#Akademik_litsey
#Qabul_2024
⚡️Akademik litseylarga qabul yakunlanishiga 2 kun qoldi
Joriy yilning 10-iyul kuni 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish yakunlanadi.
🪪 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
🖼 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
👉 oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
👉 va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
📥 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
☎️ Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️B2 darajaga (milliy va xalqaro sertifikatga) ega bo’lmagan amaldagi xorijiy til o’qituvchilari yangi o’quv yilida dars berishiga ruxsat beriladimi?
Hukumat qarori (19.05.2021-y)da muvofiq 2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Hozirda sertifikat olishga ulgurmagan o’qituvchilarga yana qo’shimcha muddat berilishi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o’qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo’lmagan bo’lsa, bu safar ham imkon berilishi mumkin.
📌 Biroq bu hali loyiha, shu sababli sertifikati yo‘q pedagoglarga tan olinadigan sertifikatlardan birini olishga harakatni davom ettirishni tavsiya qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, tan olinadigan sertifikatlar ro‘yxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515)ning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan. (Yuqoridagi ro‘yxat👆)
❌ Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda qaysi sertifikatlar va nima uchun roʻyxatdan chiqarib yuborilgani haqida quyida ma’lumot bergan edik: 👉 /channel/uztdi/8474
⛔️ Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.
Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️MUHIM ESLATMA
🗓 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi!
Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati saytga joylashtirildi.
📌 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:
📍MANZILLAR ROʻYXATI
✅ @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Rasman: 2024-2025-o’quv yili uchun Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida qabul boshlandi
📥Hujjatlar shu yilning 30-iyuliga qadar @Tipi_qabul_bot hamda onlayn shaklda qabul qilinadi.
📚Yo‘nalishlar va kontrakt summalari:
https://telegra.ph/Yonalish-va-kontrakt-summalari-06-28
📞Murojaat uchun:
+998702007007 | @tipi_4931
📄(Litsenziya №037521, 05.09.2022y.)
📌Manzil;
Institut rasmiy sahifalari:
Web-site | Telegram | Facebook | Youtube
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) balldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda.
Aslida esa, attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilamiz.
❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.)
Faoliyati tugatilayotgan Maktabgacha taʼlim agentligining 66 ta shtat birliklari quyidagicha taqsimlandi:
39 tasi — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining markaziy apparatiga;
14 tasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga;
13 tasi — hududiy pedagogik mahorat markazlarining metodik xizmat koʻrsatish boʻlimlariga berildi.
Agentlik joylashgan bino Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berildi.
Farmon bilan Prezident va Hukumatning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shu jumladan, oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid bandlarga ham oʻzgartirishlar kiritilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Testologlar jamoasiga qo‘shiling! Qabul davom etmoqda.
Malakali va sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalarni "Testchi" jamoasi “Testologiya asoslari”
onlayn kursiga taklif qiladi.
🟢 Biz bilan test tuzish asoslarini o‘rganing. KURS MUTLAQO TEKIN!
Quyidagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar kursda ishtirok etishi mumkin:
▶️Matematika
▶️Fizika
▶️Kimyo
▶️Biologiya
▶️Geografiya
▶️Tarix
▶️Ona tili va adabiyot
▶️Davlat va huquq asoslari
▶️Pedagogik va psixologiya
▶️Boshlang‘ich ta'lim
Kursda quyidagilarni o‘rganasiz:
🔹baholashni loyihalashtirish
🔹 kodifikator
🔹 test va uning turlari
🔹distraktorlar
🔹baholash domeni
🔹 testning qiyinlik darajasi
🔹 validlik
🔹 ishonchlilik
🔹adolatlilik va shaffoflik
🔹 ekspertiza
BİZDA NAZARIY VA AMALIY DARSLAR.
🟢 Diqqat!
Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar baholash yuzasidan loyihalarga jalb etiladi.
Unutmang! O‘rinlar soni cheklanagan.
So‘rovnomani to‘ldiring, siz bilan bog‘lanamiz.
So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/YkXVtHRbuL3wc8hU8
Ro‘yxatdan o‘tish: 7-iyul 23:59 gacha
Murojaat uchun: /channel/NtestteamBot
⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi
2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
👉 o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
👉ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda
Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.
👨⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!
✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.
✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.
Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/
🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.
💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨🎓Magistratura: masters.kiut.uz
☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).
Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity?si=SUibcbN8NswbcHfg">YouTube
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga!
❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.
⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📥 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📌 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi
🔰 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024-yil 9-sinf bitiruvchilari 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
▪️Platformaga:
➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
➖ 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
✔️ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 332 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Tez kunda magistraturaga qabul boshlanadi
▶️ Yaqin kunlarda respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.
✔️ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
➡️ Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi.
👉 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati
👉 Sertifikatlarning yangi ro‘yxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#hafta_dayjesti
Hafta davomida ta’lim sohasiga oid e'lon qilingan muhim yangiliklar
👉 1-iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida maxsus radarlar o‘rnatiladi.
👉 O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi.
👉 Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi.
👉 2024-yilning dastlabki besh oyida 65 nafar maktab o‘quvchisi YTH natijasida halok bo’lgan.
👉 “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2024-yilgi stipendiya tanlovini e’lon qildi.
👉 Har bir tumandan mentor-oʻqituvchilar tanlab olinadi va ularga qoʻshimcha har oy 20 foiz ustama toʻlanadi.
👉 Endilikda yoshlar til o‘rganganligi uchun moddiy rag‘batlantiriladi.
👉 Xususiy o’quv markazlari ijara to‘lov xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi.
👉 Nogironligi boʻlgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.
👉 Uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.
👉 C1 darajadagi sertifikat olgan yoshlar BHMning uch baravari miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantiriladi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️C1 darajadagi sertifikat olgan yoshlar BHMning uch baravari miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantiriladi
Prezident qarori (2024-yil 27-iyun,PQ-239-son)ga asosan imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:
➖ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida amaldagi tayanch o‘quv rejasidagi soatlar doirasida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi;
➖ta’lim muassasalarining chet tili fani bo‘yicha darslarida videomahsulotlardan, shu jumladan “Ibrat farzandlari” platformasidan keng foydalanish yo‘lga qo‘yiladi;
➖A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida ingliz tilidan tashqari boshqa xorijiy tillar bo‘yicha ham bosqichma-bosqich pedagoglarni qayta tayyorlash kurslari tashkil qilinadi.
📌Avvalroq ushbu qarorga asosan, xususiy o‘quv markazlariga maktablardagi xonalardan tekin foydalanishga ruxsat etilishi haqida xabar bergan edik.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Rasman: Abituriyent bir vaqtning oʻzida kollej, texnikum, Davlat OTMlariga jumladan Xususiy va nodavlat universitetlarga ham hujjat topshirishlari mumkin!
Bunga hech qanday cheklov yoʻq!🙅🏻♂
✅Va qaysi ta’lim dargohida o’qishni o’zlari hal qiladilar!
Shu sababli bugunoq oʻz joyingizni band qiling, 2-imkoniyatni qoʻldan boy bermang!
🇺🇿 2024-2025-o’quv yili uchun Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida hujjatlar qabuli davom etmoqda.
📥 Hujjatlar shu yilning 25-iyuliga qadar onlayn shaklda yagona internet portal Admission.tiiu.uz orqali qabul qilinadi.
✅Imkoniyatlar:
— 3.6 mln soʻmgacha stipendiya;
— GRANT uchun kvotalar ajratilgan;
— BEPUL ingliz va arab til kurslari;
— Yotoqxona bilan taminlangan;
— BEPUL wi-fi kovorking markazi;
— 10 dan ortiq yoʻnalishlar;
— Kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin;
📚Taʼlim shakli: Kunduzgi, Kechki, Sirtqi
📞Murojaat uchun:
+998781131717 | @TIIUadmin
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent
TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI
🗓 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.
❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.
⏰ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
📌 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
📥 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
✅ @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 9-avgust kuni “Mahoratli o'qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.
🔹 Maqolalarni 2024-yil 25-iyulga qadar @trm_pedmahorat Telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.
— — — — — —
🔹 Вниманию профессорского-преподавательского коллектива, методистов, практикующих педагогов, докторантов, самостоятельных соискателей, магистрантов, студентов и всех работников системы образования!
🔹 Продолжается прием статей на международную научно-практическую конференцию «Квалифицированный педагог – развитая нация: проблемы и решения непрерывного профессионального образования», организуемую Республиканским научно-методическим центром развития образования 9 августа 2024 года.
🔹 Вы можете отправить статью до 25 июля 2024 года на Telegram @trm_pedmahorat.
🔹 Подробная информация в информационном письме.
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga
tayyorgarlik
Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).
👨💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.
🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
🪕👮♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.
🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi.
🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi.
☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda.
✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o'tkazilmaydi
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi brifingida ma’lum qilindi.
📋 Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat'iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko'rib chiqiladi.
🗓 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o'qish javoblari 20-avgustga qadar e'lon qilinadi.
📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
👉 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyati tugatildi
“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko'ra, Maktabgacha ta'lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi.
🏢 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo'shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:
🔹ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
🔹maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
🔹maktabgacha ta'limning o'quv reja, dastur va o'quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o'rta ta'lim dasturlari bilan uzviyligini ta'minlash;
🔹davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari orasida sog'lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Hurmatli ota-onalar!
Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi!
Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.
Jumladan:
➖ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
➖ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
➖ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).
❇️ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
⚡️Abituriyentlarga ruxsatnomani 10-iyuldan avvalroq tarqatish rejalashtirilmoqda
Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimi OʻzAga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Abituriyentlarga ruxsatnomani berish kirish imtihonlaridan bir hafta oldin boshlanadi. Aniq sanalarni hozir ayta olmaymiz, chunki hozircha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangani yoʻq. Lekin Oliy taʼlim vaziri tomonidan imtihonlarni 14-iyuldan boshlash rejalashtirilayotganligini aytib oʻtildi. Agar 14-iyulga imtihonlar boshlansa ruxsatnomalar 10-iyuldan oldinroq tarqatila boshlanishi mumkin.”- dedi BMMA xodimi.
#imtihon_2024
#Prezident_maktabi
⚡️ Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!
📲Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.
📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi.
⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
📌 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
❗️ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.
✅ @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Maktab o‘quvchisi kirish imtihonlarisiz OTM talabasi bo‘ldi
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan Cho‘liyeva Munavvara G‘ayrat qizi kirish imtihonlarisiz muddatidan avval oliygoh talabasi bo‘ldi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Munavvara Cho‘liyeva agentlik tomonidan o‘tkazib kelinayotgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, oltita fan – biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix, matematika hamda ingliz tilidan sertifikatni qo‘lga kiritgan.
Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
“Munavvara maktabni joriy yil tamomlagan. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan hamda mazkur fanlardan maksimal ball beradigan darajali sertifikatga ega. Shuning bilan birga, Munavvarada majburiy fanlardan ham milliy sertifikat mavjud bo‘lib, bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganligini bildiradi”,
⚡️Magistraturaga qabul boshlandi
▶️ 2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
✔️ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
👉 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati
👉 Sertifikatlarning yangi ro‘yxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Rasman: 2024-2025 o'quv yili uchun Diplomat University'da qabul davom etmoqda!
📚Ta'lim yo'nalishlari:
• Xalqaro munosabatlar
• Iqtisodiyot
• Biznes boshqaruvi
• Axborot texnologiyalari
• Ingliz filologiyasi
• Arab filologiyasi
• Xitoy filologiyasi
✅Afzalliklar:
- Yuqori sifatli ta'lim
- Tajribali professor-o'qituvchilar
- Raqamli LMS bo'yicha ta'lim
- Qiziqarli talabalik hayoti
- Talabalar almashinuvi dasturlari
- 30% dan 50% gacha grantlar
- Shahar markazida qulay joylashuv
📄Litsenziya №037196, 20.12.2021
👉 Hujjat topshirish uchun: apply.diplomat.university
📞Murojaat uchun:
+998881248888 | @Diplomatuniv
Telegram | Facebook | Instagram | web-sayt
Xushnudbek bilan KIU ga!
✅ Bizda odatiy oʻqish tizimi hamda doimiy fikrlash qolipidan voz kechib, talabalardagi bor qobiliyatni shakllantirishga e’tibor qaratiladi.
Toʻliq suhbatni tomosha qilish:
📲https://youtu.be/o34FQAsng80
☎️ +99855-500-99-44
🧑💻 @kiu_uz
⚡️DIQQAT! BILIMINGIZNI SINOVCHI DIAGNOSTIK TESTLAR BOSHLANDI!
✅ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan eʼlon qilingan darsliklar asosida OTMlarning kirish imtihonlariga mo‘ljallangan test topshiriqlari shakllantirildi.
Bugun — 30-iyun kuni soat 09:00 dan boshlab👍"University of Business and Science", Taʼlim nazorati ✅, Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi ilk marotaba abituriyentlar uchun ONLAYN DIAGNOSTIK TEST sinovlariga start berildi.
📊 Testni ishlab chiqish yordamida siz o‘qishga kirishda o‘z imkoniyatlaringizni baholab olasiz.
🔈 Buxoro shahrida joylashgan Osiyo xalqaro universitetida yangi o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kirish imtihonlari uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting👇
👩⚕️ Tibbiyot :
➖ Davolash ishi
➖ Stomatologiya
➖ Farmatsevtika
🔧 Texnika:
➖ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
➖ Konchilik ishi
➖ Texnologik mashinalar va jihozlar (temir yo'l transporti)
➖ Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)
➖ Elektr Energetika
➖ Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
👨🏫 Pedagogika:
➖ Pedagogika
➖ Psixologiya
➖ Boshlang'ich ta'lim
➖ Maktabgacha ta’lim
➖ Tarix
➖ Jismoniy madaniyat
💰 Iqtisodiyot:
➖ Iqtisodiyot
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
📚Tillar:
➖ Filologiya va tillarni o'qitish - o'zbek, rus va ingliz tillari (har bir yo'nalish uchun alohida)
📝 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz
📂 Litsenziya №249847, 10.11.2022-y.
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009