uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Biologiya fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Matematika fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Boshlang‘ich ta’lim fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Hukumat qarori (87-son, 12.02.2024 y.) bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.

🔰Unga ko‘ra, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

🏢 Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o‘z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining rahbari mas’ul hisoblanadi.

📝 Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so‘rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tadi.

🚫 Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.

🗓 Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o‘tkaziladi.

📤 Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

⚠️ Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.

Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.

❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Agar avvalgi sertifikatingizni topa olmayotgan bo'lsangiz @uztdibot ga ️JSHSHIR (PINFL)ni yozib sertifikatingizni yuklab sanalarni aniqlashtirib olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

✅ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga ko'ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

❗️Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Vazirga_murojaat
#Bayonot_27

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR


✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

⚡️
Bugungi audiobayonotimizda:

00:08 Men navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun to‘lov qilib ariza yubordim. Lekin yaqinda tug‘ruq ta’tiliga ketishim munosabati bilan ushbu sinovda qatnasholmayman. To‘lagan pulimni qanday qaytarib olsam bo‘ladi?

01:20 Ommalashtirish platformasi qachon ishlaydi?

02:30 О‘quvchilari turli fan olimpiadalarida yuqori o‘rin olgan o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa berilar ekan. Shu to‘g‘rimi, yana kimlar bu imtiyozga ega?

03:27 Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari qay tartibda attestatsiyadan o‘tadi? Sinovlar amaliy bo‘ladimi yoki nazariymi?

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Kun.uz” tomonidan e’lon qilingan “Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?” sarlavhali maqola bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini tashkil etish va litsenziya talablari buzilganlik holatlari bo‘yicha vazirlikka kelib tushgan norozilik murojaatlari asosida tekshirish natijalariga ko‘ra hozirga qadar lisenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga davo arizalari kiritildi. Shundan 5 tasining tegishli litsenziyalari sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, 1 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son Qarorga ko‘ra litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish huquqi vazirlikka berilgan.

Shundan kelib chiqib, bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirildi. Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalarini o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.

Vazirlik litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmasligini ma’lum qiladi. Barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ta’limni rivojlantirish markazi Uchtepa tumanidagi maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Uchtepa tumanidagi 129-sonli umumta’lim maktabida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi.

Bugun, 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir munosabati bilan markaz xodimlari maktabdagi ta’lim jarayonlari bilan tanishib, o‘quvchilarga ulug‘ bobokalonimiz asarlarini sovg‘a qilgan.

Ta’kidlash lozim, Prezident qarori (02.02.2024-yildagi PQ-54-son)ga asosan, mazkur maktab Ta’limni rivojlantirish markaziga biriktirilgan.

"Bugungi kunda maktab faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan.

Bu yerda amalga oshiriladigan ishlar natijasida olinadigan ijobiy tajribalar boshqa maktablarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan," – deyiladi markaz tomonidan e’lon qilingan xabarda.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 1-sinf oʻquvchilariga qoʻshimcha taʼtil belgilanishi nazarda tutilgan.

Nizomga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi. Taʼtil muddati maktabning pedagogik kengash qarori asosida belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Vazirlik: Xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

➖ 2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

❗️Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Savol: Ingliz tili fani uchun oʻqituvchilariga ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha beriladigan 10 ta topshiriqlar ingliz tilida boʻladimi? yoki oʻzbek tilidami?

✅ Javob: Oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tillaridan birini tanlash imkoniyati beriladi. Yaʼni oʻqituvchi murojaat yuborishda test topshirish tili sifatida qaysi tilni tanlagan boʻlsa, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash boʻyicha shu tilda savol-topshiriqlar beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun malaka (test) sinovlariga tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar (nazorat materiallari spesifikasi)  va adabiyotlar ro‘yxati

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Barcha fanlar bo‘yicha kanalimizda 👉@uztdi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Quyida malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar ro‘yxatini taqdim etamiz:

👉 Matematika
👉 Fizika
👉 Geografiya
👉 Biologiya
👉 Kimyo
👉 Informatika
👉 Texnologiya (servis xizmati)
👉 Texnologiya (Texnologiya va dizayn)
👉 Iqtisodiy bilim asoslari
👉 Davlat va huquq asoslari
👉 Boshlang‘ich ta’lim
👉 Tarbiya
👉 Tarix
👉 Musiqa madaniyati
👉 Jismoniy tarbiya
👉 Tasviriy san’at
👉 Ona tili va adabiyot
👉 O‘zbek tili
👉 Ingliz tili
👉 Rus tili
👉 Rus tili va adabiyoti
👉 Qoraqalpoq tili va adabiyoti
👉 Qozoq tili va adabiyoti
👉 Qirg‘iz tili va adabiyoti
👉 Turkman tili va adabiyoti
👉 Tojik tili va adabiyoti
👉 Tarbiyachi metodist mutaxassisligi
👉 Pedagogik mahorat

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Barcha fanlar bo‘yicha kanalimizda 👉@uztdi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ona tili fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Ayrim pedagoglar kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkaziladi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar;

➖2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;

🖥 Pedagoglar mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun 2024-yil 1-martdan boshlab davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

✔️ Yuqorida keltirib o‘tilgan Reglamentga ko‘ra:


pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi;

➖kasbiy sertifikat olganidan so‘ng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan ko‘p yil davomida uzilishlar bo‘lgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim;

➖kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart–may oylarida test shaklida o‘tkaziladi;

➖nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA

✅ Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Bu yil Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi.

Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.

📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

➡️ Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

➡️ 1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#darslik_va_taqvim_mavzu_reja

10-11-sinf Informatika va AT darsligi hamda taqvim-mavzu rejalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun attestatsiya nazariy va amaliy sinovlar shaklida oʻtkaziladi

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlari nazariy (ogʻzaki, yozma) va amaliy sinovlar shaklida oʻtkaziladi.

Nazariy sinovlar nazariy (ogʻzaki, yozma) sinovlar toʻrtta savoldan iborat boʻladi har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

amaliy sinovlar toʻrtta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish) iborat boʻladi, har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ballik tizimda baholanadi.

Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga «Ogohlantirish xati» yuboriladi

Respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi.

Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.

“Ogohlantirish xati”da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.

📌MJtK 47-moddasiga asosan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —

➖BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish —

➖BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

1️⃣ OTM 4-bosqich talabasiman maktabda dars beraman attestatsiyada ishtirok etishim mumkinmi?

Javob: Yoʻq, mumkin emas. Nizomning 5-bandi ko'ra attestatsiyaga taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog kadrlari jalb etiladi.

2️⃣ Magistraturada oʻqiyman 6 oydan beri maktabda dars beraman attestatsiyada qanday tartibda qatnashaman?

Javob: Siz, 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyalarda oʻz ixtiyoringizga koʻra qatnasha olasiz.

Agar ishtirok etsangiz, bu attestatsiya Siz uchun navbatdan tashqari attestatsiya hisoblanadi hamda past natija qayd etgan taqdiringizda ham Sizga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

Magistraturada tahsil olayotganingiz Sizga navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, toifa olishingizga toʻsqinlik qila olmaydi.

Shuningdek, magistr darajasiga ega boʻlgan (diplomni olgan) pedagoglarga attestatsiyasiz toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi toifa beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🧑🏻‍⚕️ Siz ham tibbiyot xodimi bo‘lishni istaysizmi?

Unda sizda ajoyib imkoniyat bor! Hozirda “Buxoro xalqaro tibbiyot texnikumi”da ushbu yo‘nalish bo‘yicha qabul jarayonlari davom etmoqda:

❇️ 50910203 — Hamshiralik ishi (3 yil).

⁉️ Nega aynan “Buxoro xalqaro tibbiyot texnikumi”ni tanlash kerak?

1. Bu yerda darslar professional oliy toifali pedagoglar tomonidan olib boriladi;

2. Talabalar chet tillarini (rus, ingliz, turk, nemis, koreys, xitoy, yapon) yuqori saviyada o‘rganadi;

3. Faol talabalar tajriba almashish maqsadida xorij safariga yuboriladi;

4. Texnikum talabalari qulay va shinam yotoqxona bilan ta’minlanadi;

5. Kelgusida iqtidorli yoshlar uchun GRANTLAR ham ajratiladi.

✅ Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

👉 Yo‘nalish va kontrakt narxi haqida batafsil ma’lumot

Kvotalar soni cheklangan. Hujjat topshirishga ulgurib qoling.

💻 Hujjat topshirish: https://bxtt.uz/

☎️ Murojaat uchun:
+998914167161
+998914102866
+998934597778
+998914117474
+998553037777

📍Manzil: Buxoro shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosida

📄 Litsenziya (№197413, 28.12.2023-y)

Buxoro xalqaro tibbiyot texnikumi — yuqori sifatli ta’lim uchun mas’ulmiz

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ommalashtirish.uz platformasi mart oyidan boshlab ishga tushadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevralda “Oʻqituvchilarni ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 32-sonli buyrugʻi qabul qilindi.

Unga ko'ra:

bir oy muddatda amaldagi ommalashtirish.uz platformasini takomillashtirilgan tartibi bo'yicha Respublika ta'lim markazining budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan qayta ishlab chiqiladi va foydalanishga topshiriladi.

joriy yilning mart oyidan takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul gilish jarayonlarini tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Uchta OTM birlashtirildi va unga rektor tayinlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga Toshkent moliya instituti va Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti qoʻshib yuborildi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori imzolandi.

Oʻz navbatida iqtisod fanlari doktori, professor Toʻlqin Teshabayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Toshkent moliya instituti rektori edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar" ishlab chiqildi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar" ishlab chiqildi.

Markaz direktori Vohid Hamidovning ma‘lum qilishicha, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarga qoʻyilgan talablar oxirgi marta 2016-yilda tasdiqlangan edi:

"Bugungi kunda raqamli texnologiyalar taʼlim sohasiga koʻplab yangiliklarning joriy etilishiga muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. COVID–19 pandemiyasi butun dunyoda raqamli taʼlimning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi.

Oʻylaymanki, ushbu hujjat mamlakatimizda taʼlim sifati va samaradorligining oʻsishida navbatdagi qadamlardan biri boʻlib xizmat qiladi
." - degan markaz direktori.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

✅ Navoiy shahrida xususiy maktab sotuvga qo‘yildi

Zamonaviy xususiy maktab yurib turgan biznes sifatida o‘z egasiga yaxshigina daromad keltiradi.

Maktab 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda ayni damda 140 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Maktab binosida sifatli ta’lim berish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud:
📚 Keng va yorug‘ kutubxona
🎓 O‘nta 25 o‘rinli sinfxona
🖥 Kompuyuter xonasi
👨‍🍳 100 o‘rinli oshxona
🏋️‍♂️ Gimnastika xonasi
🏊 Bolalar basseyni
⚽️ Mini sportzal
🏟 Sun’iy chim qoplamasi
🤖 Robototexnika xonasi
🚌 21 kishilik mikroavtobus
📍 Shaharda qulay joylashuv.

Birinchi taklif: yuqori foyda keltiradigan biznesga ega bo‘lish istagidagi tadbirkorlarga ushbu xususiy maktab loyihasini taklif qilib qolamiz.

Ikkinchi taklif: Sizni biznesimizga ko‘rilgan foydadan 50% ulush ajratish evaziga investor sifatida ham jalb qilishimiz mumkin.

Imkoniyatdan foydalanib qoling. Zero ta’lim biznesi hech qachon kasod bo‘lmaydigan biznesdir.

☎️ Batafsil ma’lumot: +998934062999
💬 Telegram: @Shavkat_Ahralov

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidov oʻz telegram kanalida sunʼiy intellekt taʼlimning qaysi jarayonlarida samara berishi mumkinligi haqida maʼlumot berdi:

ChatGPT yoki shunga oʻxshash modellar bugun barcha sohalar qatorida taʼlimda ham oʻz oʻrniga ega boʻlib bormoqda.

Bugungi postimizda sunʼiy intellekt taʼlimning qaysi jarayonlarida samara berishi mumkinligiga toʻxtalib oʻtmoqchiman.

Repetitor yoki oʻqituvchi yordamchisi sifatida: oʻquvchilarga shaxsiy fikr-mulohazalar va yoʻl-yoʻriqlar berish, savollarga javob berish va turli taʼlim mavzulari boʻyicha tushuntirishlar berish uchun;

Til oʻrganishda:
nutqni rivojlantirish va yangi tilni oʻrganayotgan oʻquvchilarga virtual suhbatdosh sifatida;

Shaxsga yoʻnaltirilgan oʻquv kontentini yaratishda: real hayotiy vaziyatlarga doir topshiriqlar yoki uy vazifalarini berishda moslashtirilgan oʻquv materiallarini shakllantirish uchun;

Hamkorlikda oʻrganishni osonlashtirish uchun: guruh loyihalari va topshiriqlarni bajarishda maslahatlar va koʻrsatmalar berish orqali oʻquvchilar oʻrtasida muhokama va hamkorlikni osonlashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
” deydi markaz direktori.

Vohid Hamidov yana bir postida oʻquv jarayonlari hamda dars jarayonlarini rejalashtirishda sunʼiy intellektdan foydalanish haqida ham maʼlumot bergan: /channel/vohid_sobirovich/242

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hurmatli ustozlar!

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun “Tarbiya” fanidan Metodik marafon o‘tkaziladi.

🗓 Jarayonlar 2024-yilning 8-9-fevral kunlari soat 10:00 dan boshlanadi.

Metodik marafonda trenerlar tomonidan quyidagi metodlar bo‘yicha tavsiyalar beriladi:

🔹 zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;

🔹 oʻquvchilarni mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olish.

🔰 Metodik marafon o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

📹 O‘tilgan vebinarlar videolari markazning Youtube tarmog‘idagi kanaliga joylashtiriladi.

💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola:
https://us06web.zoom.us/j/82583553207

ID:
825 8355 3207
Kod:
336107

Kanalga ulanish:👇
/channel/trm_metodika

Читать полностью…
Subscribe to a channel