Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
⚡️Endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida yaxshi baholarga oʻqiydigan talabalarga ajratiladi
Prezident farmoniga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.
birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;
ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi.
Taʼlim krediti ajratish uchun talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi lozim.
Oʻz dasturiy taʼminotiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim kreditini olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.
2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz“ va ”prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantirilish ta’minlanadi.
2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar taʼlim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda ayrim shtatlar qisqartirilishi mumkin
Muhokamalar portaliga “Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qoʻshma qaror loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga koʻra, 2018-yil 29-dekabrdagi qarorga (Adliyadan roʻyxatdan oʻtgan raqami 3119) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Xususan, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda quyidagi shtat birliklar qisqartirilishi mumkin:
➖direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari
➖yuriskonsult
➖yoshlar yetakchisi
➖hamshira
➖laborant
➖ustaxona mudiri
Loyiha bilan tasdiqlanadigan mazkur shtat birliklarini 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etish taklif etilmoqda.
Muhokamada ishtirok etish👇
https://regulation.gov.uz/oz/d/99426
Avvaloq ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi ayrim shtatlar qisqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.
➖ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.
❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishi maʼlum qilamiz.
✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Endi nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin
Prezident farmoniga asosan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan tartib va shartlar boʻyicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi.
Bunda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bir talaba uchun ajratiladigan mablagʻ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarida bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.
Davlat granti kvotalarining oliy taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim tashkilotlari moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibi va oʻquv-metodik taʼminotiga muvofiq, keyingi oʻquv yili uchun oʻz qabul parametrlarini shakllantiradi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
Vazirlik oliy taʼlim tashkilotlari qabul parametrlari asosliligini oʻrganadi hamda ularni davlat komissiyasiga kiritadi.
Davlat komissiyasi qabul parametrlarini davlat granti va toʻlov-kontraktga ajratgan holda oliy taʼlim tashkilotlari va tillar kesimida tasdiqlab, Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi
Prezidentning Farmoniga asosan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:
➖xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;
➖gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;
➖boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
➡️Bitiruvchilarga yuboramiz 💥
☎️ Murojaat uchun: +998555009944
🧑💻 @kiu_uz
❓Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? (yoki toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?)
Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra toifa olgan pedagoglarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.
Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.
💵 Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
🗓 Yanvar iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 31-may hisoblanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📝 2024-yil 28-aprel kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🪪 Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! ID-karta olishni unutmang.
🔰 Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.
💻 OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.
❗️ Eslatma:16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.
⚡️Monitoring o‘tkazishning yangi tartibi
Oʻquv yilining ikkinchi choragi yakuni boʻyicha taʼlim sifati monitoringi jarayoniga 5-, 10- va 11-sinf oʻquvchilari jalb qilinadi.
Har bir hududda:
👉 5-sinf oʻquvchilaridan 2 variantda 30 talik:
— 1-blok (ona tili adabiyot, matematika, xorijiy tili);
— 2-blok (ona tili adabiyot, botanika, rus tili);
— 3-blok (matematika, geografiya, xorijiy til);
— 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan boʻyicha 10 tadan test topshiriqlari shaklida oʻtkaziladi;
👉 10-sinf oʻquvchilaridan 2 variantda 45 talik:
— 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til ), 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili);
— 3-blok (fizika, geografiya, ona tili), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan boʻyicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida oʻtkaziladi.
👉 11-sinf oʻquvchilaridan 2 variantda 45 talik:
— 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til ), 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili);
— 3-blok (fizika, geografiya, ona tili), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan Har bir fan boʻyicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida oʻtkaziladi.
Test sinovi bajarish uchun har bir test savoliga:
— 5-sinflar uchun 2 daqiqadan (umumiy 60 daqiqa);
— 10-11-sinflar uchun 2 daqiqadan (umumiy 90 daqiqa) vaqt beriladi.
❗️ Barcha blok fanlarini qamrab olish maqsadida sinf o‘quvchilari soniga qarab guruhlar shakllantiriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓Pedagog kasbiy sertifikatlash imtihonida ishtirok etmasa yoki ishtirok etib oʻta olmasa nima boʻladi?
Hukumat qarori (12.02.2024 №87) bilan tasdiqlangan reglamentga koʻra kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor oʻz muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat koʻrsatayotgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining rahbari masʼul hisoblanadi.
Nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtib, nazorat sinovida uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlib turganligi, yaqin qarindoshi vafot etgan, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan asoslar) koʻra ishtirok etmagan talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi hamda nazorat sinovida ishtirok etish uchun qaytadan roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.
✅ Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok etmagan talabgordan navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun takroran toʻlov undirilmaydi.
💵 Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan BHMning bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.
❗️Talabgor belgilangan nazorat sinoviga kechikkan yoki uzrsiz sababga koʻra kelmagan hamda nazorat sinovi qoidalarini buzganlik uchun jarayondan chetlatilgan taqdirda, toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
🗓 Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish sanasi va nazorat sinovini oʻtkazish muddati Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbirining tantanali qismi uchun namunaviy ssenariy
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirining tantanali qismini oʻtkazish uchun namunaviy ssenariy ishlab chiqildi.
Avvalroq, vazirlik tomonidan maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar e’lon qilingan edi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Karakul education" o'quv markazida 1-IYUNdan yangi tezlashtirilgan guruhlarga qabul boshlandi
O'quv markazida darslar quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:
*️⃣Oliy oʻquv yurtiga kiruvchilar uchun;
*️⃣Ingliz va Turk tilidan milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik koʻruvchilar uchun;
*️⃣Prezident va ixtisoslashgan maktablarga kiruvchilar uchun.
⚡️Oʻquv markazidagi qoʻshimcha qulayliklar:
— 3 mahal ovqatlanish;
— Barcha qulayliklarga ega yotoqxona;
— 24 soat nazorat;
— Sport seksiyalari;
— Koʻngilochar dasturlar;
— Kompyuter savodxonligi;
— Tarixiy qadamjolarga sayohat.
📣 Shoshiling! Joylar soni cheklangan!
📍 Manzil: Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani “Chekirchi” MFY Buxoro koʻchasi 235-uy;
📍 Mo'ljal: Qorako'l tuman prokuraturasi.
"Karakul education" — maqsadlar biz bilan bir qadam yaqin!
📞 Murojaat uchun:
55-305-25-25; 99-700-39-88;
99-129-39-88; 94-129-39-88;
TELEGRAM | INSTAGRAM
Osiyo xalqaro universitetida 2024-2025-oʻquv yili uchun qabul boshlandi
Osiyo Xalqaro universitetida qabul jarayonlari boshlandi. Yangi oʻquv yilida universitet abituriyentlarga yanada keng tanlov imkoniyati va yangiliklarni tayyorlab qo'ygan.
Endilikda oliygohda:
- 20 ta bakalavr;
- 7 ta magistratura yoʻnalishlari mavjud.
Ushbu muhim xabarni abituriyent yaqinlaringiz bilan ham ulashishni unutmang.
📂 Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022-y)
🌐 Roʻyxatdan oʻtish: qabul.oxu.uz
📞 Qoʻshimcha ma'lumot uchun biz bilan bogʻlaning:
+998 55 305 0009
Telegram | Instagram | Facebook |
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!
Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.
✅ Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.
O‘qish muddati 2 yil.
Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish
Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)
📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi.
Prezident Farmoni
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📢 O‘quv markazlari rahbarlari uchun ajoyib yangilik: ta'lim muassasangizni rivojlantirish uchun noyob imkoniyat!
Agrobank va UDEA universiteti o‘quv markazlari rahbarlari uchun maxsus tadbir tashkil etmoqda. Tadbir ularning faoliyati rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etishga qaratilgan bo‘ladi.
Ishtirokchilar tajriba almashishlari, qimmatli bilimlarga ega bo‘lishlari va o‘z tashkilotlarini rivojlantirishning yangi usullarini topishlari mumkin bo‘ladi.
Davra suhbatida bank xodimlarining oʻquv markazlarida malakasini oshirish va ularning biznesini rivojlantirish uchun kreditlar ajratish imkoniyatlari ham muhokama qilinadi.
📆 29 May, soat 15:00
📍 41.2674179,69.1673436,12z/data=!4m8!4m7!1m0!1m5!1m1!1s0x38ae8b5387e89e01:0x16b3e1190dce45ec!2m2!1d69.2497444!2d41.2674473?entry=ttu">UDEA kampusi — Yakkasaroy tumani, Boshliq 3
⚡️ Keyingi yildan chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda muhokamalar portalida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘qishga kirishda tan olish rejalashtirilayotgan sertifikatlar ro‘yxati (yuqoridagi rasmda) e’lon qilingan edi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Endi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli testdan so‘ng tanlanadi
Prezident Farmoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Bunda:
a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
🗓birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
📝 o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi;
✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili boʻyicha koʻrsatma xat
Pedagoglarning har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarini reja-jadvalga asosan (navbat bilan) oʻz vaqtida va qonunchilik talablari asosida (toʻgʻri) amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiya jarayonlarida qatnasholmaganlarga yana imkoniyat beriladimi?
"Hukumat qarori(№572)da qo‘shimcha test olish degan norma yo‘q. Shunga qaramay bugungi kunda attestatsiyada ishtirok eta olmagan pedagoglar haqidagi ma’lumotlar o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra ular uchun alohida test o‘tkaziladi yoki yo‘q degan qarorga kelinadi", — dedi vazir o‘rinbosari.
🌸 Yapon madaniyatiga qiziqasizmi? U holda JDU Yaponiyani o'zingiz uchun kashf etishingizda birinchi qadam bo‘la oladi!
Biz sizga nimalar taklif qilamiz:
• Yaponiya bozoriga mos IT bilimlari;
• O‘zbekistonda turib Yaponiya oliygohlarida ta'lim olish;
• Yaponiyada ishga joylashish imkoni.
Shuningdek, bizning dasturlarimiz har bir talaba yapon madaniyatini o‘rganishga to‘liq kirishishi uchun ishlab chiqilgan. Bu orqali siz kelajakda muvaffaqiyatli karyerangiz uchun ishonchli poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
🎓 Universitetimizda siz quyidagi yo‘nalishlarda ta'lim olishingiz mumkin:
• "Muhandis-dasturchi";
• "Kompyuter grafikasi va dizayn";
• "Sun'iy intellekt";
• "Kiberxavfsizlik";
• "Filologiya va tillarni o'qitish" (yapon tili);
• "Turizm".
⏰ Bugunoq JDU’ga hujjatlaringizni topshiring va orzuingiz sari ilk qadamni tashlang.
Shunday ekan imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
japandigitaluniversity?feature=shared">Youtube I Telegram I Facebook I Instagram
9-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi
🔰 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur'a tashlandi.
☑️ Bunda o‘quvchilar 5- va 10- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma'lum bo‘ldi.
Eslatma: Shu bilan birga, bu yildan boshlab har bir o‘quvchiga A4 formatdagi 3 dona qog‘oz blankalar tarqatiladi.
Avval har bir o‘quvchi 12 varaqli daftarga yozgan bo‘lsa endi bunday holatga ehtiyoj qolmaydi.
📌 9- va 11-sinflar yakuniy atteststsiyasi uchun e'lon qilingan baza topshiriqlaridan variantlar qayta shakllantiriladi.
Bir topshiriqqa aynan berilgan savol emas, boshqa topshiriq savoli ham tushishi mumkin.
❗️2024-YIL JAVOBLAR VARAQASI (TITUL)ni saqlab qo'ying!
🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!
❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;
❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;
❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;
❌ Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi;
❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.
❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!
👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.
Boshqalarga ham tarqating!↗️
@Baholash✅️- Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi
Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.
👨⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!
✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.
✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.
Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/
🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.
💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨🎓Magistratura: masters.kiut.uz
☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).
Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity?si=SUibcbN8NswbcHfg">YouTube
Diqqat – TOBB ETÜ Tashkent universitetida 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
TOBB ETU Tashkent universiteti bu:
— Xorijlik o‘qituvchilar;
— Zamonaviy infratuzilma;
— Turkiyada o‘qish va amaliyot;
— Kommunikatsiya va netvorking;
— Xalqaro taʼlim dasturi;
— Xalqaro diplom.
✅ Universitetda Ingliz va O‘zbek tillaridagi taʼlim yo‘nalishlari mavjud!
🇬🇧 Ingliz tilidagi taʼlim yo‘nalishlari
🇺🇿 O‘zbek tilidagi taʼlim yo‘nalishlari
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
🌐 www.tobbetu.uz
Batafsil maʼlumot uchun:
📞 +998781501255
📞 +998909151619
Litsenziya (№0041, 19.11.2021y.)
Telegram | Instagram | Facebook
Umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o’qituvchilari diqqatiga!
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniyadagi Norvich til taʼlimi instituti hamkorligida maktablarda uzluksiz kasbiy rivojlanish yetakchilarini (School Champions) saralash tanlovi e'lon qilinadi.
Agar Siz:
➖ umumta’lim maktabida ingliz tilidan dars berayotgan bo'lsangiz,
➖uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yangi modelini o’z maktabingizga tatbiq etmoqchi bo’lsangiz — unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!
Loyihada qatnashish istagida bo’lgan ingliz tili o'qituvchilari joriy yilning 20-iyuniga qadar ariza topshirishlari mumkin.
Ariza topshirish
🧑🏻🏫 Tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.
Batafsil
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
🗓 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.
❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul eʼlon qiladi!
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
✅ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.
📍 HUDUDIY MAKTABLAR
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kasbiy sertifikat imtihonida ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati
Joriy yilning 21-22-may kunlari birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkazilishi haqida xabar bergan edik.
Quyidagi hududlar kesimida ushbu sinovlarda ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
➖ Andijon viloyati
➖ Buxoro viloyati
➖ Farg‘ona viloyati
➖ Jizzax viloyati
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➖Qashqadaryo viloyati
➖ Xorazm viloyati
➖ Namangan viloyati
➖ Navoiy viloyati
➖ Samarqand viloyati
➖ Sirdaryo viloyati
➖ Surxondaryo viloyati
➖ Toshkent shahri
➖ Toshkent viloyati
👉 Kasbiy sertifikatlash sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi: /channel/uztdi/8206
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali