🏛DTM (UZBMB) natijangiz bilan Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari safidan joy oling – bizda qabul davom etmoqda!
✅ Hozirgi kunda OXUning 27 ta yo'nalishlari uchun qabul mavjud bo'lib, universitetda talabalar xalqaro muhitda samarali ta'lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
🔝Malakali pedagoglar, yuqori sifatli ta'lim, zamonaviy infrastrukturaga ega bo'lgan Osiyo Xalqaro Universiteti sizni kutmoqda!
🎓Qabul jarayonlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun bizni kuzatib boring!
📨 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube
#qabul2024 #grant #1_foizli
⚡️Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
▪️ Jami: 1 949 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
🔹 kunduzgi – 1 280 ta;
🔸 sirtqi – 521 ta;
🔹 kechki – 92 ta;
🔸 masofaviy – 56 ta.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#qabul2024 #grant #2_foizli
⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizli kvota
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
▪️ Jami: 3 898 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
👉 kunduzgi – 2 560 ta;
👉 sirtqi – 1 043 ta;
👉 kechki – 183 ta;
👉 masofaviy – 112 ta.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
⚡️Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi
✅ Unga ko‘ra:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha kvota haqida batafsil ma’lumot: 👉 /channel/uztdi/8494
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Minimal o’tish bali o’zgarmadi
Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.
✅ Unda ko‘ra:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.
PS. Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔥 Mandat chiqishidan oldin talaba bo'lish imkoniyati!
Davlat test imtihonidan olgan balingiz bilan shu kunning o'zida talaba bo'lish imkoniyati bor. UZBMB (DTM) imtihonidan olgan balingiz aniq bo'ldimi, aynan shu ball bilan 12 ta bakalavr yoʻnalishi va 3 ta magistratura yo’nalishlarida Qarshi xalqaro universitetida o'qishingiz mumkin.
📑 Litsenziya (№327633 29.07.2022)
👉 Ro'yxatdan o'tish
📞 +998555009944
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
✅ 2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:
➖Kunduzgi ta’lim shakli 👉 /channel/uztdi/8727
➖Sirtqi ta’lim shakli 👉 /channel/uztdi/8729
➖Kechki ta’lim shakli 👉 /channel/uztdi/8730
➖Masofaviy ta’lim shakli 👉/channel/uztdi/8732
➖Maktab ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul 👉 /channel/uztdi/8733
➖Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul 👉 /channel/uztdi/8734
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktab ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#tezkor🔥
🇺🇿Davlat testidan 50 va undan yuqori bal to'plagan abituriyentlar diqqatiga!
✅Siz Toshkent menejment va iqtisodiyot institutiga to'g'ridan-to'gri, hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'lish imkoniyatiga egasiz!
‼️ Agarda 50 baldan past natijaga ega bo'lsangiz online yoki offline tarzda bo'ladigan ichki imtihonda qatnashishingiz mumkin. Vaqtni ketkazmang bugunoq talaba bo'ling!
✅ TMII bakalavr yo'nalishlari:
▪️ Iqtisodiyot
▪️ Buxgalteriya hisobi va audit
▪️ Menejment
▪️ Moliya va moliyaviy texnalogiyalar
▪️ Marketing
▪️ Kadastr
▪️ Soliqlar va soliqqa tortish
▪️ Kompyuter injiniringi
▪️ Dasturiy injiniring
▪️ Mexatronika va robototexnika
▪️ Maktabgacha ta'lim
▪️ Psixologiya
📣 Online ariza qoldirish
📞 Aloqa-markazi:
+998712009005 | @timeedubot
Telegram |Instagram |Youtube
⚡️Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉 Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
👉 Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
✅ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi
1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
👉 2024/2025-oʻquv yilida OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 12-kun imtihon natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!
📆 2024-yil 25-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!
1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.
3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.
4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.
Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot
⚡️Abituriyent 5 tagacha yo‘nalishni qanday tanlashi mumkin?
Kecha, 25-iyul kuni davlat OTMlarining bakalavriatiga kirish uchun test imtihonlarining so'nggi kuni edi.
Bugun oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi va barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi. Shundan so’ng abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi.
Abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish va OTM tanlashlari mumkin. Bu yo‘nalishlar xohishga qarab har xil yoki bitta OTM doirasida tanlansa ham bo‘laveradi. Faqat mutaxassislik fanlari va ularning ketma-ketligi bir xil bo‘lishi kerak. Deylik, imtihon topshiriladigan birinchi fan matematika, ikkinchi fan fizika bo‘lsa, qolgan yo‘nalishlarda ham mutaxassislik fanlari xuddi shunday ketma-ketlikda bo‘lishi talab etiladi.
Shuningdek, nafaqat turli OTMning turli yo‘nalishlariga, balki turli ta’lim shakllariga ham hujjat topshirish mumkin. Masalan, birinchi yo‘nalish/oliygohga kunduzgi, keyingisiga sirtqi, boshqasiga esa kechki ta’lim uchun ro‘yxatdan o‘tiladi.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:
🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔸 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔸 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.
Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.
Ma’lumot uchun, Prezidentning PQ-289-son (21.06.2022-y.) qarorida pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tish davrida ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi shaxslar qabul qilinishi belgilangan.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
1-avgustgacha TMC Institut kampusiga kelib hujjat topshirgan abituriyentlar uchun 10% chegirma!
Shu muddatgacha hujjat topshirib, qabul qilingan talabalar kontrakt summasidan 10% chegirma oladilar. To‘lovni 100% biryo‘la to‘lash shart emas. Bu sifatli ta'limni arzonroq narxda olish uchun ajoyib imkoniyat!
• 17ta dan ortiq yo'nalishlar
• Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli
• Kontrakt miqdori 12 mln so’mdan boshlanadi
• To'lovni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin
Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va TMC Institute talabasi bo‘ling!
🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032
📍 Yandex Lokatsiya
❤️ Telegram Yozish
📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)
Telegram | Instagram
⚡️Joriy yil xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun 1 200 ta kvota ajratildi (oldingi yillari 1000 ta edi)
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti (jadval👆).
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
#o‘qishni_ko‘chirish
Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Haftaning eng muhim xabarlari dayjesti
🔹 Joriy yilgi OTMlar kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi e’lon qilindi
🔹 2024-2025-o‘quv yili uchun kvotalar tasdiqlandi (to‘liq ro‘yxat)
🔹 Joriy yil bitiruvchilarining majburiy fanlardan natijalari qanday?
🔹 Bitiruvchilarining o‘rtacha balli bo‘yicha Toshkent shahridagi eng yaxshi ta’lim muassasalari
🔹 Abituriyent 5 tagacha yo‘nalishni qanday tanlashi mumkin?
🔹 Kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi
🔹 Davlat granti kvotasi ulushi tasdiqlandi
🔹 2024/2025-oʻquv yilida OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati
🔹 Joriy yil bitiruvchilarining 40 foizi 56,7 ballni to‘play olmagan
🔹 Joriy yilda 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓ Abituriyent grantni tanlasa, kontraktda o‘qiy olmaydimi?
◼️ Tanlov ustvorligini tanlash — abituriyentlar uchun yaratilgan eng qulay imkoniyatlardan biri. Bunda abituriyent bilimiga qarab avval grantda o‘qish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Qanday qilib tanlash mumkin?
Abituriyent OTMga hujjat topshirayotganda 2 xil usuldan birini tanlashi mumkin:
1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
📌 Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.
Qisqa aytganda, abituriyent 1-usulda eng avval faqat grantga balli yetadigan joylarni, 2-usulda esa ham grant, ham kontraktga balli yetadigan joylarni tanlagan holda talaba bo‘lishi mumkin.
Masalan, abituriyent grant ustuvorligini tanlagan: u Toshkent tibbiyot akademiyasiga kontrakt, Samarqand tibbiyot institutiga esa grant o‘qishga kirdi. U grant ustuvorligini tanlagani uchun avtomatik ravishda Samarqand tibbiyot insituti talabasi bo‘ladi.
❗️Tanlashdan avval ✔@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishishib chiqishni tavsiya qilamiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#qabul_2024
#magistratura_kvota
⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida)
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉 Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
👉Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
👉 Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉 Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
👉Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
✔️@e_uzbmb_mandatbot 👈 eng qulay bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
👉 Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlari
✔️@e_uzbmb_mandatbot 👈 eng qulay bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Joriy yil bitiruvchilarining 60 foizi 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yil bitiruvchilarining kirish test sinovlarida qayd etgan natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, bu yilgi sinovlarda jami 378 574 nafar joriy yilgi bitiruvchilar ishtirok etgan.
Ularning 226 151 nafari ya’ni 59,74 foizi maksimal ballning 30 foizini ya’ni 56,7 ball va undan ko‘p to‘play olgan bo‘lsa, 152 114 nafari ushbu natijani qayd etolmagan.
Hududlar kesimida bu boradagi eng yaxshi natija Buxoro viloyati (69 foiz), Toshkent shahri (68,5 foiz) va Navoiy viloyati (65,4 foiz) ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Eng past natijalar esa Sirdaryo (55,3 foiz), Farg‘ona (54,3 foiz) hamda Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.
👉 Hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi
👉 OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati e’lon qilindi
1️⃣ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi – 176,28 ball;
2️⃣ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi – 161,65 ball;
3️⃣ Temurbeklar maktabi (DXX) (Yunusobod tumani) - 152,29 ball;
4️⃣ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi – 151,87 ball;
5️⃣ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi – 151,23 ball;
6️⃣ Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi – 150,61 ball;
7️⃣ Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi – 150,44 ball;
8️⃣ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi – 149,37 ball;
9️⃣ Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi – 148,71 ball;
🔟 Farg‘ona viloyati chet tillariga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi - 147,33 ball.
Ushbu maktablarga faoliyat olib borayotganlar barcha ustozlarni mehnatlari e‘tirofi bilan muborakbod etamiz!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🚀Endi sizda UZBMB (DTM) natijangiz bilan talaba bo'lish imkoniyati bor!
🔈 Buxoro shahrida joylashgan Osiyo xalqaro universitetida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ro'yxatdan o'ting👇
👩⚕️ Tibbiyot :
➖ Davolash ishi
➖ Stomatologiya
➖ Farmatsevtika
🔧 Texnika:
➖ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
➖ Konchilik ishi
➖ Temir yo'l transporti
➖ Kimyo sanoati
➖ Elektr Energetika
➖ Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
👨🏫 Pedagogika:
➖ Pedagogika
➖ Psixologiya
➖ Boshlang'ich ta'lim
➖ Maktabgacha ta’lim
➖ Tarix
➖ Jismoniy madaniyat
💰 Iqtisodiyot:
➖ Iqtisodiyot
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
📚Tillar:
➖ Ingliz tili va Adabiyoti
➖ Rus tili va Adabiyoti
➖ O’zbek tili va Adabiyoti
📝 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube
ALFRAGANUS universitetida bakalavriat yoʻnalishlari va magistraturaga qabul davom etmoqda
📚 Bakalavriat yo‘nalishlari (tibbiyot)
▫️ Davolash ishi
▫️ Pediatriya ishi
▫️ Stomatologiya
▫️ Farmatsiya
▫️ Sanoat farmatsiyasi
✅ Shuningdek:
- Iqtisodiyot
- Turizm
- Pedagogika
- Ijtimoiy fanlar
- Filologiya
- Raqamli texnologiya
- Jismoniy tarbiya va sport
🎓 Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Kompyuter injiniringi
➖ Dasturiy injiniring
➖ Sun’iy intellekt
➖ Lingvistika
➖ Sport faoliyati
➖ Turizm
➖ Iqtisodiyot
➖ O‘zbek tili va adabiyoti
➖ Falsafa
➖ Pedagogika
👉BATAFSIL
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
➖ DTM ball bilan hujjat topshirish
➖ Hujjat topshirish
➖ O’qishni ko’chirish
➖ Magistraturaga hujjat topshirish
➖ Qabul boti: @AfuQabulBot
☎️ +99878 122 75 57
📞 @Alfraganus_callcenter
📍 Manzil
Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Web-sayt