🏢 Siz DTMda ball olgan bo‘lsangiz, Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetida hech qanday imtihonsiz talaba bo‘lasiz
📑Ta’lim yoʻnalishlari: 👈
Ta’lim shakli: KUNDUZGI, KECHKI va SIRTQI
Hujjat topshirish uchun:
📱telegram bot orqali:
/channel/Qabul_TITUBot 👈
🖥 Rasmiy sayt orqali:
https://www.titu-qabul.uz/ 👈
📜Litsenziya (№ 327619 24.07.2024 y.) 👈
Oʻqishni koʻchirish uchun:+998990402237
Rasmiy sayt: https://uztitu.uz/oz
📞Toshkent:
+99899-040-22-36
+99899-040-22-39
📞Namangan:
+99897-822-00-51
+99897-822-00-52
+99888-822-00-53
+99888-822-00-54
📌Manzil:
• Toshkent sh, Chilonzor(локация)
• Namangan sh, Oromgoh MFY(локация)
Telegram | Instagram | TOSHKENTIQTISODIYOTVATEXNOLOGI">Youtube | Facebook
❗️Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyada ishtirok eta olmaydi
Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Yangi tartib boʻyicha ishsiz pedagoglar ham oʻz ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etishi mumkinmi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.
Javob: Yoʻq ishtirok eta olmaydilar. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bandi koʻra “Ushbu nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi”.
Yaʼni malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.
Joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtiladi. Muddat yakunlangunga qadar ishga kirib attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza berish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali
#abituriyent #kvota
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.
Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.
Ma’lumki, joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.
Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan.
Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).
‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim.
PS. Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
👍 "UBS yaqin yillar ichida TOP-1000 universitetlar qatoridan o‘rin oladi!" — hamkorlik memorandumi
"Yosh ziyokor" uyushmasi raisi, ta’lim fidoyisi Rasul Kusherbayev Namangan shahridagi "University of Business and Science" faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida Rasul Kusherbayevga universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
🤝 Uchrashuv yakunida "Yosh ziyokor" uyushmasi va universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik tafsilotlari bilan video orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
👉 DTM ball bilan UBS talabasi bo‘ling
👉 UBSda bakalavriat yo‘nalishlari
👉 Magistratura mutaxassisliklari
👉 "Family" dasturi — kontraktdan 10% chegirma
🌐 qabul.ubsu.uz
☎️ +998781132626, +998907894242
Kunduzgi ta’lim kontrakti — 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim kontrakti — 9 860 000 so‘m
📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)
Telegram | Instagram
⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti
🔹 2024-2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
🔹 Xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
🔹 Pedagogik staj talab etiladigan sirtqi ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi
🔹 Tibbiyot OTMlarida klinik ordinaturaga qabul 20-avgustgacha davom etadi. Jarayon haqida nimalarni bilishimiz kerak?
🔹 Qaysi OTMlar kontraktini o‘zi belgilashi mumkin? To‘liq ro‘yxat
🔹 Kimlar beshtagacha yo‘nalish tanlay olmaydi?
🔹 Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari tanlanganda davlat granti ustuvorligi qanday bo‘ladi?
🔹 Oʻzbek olimasi AQShda oltin medal sohibasi boʻldi
🔹 Minimal o‘tish balli nimani belgilaydi?
🔹 Barcha davlat OTMlarda jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi
🔹 B2 Sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi
🔹 Attestatsiya uchun ro’yxatdan o’tishda noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, pedagogga qanday chora ko’riladi?
🔹 Toshkentda talabalarni turar joy bilan ta’minlash markazlari tashkil etiladi
🔹 O‘z natijalaridan norozi bo’lgan abituriyentlarning apellatsiya berish tartibi qanday?
🔹 Eng namunali “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash” markazlari 30 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi
🔹 Yoʻnalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi
🔹 Vazirlik: Har bir maktab oʻz ichki Nizomiga asosan forma joriy etishi mumkin!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kontraktda o‘qiydigan talaba grantga o‘tishi mumkin (mi?)
👉Videoda javob olishingiz mumkin.
Grant yoki ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi? Qaysi birini tanlash kerak?
👉Videoda javob olishingiz mumkin.
Minimal ball o‘zgardimi?
👉Videoda javob olishingiz mumkin.
Endi yangiliklarni video shaklda Instagram sahifamizda kuzatib borishingiz mumkin.
Faol obunachilarimizdan layk va izohlar kutib qolamiz.
🔹 Instagramga ulanish
UzBMB natijasi (DTM ball) bilan UBS talabasi bo‘ling!
👍Hurmatli abituriyentlar, “University of Business and Science”dan navbatdagi imkoniyat!
UzBMB natijangiz bilan UBS talabasi bo‘lib, sifatli ta’lim oling.
Bizning imkoniyatlar:
👉 Universitetning 300 ta ta’lim granti
👉 Yillik 3 mln so‘mlik stipendiya dasturi
👉 Bir semestrlik grant
👉 Kontrakt uchun vaucherlar
👉 Oilaviy o‘qiydiganlarning kontraktidan 10% chegirma
👉 Til sertifikati uchun kontraktdan chegirma
UBSga qabul davom etmoqda. Hoziroq hujjat topshirib talaba bo‘ling!
Murojaat uchun: +998948830030 | @UBS_manager2024
Kunduzgi ta’lim kontrakti — 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim kontrakti — 9 860 000 so‘m
📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)
⚡️ Diqqat! Sizda nufuzli universitet talabasi bo‘lish imkoniyati bor!
💻 Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti, ✅ Taʼlim nazorati, Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi abituriyentlar uchun 4-ONLAYN TEST sinovlariga start beradi.
🎓 Hamkorlik memorandumiga asosan, ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va ular Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetining 12 ta bakalavriat yo‘nalishlaridan biriga imtihonsiz qabul qilinadi.
✅ Testda ishtirok etish MUTLAQO BEPUL!
📚Yo‘nalish tanlang va test yechishni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash
📄 Yakunda abituriyentga test tahlili va maxsus sertifikat taqdim etiladi!
❗️Ta'lim shaklini tanlashda e’tibor bering: Taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi
Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlarini va ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
Shu o‘rinda bir muhim faktni unutmaslik lozim Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) asosan endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.
Xuddi shunday xotin-qizlarga ajratiladigan imtiyozli foizsiz taʼlim krediti ham endi faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydiganlarga ajratiladi.
Sirtqi, kechki yoki masofaviy ta‘lim shaklini tanlagan talabalarga taʼlim krediti ajratilmaydi.
✔️ Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi OTMlar sirtqi ta‘lim shaklida o‘qiydiganlarga ham kontraktni 4 yoki 5 ga bo‘lib to‘lash imkoniyati bermoqda:
◽️ "University of Business and Science"
🔹 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
🤗 Osiyo Xalqaro Universiteti
👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
🔸Qarshi xalqaro universiteti
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉 https://talimxabarlari.uz/6453/
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
❗️Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovi natijalarini talabgorlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️"Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin! Hatto hujjat topshirishga ulgurmagan va imtihonga kechikkanlar ham!
— Hujjatlar shu yilning 5-avgustga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi.
❗️56.7 balldan past ball toʻplagan abituriyentlar ham talaba boʻlishlari mumkin!
Yaʼni, abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadi. Lekin Super kontrakt toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, bizda yaxshiroq taklif bor.
Misol uchun,
— GRANT uchun kvotalar ajratgan;
— BEPUL ingliz va arab til kurslari bor;
— Yotoqxona bilan taminlangan;
— BEPUL wi-fi kovorking markazi bor;
— 20 ga yaqin yoʻnalishlari;
— Kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin boʻlgan Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida, oʻqishni tavsiya qilamiz!
#e’lon
⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kasbiy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish davom etmoqda
✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar hamda tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
➖ Joriy yilning 25 iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinadi.
❗️Murojaatlarni yuborish 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
👉 Ma’lumot uchun: joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida muvaffaqiyatli o‘tgan 4 896 nafar stajyor-o‘qituvchilarning sertifikatlari ularning shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.
🔰 Eslatib o‘tamiz: Navbatdan-tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan (56 baldan kam ball to‘plagan) stajyor-o‘qituvchilar hujjat topshirishlari mumkin.
👉 Ma’muriy reglament
👉 Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar
👉 Sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktab oʻquvchilari uchun koreyalik mutaxassislar ishtirokida sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻquvchilar uchun sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi.
Ushbu kursda maktabning 32 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha koreyalik mutaxassislardan bilim olishmoqda.
Muassasaga Koreya ta’lim vazirligining granti asosida Robototexnika laboratoriyasini moddiy-texnik bazasini shakllantirish maqsadida Arduino to‘plami va PIBO roboti olib kelingan. Ushbu jihozlar orqali o‘quvchilarda dasturlashga oid o’rgangan nazariy bilimlarini Robot qurilmalarida sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
❗️Mazkur maktabda tajriba-sinovdan oʻtkazilayotgan loyiha natijasida olinadigan ijobiy tajribalar boshqa maktablarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagi video sunʼiy intellekt va robototexnika kursi ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirdan tayyorlandi.
🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/xzoKJVul9EM
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Navoiy innovatsiyalar universiteti 2024/2025 o‘quv yili uchun 2 milliard so‘m miqdorida grant o‘rinlarini e’lon qildi.
📌 Hoziroq ariza qoldiring va grant asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ling!
Undan tashqari:
- Chet el oliygohlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyati
- 6 million so‘mgacha stipendiyalar
- To'lov shatnoma puli 8 milliondan boshlanadi
- Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari.
📨 Ariza topshirish
Bizning yo‘nalishlar
Batafsil ma’lumot: (55)500-00-43
Telegram | Instagram | Veb sayt
⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
🔹 Ayni paytda Toshkent shahridagi Inha universitetida bolalar uchun Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi va qator hamkor tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan eng yirik dasturlash xakatoni – “KIDS HACKATHON 2024” davom etmoqda.
Tadbir ochilishida so’zga chiqqan Ta’limni rivojlantirish markazi direktori v.v.b Yuliya Risyukova ilk marotaba tashkil etilgan musobaqa muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
"Innovatsiya, ijodkorlik va texnologiyalar bugun har bir jamiyatning rivojlanishi uchun eng muhim ustunlardan biriga aylanib bormoqda.
Xakaton shunchaki raqobat emas, bu har birimiz uchun o'z mahoratimizni namoyish etish, fikr almashish va ajoyib narsalarni yaratish uchun noyob imkoniyatdir.
Bu nafaqat o'z g'oyalarini amalga oshirish, balki texnologiya orqali dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishni xohlaydigan hamfikr odamlar bilan tanishish imkoniyatidir.
Har qanday muvaffaqiyatli loyihalar avvalo g‘oyadan tug‘iladi. Tajriba qilishdan qo‘rqmang. Bugungi bellashuv ertangi ulkan natijalaringiz uchun ilk qadam bo‘lishiga ishonaman," – dedi Yuliya Risyukova.
Xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota va sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari
#abituriyent #kvota
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti hududlar va sohalar kesimida tasdiqlandi.
✅ Jami: 2 000 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
🔹 Aniq va tabiiy fanlar – 453;
🔹 Texnika fanlari – 253;
🔹 Tibbiyot fanlari – 301;
🔹 Boshqa yo‘nalishlar – 993.
Hududlar bo‘yicha:
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
🔸 Andijon viloyati – 183;
🔸 Buxoro viloyati – 112;
🔸 Jizzax viloyati – 81;
🔸 Qashqadaryo viloyati – 193;
🔸 Navoiy viloyati – 60;
🔸 Namangan viloyati – 165;
🔸 Samarqand viloyati – 227;
🔸 Surxondaryo viloyati – 155;
🔸 Sirdaryo viloyati – 50;
🔸 Toshkent viloyati – 177;
🔸 Farg‘ona viloyati – 221;
🔸 Xorazm viloyati – 110;
🔸 Toshkent shahri – 155.
❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.
📝 Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.
✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Bugun o'qishni ko'chirish bo‘yicha ariza yuborishning so‘nggi kuni
Joriy yilning 15-iyul kuni OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlangan edi.
🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar bugun 5-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
👰♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi: /channel/uztdi/8636
O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.
❗️Agar talabgorning arizasi hududiy ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqib rad etilsa, kamchiliklarni bartaraf qilib qayta ariza yuborish uchun qo‘shimcha muddat beriladi.
✔ @mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari boshqa ma‘lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi
Abituriyentlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.
Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.
Bunda abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi:
Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib bo‘yicha to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Ya’ni, abituriyentning bali avval davlat granti bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.
🌟 Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.
✅ 10-avgustga qadar abituriyentlar tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.
📹 Videoyo‘riqnoma
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2 kundan keyin o'qishni ko'chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi
Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyul kuni OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlangan edi.
🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
👰♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi: /channel/uztdi/8636
O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.
✔ @mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari boshqa ma‘lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
❌ Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogiron, yetim, ijtimoiy himoya reyestridagi talabalar 20-avgustdan boshlab yotoqxonaga joylashtiriladi
🔰 Bu haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida 2-avgust kuni Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha yigʻilishda ko‘rsatma berilgan.
✅ Shuningdek, 15-avgustdan boshlab, har bir oliygohda Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga koʻmaklashish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish lozimligi ta’kidlangan.
Talabalar turar joylariga arizalarni ko‘rib chiqishda ustuvorlik beriladigan talabalar bo‘yicha batafsil ma’lumot: 👉 https://talimxabarlari.uz/6392/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).
❗️ Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti bo‘lajak talabalarni rag‘batlantirish maqsadida 1,5 milliard so‘mlik grant va 8,4 million so’mlik stipendiya joriy etdi.
Siz universitetda:
🔹Universitet tomonidan ajratilgan 1,5 milliard so’mlik grant o’rniga ega bo’lishingiz mumkin
🔹 Universitetning faol talabalari safida bo’lsangiz 8 million 400 ming so’mgacha stipendiya olishingiz mumkin.
2024-2025-o‘quv yili uchun qabul quyidagi yo’nalishlarda davom etmoqda:
• 24 ta bakalavriat yo‘nalishi;
• 4 ta magistratura mutaxassisligi.
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida Boshlang‘ich ta’limdan tortib, Iqtisodiyot yo’nalishigacha mavjud!
Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.
Hujjat topshirish: https://bit.ly/IPU_qabul
Litsenziya (№194419; 16.08.2022)
Aloqa markazi: (78)113-19-19
Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimova k, 13-uy
❗️ Maktablardagi B2 sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev tomonidan imzolangan xatga ko‘ra faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).
Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilmaslik so‘ralgan.
Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olinishi talab etilgan.
❌ 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda qaysi sertifikatlar va nima uchun roʻyxatdan chiqarib yuborilgani haqida quyida ma’lumot bergan edik: 👉 /channel/uztdi/8474
⛔️ Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi
✅ Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.
❗️Murojaatlar:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
✔️ Quyidagi telegram botlar yordamida attestatsiyaga bepul tayyorlanishingiz mumkin:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish ertaga — 1 avgust kuni soat 11:00 da boshlanadi
➖my.maktab.uz platformasi orqali yuborilgan arizalar vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
❗️Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
👉 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! 📣
Endilikda, UzBMB (DTM) natijangiz bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabasi bo'lishingiz mumkin.
👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida qabul hali ham davom etmoqda!
Qolaversa, AIFUda 20 ta davlat va 150 ta universitet grantlaridan birining egasiga aylanishingiz mumkin.
Bakalavriat yo'nalishlari:
• Matematika
• Amaliy matematika
• Sun'iy intellekt
• Dasturiy injiniring
• Logistika
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Bank ishi
• Menejment
• Tarix
• Psixologiya
• Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
• Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili, rus tili, o’zbek tili
• Tarjima nazariyasi va amaliyoti
• Maktabgacha ta‘lim
Magistratura mutaxassisliklari:
• Matematika
• Sun'iy intellekt
• Iqtisodiyot
• Menejment
• Bank ishi
• Buxgalteriya hisobi
• Biznesni boshqarish (MBA)
• Tarix
• Psixologiya
• Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
• Lingvistika
#eslatma #qabul2024 #ikkinchi_bosqich
❗️2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash 10-avgustga qadar davom etadi.
Bunda abituriyentlar “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shuningdek, beshtagacha OTM ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydilar.
Batafsil: 👉/channel/uztdi/8726
📹 Videoyo‘riqnoma (HD formatda)
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓Qaysi davlat OTMlari kontraktni mustaqil oshirishi mumkin?
Prezident qarori (24.12.2021-yil, PQ-61-son) bilan 40 ta davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilgan bo'lib, ular to'lov-kontrakt miqdorini mustaqil oshirishlari mumkin.
Misol uchun moliyaviy mustaqil OTMlardan biri bo'lgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti veb-saytida 2024-2025-oʻquv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida oʻqitish toʻlov-shartnoma yangilangan miqdori e'lon qilindi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar ro'yxati: 👉 https://talimxabarlari.uz/6319/
Moliyaviy mustaqil bo'lmagan OTMlar uchun toʻlov-kontrakt yangilangan miqdorlari: 👉 /channel/uztdi/8744
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali