⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi
📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Tibbiyot texnikumlariga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladi
Joriy yilning 14-17-avgust kunlari Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi tibbiyot texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
🎓 Hamkorlik memorandumiga asosan, ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va ular quyidagi tibbiyot texnikumlariga suhbat asosida imtihonsiz qabul qilinadi:
👉 Namangan xalqaro tibbiyot texnikumi
👉 Sino tibbiyot texnikumi
👉 Med Invest tibbiyot texnikumi
✅ Testda ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi.
✔️ Test sinovlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan qiziqish bildirgan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin. Uzoq hududlardan keladigan talabalar uchun tibbiyot texnikumlarida yotoqxonalar mavjud.
📄 Yakunda abituriyentga test tahlili va maxsus sertifikat taqdim etiladi!
🔤 Axborot texnologiyalari va menejment universitetida 2024–2025 o’quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda
Bakalavr yo'nalishlari:
✅Boshlang’ich ta’lim;
✅Filologiya va tillarni o’qitish(arab, ingliz, rus);
✅Tarix;
✅Axborot tizimlari va texnologiyalari;
✅Kiberxavfsizlik injiniringi;
✅Dasturiy injiniring;
✅Iqtisodiyot;
✅Menejment;
✅Matematika;
✅Maxsus pedagogika(defektologiya);
✅Maktabgacha ta’lim;
✅O’zbek tili va adabiyoti;
✅Milliy goya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
✅Psixologiya;
✅Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
✅Bank ishi;
✅Kompyuter injiniringi;
✅Arxitektura;
✅Tarix;
✅Iqtisodiyot;
✅Matematika;
✅Kompyuter injiniringi;
✅Lingvistika (tillar);
✅Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich ta’lim).
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi xodimlar lavozimlar kesimida qaysi nomenklatura tegishli ekanligi tasdiqlandi
2024-yil 1-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Ushbu buyruqning ilovalari bilan quyidagilar tasdiqlandi:
1-ilova — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar RO'YXATI
3-ilova — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hisob-nazorat nomenklaturasiga kiruvchi kelishiladigan lavozimlar RO‘YXATI
6-ilova — Hududiy boshqarmalar hisob-nazorat nomenklaturasiga kiruvchi kelishiladigan lavozimlar RO‘YXATI
7-ilova — Hududiy boshqarmalar nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov o'tkazish bo’yicha komissiyaning namunaviy TARKIBI
8-ilova — Hududiy boshqarmalar hisob-nazorat nomenklaturasiga kiruvchi kelishiladigan lavozimlar RO‘YXATI
9-ilova — Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar RO’YXATI
10-ilova — Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo'yicha komissiyaning namunaviy TARKIBI
11-ilova — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlov jarayonlarini o'tkazish bo‘yicha vazir o'rinbosarlarini hududlarga biriktirish JADVALI
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirildi
Prezident “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi.
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi.
Bunda:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:
byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirildi;
byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshirildi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari bosqichma-bosqich joriy etiladi
Bu haqda AOKAda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Unga koʻra “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari haftada quyidagi navbatda tashkil etiladi:
➖Dushanba — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) oʻqituvchilari uchun;
➖Seshanba — Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, oʻzbek tili/rus tili) oʻqituvchilari uchun;
➖Chorshanba — Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan — Sciyence) oʻqituvchilari uchun;
➖Payshanba — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) oʻqituvchilari uchun;
➖Juma — Xorijiy tillar oʻqituvchilari uchun;
➖Shanba — Amaliy fanlar (tasviriy sanʼat, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik) va boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun.
💵 Ushbu tadbirlarda mentor-oʻqituvchilargadirektor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
✔️ Kasbiy rivojlanish kunlari tegishli fan oʻqituvchilari uchun asosan kasbiy rivojlantirish tadbirlarida ishtirok etadigan ish kuni hisoblanadi.
❗️ “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari oʻtkaziladigan vaqtda tegishli fan oʻqituvchilari maktablardagi dars mashgʻulotlari va boshqa tadbirlarga jalb qilinmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha
❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.
Shundan:
👉 respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan - 33 255 nafar;
👉 xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan -- 657 nafar;
👉 xorijiy davlatlarning OTMlaridan - 9 970 nafar.
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Navoiy innovatsiyalar universiteti 2024/2025 o‘quv yili uchun 2 milliard so‘m miqdorida grant o‘rinlarini e’lon qildi.
👉 Hoziroq ariza qoldiring va grant asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ling!
Undan tashqari:
- Chet el oliygohlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyati
- 6 million so‘mgacha stipendiyalar
- Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari.
👉 Ariza topshirish
Bizning yo‘nalishlar
Batafsil ma’lumot: (55)500-00-43
Telegram | Instagram | Veb sayt
⚡️Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligini bilishi mumkin
Abituriyentlar avvalgi yillardagidek tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin. Bu Bilimni baholash agentligining mutaxassislari tomonidan agentlikning rasmiy telegram kanalida bo‘lib o‘tgan ovozli suhbatda ma’lum qilindi.
Ushbu jarayon imtihonning ikkinchi, ya’ni tanlov bosqichi yakunlangandan bir necha kun o‘tib boshlanadi. Shundan keyin abituriyentlar tanlagan beshta yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligi, qolgan abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatma! Imtihonning tanlov bosqichi kecha 10-avgust kuni soat 23:59 da yakunlandi. Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
2024/2025 oʻquv yili uchun taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani
Savol. Umumiy kvotada grant uchun ajratilgan ulushining taqsimlanish tartibi qanday?
✔ @uztdi_mandatbot orqali davlat OTMlarining so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Abituriyentlarnining 43,5 foizi 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok eta olmaydi
AOKAda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida berilgan maʼlumot koʻra:
2024-2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan 740 352 nafar abituriyentdan 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,5%(2023-yilda 53.3%) 56,7 dan yuqori ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.
321 ming nafardan ortig‘i yoki 43,5% (2023-yilda 46.7%) abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘la olmagan.
Abituriyentlarning 210 nafari (2023-yilda 119 nafar) 189 va undan yuqori ball to‘pladi (shundan 91 nafari 189 dan yuqori ball to‘plagan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari hisoblanadi).
✔️ @uztdi_mandatbot orqali davlat OTMlarining so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Qozog‘istonda O‘zbekiston oliygohi filiali ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochdilar.
Mazkur ta’lim muassasalarida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.
"O‘zbek va qozoq oliygohlari filiallarining o‘zaro ochilishi ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanayotganidan yana bir dalolat bo‘ldi", deyiladi prezident matbuot xizmati bergan xabarda.
📣 Joriy yilning 20-21-avgust kunlari navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladi
✅ Avval xabar berilganidek, umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishi belgilangan.
➖Kasbiy sertifikatlash sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.
➖Kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.
👉 Ma’muriy reglament
👉 Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar
_______
📣 20-21 августа текущего года пройдет внеочередная профессиональная сертификация
➖ Профессиональная сертификация пройдет по следующим адресам.
➖Со спецификой тестовых заданий для профессиональной сертификации можно ознакомиться по ссылке.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:
🥊 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;
🏆Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.
🖥 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.
📝 Talab etiladigan hujjatlar:
➖oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
➖oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
➖086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.
❗️Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.
🗓 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📢 Osiyo Xalqaro universitetida UzBMB (DTM) natijangiz bilan talaba boʻling!
Buxoro shahrida joylashgan ushbu koʻp tarmoqli universitet sizga quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:
✅ Xalqaro darajadagi taʼlim
✅ Zamonaviy kampuslar
✅ Eng kuchli mutaxasis pedagoglar
✅ Rektor stipendiyalari
Hozirgi kunda ushbu universitetda UzBMB imtihonlaridan toʻplagan natijangiz bilan 27 ta yoʻnalishlardan birida talaba boʻlish imkoniyati ham mavjud!
📝 Roʻyxatdan oʻtish: qabul.oxu.uz
📞 Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: +998553050009
🌐 www.oxu.uz
⚡️Kasbiy sertifikat sinovlariga bepul tayyorlanish imkoniyati mavjud
Maktablarga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 20-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur sinovlarda ishtirokchilarga:
Mutaxassislik fanidan -40 ta;
Pedagogik mahorat boʻyicha -10 ta;
jami 50 ta savol beriladi.
Har bir toʻgʻri javob uchun 2 baldan beriladi.
Kasbiy Sertifikat olish uchun 56 va undan yuqori ball toʻplash kerak boʻladi.
Kasbiy sertifikat sinovlariga quyidagi telegram bot orqali tayyorlanishingiz mumkin:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
✔️Test topshirishlar e‘lon qilingan spetsifikatsiya asosida malakali testologlar tomonidan tuzilgan bo‘lib, tez fursatda yangi testlar joylashtiriladi.
👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: /channel/uztdi/8242
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Yuqori ball olgan abituriyentlarning barchasi grant asosida oʻqishga qabul qilinadimi?
2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida “Umumiy kvotada grant uchun ajratilgan ulushining taqsimlanish tartibi qanday?” savoliga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari javob berishdi.
"Davlat granti ulushi joriy yilda yoʻnalishlar uchun umumiy kvotaning qanchadir ulushida taqsimlanishi belgilangan.
Buni tushuntiradigan boʻlsak, yurisprudensiya yoʻnalishiga grant ulushi 10 foiz deb belgilangan. Toshkent davlat Yuridik universitetini misolida koʻradigan boʻlsak, kvota soni 600 ta va uning 10 foizini 60 ta davlat granti kvotasiga toʻgʻri keladi.
Ushbu koʻrsatkichni oʻtgan yilgi grant soni bilan solishtirsak, bir necha barobarga oshgan. Yaʼni, statik holatda grant taqsimlanganda, koʻplab oliygohlarga kam grant berilayotgan edi.
Hozirgi ulush eng maksimal holat, yaʼni bir OTMning biror yoʻnalishiga ajratilishi mumkin boʻlgan grantning eng koʻp miqdori shu boʻlishi mumkin.
Toshkent davlat yuridik universitetiga ajratilgan umumiy 600 ta kvotaning 10 foizini oladigan boʻlsak, 60 ta grant olishi mumkin. Shunda ham agar eng bilimli va yuqori natija olgan abituriyentlar yuridik universitetini tanlagan boʻlsa. Agar ular Diplomatiya, Milliy yoki Transport universitetini tanlagan boʻlsa, bu yerda grant soni 60 taga ham yetib bormasligi yoki teskarisi boʻlishi mumkin.
Shundan xulosa qilish mumkinki, respublika boʻyicha yurisprudensiya yoʻnalishiga ajratilgan grant soniga koʻra, shu yoʻnalishga hujjat topshirgan abituriyentlarni eng yuqoridan saralaganda, shu sonda turgan abituriyentlarning hammasi ham davlat granti asosida oʻqishga kiradi degani emas.
Chunki abituriyentlarda tanlov ustuvorligi, OTMlarda abituriyentlar qamrovi hamda grant ulushi bor. Deylik, qaysidir abituriyentga Yuridik universitetda kontraktda oʻqish Milliy universitet yurisprudensiya yoʻnalishida grantda oʻqishdan ustunroq boʻlishi mumkin. Boshqa bir abituriyentga esa qaysi OTM boʻlishidan qatʼi nazar grantda oʻqish muhim boʻlishi mumkin. Shuning uchun abituriyentlarga tanlash uchun davlat granti va taʼlim yoʻnalishi ustuvorligi taqdim etilgan.
Xulosa qilib aytganda, respublika boʻyicha grant sonidan turgan abituriyentlarning hammasi ham grantga kiradi degani emas va bu ularning tanlovi"
⚡️Magistratura mandati 20-avgustga qadar e’lon qilinadi
2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha, 2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlarning o‘qish javoblari joriy yil 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Toshkent gumanitar fanlar universiteti abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. (Universitetning Toshkent shahrida ham filiali mavjud.)
Universitetda kontrakt narxlari 9 million so'mdan boshlanadi.
Siz bu yerda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:
👉 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
👉 Logistika
👉 Xalqaro munosabatlar
👉 Marketing
👉 Menejment
👉 Maktabgacha ta'lim
👉 O'zbek tili va adabiyoti
👉 Turizm
👉 Milliy g'oya ma'naviyat asoslari
👉 Huquq
👉 Sun'iy intellekt
👉 Pedagogika
👉 Axborot texnologiyalari
👉 Jismoniy tarbiya
👉 Tarix
👉 Biologiya
👉 Boshlang'ich ta'lim
👉 Pedagogika va psixologiya
👉 Filologiya tillar bo'yicha
👉 Iqtisodiyot
🏢 Uzoq viloyatlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Murojaat uchun:
📞+998903993034 @TGFUqabul2
📞+998903993134 @TGFUqabul1
⚡️ Yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi
2023-yil 22-dekabrda “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.
Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanishini ma'lum qilamiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialiga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.
Hujjatlar 25-avgustga qadar onlayn tarzda qabul.mpei.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
⚠️ Filialda taʼlim jarayonlari RUS TILIDA olib boriladi!
🎓O‘qish muddatlari:
• Kunduzgi ta’lim shaklida – 4 yil;
• Sirtqi ta’lim shaklida – 5 yil.
Qabul kvotasi bu yerda👈
⚠️ Kirish imtihonlari test sinovlari orqali rus tilida quyidagi fanlardan amalga oshiriladi:
• Matematika
• Rus tili
📞 Maslahat markazi ish vaqti: 9:00 – 17:00 gacha, yakshanba – dam olish kuni
+998951457741; +998951457742
+998951457743; +998951457744
+998951457745
Eslatma: Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi
2024-yil 1-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Ushbu buyruqning 12-ilovasi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.
Endi maktab direktorilikka nomzodlardan kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kamida 5 yillik pedagogik stajdan tashqari menejerlik sertifikati ham talab qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti
🔹 Mandat qachon chiqadi?
🔹 2024-2025-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining 6 yillik baholari OTMga kirishda inobatga olinadi(mi?)
🔹 Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligini bilishi mumkin – Bilimni baholash agentligi
🔹 Oliy ta’limga ajratilgan byudjet mablagʻlaridan qanday foydalanilmoqda?
🔹 “RayONO”ga boshliqlik uchun $55 000, o‘qituvchilikka $1000: ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
🔹 Maqsadli grant kvotalari umumiy kvotalardan tashqari hisoblanadimi?
🔹 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-21-avgust oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda – Bilimni baholash agentligi
🔹 321 ming nafardan ortiq abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagani uchun tanlovda ishtirok etmaydi
🔹 Kasbiy sertifikat sinovlari oʻtkaziladigan joylar roʻyxati e’lon qilindi (manzil+lokatsiya)
🔹 Metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” sifatida qayta joriy etiladi
🔹 “Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘qituvchilariga malaka toifasiga mos haq to‘lanishi kerak – vazir buyrug‘i
🔹 Qozog‘istonda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti filiali o‘z ishini boshladi
🔹 Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari o‘tkazilish muddati ma’lum qilindi
🔹 Joriy yilda dars soatlari qanday taqsimlanadi?
🔹 2- va undan yuqori kurs talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish uchun ilk taqsimot 15-avgust sanasidan boshlanadi
🔹 Qaysi pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi?
🔹 HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi
🔹 Pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun murojaat yuborish 1-oktyabrga qadar davom etadi
🔹 66 yoshli otaxon nodavlat universitetga hujjat topshirdi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Abituriyentlar diqqatiga: Bugun yo‘nalish tanlash uchun oxirgi kun!
Abituriyentlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.
Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.
Bunda abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi:
1️⃣ Tanlov ustvorligini tanlash. Batafsil : 👉 /channel/uztdi/8738
2️⃣ Qabul kvotalari bilan tanishib chiqing. Batafsil : 👉 /channel/uztdi/8735
3️⃣ @uztdi_mandatbot orqali davlat OTMlarining so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishib chiqish. Batafsil : /channel/uztdi/8797
🌟 Abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.
✅ Avvalroq tanlov qilgan abituriyentlar bugun, 10-avgust kuni tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.
📹 Videoyo‘riqnoma
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔹 Bugun, 9-avgust kuni soat 10:00da Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Mahoratli o'qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlanadi.
🔹 Tadbirda ishtirok etish uchun havola: https://unicef.zoom.us/j/93584366303
ID: 935 8436 6303
Kod: 483581
— — — — —
🔹 Сегодня, 9 августа, в 10:00 часов начинается международная научно-практическая конференция на тему «Квалифицированный педагог – развитая нация: проблемы и решения непрерывного профессионального образования», проводимая по инициативе Республиканского научно-методического центра развития образования.
🔹 Ссылка для участия в мероприятии: https://unicef.zoom.us/j/93584366303
ID: 935 8436 6303
Код: 483581
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
⚡️Maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari bosqichma-bosqich joriy etiladi
2024-yil 7-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini
bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida"gi 246-sonli buyrugʻi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichini aniq (matematika, informatika) va tabiiy (fizika, biologiya, kimyo) fanlar yo‘nalishida boshlanadi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarida mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladigan tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ro‘yxati ushbu buyruqning 6-ilovasi bilan tasdiqlangan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#DTM
#admission2024
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida talaba boʻlish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!
Agar siz UZBMB (DTM) natijalariga ega boʻlsangiz, universitetimizda tahsil olish uchun ariza topshirishingiz mumkin.
Diqqat, tibbiyot yoʻnalishlari ushbu taklifdan mustasno.
❗️Joriy yilning 29-iyulidan boshlab, siz oʻzingiz bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishingiz kerak:
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta).
2. UZBMB (DTM) tomonidan berilgan qogʻozingiz.
Roʻyxatdan oʻtish jarayoni universitet qabul boʻlimida amalga oshiriladi.
📍 Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 156-uy.
Moʻljal: Toshkent Janubiy Vokzal.
☎️ +998 78 129 40 40 (1)
www.kiut.uz
❓ O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
#abituriyent #qabul2024
✅ Javob: @uztdi_mandatbot'ning “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:
➖ 2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);
➖ 2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);
➖ so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).
Shuningdek, botda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Talabalarning shartnoma pullarini to‘layotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozlari qo‘llanishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasida talabalarning shartnoma pullarini to‘layotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozini qo‘llash ya’ni ularning daromadlariga soliq solmaslik nazarda tutilmoqda.
Hozirgi paytda bunday imtiyoz faqatgina talabalarning ota-onalariga nisbatan qo‘llanilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilingan edi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kasbiy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish davom etmoqda
✅ Hukumat qarori (№87, 12.02.2024) ga asosan pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar hamda tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
➖ Joriy yilning 25-iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda DXM orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinadi.
🗓 Murojaatlarni yuborish 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
❗️Navbatdan-tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan (56 baldan kam ball to‘plagan) stajyor-o‘qituvchilar hujjat topshirishlari mumkin.
kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi.
➖Biologiya
➖Chizmachilik
➖CHQBT
➖Davlat va huquq asoslari
➖Fizika
➖Geografiya
➖Informatika
➖Ingliz tili
➖Iqtisod
➖Jismoniy tarbiya
➖Kimyo
➖Matematika
➖Musiqa
➖Ona tili va adabiyoti
➖O`zbek tili
➖Tarbiya
➖Tarix
➖Texnologiya
➖Texnologiya va dizayn
👉 Ma’muriy reglament
👉 Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali