Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni
✅ 2023-yil 4-dekabr kuni matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.
📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 10-dekabr (to‘lov qilish 11-dekabr) ga qadar davom etadi.
❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.
📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2023-yil 24-dekabr (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
AQShga ketishning 101 yoʻli haqida yagona kitob!
❔ Nega odamlar AQShga ketishni istaydi?
❔ Kimlar vizasiz ham keta oladi?
❔ Timsohlarga yem boʻlmasdan, xavfsiz va qonuniy yoʻllar bilan ketishni xohlaysizmi?
Yuqoridagi savollarning barchasiga ushbu kitobda javob bor:
“Amerika orzusi yoki AQShga viza turlari” kitobida:
➖ viza turlari, talablari, kuchli tomonlari, viza berish yoki rad etilishi tartibi, rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt va boshqa toʻliq maʼlumotlar berib oʻtilgan.
“Amerikaga faqat grin-kard orqali ketish mumkin” degan tasavvurlaringizni parchalab tashlaydigan va AQShga ketishning 101 yoʻli haqidagi tavsiyalar qo‘llanma.
Kitobni Uzum ilovasi orqali xohlagan viloyatingizda xarid qilishingiz mumkin:
https://uzum.uz/ru/product/amerikanskaya-mechta-ili-826262
2023/2024-oʻquv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarining gʻoliblari eʼlon qilindi.
Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, stipendiya tanlovlari gʻoliblaridan tashqari oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabgor nomzodlarning hujjatlarini stipendiya.edu.uz tizimiga kiritilishida masʼul boʻlgan xodim va talabalarning ilmiy rahbarlari belgilangan tartibda bir oylik maoshi miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bоʼlа olmagan magistratura bosqichi talabalari bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan magistratura vа bakalavriat bosqichi talabalari oliy taʼlim muassasasi rektоri (direktori) tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining З baravari miqdorida;
nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etib, sovrindor boʻla olmagan talabalar oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 bаrаvаri miqdoridagi bir martalik pul mablagʻlari bilan Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan ragʻbatlantiriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 balni qo'lga kiritdi
Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.
PISA 2022 tadqiqotida matematika ustuvor yo‘nalish etib belgilangan.
O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani kirish so'zi ochib bergan vazir Hilola Umarova ushbu tadqiqot ahamiyatiga to'xtalib o'tdi:
– Prezidentimiz tomonidan zamonaviy ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi ma’lum.
Bugun e'lon qilingan O‘zbekiston ta’lim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-o‘qituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilning aprel – may kunlari mamlakatimizning turli hududlaridan tanlab olingan 202 ta maktabda ilk marotaba PISA xalqaro tadqiqotlari oʼtkazilgan edi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Talaba-o‘quvchilar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.
Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ertaga, 5-dekabr kuni 9-sinf o'quvchilari uchun Konstitutsiya bo'yicha onlayn olimpiada bo'ladi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.
Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
9-sinf o‘quvchilari uchun - 5️⃣-dekabr;
10-sinf o‘quvchilari uchun - 6️⃣-dekabr;
11-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.
📥Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 13-20-dekabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-dekabr kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68, (95) 507-70-72.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Chirchiq shahrida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining filiali tashkil etilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining Chirchiq shahridagi filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Filialga 2024/2025-oʻquv yili boshlangunga qadar M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti bilan birgalikda filial professor-oʻqituvchilarining tarkibi yuqori malakali, jumladan, 40 foiz M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti professor-oʻqituvchilari bilan toʻldirilishini, kutubxona fondini zamonaviy adabiyotlar bilan shakllantirishni taʼminlash vazifasi belgilanganadi.
Loyihaga ko'ra:
➖filialga qabul parametrlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda, Filialning vasiylik kengashi qaroriga binoan tasdiqlanadi;
➖filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizdan kam boʻlmagan qismini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli talaba boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni Filial mablagʻlari hisobidan bepul oʻqishga qabul qilish uchun ajratadi;
➖kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
➖abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Filial hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Filial tomonidan belgilanadigan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
➖bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi Universitet diplomi beriladi.
📍Filial taʼlim faoliyatini Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida oʻz hisobidan ijara shartnomasi asosida yuritishi belgilanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hurmatli ustozlar!
Xabaringiz bor, joriy yilning 4-dekabr sanasidan diagnostika test jarayonlari boshlanadi.
4-dekabr kuni quyidagi fanlar bo'yicha diagnostika testi o'tkaziladi:
👉 Ona tili va adabiyoti
👉 Qoraqalpoq tili va adabiyoti
👉 Rus tili (o'zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
Hurmatli ustozlar, test jarayonlari boshlangunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi (onlinedu.uz) akkauntlaringizni tekshirib qo'yishingizni so‘raymiz!
💻 Platformadan foydalanish bo'yicha videoyo'riqnoma
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 2023-yil 3-dekabr kuni barcha hududlarda fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
✅ Unda jami 4,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📆 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida hisoblanib, e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔥Preparatory Courses at Central Asian University
⠀
Take your chance to receive an excellent education and a confident start in university life!
⠀
Apply for admission today on our website and join the CAU family!
⠀
Direct number of the Admissions Department: 71 208-12-34
⠀
___________
⠀
🔥Central Asian Universiteti Tayyorlov kurslari
⠀
A’lo darajadagi bilimlarni va universitet hayotiga ildam qadam qo‘yish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
⠀
Saytimizda o‘quv kursiga kirish arizasini bugunoq to‘ldiring va CAU oilasiga qo‘shiling!
⠀
Abituriyentlar bilan ishlash bo‘limining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqami: 71 208-12-34
👉 https://www.centralasian.uz/preparatorycourses
⚡️Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc) uchun chet tili sertifikati talab etilmaydi
Innovatsion rivojlanish agentligi direktorining 2023-yil 28-noyabrdagi (01-03/4248-sonli) xatiga koʻra:
Oliy taʼlimdan keyingi ta ʼlim ixtisosliklari uchun oʻtkaziladigan tanlovlar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ajratilgan qabul kvotalari doirasidagi taʼlim turlarida (tayanch doktorantura, doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura va maqsadli doktorantura) kirish imtihonlari yaʼni tanlovlar oʻtkaziladi. Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1 darajadagi, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining tanlovlar shakllariga (mustaqil izlanuvchilik) hujjat topshirishda esa talabgorlardan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ta’lim muassasalari hududidagi elektr qurilmalarining xavfsizlik talablari hamda texnik holati o'rganilmoqda
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi muassasa hududida tok urishi natijasida vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, Jinoyat kodeksining 186- va 207-moddalari (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish hamda mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga kirishilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa tizimdagi mavjud ta’lim muassasalari hududida joylashgan elektr taqsimlovchi punkt, transformatorlar soni, balansda saqlovchisi, ularning xavfsizlik talablari hamda texnik holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, vazirlik hududiy bo‘linmalari va tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda elektr taqsimlovchi punktlarning barcha zarur xatlov ishlari tashkil etilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.
Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi 👆 rasmda tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi bu haqida Kun.uz ga intervyu berdi:
"Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.
Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Yoki teskari holat ham bo‘lishi mumkin. O‘zim abituriyent bo‘lgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball to‘plagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi.
Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin."
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Onlayn olimpiadalar davom etadi
📚 Joriy yilning 15-26—dekabr kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Ingliz tili va Ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
🔰 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 20:00 ga qadar ishtirok etish mumkin.
📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
📊 Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
✅ Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
👉 olympiad.uzedu.uz
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❕ Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali maʼlumot olish imkoniyati yaratildi.
📌 Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!
🗂 "Ta'lim" bo'limidan "Stipendiya haqida ma'lumot" xizmatini tanlang.
🗓 Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo'yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma'lumotga ega bo'ling.
✅ Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.
❗️ Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. O'qishni tugatgan yoki talaba bo'lmagan shaxslar uchun stipendiya ma'lumotlari mavjud emas.
Stipendiya ma'lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimining tajriba-sinov jarayonlariga start berildi.
Bugun ushbu jarayonlar Toshkent shahridagi maktab o’qituvchilari uchun bo’lib o’tadi.
Test sinovlarining 1-smenasi soat 11:00 da boshlandi.
2-smena jarayonlari soat 14:00 da o’tkazilishi rejalashtirilgan.
👉 Malaka toifasi berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ertaga PISA tadqiqoti natijalari e’lon qilinadi
Ertaga 5-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da PISA xalqaro tadqiqoti natijalari e‘lon qilinadi.
2000-yildan beri Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) butun dunyo boʻylab 15 yoshli bolalarning bilim va koʻnikmalarini hamda real hayotiy vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklarini Xalqaro baholash dasturi - PISA tadqiqoti orqali baholab keladi.
Tadqiqotlarda dunyoning 81 mamlakatidan 690 000 nafarga yaqin 15 yoshli o'quvchilar ishtirok etgan.
Ta`kidlash joizki, 2022-yilda o'tkazilgan tadqiqotda O'zbekistonlik o'quvchilar ham ilk marotaba ishtirok etgan edi.
2022-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda asosiy e’tibor matematikaga qaratildi. Aksariyat o‘quvchilar bir soat matematika savollariga javob bergan bo‘lsa, yana bir soat davomida esa o'qish savodxonligi, tabiiy fanlar yoki kreativ fikrlashga doir topshiriqlarni bajarishgan.
PISA natijalari eng samarali va tez rivojlanayotgan ta’lim tizimlarida o‘quvchilarning imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.
Tadqiqot natijaalari, shuningdek, raqamli ta'lim, ota-onalar ishtiroki, zo'ravonlik va boshqa muammolar tendensiyalari, gender tafovutlari, ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosibliklar va ta'lim xarajatlari va natijalarga oid ma'lumotlarni ham o‘zida aks ettiradi.
✅ PISA natijalari taqdimotida qatnashish: https://bit.ly/3T59goP
💻 Onlayn kuzatish: https://bit.ly/3uEZ1x7
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2023»
«2023 йилнинг энг намунали олий ўқув юрти» деб сиз қайси таълим даргоҳини айта оласиз?
Мазкур номинация Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги билан ҳамкорликда ўтказилмоқда.
➖«2023 йилнинг энг намунали олий ўқув юрти»(Университет)
Овоз бериш:➡️( I қисм | II қисм)
➖«2023 йилнинг энг намунали олий ўқув юрти»(Институт)
Овоз бериш:➡️( I қисм | II қисм)
➖«2023 йилнинг энг намунали олий ўқув юрти» (Нодавлат ОТМ)
Овоз бериш:➡️( I қисм | II қисм | III қисм)
(Танлов ҳақида батафсил)
Эслатма: Ўқув юртларининг номлари қисқартирма шаклида берилган.
Каналга уланиш:✏️/channel/uzdiplomat
⚡️Quyidagi pedagog xodimlar diagnostika testlarida ishtirok etmaydi
✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan o‘qituvchilar 4–15-dekabr kunlari o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshirishadi.
❕Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 540-sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etiladigan diagnostika testlarida quyidagi toifadagi pedagog xodimlar ishtirok etmaydi:
➖Maktab direktori;
➖Direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
➖Direktorning o'quv-ishlari bo'yicha o'rinbosari;
➖Shuningdek, boshqa toifadagi rahbar xodimlar;
➖Maktabda dars berayotgan talabalar;
➖Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari
➖Tojik, Qozoq, Qirg'iz, va Turkman tili va adabiyoti fani o'qituvchilari.
❗️CHQBT rahbarlari – Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi sifatida ushbu diagnostika testida ishtirok etadi. Shuningdek, maktab amaliyotchi psixologlari ham ushbu testga jalb etiladi.
Maktabning rahbar xodimlari (direktor, direktor o‘rinbosarlari va boshqalar ...) agarda o‘zlarining mutaxassislik fani bo‘yicha dars soatlari mavjud bo‘lganda ular ham amalda dars o‘tadigan fanlari bo‘yicha diagnostikadan o‘tishlari kerak.
📞 Diagnostika jarayonlari haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun 55-508-0667 (1) call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
➖ Shuningdek, hududlar kesimida ham Diagnostika bo'yicha savollar uchun mas’ullar biriktirilgan.
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hurmatli ustozlar!
☎️ Diagnostika testi bo'yicha call-markazi ishga tushirildi
Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan Diagnostika testlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollarga tezkor javob berish maqsadida, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining yagona call-markazi ishga tushirildi.
Savollaringiz bo'lsa, 55-508-0667 telefon raqamiga murojaat qiling va Diagnostika murojjatlari bo‘yicha 1 (bir) raqamini tanlang.
✅Shuningdek, hududlar kesimida ham Diagnostika bo'yicha savollarga javob beriladigan telefonlariga mas’ullar biriktirildi.
Quyida hududlar kesimida bog‘lanish uchun telefonlar:
1.Toshkent shahri — (99)181 80 98
2. Navoiy viloyati — (94)680 94 49
3. Andijon viloyati — (99) 647 15 04
4. Buxoro viloyati — (95) 083 30 33
5. Jizzax viloyati — (99) 077 54 34
6. Qashqadaryo viloyati — (95)727 55 58
7. Namangan viloyati — (93) 705 13 19
8.Samarqand viloyati — (99) 629 68 06
9.Surxondaryo viloyati — (90) 372 65 80
10.Sirdaryo viloyati — (90) 000 80 78
11.Toshkent viloyati — (93) 973 08 19
12. Farg‘ona viloyati — (95) 414 55 58
13. Xorazm viloyati — (90) 808 84 87
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — (97)357 79 76
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#YÕRIQNOMA
Diagnostika testiga ilk tayyorgarlik: “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha YOʻRIQNOMA
➡️ Xabaringiz bor, joriy yilning 4-15 dekabr kunlari oʻtkaziladigan diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn ravishda tashkil etiladi.
Unda o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni topshirishlari mumkin.
💻📲Testlarni barcha gadjetlar, ya’ni, kompyuter, telefon, planshet, noutbuklar yordamida topshirish imkoniyatlari yaratilgan.
Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini tashkil etishdir.
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha
📜YO‘RIQNOMA matn shaklda
✅ Eslatib o'tamiz, platformadan ro'yxatdan o'tgan pedagoglar to'g'ridan-to'g'ri diagnostika testlarida qatnashishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Malaka toifasi berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5-7-dekabr kunlari Respublikamizning 20 ta tuman (shahar)larida pedagoglarga malaka toifasi berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
6-dekabr kuni Qorauzak tumanidagi 26-maktab
📍Qora‘zak tumani, Yesim MFY, Bereket ko‘chasi, 1-uy
👉 Qashqadaryo viloyati
6-7-dekabr kunlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi
📍Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy
👉 Buxoro viloyati
6-dekabr kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi
📍Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasi 15-uy
👉 Navoiy viloyati
6-dekabr kuni Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabi
📍 Navoiy shahri G‘alaba shohko‘chasi 129-uy
👉 Jizzax viloyati
6-7-dekabr kunlari Jizzax shahridagi 8-umumta’lim maktabi
📍Jizzax shahri Uchariq mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 48-uy
👉 Andijon viloyati
6-7 -dekabr kunlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi
📍 Andijon shahri Istiqlol ko‘chasi 8-uy
👉 Namangan viloyati
6-dekabr kuni Yangi Namangan tumanidagi 86-umumta’lim maktabi
📍Yangi Namangan tumani, Yoshlik MFY, 2-Tabarruk ko‘chasi 10-uy
👉 Surxondaryo viloyati
6-7-dekabr kunlari Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi
📍 Termiz shahri Farovon massivi
👉 Samarqand viloyati
6-7 dekabr kunlari Urgut tumanidagi 154-umumta’lim maktabi
📍Urgut tumani Mergancha massivi Mergancha MFY
👉 Sirdaryo viloyati
6-7 dekabr kunlari Sayxunobod tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 📍 Sayxunobod tumani, Shodlik mahallasi Ravonlik ko‘chasi 249-uy
👉 Xorazm viloyati
6-7-dekabr kunlari IT PARK Xorazm viloyati filiali
📍Urganch shahar, Tinchlik ko'chasi, 6a uy
* Manzillar ro‘yxati to‘ldirilmoqda
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Diagnostika oylik maosh, toifa yoki mehnat faoliyatga ta’sir ko‘rsatmaydi
Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov Matbuot anjumanida maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari haqida ma`lumot berdi:
✅ Ta'kidlash joiz, diagnostika natijalari o‘qituvchilar uchun hech qanday moliyaviy va huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Ularning oylik maoshlari, toifalari yoki mehnat faoliyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Mazkur test jarayonlari malaka oshirish kurslari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidlash mumkin bo‘ladi.
Diagnostika natijalari e’lon qilinmaydi va faqat ehtiyojlarga asoslangan holda malaka oshirishni tashkil etish maqsadida foydalaniladi.
Ta’kidlash lozim, 2023-yilning 4-15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkazilishi haqida avval xabar bergan edik.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5-dekabr kunlari o‘tkaziladi
📆 2023-yil 4-5-dekabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-12-01
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi
📆 2023-yil 3-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.
❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi
2023-yilning 4-15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi.
Bunda o‘qituvchilar o‘zlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishlari mumkin bo'ladi.
Diagnostikada pedagog kadrlarning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahorati test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkaziladi.
Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. O‘qituvchilar tabaqalashgan taʼlim dasturlari asosida kasbiy ehtiyojiga mos malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.
Tabaqalashgan taʼlim dasturlarida malaka oshirish kurslarining mazmuni o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
2024-yildan boshlab, yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar onlayn (masofaviy) taʼlim shaklidagi malaka oshirish kurslariga jalb etiladi, past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar offlayn (anʼanaviy) shakldagi malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
Qayd etish joizki, diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, uning natijalari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy taʼsir ko‘rsatmaydi.
Quyida fanlar kesimida o‘qituvchilarning diagnostikadan o‘tish reja-jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali