uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Hali ham tibbiyot xodimi bo‘lishga ishtiyoqingiz balandmi? Unda Med invest'ga keling!

👩‍💻 Chunki Med invest tibbiyot texnikumida qabul hali yakunlanmadi.

✅ Imkoniyatdan foydalaning, malakali kadr bo'ling!

😉 Texnikumda sizni zamonaviy sharoitlar, qiziqarli darslar va yangi do‘stlaringiz kutib qolishdi.

📚 Biz sifatli ta’lim va yuqori darajadagi amaliyotni kafolatlaymiz.

📌 Aytgancha, boshqa viloyatdan kelganlar uchun yotoqxona mavjud.

☎️ Biz bilan bog‘lanish:
Operator1 |+998339992409
Operator2 |+998501033923

“Education” maslahat markazi — Sizga ishonchli hamkor!

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

1. Xorazm viloyati – Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati – Olot tumani;
3. Navoiy viloyati – Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati – Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati – Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri – Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati – Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Qorauzak tumani;
9. Andijon viloyati – Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati – Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati – Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati – Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati – Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati – Qamashi va Chiroqchi tumanlari.

Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻiga koʻra, barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2023-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Konstitutsiya-bosh qomusimiz" onlayn olimpiadasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.

Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

8-sinf o‘quvchilari uchun - 4️⃣-dekabr;
9-sinf o‘quvchilari uchun - 5️⃣-dekabr;
10-sinf o‘quvchilari uchun - 6️⃣-dekabr;
11-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr
kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

📥Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

✅ 2023-yil 18-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limidan bilishlari mumkin.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

▶️ Ya’ni, test sinovi natijalariga ko‘ra 74,7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30-noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hokim oʻrinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltaklagan holatni keskin qoralaydi va majuriy obunaga mutlaqo qarshi

Kun.uz saytida eʼlon qilingan maqolada Bogʻdod tumani pedagogika kolleji zimmasiga yuklangan 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagan muassasa direktori tuman hokimining oʻrinbosari tomonidan kaltaklangani aytilgan. Voqea 14-noyabr kuni Fargʻona viloyati Bogʻdod tumani hokimligi yigʻilishida roʻy bergan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim tizimiga masʼul sifatida holatni tashvishli deb baholaydi va keskin qoralaydi. Vazirlik hokim oʻrinbosarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi va bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar koʻrilishi kerak deb hisoblaydi.

Shuningdek, vazirlik gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etilishiga mutlaqo qarshi boʻlib, bunday holatlarga qarshi kurash, oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, professor-oʻqituvchilar, oʻquvchi-talabalar hamda boshqa xodimlar oʻrtasida doimiy tushuntirish ishlari olib borilishini maʼlum qiladi.

Agar taʼlim muassasalarida gazeta-jurnallarga majburiy obuna holatlari aniqlansa, qonun doirasida zarur choralar koʻrilishi haqida ham ogohlantirilgan.

Taʼlim muassasalari oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, muassasaga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida istagan va zarur deb hisoblagan bosma nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna boʻlishlari mumkin. Bunda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va oʻquvchi-talabalarni majburiy obuna qildirish qatʼiy taqiqlanadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari

Joriy yilning 10-noyabr kuni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning I bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Saralash olimpiadasi ishtirokchilariga sinfidan qat’i nazar, fanlar yo‘nalishida xalqaro fan olimpiadalari standartlari asosida bir xil nazorat materiallari taqdim etildi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 4 soat vaqt berildi.

2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Biologiya fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing
:

🧮 Matematika;

💡 Fizika;

🧪
Kimyo;

🍀
Biologiya.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kimyo fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Matematika fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2023-yil 13-noyabr kuni fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2023-yil 3-dekabr (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

👉Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️ 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi

O‘zAning xabar berishicha, Prezident farmoniga (196-son, 17.11.2023-yil) ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, yaʼni:

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#diqqat

Asosiy fan olimpiadasining maktab hamda tuman bosqichi natijalarini oo.uzedu.uz tizimiga kiritish joriy yilning 20-noyabr kuni to‘xtatiladi.

Maktab bosqichi natijalarini kiritmagan ta'lim muassasalari joriy yilning 20-noyabr kuni soat 18:00 ga qadar natijalarni kiritishi mumkin.

✅ Axborot xavfsizligini kuchaytirish maqsadida tizimdagi barcha parollar yangilangan. Yangi login parolingizni bilish uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz so'raladi.

❇️ oo.uzedu.uz tizimiga 9-10-11-sinf kesimida har bir fandan tuman(viloyat) bosqichida ishtirok etuvchi o'quvchilaringiz haqida ma'lumotlarni kiritishingiz yetarli.
📺https://youtu.be/tlF7qpxdvZM

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

👩🏻‍🎓 Talaba bo‘lishga hech qachon kech emas!

Fursatni boy bermay, harakatni boshlang!

➖ Ortiqcha to‘lovlarsiz;
➖ Toshkent shahrida joylashgan;
Davlat litsenziyasiga ega;
➖ Toshkentdagi eng arzon kontrakt — 9 mln so‘m;
➖ Davlat universitetlari diplomi namunasidagi diplom.

Ta’lim yo‘nalishlari:
Buxgalteriya hisobi va moliya
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Iqtisodiyot
Maktabgacha ta’lim
Pedagogika va psixologiya
Tarix
Soliqlar va soliqqa tortish
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Bank ishi va auditi
Menejment
Turizm

Sirtqi ta’lim va o‘qishni ko‘chirish ham mavjud.

📲 Hujjat topshirish: @eduadmin_uz

☎️ +998501033913
☎️ +998339992409
☎️ +998501033923

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etilishi mumkin

Prezidentning “Toshkent davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya negizida Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish;

Universitetni 2025-yilgacha xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar Times Higher Education reytingining “Good health and well-being” yoʻnalishi boʻyicha birinchi 200 talikdagi OTMlar roʻyxatiga kiritish;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tibbiyot fakultetida mavjud boʻlgan “davolash ishi” yoʻnalishi 2 va 3- bosqich talabalari 2023/2024 oʻquv yilidan oʻqishini Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tarkibida davom ettirish;

OʻzDJTSU tibbiyot fakulteti talabalari uchun xarid qilib olingan barcha oʻquv adabiyotlar, asbob-uskunalar, mikroskop va mulyajlar Filialga balansdan balansga begʻaraz oʻtkazib berish;

Chirchiq Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tibbiyot texnikumida tahsil olayotgan oʻquvchilarga oʻqishini texnikumda davom ettirish va tugatishga ruxsat etish, oʻqish muddati tugagandan soʻng ushbu tibbiyot texnikumi faoliyati tugatish rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Davron Vaxabovga “Faxriy professor” unvoni berildi

Dual ta’limni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Xalqaro anjumanda to’qimachilik, yengil sanoat va ta’lim sohalarini rivojlantirish yo’lida qilgan beminnat mehnatlari va qo’shgan ulkan hissasi uchun Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori – Davron Vaxabovga G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti tomonidan “Faxriy professor” unvoni berildi.

D.Vaxabov o’z unvonini G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti direktori, akademik – Qalandar Xadjayev qo’lidan qabul qilib oldi.

🖼Hurmatli Davron Abdujalalovich, Sizni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi butun jamoasi nomidan ushbu yuksak unvon bilan chin dildan muborakbod etamiz. Ilm yo’lidagi izlanishlaringiz bardavom bo’lsin! “- deyiladi Savdo-sanoat palatasi xabarida.
 
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident farmoniga asosan, quyidagi imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi:

➖ falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

➖o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

➖oliy ta’lim muassasalari bazasidagi harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

➖umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

➖chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ingliz tilini o‘rganishda so‘zlashish (Speaking) ko‘nikmasini yaxshilash uchun ChatGPT ilovasining bepul versiyasidan foydalanishni maslahat berdi.

"ChatGPTni xabarlar yuborish bo‘yicha foydalanish vaqtida cheklovlari bor.

Cheklovga uchragan vaqtda, to‘xtab, boshqa foydali ish bilan shug‘ullanib, bir necha soatdan keyin qaytadan foydalansa bo‘ladi.

Ba’zan serverlari ham katta yuklamaga uchragan vaqtda ulanishida muammo bo‘lishi mumkin.

Shunga AQSH va Yevropada ish vaqti bo‘lmagan vaqtda foydalangan ma’qul."– deydi vazir.


🛒 ChatGPT Google Play'da: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.openai.chatgpt

🛒 ChatGPT AppStore'da: https://apps.apple.com/us/app/chatgpt/id6448311069

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘qishingizni ko‘chirish (Перевод) uchun yaxshi universitet qidiryapsizmi?

Education maslahat markazi Sizga bu borada yordam beradi!

O’qishni ko’chirish (Перевод):

➡️ davlat oliy ta’lim muassasalari;
➡️ nodavlat oliy ta’lim muassasalari;
➡️ qo’shma ta’lim dasturlaridan;
➡️ xorijiy, xususan, MDH davlatlari oliy taʼlim muassasalaridan mumkin.

Bunda Siz quyidagi sifatlarga ega oliygohda o‘qish imkoniga ega bo‘lasiz:

➖ Hech qanday to‘lovlarsiz;
➖ Toshkent shahrida joylashgan;
Davlat litsenziyasiga ega;
➖ Toshkentdagi eng arzon kontrakt — 9 mln so‘m;
➖ Namunadagi diplom.

☎️ Yanada batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun hoziroq Biz bilan bog‘laning:
Operator1 |+998339992409
Operator2 |+998501033923
Operator3 |+998501033913            
Operator4 |+998501083933

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni davlat universitetiga faqat yozda ko‘chirish mumkin

Nodavlat yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan mamlakatimiz davlat OTMga oʻqishni koʻchirish amaldagi tartibga muvofiq, faqat iyul-avgust oylarida tashkil etiladi.

Qishki davrda esa faqat davlat OTMlari uchun 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;

davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalar 20-dekabrdan 20-yanvar kuniga qadar
hududiy Ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 29-oktabr kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi

Prezidentning “Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–190-son qaroriga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida, kamida to'rt tasmali yo'llardagi piyodalar o'tish joylarida hamda yo'l-transport hodisalar o'choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o'tkazmaslik va fuqarolarning yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi.

Eslatib o'tamiz, “Yoʻl harakati qoidalari”ga Oʻzbekistonda maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalari atrofidagi yoʻllarda transport vositalarining tezligi 30 km/soatdan oshmasligi kerak.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Biologiya fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Fizikadan xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqich topshiriqlari

2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Fizika fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi

Prezidentning (2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son) Farmonining muvofiq Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tashkil etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 363- sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 3-bobi 45-bandiga koʻra bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish munosabati bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasasidan chiqarish faqat taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Agar farzandini xorijda oʻqishini xohlovchi ota-ona, bolani xorijga dam olishga olib ketayotganligini koʻrsatib, taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligini olmaslik holati kuzatilsa, vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155-sonli xatida asosan oʻquvchining qayerdaligi haqida 3 kun muddat ichida aniqlik kiritib tuman (shahar) komissiyasiga yozma xabar berilishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Hozirning o’zida dekabr oyida qancha maosh olishingizni bilib oling!

Xabaringiz bor, Prezidentning tegishli farmoni bilan 1-dekabrdan boshlab byudjet tashkilotida ishlovchi xodimlarning oyliklari 7 foizga oshirildi.

@oylikhisoblaydigan_bot yordamida may oyidan boshlab oladigan oylik maoshingizni turli ustamalar, soliqlar va qo‘shimchalar bilan birga hisoblashingiz mumkin.

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va foydalanishni boshlang!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Yangi avlod darsliklari: jamoatchilikni qiziqtirayotgan savollar, xatolar va yaxshi natijalarga umid – vazir o‘rinbosari bilan ochiq suhbat

Maktablarning boshlang‘ich sinflari yangi avlod darsliklari asosida dastlabki chorakni yakunladi. Kun.uz darsliklarning "murakkab mavzulari", xatolari va jamoatchilikda tug‘ilgan ba’zi savollar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev bilan suhbatlashdi.

📹 👉 VIDEONI TOMOSHA QILING

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan rasmlar va insholar tanlovi o‘tkaziladi

Prezident farmoyishi (F–72-son, 16.11.2023-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.

🔰 Dasturga muvofiq:

🔹maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagim mash’ali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkaziladi.

🔹davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitusiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

❕Tanlovda umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.

📌 Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, uni o'tkazish tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 19-noyabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qish va hamkorlik qilish istagida bo‘lganlar diqqatiga

Joriy yilning 16-noyabr kuni Toshkent shahridagi "International Hotel" mehmonxonasida Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlari ishtirokida ko’rgazma bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma davomida

📚 Buyuk Britaniyaning nufuzli muassasalarida ta’lim olish haqida batafsil ma’lumotlar berish;

🎓 Qisman yoki to’liq (part/full scholarship) GRANTLAR yutib olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish;

🎙 Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlarida ta’lim olib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar tashkil etish;

🏛 Oxford va Kembrij (Oxbridge) universitetlariga hujjat topshirish, kirish shartlari va aynan ushbu universitetlarga qanday qilib grantlar yutish haqida taqdimot o‘tkazish;

🇬🇧 Britaniya universitetlari xodimlari bilan muloqotlar tashkil etish rejalashtirilgan.

✅ Ko’rgazmada ishtirok etib, Buyuk Britaniya universitetlariga ajratilgan 1 dona 50 foizlik grant sohibi bo‘lishingiz mumkin.

💻 Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://www.ukunifair.co.uk/tashkent/

📍 Manzil: International Hotel Tashkent,
Toshkent shahri, 107A Amir Temur ko’chasi.
(Bodomzor metro bekati)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel