsuslanmang, UBSga hujjat topshirishingiz mumkin.
👍 Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi,sifatli ta’lim olish uchun barcha sharoitlarga ega universitet — UBS’da qabul jarayonlari davom etmoqda.
UBS talabalar uchun quyidagi imkoniyatlarni taklif qiladi:
👉 300 ta ta’lim granti
👉 Bir semestrlik grant
👉 Kontrakt uchun vaucherlar
👉 Yillik 3 mln so‘mlik stipendiya
👉 Til sertifikati uchun chegirma
👉 Oilaviy o‘qiydiganlarga 10 foiz chegirma
👉 Sinfdoshlar uchun 10 foizlik chegirma
✔️ UzBMB natijasi bilan imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati ham mavjud.
Hoziroq bizga qo‘ng‘iroq qiling va talaba bo‘ling.
☎️ +998940414446, +998940119889, +998948830030
📄 UBS litsenziyasi uchun havola
Kunduzgi ta’lim — 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim — 9 860 000 so‘m
👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!
Pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 12-iyundagi "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 187- son buyrug‘i qabul qilingan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️O'qishni ko'chirish imtihonidan o'tgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?
O'qishni ko'chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o'tganlar talabalarga oliygoh tomonidan aloqa xati beriladi va aynan shu hujjatda qanday hujjatlar olib kelinishi lozimligi ko'rsatilgan bo'ladi, jumladan:
👉 Diplom yoki attest asl nusxasi;
👉 Transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;
👉 Akademik ma'lumotnoma;
👉 1-kursga qabul qilinganlik bo'yicha buyruqdan ko'chirma;
👉 Kursdan-kursga o'tganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Talabalar safidan chetlashtirilganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
2025-yildan boshlab doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Unga koʻra, 2025-yildan boshlab Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarni har yillik faoliyati natijalari boʻyicha reyting baholash tartibi joriy etiladi.
2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul talabgorlarning ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan tegishli maʼlumotlar asosida jamlanadigan ballar yigʻindisiga koʻra amalga oshiradi.
Yagona elektron tizimda toʻplanadigan maʼlumotlar:
🔹 mutaxassislik fanlari boʻyicha ballar – bakalavriat va magistratura taʼlim bosqichlarida tegishli fanlar boʻyicha toʻplangan ballar (baholari);
🔹 xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha ballar – taʼlimning tegishli sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishiga qarab belgilangan tartibda tabaqalashtirilgan holda.
Yagona elektron tizimda tadqiqot taklifi (research proposal), tadqiqot ishining maqsadi va kutilayotgan natija, tavsiyanomalar va sohaga oid chop etilgan ilmiy maqolalar va boshqalar ham jamlanadi.
2025-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash va moliyalashtirish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarmas mablagʻlari hisobidan xorijiy stajirovkaga faqat ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan 35 yoshdan oshmagan xodimlar yuboriladi.
Muhokamada ishtirok etish: 👉 https://regulation.gov.uz/oz/d/103001
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Sirtqi ta'limda o'qib oliy ma'lumotli bo'ling!
Xalqaro Nordik universiteti Oʼzbekiston va Finlandiya tashqi ishlar vazirligi koʼmagida ochilgan.
Universitetda darslar onlayn va oflayn Hemis platformasi va ZOOM orqali olib boriladi.
⚡️SHOSHILING, OXIRGI IMKONIYAT!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari "Farmatsiya" hamda "Sanoat farmatsiyasi" yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.
Shuningdek, UzBMB( DTM) ballari asosida siz imtihonsiz “Farmatsiya” yoki “Sanoat farmatsiyasi ” yo‘nalishlariga qabul qilinasiz!
Bundan tashqari, o‘qishingizni davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan ham ko‘chirishingiz mumkin.
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.
✅ Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.
O‘qish muddati 2 yil.
👉 UzBMB( DTM)ni yuklash
Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy, Mo‘ljal: “Uz Mal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)
📍Manzil
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |
🎓 Talaba bo'lishingiz uchun so'nggi imkoniyat!
🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida 2024-2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda.
✍️ Hoziroq ariza topshiring va o'z litsenziyasiga ega bo'lgan universitet talabasiga aylaning.
⚡️2024-yil 1-sentyabrdan boshlab rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 263-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil sentyabr oyidan boshlab bir kalendar yili davomida ustama toʻlanadigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 286-son buyrugʻi asosida “Oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga oʻquv yili davomida mazkur buyruqda belgilangan miqdorda ustamalar toʻlanadi”.
Mazkur maktablar pedagoglar jamoasini ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❓Talaba qanday holatlarda akademik ta’til olishi mumkin?
🔰Akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, talabalar oʻz ixtiyoriga koʻra, qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’iy nazar akademik ta’til olish huquqiga ega. Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.
Akademik ta’til quyidagi holatlarda berilishi mumkin:
–harbiy xizmatni o‘tash uchun;
–salomatligini tiklash uchun;
–homiladorlik va tug‘ish uchun;
–bolalarni parvarish qilish uchun;
–oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
–harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
–homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;
–salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga
⚡️Asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi 16-30-sentyabr kunlari o‘tkaziladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 9-sentyabrdagi 02-31-1335-sonli xati bilan 2024-2025-o‘quv yilida Asosiy olimpiadaning maktab bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari hududlarga yuborildi.
🗓 17 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning birinchi (maktab) bosqichi joriy yilning 16-30-sentyabr kunlari tashkil etiladi.
Olimpiada o'tkaziladigan joy va muddatlari bo'yicha barcha o'quvchilar olimpiadadan kamida 3 kun oldin (e'lonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoqlar va telegram guruhlarga e'lon joylashtirish, fan o'qituvchilari tomonidan mashg'ulotlar vaqtida, umumiy saflanishda og'zaki e'lon qilish va boshqalar) xabardor qilinishi lozim.
🔰 Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
💻 Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtirilishi shart.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali