uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️ 11-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 24-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari tahlili e’lon qilindi

🔰 Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari va uning qoplanish holati tahlili e’lon qilindi.

📊 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tahliliga ko‘ra, o‘rtacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyasiz o‘qitish xarajatlari 13 mln 640 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha to‘lov kontrakt qiymati esa 7 mln 446 ming so‘m, ya’ni xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.

✅ Tahlilda ko‘rsatilishicha, hech bir sohada kontrakt miqdori yillik xarajatlarni to‘liq qoplamaydi.

📉 Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yo‘nalishlar ro‘yxatida huquq (81,2 foiz), jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar (81,2 foiz), jahon siyosati (81,2 foiz), iqtisod (75,6 foiz) va axborot texnologiyalari (75,6 foiz) yo‘nalishlari o‘rin olgan.

📈 Bu borada eng kichik ulush esa arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish (46,7 foiz), sport faoliyati (36,1 foiz) hamda san’at (27 foiz) kabi yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi.

📌 Ta’kidlash lozim, tahlilda har bir talabaga to‘lanadigan yillik stipendiya miqdori 6 mln 214 ming so‘m qilib hisoblangan. Shuningdek, o‘qish xarajatlari yana nimalardan tashkil topgani haqida ma’lumot berilmagan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔹 Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan brifing

🔹 Shavkat Xoʻjaqulov, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi

Batafsil: https://bit.ly/46ruRML

📹 Youtube (HD)da ko‘rish: https://youtu.be/lQCdQyImzfw

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin

Prezidentning (24.05.2024-yil PF-81-son) Farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali o’qishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Bu jarayonda, 1-kursda o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan talabalar keyingi yildan grant asosida tahsil olishi mumkin.

Ta’kidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 o‘quv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartibning nizomi Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlanishi lozim.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 9-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: 2024/2025-o‘quv yili uchun “University of Business and Science”ga qabul boshlandi

Afzalliklar:
300 ta GRANT uchun kvota ajratilgan;
• Bakalavr va magistratura darajalari;
• Davlat namunasidagi diplom;
• Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli;
• Shartnoma narxlari arzon va 5 ga bo‘lib to‘lash imkoniyati;
• Horijdan o’qishni ko’chirish;
30 dan ortiq ta'lim yo'nalishlar mavjud.

📚Ta’lim yo‘nalishlari:
— Axborot tizimlari va kompyuter muhandisligi
— Filologiya ingliz tili
— Boshlang‘ich ta’lim
— Pedagogika va psixologiya
— Maxsus pedagogika (logopediya)
— Tarix
— Moliya va moliyaviy texnologiyalar
— Bank ishi va auditi
— Iqtisodiyot
— Turizm
— Kadastr

☎️ Murojaat uchun:
+998712002625 | Yozish 📝

📄Litsenziya 🌐Sayt 🌐Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Prezident maktablarining 1-bosqichdagi test natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali aniqlash mumkin:

https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 8-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari
#abituriyent #qabul2024

“Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi Harbiy-akademik litseylarga kirish test sinovlari 2024-yil 27-iyul kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 15:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 14:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan harbiy-akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#abituriyent #savol_javob

Imtihonda ishtirok etib chiqqan abituriyentlar tomonidan eng koʻp berilayotgan savollar 1-qism

@Uztdibot telegram botimizga eng koʻp berilayotgan savollarga javob berib oʻtamiz.

➡️ Imtihonda ishtirok etib chiqqan abituriyentlar yoʻnalishni qachon tanlaydi?

Joriy yilda davlat OTMlariga hujjat topshirgan barcha abituriyentlar uchun test sinovlari toʻliq yakunlanib boʻlgach, abituriyentlarga yoʻnalish tanlash imkoniyati ochiladi.

➡️ 66,5 balldan kam toʻplaganlar davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinmaydimi ?

Hozirlikcha minimal oʻtish ballari tasdiqlanmagan. Davlat qabul komissiyasi bir hafta muddatda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oldingi oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballarini hisobga olgan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini tasdiqlaydi.

➡️ Minimal oʻtish ballidan kam toʻplaganlar bir yil kutishi kerakmi?

Agar abituriyent davlat oliy taʼlim tashkilotlariga kirmoqchi boʻlsa kelasi yilni kutishi va qayta imtihon topshirib koʻproq ball toʻplashi lozim. Yoki nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan biriga hujjat topshirib shu yilning oʻzida talaba boʻlishi mumkin. Litsenziyasi mavjud, davlat namunasida diplom beradigan ishonchli nodavlat universitetlar haqida Taʼlim nazorati rasmiy kanali (@uztdi) orqali eʼlon berib boriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 7-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

🔥Med Invest tibbiyot texnikumida 2024-2025 o'quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi❗

🟣Barcha sharoitlarga ega ta'lim muassasasi
🟣Zamonaviy atmosfera
🟣So'nggi texnologiyalar
🟣Barcha resurslarga ega kutubxona
🟣Malakali ustozlar
🟣Professional muhitda amaliyotlar
🟣Bepul til kurslari
🟣Bepul psixologik amaliy kurslar
🟣O'zbekiston Respublikasida va chet elda tan olinadigan diplom

Agar kelajagingizni tibbiyotda koʻrsangiz Buxoro Med Invest tibbiyot texnikumi eng toʻgʻri tanlov.

JOYLAR SONI CHEGARALANGAN, SHOSHILING❗

📥Hujjat topshirish uchun: @medinvest_qabul

☎️ Call-markaz: +998953777000, +998553077000

📍 Manzil: Buxoro shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 416-uy (mo‘ljal — Dinamo, Shahnozabonu to‘yxonasi yonida)

🔥 Med Invest tibbiyot texnikumi - kelajagingiz uchun eng to'g'ri tanlov❗️

Bizni kuzating👇

📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🎞 medinvest_uz?si=igc9il2PjP7XgsCV">YouTube 🌐Sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#kvota2024 #davlat_buyurtmasi #bakalavr

⚡️Magistratura uchun davlat granti

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Imtiyozga ega abituriyentlar ham ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish balidan kam bal to'plasa talaballika tavsiya etilmaydi

Prezidentining "2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi farmoyishi asosan:

davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025 o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/5856/

👉Qabul kvotasi va minimal o‘tish bali bir hafta muddatda tasdiqlanadi

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 6-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#DTM
#admission2024

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida talaba boʻlish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

Agar siz UZBMB (DTM) natijalariga ega boʻlsangiz, universitetimizda tahsil olish uchun ariza topshirishingiz mumkin.

Diqqat, tibbiyot yoʻnalishlari ushbu taklifdan mustasno.

❗️Joriy yilning 29 iyulidan boshlab, siz oʻzingiz bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishingiz kerak:

1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta).
2. UZBMB (DTM) tomonidan berilgan qogʻozingiz.

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni universitet qabul boʻlimida amalga oshiriladi.

📍 Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 156-uy.

Moʻljal: Toshkent Janubiy Vokzal.

www.kiut.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#bilasizmi

Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlar magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega


Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qaroriga asosan quyidagi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlar oliy taʼlim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan toʻlov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega:

➖“Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”,

➖“Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA)”,

➖“Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CPA)”

➖“Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (DipIFR)”


📌 Eslatib o‘tamiz, magistaturaga hujjat topshirish https://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

👉 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati

👉 Sertifikatlarning yangi ro‘yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 10-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 23-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi!

🏫 Qo‘qon universitetida 2024/2025 o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!

❗️ Quyidagi havolalar orqali onlayn yoki universitetning Axborot kutubxona markazida oflayn ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:

Kunduzgi qabul.kokanduni.uz

Masofaviyqabul.kokanduni.uz

Sirtqiqabul.kokanduni.uz

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar msqabul.kokanduni.uz

Ikkinchi mutaxassislik –
ikkinchitalim.kokanduni.uz

O'qishni ko'chirish (transfer)transfer.kokanduni.uz

Magistraturaro'yxatdan o'tish oflayn

Ma'lumot uchun, Qo‘qon universiteti
diplomi rasmiy kuchga ega.

👨🏻‍💻 Axborot-maslahat markazi:
+99873 545 44 44;
+99873 545 55 55.

📍Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a 30-a uy

📑 AsosVM-683-sonli qaror, Litsenziya № 304989

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📌 Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi (to‘liq ro‘yxat + lokatsiya)

🔹 2024-2025-o‘quv yilida akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi.

✔️Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

👉 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;

👉 Hududga kirish joylari;

👉 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;

👉 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;

👉 Bino raqami;


👉 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;

👉 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Prezident maktablari 1-bosqich SARALASH imtihoni natijalari e'lon qilindi

🔹 Andijon viloyati
🔹 Buxoro viloyati
🔹 Farg‘ona viloyati
🔹 Jizzax viloyati
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔹Qashqadaryo viloyati
🔹 Xorazm viloyati
🔹 Namangan viloyati
🔹 Navoiy viloyati
🔹 Samarqand viloyati
🔹 Sirdaryo viloyati
🔹 Surxondaryo viloyati
🔹 Toshkent shahri
🔹 Toshkent viloyati

❗️Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#eslatma

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi

🗓 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;

🗓 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;

🗓 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;

🗓 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.

Imtihon natijalari telegram kanalimiz(@uztdi)da eʼlon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari
#abituriyent   #qabul2024

Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari
ga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2024-yil 26-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul_2024 |#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi


☝️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

🗓 Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

➡️ 25-iyul kuni – 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;

➡️ 26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib:
1-smena soat 9:00 da;
2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

➖yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🗂 O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilishning yangi tartibi 👉
/channel/uztdi/8531

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

TMC Instituti abituriyentlarni UZBMB (DTM) Sertifikati asosida imtihonsiz talabalikka qabul qiladi!

• 17ta dan ortiq yo'nalishlar
• Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli
• Kontrakt miqdori 12 mln so’mdan boshlanadi
• To'lovni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin

🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032
❤️ Telegram Yozish

📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#hafta_dayjesti

⚡️Hafta davomida ta'lim sohasiga oid eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

➖ Bakalavriat va magistratura qabuli uchun davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi

➖Joriy yilgi kvotalar taqsimoti bo‘yicha batafsil ma’lumot

➖ Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun 1 200 ta davlat granti ajratiladi

➖O'qishga kirishning minimal o‘tish bali bir hafta muddatda tasdiqlanadi

➖Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan

➖ Qashqadaryolik yigit 15 ta xalqaro universitet talabasiga aylandi

➖ O‘qishga kirishda imkoniyati cheklangan abituriyentlarga qanday imtiyozlar bor?

➖ Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga qayta topshirsa, kontrakt bo‘ladimi?

➖ Magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi

➖ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi

➖Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi

➖Grantda o‘qiydigan talaba o‘qishni ko‘chirgandan keyin ham grantda o‘qishi mumkin – vazirlik

➖ Talaba o’qishini turmush o’rtog’ining yashash manzilidagi OTMga ko’chirishi mumkin(mi)?

➖Bolani zanjirband qilgan o‘qituvchi 4 yilga qamaldi

➖ Endilikda Turizm sohasida oliy ta’lim uch yillik bo‘ladi

➖ Abituriyentning imtihonda qanday huquqlari bor?

OTMlarga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi – DXX

➖ Abituriyent qaysi hollarda imtihondan chetlashtiriladi?

➖Prezident bilan uchrashgan qiz talaba boʻldi

➖ Maktabgacha ta’lim xodimlari maoshi maktab o‘qituvchilari bilan tenglashtirildi

➖ Xorijdan va xususiy universitetlardan imtihonsiz “perevod” qilsa bo‘ladi(mi)?

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kvota OTMlar kesimida taqsimoti roʻyхatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi

Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–81-son Farmoniga muvofiq davlat buyurtmasi parametrlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etilgan.

Davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilingan. Shuning uchun o'tgan yili davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari OTMlar kesimida taqsimlangan bo'lsa, joriyda OTMlar nomi ko'rsatilmagan.

Davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi.

Har bir ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta’lim sohalari kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat buyurtmasi boʻyicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik berilgan. Bu haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma'lumot beramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#kvota2024 #davlat_buyurtmasi #bakalavr

⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Qabul kvotasi va minimal o‘tish bali bir hafta muddatda tasdiqlanadi

Prezidentining "2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga — 34 838 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 9 365 nafar etib belgilandi.

respublikamizdagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1200 ta davlat granti ajratiladi.

Davlat komissiyasi bir hafta muddatda 2024/2025 o‘quv yili uchun:

a) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul bo‘yicha:

➖oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlarini;

imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlarini;

➖tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining oldingi o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘tish ballarini hisobga olgan holda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini tasdiqlaydi.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/5856/

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi minimal o‘tish balli oshirildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri 8-may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida vaziri oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi 56,7 minimal o‘tish balli 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilayotganiligini ma’lum qilgan edi.

Vazir "O‘zbekiston24" telekanaliga bergan interyusida ham 2024-2025 oʻquv yili uchun oʻtish ballari:

➖ sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;

➖ boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishini ma’lum qilgan.

Biroq hali minimal o‘tish ballini oshirilish qarori taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanmagan. Agar OTMlarga kirishdagi minimal o‘tish balli oshirilsa ushbu balldan kam to‘plaganlar davlat oliy ta‘lim tashkilotlariga tabaqalashtirilgan (super) kontrakt asosida ham qabul qilinmaydi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel