Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
O‘zbekistonda maktablardagi davomatning eng past ko‘rsatkichlari kuzatilgan hududlar ma’lum qilindi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tahlil natijasida aniqlanishicha, 2022 yilda maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib 82,5 foizga tushgan.
❗️Hududlar bo‘yicha davomatning eng past ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toshkent (75,8 foiz) va Farg‘ona (79,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
✅ Eng yuqori ko‘rsatkichlar esa Buxoro (89,1 foiz), Surxondaryo (88,3 foiz) va Qashqadaryo (88,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Predmetlar kesimida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida eng past davomat ko‘rsatkichlari o‘zbek tili va matematika predmetlarida kuzatilgan.
O‘rta sinf o‘quvchilari orasida o‘zbek tili, informatika, adabiyot va ingliz tili fanlari, yuqori sinf o‘quvchilari orasida ham o‘zbek tili, informatika, algebra va ingliz tili fanlarida davomatning eng past ko‘rsatkichlari kuzatilgan.
👨👨👧👧 Ota-onalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, betob bo‘lib qolishi (75,4 foiz), ota-onasiga ishlarda yordam berishi (8,9 foiz), ota-onasi ishga chiqishi kerakligi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qaraydigan boshqa odam yo‘qligi (3,1 foiz), xususiy o‘qituvchi/repetitor bilan o‘qishi (1,7 foiz), maktabga borishi uchun qo‘shimcha xarajatlarga mablag‘ yetishmasligi (1,1 foiz) o‘quvchilarning dars qoldirishidagi asosiy sabablardir. So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 8,5 foizi farzandi nima sababdan dars qoldirganini bilmasligini aytgan.
⚡️Xorijiy tillardan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!
Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:
➖ 2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
❗️Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Rus tili bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!
Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.
Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.
O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:
🔹Rus tili (milliy)
🔹Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya
❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓ Men toifa olish uchun attestatsiyaning navbatdan-tashqari turini tanlab murojaat yuborgan edim. Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni ham qilgan edim. Attestatsiya turini notoʻgʻri tanlagan ekanman. Arizam “navbatdagi-majburiy attestatsiyada topshirishdasiz”- deb rad etildi. Toʻlagan to‘lovimni qaytarib olsam bo‘ladimi?
✅ Javob: Nizomning 25-bandiga ko‘ra Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi.
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
📌 Attestatsiya turini toʻgʻri tanlanmaganligi ham notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilgan deb hisoblanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Ayrim telegram kanal va guruhlarda 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqatilmoqda.
Pedagoglardan mazkur xabarlarga ishonmaslikni soʻrab qolamiz, zero, bu sanalar hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtamiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
💚💚💚
💚Hurmatli ustozlar Nasiba Abdullayeva guruhi Ramazon oyi munosabati bilan ✅CHEGIRMA EʼLON QILAMIZ
Boshlangʻich taʼlim ustozlari uchun
🫶Bizda "Dolzarb 15 kunlik" guruh
💲35.000 soʻm
📌Guruhda :
👉Har kuni 50 talik test va tahlili
👉Yangi darslik darslari;
👉10 kun ona tili 5-6 - sinf mashqlar tahlili
🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣
YUQORI SINF USTOZLARLARI UCHUN PEDAGOGIK MAHORAT VA KASB STANDARTI BOʻYICHA
➡️Biologiya
➡️Geografiya
➡️Matematika
➡️Ona tili
➡️Ingliz tili
➡️Rus tili
➡️Kimyo
➡️Tarix
➡️ Jismoniy tarbiya
➡️Huquq
➡️MTT tarbiyachilari
➡️Defektologiya oʻqituvchilari uchun
10+20 ballga tayyorgarlik darslari
💲CHEGIRMA 40.000❤️
⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
@Nasibabdullayeva
/channel/attestatsiya2024Nasiba
“Maktablarda ayrim lavozimlarni qisqartirish taklif qilindi” degan mazmundagi xabarlarga nisbatan shuni maʼlum qilamizki, bu taklif Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlanmagan va bugungi kunda shtatlar qisqartirilishi boʻyicha hech qanday meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirish kiritilmagan.“
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Fizika va biologiya fanlari bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!
Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.
Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.
O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:
🔹Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya
❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Qoraqalpoq tili va adabiyoti hamda geografiya fanlari bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!
Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.
Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.
O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya
❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining 2024-yil 20-martdagi "2023-2024-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi 87-sonli buyrug'i
Mazkur buyruqqa 1-ilova sifatida "Yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari";
2-ilova bilan "Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI" tasdiqlangan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Matbuot xizmati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Pedagoglar attestatsiyasi bo'yicha diagnostika testlarida barcha bepul ishtirok etishi mumkin!
Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.
Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.
O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda test platformasiga quyidagi fanlar bo‘yicha yangi testlar joylandi:
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya
❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida foto va video qayd etish uskunalari oʻrnatiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
❗️2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida hamda boshqa belgilangan joylarda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi.
👉 Ichki ishlar vazirligi 2024-2026-yillar davomida yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida ushbu foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini manzilli roʻyxat asosida oʻrnatadi hamda “Xavfsiz shahar” tizimlariga integratsiya qiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#davomat #hujjat
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiyasining 2024-yil 26-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni ta’limga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qonunbuzarliklarning oldini olish, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi qarori (4k/k, 5k/k-son)
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Attestatsiyada kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan test platformasida pedagoglar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilayotgan onlayn-repetitsiyalarda ayrim fanlardan kalkulyator va qoʻshimcha qoʻllanmalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Attestatsiya jarayonlarida ham kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🤩 Grant asosida o'qish imkoniyati
Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.
✅ Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.
📥 Talabgorlar 2024-yil 15-martdan 14-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
⚠️ Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant
O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor
☎️ +998555068888, +998555208888
📩 @umft_support
🌐 umft.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin
📍 Lokatsiya
Til sertifikati talabi natijasida OTMlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) dan o‘tkazilmoqda.
Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan.
Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd 690 mln so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd 865 mln so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd 880 mln so‘mni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.
Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi
⚡️Rasman: Rossiyaning TOP universitetlariga GRANT oʻrinlari uchun qabul boshlandi
✅Qulayliklar:
• Kafolatli 4 yil BEPUL taʼlim;
• Stipendiya;
• Patentsiz ishlash imkoniyati;
• Transfer xizmat;
• Yotoqxonalar;
• 10 dan ortiq shaharlar;
• 30 dan ortiq yoʻnalishlar;
• Oʻzbekistonda turib onlayn oʻqish.
🤩 3-aprelga qadar firma xizmatidan 20% chegirma mavjud!
☎️ Murojaat uchun:
+998940031001 | +998334961001
+998999861001 | +998999841001
👩🏻💻Onlayn murojaat: @rustudy_tash
Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📝 2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi
✅ Joriy yilda Oʻzbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti oʻtkaziladi.
➖Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari oʻtkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.
❗️TALIS - Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganish xalqaro tadqiqoti boʻlib, unda maktab direktorlari va oʻqituvchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali ishtirok etadi.
✔️Tadqiqotda dunyo boʻylab 52 ta (shundan tayanch oʻrta taʼlim (ISCED level 2) moduli ishtirokchilari 33 ta) mamlakat qatnashmoqda. Oʻzbekiston, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Kosta Rika, Germaniya, Montonegro, Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya davlatlari qatorida yangi ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Attestatsiya uchun 30 mingga yaqin nazorat sinov materiallari tayyorlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot anjumanida berilgan maʼlumotlarga koʻra:
Pedagoglar attestatsiyasi bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi va 100 ballik tizimda baholanadi.
1-bosqichda – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi (80 ball),
2-bosqichda – pedagogik mahoratini (20 ball) baholanadi.
Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) oʻtkaziladi.
42 ta fandan uchta tilda (oʻzbek, rus, qoraqalpoq) 30 mingga yaqin nazorat sinov materiallari tayyorlandi.
Bugungi kunda attestatsiyada ishtirok etish uchun 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafaridan ortigʻi ishtirok etishi kutilmoqda.
Malaka sinovlari joriy yilning 15-aprelidan boshlanishi rejalashtirilgan boʻlib aprel may oylarida barcha hududlarda oʻtkaziladi. Buning uchun hududiy markazlarda joylashgan katta sigʻimdagi binolarida 1 900 ta kompyuter tayyor holatga keltirilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Attestatsiyada pedagogik mahorat nima uchun test orqali baholanayotganiga izoh berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan attestatsiyaning 2-bosqichida pedagogik mahoratni test emas, boshqa uslubda aniqlashni rejalashtirganligi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Tarix fanidan attestatsiyaga tayyorlanayotgan ustozlar diqqatiga!
Attestatsiya va Milliy sertifikat testlariga tayyorlanishda manba topish muammo bo‘lyaptimi?
Ortiq bundan tashvishlanmang!
Ko‘p yillik tarixchi mutaxassis — Sardorbek Rustamov o‘z guruhida har kuni Tarix fani bo‘yicha 35 ta, ped-mahoratga oid 10 ta va kasb standarti bo'yicha 5 ta savoldan iborat testlar joylashtirib bormoqda.
📣 Bugun, 31-mart kuni ushbu kanalda "ZINAMA-ZINA" tanlovi o'tkazilmoqda. Endi attestatsiya tayyorlanish barobarida qo'shimcha pul ishlash imkoniyati mavjud. Misol uchun, 9 ta savolga to'g'ri javo bergan ustozlarga 250 ming so'm pul mukofoti beriladi.
Quyida ushbu tanlov shartlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 /channel/Tarix_quiz_testlar/10186
Bundan tashqari Sardorbek Rustamov kanaliga qo‘shilib ushbu imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
— Tayyorlanish jarayonida vaqtingizni tejaysiz;
— Hamkasblaringiz bilan fikr almashasiz;
— Ehtimoliy savollar bilan tanishasiz;
— Har kuni 21.30 da TARIX fanidan namunaviy testlar tahlilida ishtirok etasiz.
🔥 Eng muhimi, bu imkoniyatlar bilan attestatsiyadan hech qiynalmay, muvaffaqiyatli o‘tishingiz mumkin.
📥 Yopiq tayyorlov guruhlariga qo‘shilish uchun @RustamovSardor'ga murojaat qiling
Guruhga a’zo bo‘lish:
t.me/attestatsiya_tarix_Sardorbek
Kanalga obuna bo‘lish:
t.me/Tarix_quiz_testlar
Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi
❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.
✅ Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.
⚡️ Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.
👉 Test sinovlarini bajarish uchun:
➖ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;
➖ qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
👉 Malaka sinovlarining:
➖ birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;
➖ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Maktabni bitirish imtihonlarida oliy taʼlim muassasasiga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi
Bugun, 28-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda oʻquvchilar bilimini baholashning shaffof va xolis tizimini joriy qilish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Hozirda bilimning bahosi turli maktablarda turlicha. Imtihon varaqalaridagi savollar darajasi ham har xil. Xalqaro testologiya talablariga koʻra, hamma variantlardagi savollarning qiyinlik darajasi teng boʻlishi kerak.
Shu bois davlat yakuniy attestatsiyasida, yaʼni maktabni bitirish imtihonlarida oʻquvchilarning bilimini yagona nazorat materiallari asosida baholash taklif etilmoqda. Imtihon topshiriqlari yozma va amaliy shaklga oʻtkaziladi, javoblarni maxsus platforma orqali tekshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi, savollar doimiy ravishda yangilanib boriladi.
Yana bir muhim yangilik – maktabni bitirish imtihonlarida oliy taʼlim muassasasiga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
📝 test sinovining yozma qismi — 30-31-mart kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 1-apreldan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.
💻Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-03-27
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Metodik marafonning 2-kunida (27-mart) quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:
👉 “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi (10:00)
🎙 Trener-oʻqituvchi: Beth Myers, Lourens B. Taishoff inklyuziv ta'lim dotsenti; Taishoff markazi direktori
👉 O‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi kreativ - pedagogik yondashuvlari (10:25)
🎙 Trener-oʻqituvchi: Yuldasheva Nilufar Abdullayevna, Amaliy fanlar universiteti “Boshlang'ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc)
👉 Olamni o‘rganishda matematikaning o‘rni (11:00)
🎙 Trener-oʻqituvchi: Koshnazarov Rasul Atabekovich, Nizomiy nomidagi TDPU, “Umumiy matematika” kafedrasining katta o‘qituvchisi
👉 O‘quvchilarda ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish (11:00)
🎙 Trener-oʻqituvchi: Akbarova Saida Rustamovna, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 220-maktab kimyo fani o‘qituvchisi
👉 O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda laterial-kreativ yondashuv (11:00)
🎙 Trener-oʻqituvchi: Musurmonkulova Oysuluv Yulbekovna, Аlisher Nаvoiy nomidаgi Toshkent dаvlаt o‘zbek tili vа аdаbiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
👉 Boshlang‘ich sinflarda matematik savodxonlikni oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish (11:30)
🎙 Trener-oʻqituvchi: Ametova Lola Shukurullayevna, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
👉 O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda muammoli topshiriqlardan foydalanish (11:30)
🎙 Trener-oʻqituvchi: Homidov Dilshodbek Baxodirovich, Andijon viloyati Shahrixon tumani Akademik Sarimsoqov nomidagi Nodavlat xususiy maktab fizika fani oʻqituvchisi
👉 O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishda ertaklarning ahamiyati (11:30)
🎙 Trener-oʻqituvchi: Ostanova Umida Usmanovna, Buxoro viloyati Kogon tumani 1-sonli maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joylar roʻyxati:
👉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi - Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Nukus shahri Ye.Alakoʻz koʻchasi 54-uy, moʻljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida);
📍 Lokatsiya
👉 Xorazm viloyati - Urganch tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabi (Urganch tumani Mevazor MFY Quvonch koʻchasi 51 uy, moʻljal: Urganch tuman Hokimyati);
📍 Lokatsiya
👉 Buxoro viloyati - Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (“Choloki” MFY, Qasri Orifon aholi punkti 10-uy, moʻljal: Baxovuddin Naqishbandiy Ziyoratgohi);
📍 Lokatsiya
👉 Qashqadaryo viloyati - Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar Olimlar koʻchasi 2-uy, moʻljal: Qarshi davlat universiteti);
📍 Lokatsiya
👉 Surxondaryo viloyati - Termiz shahridagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, (Termiz shahar, Kattabogʻ MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh, moʻljal: “Yashil dunyo” bozori);
📍 Lokatsiya
👉 Samarqand viloyati - Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahri, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy);
📍 Lokatsiya
👉 Navoiy viloyati - Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar maktabi (Navoiy shahar Aloqa koʻchasi 6-uy, moʻljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida);
📍 Lokatsiya
👉 Jizzax viloyati - Jizzax shahridagi 4-umumtaʼlim maktabi (Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi Toʻqimachilar koʻchasi 45-uy, moʻljal: viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasi);
📍 Lokatsiya
👉 Sirdaryo viloyati - Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi (Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh koʻchasi 55-uy, moʻljal: Guliston shahar istirohat bogʻi);
📍 Lokatsiya
👉 Namangan viloyati - Namangan shahridagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Namangan shahri, Gʻishtkoʻprik MFY, Uychi koʻchasi, 329-A uy, moʻljal - Chorsu);
📍 Lokatsiya
👉 Andijon viloyati - Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi ( Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi 8-uy, moʻljal: sobiq Leninskiy koʻcha);
📍 Lokatsiya
👉 Fargʻona viloyati - Fargʻona shahridagi 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy koʻchasi -13A, moʻljal “Chery” avtosaloni);
📍 Lokatsiya
👉 Toshkent viloyati - Pedagoglarning bilim va koʻnikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi 83-A-uy, moʻljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi);
📍 Lokatsiya
👉 Toshkent shahri - Pedagoglarning bilim va koʻnikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi 83-A-uy, moʻljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi).
📍 Lokatsiya
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali