Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
⚡️Matematika fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi.
👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalida
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali yuklab olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi.
❕Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📝 2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan tarix va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Ertaga eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirishning so‘nggi kuni
✅ Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkaziladi.
🖥 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
➖ Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin.
Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.
➡️ Yuqoridagi video-yo‘riqnoma orqali eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.
👉 2023-2024-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi va ularni bitirganlarga MTT tarbiyachi yordamchisi bo'lib ishlash uchun sertifikat beriladi
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (29.04.2024, №242) qabul qilindi.
Qarorga asosan, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.
Pedagogik sinflarni tashkil etish tegishli hududdagi pedagogika oliy taʼlim muassasasining ishtirokida amalga oshiriladi.
Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi.
Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔹 Ayni paytda Toshkent shahridagi 110-maktabda test administratorlari, maktab koordinatorlari va AKT mutaxassislari uchun “PISA 2025 tadqiqoti tajriba-sinov jarayonlarida test administratorlarining vazifalari” mavzusidagi seminar-trening boʻlib oʻtmoqda.
🔹 "PISA tadqiqotlarning natijalariga koʻra, oʻquvchilarimiz olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olmasligi namoyon boʻlmoqda.
Oʻquvchilarni PISA yoki boshqa testlarga maqsadli tayyorlash emas, balki ushbu tadqiqotlar yordamida baholanadigan kompetensiyalar va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda baholanishiga tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli, ushbu tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, oʻquvchilarda funksional savodxonligikni oshirish, kreativ fikrlash va 4K koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida oʻqituvchilar uchun qishki va bahorgi taʼtil davrida respublikamizning barcha hududlarida “Metodik marafon” tashkil etildi.
Mazkur marafonlarda 20 mingga yaqin oʻqituvchilarning kasbiy mahorati oshirildi va bu jarayonlar yana davom etmoqda." – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-2024 o'quv yili bo'yicha yanuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatma xati yuborildi.
Ushbu ko'rsatma xatda:
- yakuniy imtihon o'tkazilish tartibi;
- qaysi fanlardan imtihon topshirilishi;
- imtihon bo'lib o'tadigan sanalar;
- imtihon uchun qancha vaqt ajratilishi ko'rsatilgan.
#jobfair
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti joriy yilning 2-may kuni mamlakatimizning barcha oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun oʻtkaziladigan anʼanaviy boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi – KIUT Job Fair-2024 ga taklif etadi.
Tadbir doirasida:
🔷 Ish beruvchi kompaniya va tashkilotlar va ularda mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishasiz.
🔸“Axborot tizimlari muxandisligi” yoʻnalishi talabalarining eng soʻngi loyihalar taqdimoti guvohi boʻlasiz.
🔹“Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari tomonidan yaratilgan libos kolleksiyalarini koʻrasiz.
🔸Rangtasvir yoʻnalishi talabalari bilan ijodkorlik mahoratingizni sinab koʻrasiz.
🔹Kitob yarmarkasida ishtirok etib eng arzon narxlarda kitob xarid qilishingiz mumkin boʻladi.
🔸Va albatta xonanda Dilnoz Hakimovaning eng soʻngi xitlaridan bahramand boʻlasiz.
❗️Shuningdek, universitetda mavjud yoʻnalishlar va qabul jarayonlariga qiziqish bildirgan abituriyentlarni ham mehmonga taklif qilamiz.
☎️+ 998 78 129 40 40 (ichki raqam 1)
www.kiut.uz
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati
✅ Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.
✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.
⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.
📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI!
📆 Ertaga, 27-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 5⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!
📆 Test vaqti: 27-aprel (kun davomida)
💻 Test tillari: O'zbek va Rus
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart
Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash
👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash
👨🏻💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
‼️‼️‼️‼️
Matematika fanidan attestatsiya imtihonlari boshlanishiga ham roppa-rosa 1 kun qoldi
Ba'zi ustozlarimiz esa hali ham tushgan savollar va ularning yechimlarini qayerdan topish kerakligini, savollarni qanday tez ishlash usullarini o'rgatuvchi kanalni haligacha qidirib yuribdi 🧐
2022-yildan buyon ustozlar attestatsiyasi bilan shug'ullanuvchi va shu paytgacha 1000 dan ziyod ustozlarni attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli o'tishiga hissasini qo'shib kelayotgan @attestatsiya_online kanali haqida bilarmidingiz?
Ertadan boshlanadigan imtihon savollari va ularning yechimlarini birinchilardan bo'lib o'rganib borishingiz uchun hoziroq @attestatsiya_online kanaliga obuna bo'lishni unutmang 😊
P.S. bugun kechki soat 20:00 da ham aynan shu kanalda attestatsiya imtihonidan avval aynan nimalar qilish kerakligi haqida zarur tavsiyalar va amaliy masalalarga asoslangan dars bo'lib o'tadi
👉 @attestatsiya_online
👉 @attestatsiya_online
👉 @attestatsiya_online
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi
Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
➖xalqaro olimpiada g‘oliblari;
➖ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
➖Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.
✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
–top 10% talabalarga 100% grant;
–keyingi 10% talabalarga 70% grant;
–keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.
❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.
Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
⚡️ Pedagogik mahorat bo‘yicha yangi testlar joylandi
Pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.
O‘qituvchilarning talab va istaklardan kelib chiqqan holda, diagnostika testlari o‘tkazilayotgan telegram botlarga pedagogik mahorat bo‘yicha yangi test savollari joylandi.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: /channel/uztdi/8242
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (26.03.2024 94-son) bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfida “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi.
Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Boshlanadigan oʻquv yilida dars taqsimoti shu oʻquv-reja asosida amalga oshiriladi.
Bosh vazir topshirig‘i bilan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)“ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari dars oʻtishlariga rozilik berilgani haqida xabar bergan edik.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.
Unda umumtaʼlim maktablari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan.
O‘ZBEK TILI
➖9-sinf Jismoniy tarbiya
➖9-sinf Matematika
➖9-sinf O'zbekiston tarixi
➖9-sinf Ona tili va adabiyot
➖9-sinf Matematika spetsifikatsiyasi
➖11-sinf Davlat va huquq asoslari
➖11-sinf Fizika
➖11-sinf Geografiya
➖11-sinf Ingliz tili
➖11-sinf Matematika
➖11-sinf Ona tili va adabiyoti
➖11-sinf O'zbekiston tarixi
➖11-sinf Kimyo
➖11-sinf Matematika spetsifikatsiya
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Biologiya fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi.
👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalida
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Malaka test sinovlarida eng yuqori natija ko‘rsatayotgan hududlar nomi ma'lum qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan kimyo, fizika hamda O‘zbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha qaysi hudud pedagoglari yaxshiroq natija ko‘rsatayotgani ma’lum qilindi.
30-apreldagi kimyo, fizika fanlaridan test sinovlarida o‘rtacha ball natijalarining tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar:
🔸 Andijon viloyatida – 65,24 ball;
🔸 Buxoro – 64,47 ball;
🔸 Namangan – 62,28 ball;
🔸 Farg‘ona viloyatida esa – 61,32 ball qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25-apreldagi O‘zbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarida o‘rtacha ball natijalari tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar:
🔸 Buxoro – 69,98 ball,
🔸 Xorazm – 69,22 ball,
🔸 Toshkent shahri – 67,9 ball
🔸 Farg‘ona viloyatida esa – 65,43 ball qayd etilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori (246-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.
🔰Unga ko'ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari tasdiqlandi.
Davlat bogʻchalari toʻlovi 1-iyundan oʻrtacha 20%ga, yangi yildan esa yana 10%ga qimmatlamoqda. Oxirgi marta bogʻcha puli 3-yil avval, 2021-yil 1-mayda 15%ga oshirilgandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🎓Toshkent shahridagi Amity universitetida 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
Grant asosida xorijiy universitet talabasi bo‘ling!
Imtihon sanasi: 16-may
Shoshiling, joylar cheklangan
📌 IELTS 5.5+ sertifikati yoki ichki ingliz tili imtihonini topshiring
🔗 RO'YXATDAN O'TING
☎️ +998712079006
📞 @amity_manager
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 AmityUniversityTashkent">Youtube
Osiyo Xalqaro Universitetida «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi
✅ Bugun universitetimizda Buxoro viloyati tarixidagi eng katta, «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Oldin xabar berganimizdek yarmarkada Buxoro viloyatidagi 30 dan ziyod nufuzli tashkilot va korxonalar ishtirok etib, ular bilan bir nechta hamkorlik memorandumlari tuzildi.
📌 Yarmarkada talabalar bank, moliya, turizm, ishlab chiqarish, sanoat, pedagogika, neft-gaz, sport, ekologiya, xizmat ko'rsatish, IT, sog'liqni saqlash sohalari bo'yicha bo'sh ish o'rinlari va ishga joylashish shartlari to'g'risida kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
🔖 Shuningdek yirik yarmarka davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib korxona va tashkilotlar tomonidan kerakli javoblarni qabul qilib olishdi. Tashkil etilgan yarmarka talabalar uchun har tomonlama foydali va manfaatli tarzda bo'lib o'tdi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi
Qur’a natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari uchun mashqlar va normativlar belgilandi.
Qiz bolalar:
8-bilet
1. Yengil atletika. Yugurib kelib kichik (150 gr) tennis to'pini uzoqlikka uloqtirish.
Me'yor: (metr) 28 – 23 – 18 – 13
2. Gimnastika. Arg'amchida 1 daqiqa davomida sakrash.
Me'yor: (marta) 120 — 100 — 90 — 80
3. Basketbol. Basketbol savatiga belgilangan jarima to'pini 8 imkoniyatdan
tashlash.
Me'yor: (marta) 4 —3 —2 — 1
— — — — — —
O‘g‘il bolalar
10-bilet
1. Yengil atletika. 2000 metr masofaga vaqt hisobga olingan holatda yugurish.
Me'yor: (daqiqa) 9,30 – 10,00 – 11,00 – 12,00
2. Gimnastika. Baland turnikda tortilish (bajarish texnikasiga e'tibor berish).
Me'yor: (marta) 10 – 8 – 6 – 4
3. Futbol: Futbol to'pini "aut"dan o'yinga kiritish (bajarish texnikasiga e'tibor berish).
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2024-yil yanvar-mart oylarida ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 3 mln 434,9 ming so‘mni tashkil qildi
Joriy yilning yanvar-mart oylarida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 4,9 mln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19,8% ga oʻsgan. Eng koʻp maosh oluvchi soha “bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati boʻlib qolmoqda – ushbu yoʻnalishda oʻrta oylik ish haqi 13,2 mln soʻmni tashkil qilgan.
Taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. (3,4-3,2 mln soʻm).
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Matematika fani bo‘yicha yangi testlar joylandi
Pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.
O‘qituvchilarning talab va istaklardan kelib chiqqan holda, diagnostika testlari o‘tkazilayotgan telegram botlarga matematika va pedagogik mahorat bo‘yicha yangi test savollari joylandi.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: /channel/uztdi/8242
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Maktab bitiruvchilari oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihon topshiradi va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi
Muhokamalar portaliga "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish va davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra kasb-hunar egallagan va va amaliy imtihondan oʻtgan bitiruvchilarga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari tomonidan imzolanadigan, ularga ishlash huquqini beruvchi elektron shaklda sertifikat beriladi.
Har bir bitiruvchining bandlik holatini onlayn monitoring qilib borish maqsadida kasb.maktab.uz platformasini “bandlik xizmati” (abkm.mehnat.uz) axborot tizimi va boshqa axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
Mazkur sertifikat O‘zbekiston Respublikasi milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga tenglashtiriladi.
👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Viloyat hokimi «Telefonsiz maktab» loyihasini qo‘llab-quvvatlagan maktabga 300 million so‘m topshirdi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev «Telefonsiz maktab» loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million so‘m pul mukofotini topshirdi.
Qayd qilinishicha, ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.
Shu yil fevral oyida Zoir Mirzayev maktab direktorlari bilan o‘tkazgan muloqotida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etish, telefondan foydalanmaslik taklifini ilgari surib, buni amalga oshirgan maktablarni 300 million so‘m bilan taqdirlashga va’da bergan edi.
Keyinroq, Angren shahridagi 13- va 17-son umumta’lim maktablarida «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilgani, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning telefonlari maxsus javonlar, qutilarga solib qo‘yilayotgani haqida xabar berildi. Ta’kidlanishicha, bu chora o‘quvchilarning e’tiborini ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratadi.
Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab ma’muriyati yig‘ilish o‘tkazib, ta’lim muassasasida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surilgani va bu barcha tomonidan birdek ma’qullangani aytildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 kun vaqt qoldi
✅ 2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazilishi haqida avval xabar bergan edik.
📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 27-aprel (to‘lov qilish 28-aprel) ga qadar davom etadi.
❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga 2 kun qolganini eslatib o‘tamiz.
📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari (yozma qismi) 2024-yil 11-12-may (shanba, yakshanba) kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi
📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi.
⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.
📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.
🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.
❕ Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Утверждены методические рекомендации и материалы по проведению итоговой государственной аттестации учащихся выпускных классов
на русском языке
➖9-класс Математика
➖9-класс Узбекский язык (Государственный язык)
➖9-класс История Узбекистана
➖9-класс Физическая культура
➖9-класс Физика
➖9-класс Русский язык и литература
➖11-класс География
➖11-класс Английский язык
➖11-класс Химия
➖11-класс Математика
➖11-класс Узбекский язык (Государственный язык)
➖11-класс История Узбекистана
➖11-класс Русский язык и литература
➖11-класс Основы государства и права
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
9-sinf Matematika spetsifikatsiya
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali