uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

✔️✔️✔️MUHIM E'LON✔️✔️✔️

BARCHA INGLIZ TILI USTOZLAR DIQQATIGA!!!

KUZGI ATTESTATSIYA HAM YAQINLASHIB QOLDI. HALI HAM QANDAY TAYYORGARLIK KO'RISHNI BILMAYABSIZMI? SIZNI BUGUN 1.5 YIL ICHIDA OLIY TOIFAGA ERISHGAN JALOLIDDIN USTOZNING "GRAMMAR FOR CATEGORY EXAMS" BEPUL DARSIGA TAKLIF ETAMIZ

DARSDA QATNASHISH
DARSDA QATNASHISH


P.S. BUGUNGI DARS SOAT 20:30 DA BO'LADI VA YOZIB OLINMAYDI
BARCHAGA VAQTIDA QATNASHISHNI TAVSIYA QILAMIZ
✔️
QO'SHIMCHA ATTESTATSIYA MOCK TESTI HAM TAHLILI BO'LIB O'TADI.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo‘lsin!

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Professional ta'lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Super-kontarkt to‘lovida 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

❗️Bu chegirmani oddiy (bazaviy) kontrakt uchun taalluqli emas.

Ushbu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga amal qiladi. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha taqsimlangan:

– o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
– 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
– 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
– 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.


Mana shu toifadagi abituriyentlar garchi birdaniga 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli kontraktning 50 foizini to‘lab, qolgan qismini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lash mumkin.

Kirish chizig‘iga 4,1 ball va undan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endi ayrim abituriyentlar “yurisprudensiya” yo’nalishiga suhbat asosida qabul qilinadi

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, yuridik texnikumlar negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilinadi.

📌Ushbu litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish tasdiqlandi.
 

Shuningdek, qarorga asosan:

– maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab–litsey–texnikum–universitet” tizimi joriy etiladi;
 
– Adliya vazirligining maxsus platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 
– o‘quvchilar orasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari orasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi;
 
– maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini mustaqil o’zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalari yaratiladi.


Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

9-sentyabrdan metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi

Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2024-yil 9-sentyabrdan yuqoridagi 27 ta oliy ta’lim maskani (rasmda👆) talabalari ushbu grafik asosida darslarga qatnashadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi #talimuchun loyihasi doirasidagi onlayn vebinarlarni davom ettirmoqda.

Loyihaning navbatdagi mehmoni Malayziyaning Universiti Sains Malysia qoshidagi Milliy oliy ta’lim tadqiqotlari instituti PhD tadqiqotchisi, El-yurt umidi jamg‘armasi stipendianti Bobir Muratov bo‘ladi.

🖥 Taqdimot mavzusi: “Oliy ta’limning xalqarolashuvi: Transmilliy ta’lim”

Boshlanish vaqti: 29-avgust soat 16:00 dan boshlab

💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/83378631876

ID: 833 7863 1876
Kod: 174024

Kanalga ulanish:👇
/channel/trm_metodika

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#super_kontrakt

2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Joriy oʻquv yilidan boshlab OTMlarda “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli asosan, oliy taʼlim tizimida 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
 
📌Qayd etilishicha, registrator ofisining funksional vazifalariga oʻquv boʻlimi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻlimi, ilmiy boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimlarining vazifalari oʻtkazilmoqda.
 
🏢Registrator ofisida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
 

–  talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash;
– registrator ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash;
– transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish;
– bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish;
– talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish.

Shuningdek, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur registrator ofisida qabul qilinadi.

 
✔️ “Registrator ofisi” ni malakali (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba oʻtagan shaxslarga ustuvorlik beriladi ) xodimlar bilan toʻldirish koʻzda tutilgan.
 
Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Registrator ofisi” xodimlari uchun seminar-treninglar hamda iqtisodiy oʻqishlar tashkil qilish belgilandi.
 

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi!

Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

Natijalarni quyidagi havola orqali hududlar kesimida yuklab olishingiz mumkin:

👉 https://talimxabarlari.uz/8215/

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida UzBMB (DTM) natijalaringiz bilan talabalar safida bo'ling!

🔥 Siz uchun mandat so'nggi imkoniyat emas! Sizga Osiyo Xalqaro Universiteti yaqindan yordam beradi. Shuningdek, DTMda to'plagan ballaringiz orqali, xalqaro darajadagi Osiyo Xalqaro Universitetida o'qish imkoniga ega bo'lasiz.

🧑‍🎓 Universitetimizda 28 ta mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha qabul davom etmoqda.

🔖 Kontrakt narxlari 10 mln so'mdan boshlanadi.

📑 Litsenziya (№ 364928, 10.11.2022)

📨 Ariza topshirish: qabul.oxu.uz

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning: +998553050009

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Ham bepul o'qib, ham stipendiya olishingiz mumkin!

Bu imkoniyatni Navoiy innovatsiyalar universitetida qo'lga kiritishingiz mumkin.

Ta'lim yo'nalishlari:

— Maktabgacha taʼlim
— Boshlang'ich taʼlim
— Pedagogika
— Biologiya
— Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili, ingliz tili, rus tili)
— Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
— Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha)
— Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
— Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)


💸 Kontrakt narxlari — 8 mln so'mdan boshlanadi.

Universitet quyidagilarni kafolatlaydi.
🔴 Davlat namunasidagi diplom;
🔴 2 mlrd so'mlik grant;
🔴 Yillik 6 mln so'mlik stipendiya.


🗂 Onlayn ariza topshirish: Onlayn ariza topshirish

📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🟦 Web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi “Salom bog‘cha”, “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Mustaqillik dars” larini tashkil etish to'g'risidagi 04-27-2255-son ko'rsatma xati

👉“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ssenariysi

👉 Maktablar uchun “Mustaqillik dars” ishlanmasi

👉 “Mustaqillik dars”i uchun taqdimot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ertaga professional ta'lim muassasalariga tanlov yakunlanadi!

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.

📍Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

2024/2025 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 106 256 ta qabul kvotasi ajratilgan bo'lib quyidagi ta'lim tashkilotlari kesimida tanishishingiz mumkin:

👉 https://talimxabarlari.uz/5961/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 Abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini ko‘rishi mumkin


🔹 Yo‘nalishlar va OTMlar kesimida 2024 yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi

🔹 Kim nechanchi o‘rinda turganini qachon bilsa bo‘ladi?

🔹 1-kurslarni kutayotgan yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo‘lgan

🔹 Talabalikka qabul qilinganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

🔹 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin

🔹 Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?

🔹 O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi

🔹 "Super-kontrakt" haqida ayrim maʼlumotlar

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hozirgi kunda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda asosiy eʼtibor 5 ta ustuvor yoʻnalishga qaratilayotgani taʼkidlandi.

Bular: sifatli taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish; biznesni rivojlantirish; korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish; sogʻliqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash; ekologik barqarorlikni taʼminlash.

“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat taʼlimda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat taʼlim va tarbiyadir. Shu sababli maktab taʼlimini isloh qilish boʻyicha katta dastur qabul qildik.

Maktablarimizda avvalo ona tili va adabiyotini chuqur oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Farzandlarimizga chet tillaridan sifatli taʼlim berish maqsadida xorijiy til egalarini olib kelmoqdamiz.

Maktab oʻquvchilari jahondagi ilgʻor tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy darsliklar bilan taʼminlanmoqda”,


— dedi Prezident.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktablarda Huquq sinflari tashkil qilinadi

"Davlat ta'lim muassasalarida yuridik ta'limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (532-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi.

🔰 Unga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o'qitiladigan variativ o'quv rejalari asosida zamonaviy ko'rgazmali o'qitish vositalari bilan ta'minlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi.

⚡️Umumta'lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo'yicha qayta tayyorlanadi.

🖥 Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.

🗓 2024/2025-o'quv yilidan umumta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” respublika ko'rik tanlovi o'tkaziladi.

🔍“Huquq sinfi”ga o'quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o'quvchilari orasidan saralab olinadi.

✔️ 2024/2025-o'quv yilidan boshlab “maktab-lisey-texnikum-universitet” uzluksiz ta'lim tizimi asosida akademik liseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar test sinovlarisiz to'g'ridan-to'g'ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

✅ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

📍 Shunga ko‘ra ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

🖥 Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda 9-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning, 10-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talabalar endi 3 oyda onlayn tarzda rus tili o'rganishlari mumkin!

🎓 Abituriyentlikni tugatib, talabalik baxtiga erishgan, lekin kelajakda rivojlanish uchun rus tili o'rganishni qayerda boshlashni bilmayotganlar diqqatiga!

✅ Endi o'quv binosidan yoki uydan chiqmagan holda "Prep.uz" platformasi bilan 3 oyda, mutlaqo onlayn holda rus tili o'rganishingiz mumkin.

👇 "Prep.uz" onlayn ta'lim platformasining usuntliklari:

• 8 yillik mukammal tajriba;
• 7700 dan ziyod kursdan mamnun o'quvchi;
• mentorlar tomonidan doimiy nazorat;
• haftada 2 bora "Google Meet" orqali uchrashuvlar;
• qayta ko'rish mumkin bo'lgan tayyor videodarsliklar.


💳 Ta'lim olish uchun to'lovni esa Uzum Nasiya orqali bo'lib to'lash qulayligi mavjud!

📌 Hoziroq kursga ro'yxatdan o'ting va rus tili o'rganishni boshlang!

👇 Batafsil ma'lumot uchun formani to'ldiring:
https://forms.amocrm.ru/rtmldcv

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktabgacha taʼlim tashkilotiga direktor tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining (27.08.2024-y. №531-son) qaroriga muvofiq:

2025-yil 1-yanvardan boshlab, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha taʼlimi tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kursida oʻqitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi etiladi.

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar orasidan tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi.

Bunda tashkilot direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud boʻlgan va ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

✅ Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tmoqda. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov qilishadi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin!

— Hujjatlar onlayn shaklda qabul qilinadi.

🔼 56.7 balldan past ball toʻplagan abituriyentlar ham talaba boʻlishlari mumkin!

Yaʼni, abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadi. Lekin Super kontrakt toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, bizda yaxshiroq taklif bor.

Misol uchun:

Kontraktni o‘quv yili davomida boʻlib toʻlash
Yillik 3 mln so‘mlik stipendiya dasturi
— Bir semestrlik grant
— Kontrakt uchun vaucherlar
— Til sertifikati uchun kontraktdan chegirma
— Oilaviy o‘qiydiganlar kontraktidan 10 foizlik chegirma
— “Friends” dasturi bo‘yicha 10 foizlik chegirma
— HEMIS tizimidan foydalanish


👍 "University of Business and Science" da oʻqishni tavsiya qilamiz!

❤️ UZBMB natijasi bilan topshirish

☎️ Murojaat uchun:
+998940414446|+998948830030


Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🇺🇿Mandat natijasi asosida o'qishga kiraolmagan abituriyentlar diqqatiga!

Siz Toshkent menejment va iqtisodiyot institutiga to'g'ridan-to'gri, hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'lish imkoniyatiga egasiz!

‼️ DTM natijangiz 50 va undan yuqori bo'lsa imtihonlarsiz yoki 50 baldan past bo'lsa online yoki offline tarzda bo'ladigan institut ichki imtihonida qatnashishingiz mumkin.

Endilikda Siz TMII Institutining Toshkent hamda Farg'ona Kampuslarida tahsil olish imkoniyatiga egasiz.


🏃Vaqtni ketkazmang pastdagi havola orqali ro'yxatdan o'ting va bugunoq talaba bo'ling!

TMII bakalavr yo'nalishlari:
▪️ Iqtisodiyot
▪️ Buxgalteriya hisobi va audit
▪️ Menejment
▪️ Moliya va moliyaviy texnalogiyalar
▪️ Marketing
▪️ Kadastr
▪️ Soliqlar va soliqqa tortish
▪️ Kompyuter injiniringi
▪️ Dasturiy injiniring
▪️ Mexatronika va robototexnika
▪️ Maktabgacha ta'lim
▪️ Psixologiya

📣 Online ariza qoldirish

📞 Aloqa-markazi:
+998712009005 | @timeedubot

Telegram |Instagram |Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bugun apellyatsiya arizalarini qabul qilish yakunlanadi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellyatsiya arizalarini qabul qilish onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (27-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

👉Boshlangʻich sinflarda tabiiy (Science) fan, Informatika va axborot texnologiyalari hamda Tarbiya fanlaridan kimlar dars berishlari mumkin va ularning malaka toifalari qanday belgilanadi?

👉
Shuningdek, 5-6 sinflarda tabiiy (Science) fanidan, 5-11 sinflarda Tarbiya fanidan qaysi oʻqituvchilar dars bera oladilar va ularga malaka toifalari qanday belgilanadi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 27-maydagi 168-son buyrugʻida yuqoridagi dolzarb savollarga javob berilgan.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagoglarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bepul amalga oshirilishi lozim

Iqtisodiyot va moliya, Sog‘liqni saqlash hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qo'shma xatda "Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi qonunga (7-modda) binoan, pedagoglar uchun tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish huquqi berilgani, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlari uchun joriy yilda Davlat byudjetidan 71,4 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum qilingan.

Hududiy boshqarmalarga majburiy tibbiy ko‘rikni pedagoglar uchun bepul tashkil etish topshirig‘i berilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent gumanitar fanlar universiteti abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. (Universitetning Toshkent shahrida ham filiali mavjud.)

Universitetda kontrakt narxlari 9 million so'mdan boshlanadi.

Siz bu yerda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:

👉 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
👉 Logistika
👉 Xalqaro munosabatlar
👉 Marketing
👉 Menejment
👉 Maktabgacha ta'lim
👉 O'zbek tili va adabiyoti
👉 Turizm
👉 Milliy g'oya ma'naviyat asoslari
👉 Huquq
👉 Sun'iy intellekt
👉 Pedagogika
👉 Axborot texnologiyalari
👉 Jismoniy tarbiya
👉 Tarix
👉 Biologiya
👉 Boshlang'ich ta'lim
👉 Pedagogika va psixologiya
👉 Filologiya tillar bo'yicha
👉 Iqtisodiyot

🏢 Uzoq viloyatlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Murojaat uchun:

📞+998903993034   @TGFUqabul2
📞+998903993134   @TGFUqabul1

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Sun'iy intellekt sohasida O'zbekistonda ilk bora 2+2 qo'shma diplom dasturi.

Sun'iy intellekt sohasida kadr tayyorlovchi ilk yo'nalish O'zbekistoning UMFT universiteti va Janubiy Koreyaning FEU universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu qo'shma dastur asosida talabalar 2 yil O'zbekistonda va 2 yil Janubiy Koreyada tahsil olishadi. Bitiruvchilarga 2 ta mutaxassislik diplomi beriladi.

2024-2025 o'quv yili uchun qabul rasman ochiq.

Hujjat topshirish va murojaatlar uchun:
❤️ @umft_support
☎️ +998555208888

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xususiy universitetda operator va kurator lavozimiga nomzodlar qidirilmoqda

Sotuv operatorligi

🧳 Ish haqida ma’lumot:
— Ish soati: 09:00-18.00
— Ish kuni: Dushanba-shanba

Talablar:
— Ishga masʼuliyatli, xushmuomala va intizomli;
— Rus tilini biluvchilarga ustunlik beriladi.

📲 Aloqa ma'lumotlari haqida:
— Hudud: #Toshkent
— Kimga: Ayol-qizlar
— Yosh: 18-27
— Oylik: 3 mln soʻm
— Tel: +998933431115
— TG: @UBS_manager

———————————

Kuratorlik

🧳 Ish haqida maʼlumot:

— Ish soati: 09:00-18.00
— Ish kuni: Dushanba-shanba

Talablar:
— Bakalavr darajasi;
— Oliy taʼlimda 1 yil tajriba;
— Xushmuomalalik va masʼuliyat;
— Excelni bilish;
— Ingliz va rus tillarini biluvchilarga ustunlik beriladi.

📲 Aloqa ma'lumotlari haqida:
— Hudud: #Toshkent
— Kimga: Ayol-qizlar
— Yosh: 25-30
— Oylik: 5 mln soʻm
— Tel: +998933431115
— TG: @UBS_manager

Читать полностью…
Subscribe to a channel