Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
⚡️2024-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi
"2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023-y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko'ra, 2024-yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi:
🔹barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat'i nazar):
▫️22-mart – juma;
▫️11-aprel – payshanba;
▫️18-iyun – seshanba;
▫️3-sentabr – seshanba;
▫️31-dekabr – seshanba.
🔹6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
▫️2-yanvar – seshanba;
▫️23-mart – shanba;
▫️12-aprel – juma;
▫️31-avgust – shanba;
▫️30-dekabr – dushanba.
🔘 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko'chiriladi:
▫️6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
▫️13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
▫️14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kelgusi oʻquv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Prezident “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega boʻlgan boshqa fan oʻqituvchilaridan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanishi adolatdan boʻlishini taʼkidladi. Shu maqsadda milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga kelgusi oʻquv yilidan boshlab 50 foiz ustama toʻlanadi.
Oʻzbek tili boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi oʻtkazilishi, gʻolib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga oʻzbek tili filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi
📆 2023-yil 24-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.
❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Qishki “perevod” uchun hujjatlar qabuli boshlandi – nimalarni bilish kerak?
Qish mavsumida faqat bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘qishini ko‘chirish uchun ma’lum toifa talabalariga ruxsat beriladi.
O‘qishni uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirish uchun arizalar qonunchilik bo‘yicha faqat 2 toifadagi fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirishi mumkin:
1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy Ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).
Ishchi guruhlar 2024-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Bu muddatda xorijiy va xususiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar olinmaydi.
Arizalar 20-yanvargacha qabul qilinsa, o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Keyingi jarayon qanday bo‘ladi?
Tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining xati asosida oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishi ko‘chirilayotgan talaba darslarga qo‘yiladi. OTM tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
So‘rovnoma olingandan so‘ng, talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrug‘i asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (ro‘yxati bilan) uni o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi yoki ariza bilan o‘qishi ko‘chirilgan talabaga beriladi.
Shaxsiy yig‘ma jild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash) oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik ma’lumotnoma talabani o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi.
❗️Eslatma: agar talaba maqsadli qabul doirasida ta’lim olayotgan bo‘lsa, unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Grantda o‘qiyotan talaba grant bilan o‘qishini ko‘chira oladimi?
O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Ya’ni agar OTM yo‘nalishlari uchun ajratilgan grant o‘rin bo‘lsa, ta’lim muassasasidagi vaziyatdan kelib chiqib, talabaga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi mumkin.
Ko‘zi ojiz va nogironligi bor talabalarga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🎓 Toshkent shahridagi Amiti Universiteti qishki qabul uchun arizalarni qabul qilishni boshladi
2024-yil fevral oyida 1-kursda o‘qishni boshlab, 2024-yil sentyabr oyida 2-kursga o‘tishingiz mumkin.
Imtihon sanasi: 27 dekabr 2023
📌 Agar sizda IELTS 5.5+ bo‘lsa, imtihonsiz o‘qishga kiring
🔗 RO‘YXATDAN O‘TING
☎️ +998712079006
📞 @amityuzb
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺AmityUniversityTashkent">Youtube
8 ta tibbiyot sohasidagi OTMlarni xalqaro TOP 1000 talikka kirishiga erishish rejalashtirilmoqda
“Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.
Loyihaga koʻra:
Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) standartlarini barcha 11 ta oliy tibbiy taʼlim va 74 ta tibbiy texnikumlarda joriy etish;
Xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan (akkreditatsiyadan oʻtgan) professional va oliy tibbiy taʼlim dasturlarini 10 foizdan 50 foizga yetkazish;
Tibbiyot xodimlarini malaka oshirish oʻquv jarayoni bilan qamrab olish koʻrsatkichini 25 foizdan 50 foizga yetkazish;
8 ta oliy tibbiy taʼlim muassasalarining xalqaro eʼtirof etilgan TOP mingtalikka kiritilishiga erishish;
10 ta ilmiy amaliy tibbiyot markazlardagi ilmiy tadqiqot laboratoriyalarni xalqaro GLP yoki GSP akkreditatsiyalaridan oʻtkazish;
Ilmiy tashkilotlardagi ilmiy tadqiqot laboratoriyalar ulushini 20 foizdan 37 foizga, fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini 100 foizga yetkazish;
Ilmiy xodimlar salohiyatini 25 foizdan 46 foizga yetkazish;
Hirsh indeksi 8 dan yuqori boʻlgan olimlar ulushini 18 dan 36 foizga yetkazish taklif etilmoqda.
Muhokama ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/91224
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O‘qishni ko‘chirish yuzasidan kelayotgan qisqa savollarga javoblar
Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
✅ Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.
Ruxsat kimlarga beriladi?
➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
✅ 20-dekabrdan 20-yanvargacha.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
✅Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Diagnostika testida texnik sabablarga ko'ra ishtirok etamagan pedagoglar qayta test topshirishi mumkin
Diagnostika jarayonlaridagi ishtirokchilar qamrovini oshirish hamda barcha o‘qituvchilarning ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida, diagnostika testlarida ishtirok etmagan hamda texnik holatlar kuzatilgan oʻqituvchilar uchun joriy yilning 18-19 dekabr kunlari diagnostika testlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Diagnostika testida ishtirok etamagan pedagoglar quyidagi sanalarda test topshirishi mumkin:
🗓18-dekabr kuni
➖Fizika
➖Matematika
➖Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
➖Informatika va axborot texnologiyalari
➖Tarix
➖Davlat va huquq asoslari
➖Musiqa madaniyati
➖Tasviriy san’at va chizmachilik
➖Texnologiya
➖Iqtisodiy bilim asoslari
➖Tarbiya
➖Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
➖Boshlang‘ich ta’lim
🗓19-dekabr kuni
➖O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
➖Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➖Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
➖Ingliz tili
➖Nemis tili
➖Fransuz tili
➖Davlat (o‘zbek) tili
➖Davlat (qoraqalpoq) tili
➖Kimyo
➖Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
➖Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
➖Biologiya
➖Geografiya
💻 Platformadan foydalanish bo'yicha videoyo'riqnoma
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Eslatib o’tamiz, 15-26—dekabr kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Ingliz tili va Ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga bo’lib o’tmoqda.
Onlayn olimpiada taqvimi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2023-yil 25-noyabrdan 7-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (15-17-dekabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
👉 @Oylikhisoblaydigan_bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 16-17-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 18-23-, 25-29-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
🗓 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-12-13
❕ Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️13-dekabr kuni reja-grafik bo‘yicha boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun diagnostika testi o‘tkaziladi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun hududlar bo‘yicha diagnostika testlari quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri — 9:00-10:00 ga qadar;
Andijon viloyati — 10:00-12:00 ga qadar;
Buxoro viloyati — 12:00-13:00 ga qadar;
Jizzax viloyati — 13:00-14:00 ga qadar;
Qashqadaryo viloyati — 14:00-17:00 ga qadar;
Navoiy va Sirdaryo viloyatlari — 17:00-18:00 ga qadar;
Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 14 dekabr kuni o‘tkaziladi.
👉 Diagnostika testlarida ishtirok etmaydigan pedagog xodimlar toifasi
👉 Diagnostika testi bo'yicha call-markazi raqamlari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
👩🏻🎓 Talaba bo‘lishga hech qachon kech emas!
Fursatni boy bermay, harakatni boshlang!
➖ Ortiqcha to‘lovlarsiz;
➖ Toshkent shahrida joylashgan;
➖ Davlat litsenziyasiga ega;
➖ Toshkentdagi eng arzon kontrakt — 9 mln so‘m;
➖ Davlat universitetlari diplomi namunasidagi diplom.
Ta’lim yo‘nalishlari:
✅ Buxgalteriya hisobi va moliya
✅ Axborot tizimlari va texnologiyalari
✅ Iqtisodiyot
✅ Maktabgacha ta’lim
✅ Pedagogika va psixologiya
✅ Tarix
✅ Soliqlar va soliqqa tortish
✅ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✅ Bank ishi va auditi
✅ Menejment
✅ Turizm
Sirtqi ta’lim va o‘qishni ko‘chirish ham mavjud.
☎️ +998501033913
☎️ +998501083933
☎️ +998339992409
☎️ +998501033923
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Talabalar uchun poyezdlarga chegirmalar eʼlon qilindi
Respublika Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun “Oʻztemiryoʻlchi” AJ tomonidan poyezd qatnovlariga chegirmalar eʼlon qilindi.
2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadigan ushbu chegirmalar oʻrnatilgan tartibda barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarning temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50 foiz miqdorida amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!
Chegirmalar SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#qonunchilik_yangiliklari
Texnikumlarda kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi
Hukumat qarori (648-son, 07.12.2023-y.) bilan texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga ko‘ra texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa modeliga (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) muvofiq tashkil qilinadi.
Kredit-modul tizimi joriy etiladigan ta’lim dasturlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘quv yili davomiyligi ta’lim dasturi asosida belgilanadi. Akademik davr davomida o‘quvchi tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlar miqdori o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchi bir o‘quv yilida kamida 60 kredit to‘plashi zarur. Texnikumlarda o‘quv yuklamasining hajmi o‘quv rejasi asosida belgilanadi.
Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 akademik soat hisobidagi o‘quv yuklamasiga teng qilib olinadi.
Bunda o‘quvchi muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun belgilab olingan miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur.
O‘quv yuklamasi auditoriya soati va mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Ta’lim dasturi o‘quv yili uchun o‘quvchi tomonidan qoida tariqasida, bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi inobatga olinib ishlab chiqiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan apellatsiya natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi
📣 2023-yil 19-noyabr kuni biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 11-dekabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.
📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.
📥 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori 22-dekabr kuni talabgorning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
👨🏻💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hurmatli ustozlar!
Birozdan so'ng Grone ta’lim akademiyasining ta’lim va mehnat bozori loyihalari koordinatori, Bremen Universiteti ilmiy xodimi Akramjon Matkarimov ishtirokidagi onlayn vebinar boshlanadi.
Taqdimot mavzusi: PISA tadqiqoti: Oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish
🗓 O‘tkaziladigan sana: 2023-yil 22-dekabr
⏰ Boshlanish vaqti: 15:00
🌐 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://bit.ly/4avgEQE
ID: 869 2430 8099
Kod: 855250
Kanalga ulanish:👇
/channel/trm_metodika
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📣 2023-yil 3-dekabr kuni o‘tkazilgan fizika va tarix fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ta’ziya bildiramiz
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Janpo‘lat Xudoybergenov 45 yoshida vafot etdi.
Janpo‘lat Xudoybergenov 1978-yil 10-martda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini, 2001-yilda “Umid” jamg‘armasi orqali Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan.
2010-2014-yillarda Toshkent moliya instituti “Hisob va audit” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan. 2014-2017-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida, 2017-2018-yillarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2018-yildan Yeoju texnika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2019-yildan universitet rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ta’lim inspeksiyasida faoliyat olib borgan hamkasblari J.Xudoybergenovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#abituriyent2024
#fanlarmajmuasi
⚡️⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
2024/2025-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
______
⚡️Утверждён комплекс предметов для приема в бакалавриат высших образовательных учреждений и соответствующих тестов (профессиональный (творческий) экзамен) на 2024/2025 учебный год
При утверждении параметров приема на 2024/2025 учебный год будут дополнительно утверждены комплексы предметов вновь создаваемых образовательных направлений. Также при изменении названия курсов в результате оптимизации образовательных курсов, а также при создании новых курсов могут быть внесены соответствующие изменения.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha Education First reytingida 113 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, reytingni tuzishda so‘rovnomada butun dunyodan 2,2 million kishi qatnashgan. Barcha ishtirokchi davlatlar besh guruhga – ingliz tilini bilishning “juda yuqori” darajasidan “juda past”gacha bo‘lingan.
O‘zbekiston chet tilini bilish darajasi “juda past” bo‘lgan guruhda. Hududlar kesimida nisbatan yaxshiroq ko‘rsatkich Farg‘ona va Andijon viloyatlarida kuzatilmoqda.
Qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston 104-o‘rin va Tojikiston 112-o‘rindan joy olgan. Qirg‘izistonda esa biroz yaxshiroq natija (90-o‘rin).
Reytingning eng yuqori pog‘onasini Niderlandiya, Singapur va Avstriya egallagan bo‘lsa, eng quyida Kongo joylashgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 📣 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
✅ Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.
➖ Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
❗️III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.
*******
📣 Зимние каникулы в школах начнутся 28 декабря
✅Последним днём учебы II четверти текущего учебного года для учащихся общеобразовательных, творческих, специализированных школ и школ-интернатов системы Министерства дошкольного и школьного образования будет 27 декабря 2023 года.
Зимние каникулы начнутся с 28 декабря 2023 года.
➖ Каникулы продлятся 14 календарных дней до 10 января 2024 года.
❗️Занятия III четверти начнутся 11 января 2024 года.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Tegishli ma’lumoti va kasb tayyorgarligi bo‘lmaganlarga pedagog sifatida ishlash taqiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida pedagog xodimlar toifasi, lavozimlari tanlov bo‘yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi, shartlari va muddati, mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o‘zgartirish va to‘xtatish tartibi hamda vacancy.edu.uz platformasi orqali arizalar topshirish sxemalari tasdiqlanmoqda.
❌Quyidagi shaxslarga pedagog sifatida faoliyat olib borish taqiqlanadi:
➖tegishli ma’lumoti va kasb tayyorgarligi bo‘lmagan;
➖sudning qaroriga asosan muayyan huquqdan mahrum qilingan;
➖sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan;
➖psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan;
➖pedagoglik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasallikka chalingan.
Mazkur bandning 2, 4 va 5 xatboshilarida keltirib o‘tilgan holatlar bartaraf etilganda pedagog sifatida faoliyat olib borishiga ruxsat beriladi.
OTT rahbariga oliy ta’lim tashkiloti (fakultet) kengashida ko‘rib chiqish uchun pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani kiritish huquqi beriladi.
Oliy ta’lim tashkiloti (fakultet) kengashida pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan oldin uning faoliyati oliy ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan o‘rganiladi. Kengash qarori asosida pedagog xodimni egallab turgan lavozimidan ozod qilishga uning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy (tarbiyaviy) yo‘nalishlarda amalga oshirgan ishlari qoniqarsiz deb topilgan taqdirda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarga Yangi yil bayramini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
Unga ko‘ra:
🌲 Ta’lim tashkilotlari hududi, binosi hamda sinf xonalarini tartibga keltirish, ta’lim tashkilotlari hovlisidagi tabiiy archa (agar bo‘lsa) o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatililishi;
❌ Bunda, bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shoxlarini sindirish yoki ularni boshqa joyga ko‘chirish mumkin emas.
💡 Yangi yil bayramini o‘tkazish uchun ta’lim tashkilotlari foyesi, faollar yoki sport zallarini o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;
❌ Bunda, turli xil elektr yoritgichlar bilan yasatilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
💈 Ta’lim tashkilotlarining yuqori sinflari o‘rtasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlanadigan bezaklar (qog‘ozdan yasalgan qor parchalari va boshqa Yangi yil bayramiga xos bo‘lgan bezaklar) tanlovi, “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi” (sinf nomidan maktabga, o‘qituvchilarga, ota-onalarga) kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil etish tavsiya qilingan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli asoslanmagan va yolg‘on xabarlar ko‘payib bormoqda.
Buning oldini olish uchun esa mediasavodxonlik juda muhim.
Bu borada sizlarga @faktcheck_uz kanalini tavsiya qilamiz.
Ushbu kanal orqali Siz
👉 Tarmoqlarda keng tarqalayotgan xabarlarning rost yoki yolg‘on ekanligini bilib olish;
👉 Yolg‘on axborotlarning qanday tarqatilishi mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
👉 Rost xabarlarni yolg‘onlaridan ajratishni o‘rganishingiz mumkin.
Kanalga ulanish uchun havola: /channel/faktcheck_uz
Talabalar uchun chegirmalarni hisobga olgan holda, qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etiladi
O'zbekiston havo yo'llari OTM, professional va kasb-hunar talabalari uchun taqdim etilgan chegirmalarni hisobga olgan holda, qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etilishini ma`lum qildi:
• Toshkent – Buxoro – Toshkent – 23, 25, 26, 29-dekabr;
• Toshkent – Nukus – Toshkent – 23, 24, 29-dekabr;
• Toshkent – Termiz – Toshkent – 23, 25-dekabr;
• Toshkent – Farg‘ona – Toshkent – 25-dekabr;
• Toshkent – Urganch – Toshkent – 25, 26, 27, 28, 29-dekabr;
• Toshkent – Qarshi – Toshkent – 27-dekabr;
• Toshkent – Namangan – Toshkent – 29-dekabr.
"Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan va veb-saytda parvozlar jadvali bilan tanishishingiz hamda aviachiptalarni xarid qilishingiz mumkin. Talabalar uchun mo‘ljallangan chegirmali aviachiptalarni xarid qilish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniya agentlariga murojaat qilishingiz va davlat universitetida o‘qiyotganingizni tasdiqlaydigan hujjat yoki QR kodga ega bo‘lishingiz kerak." - deyiladi kompaniya axborotida.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
✅ Qonunchilikka ko'ra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o'quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko'ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.
❗️ Shuningdek, qishki o'qish davrida o'quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Chegirmali chiptalar uchun poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ulanadi – “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ “Toshkent — Urganch”, “Toshkent — Nukus”, “Toshkent — Samarqand”, “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi joriy etilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ham ulanadi.
Talabalar qishki ta’til uchun chegirmali chiptalarni elektron tarzda xarid qilishlari mumkin.
СУ «Экспресc» tizimida profilaktika ishlari olib borilishi sababli 2023-yilning 12-dekabr kuni soat 12:00 dan 13:00 gacha eticket.railway.uz sayti va barcha chiptaxonalarida texnik tanaffus e’lon qilinadi.
Tizim 13:00 dan keyin yana ishlashda davom etadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📣 2023-yil 19-noyabr kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Сўраган_эдингиз
❓Ona tili fani o‘qituvchisiman. 27 yildan buyon maktabda dars beraman, 2027-yilda nafaqaga chiqishim kerak. Hozirda malaka toifam oliy, sertifikatim muddati 2026-yilda tugaydi. Shunda men ham 2026-yilda majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli Qarori kuchga kirgan.
Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga muvofiq, jumladan quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan:
➖ pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
➖yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar.
Ushbu Nizomning 7-bandida esa "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.
❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Siz navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinasiz va Sizning amaldagi toifangiz umrbod saqlanib qolinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali