uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida onlayn Bebras olimpiadasi tashkil qilinadi

1-4 dekabr kunlari — Bebras musobaqasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik darajasidan qatʼiy nazar, barcha 4-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishga taklif etiladi. 

Bebras musobaqasi o‘quvchilarning  savodxonligi va ilmiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.

📅 Musobaqa o‘tkazilish jadvali:
🔸 4-sinflar, 1-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 5-6-sinflar, 2-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 7-8 sinflar, 3-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 9-10-11-sinflar, 4-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha.

Test sinovlari uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

7-11-sinflar eng yuqori ballar olgan ishtiroqchilar uchun ikkinchi bosqich 2024-yil yanvar oyida Toshkent shahrida joylashgan Yangi O‘zbekiston Universitetida offlayn tarzda tashkil etiladi. G‘oliblar uchun sovg‘alar mavjud.


Musobaqa oo.uzedu.uz tizimida o‘tkaziladi.

Natijalar 4 dekabr soat 22:00 dan keyin shaxsiy kabinetingizda natijalar bo‘limida e'lon qilinadi.

🖥 Ushbu olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tng 👉 https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari rejasiga ko'ra bugun, 13-noyabr kuni fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

👉Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Med Invest” innovatsion tibbiyot texnikumida 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Buxoro shahrida joylashgan texnikum quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beradi:
🔹 4.71.03.01 – Hamshiralik ishi (Patronaj hamshirasi);
🔹 5.71.03.01 – Hamshiralik ishi (Umumiy amaliyot hamshirasi).

Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

👉 Yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot va kontrakt narxlari

Hoziroq hujjat topshiring va “Med Invest” innovatsion tibbiyot texnikumi talabasi bo‘ling!

💻 Hujjat topshirish: @eduadmin_uz

☎️ Murojaat uchun: +998339992409

📄 Litsenziya (№148887, 20.10.2023-y)

Kanalimizga obuna bo‘ling:
t.me/edumaslahat

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Bugun DXX akademiyasiga ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2023-yil 10-oktabr kuni 2024-2025-o‘quv yili uchun Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limi orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

📆 Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-noyabrga qadar, test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish 11-noyabrga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hozir ham talaba bo'lishga kech emas!

Ulgurib qoling. Qabul 15-noyabrda yopiladi!


❌ Hechqanday ortiqcha to'lovlarsiz;
🗺 Toshkent shahridagi universitet;
🔖 Davlat litsenziyasiga ega oliygoh;
💰 Davlat oliygohlaridek kontrakt narxi.

Ta’lim yo‘nalishlari va kontrakti:
✅ Pedagogiya va Psixologiya – 9 mln
✅ Boshlang’ich Ta’lim – 9 mln
✅ Tarix – 8 mln
✅ Iqtisodiyot – 10 mln
✅ Turizm – 8 mln
✅ Dasturiy Injiniring – 10 mln

📲 Hujjat topshirish

☎️ 97-1125554
☎️ 88-0071526
☎️ 97-5665814

Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani, Zarqaynar ko’chasi, 6/1-uy

🗺 Lokatsiya

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Open AI O‘zbekiston uchun Chat GPT’ga ruxsat berdi.

Endi platformada O‘zbekiston mobil raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Aslida bu O‘zbekistondagi ta’lim tizimi vakillari uchun yaxshi xabar.

Keyingi postimizda o‘qituvchilar ChatGPT'dan qanday samarali foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#yangiliklar

💬“Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar”

🗣Diqqat!
🔵Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining navbatdagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi “Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida o‘tkazilmoqda. Mazkur konferensiyada o‘z maqolangiz bilan ishtirok etishga taklif etamiz!

🗓 O‘tkazilish sanasi: 2023-yil, 20-dekabr

🕓 Boshlanish vaqti: 9:30

Axborot xatini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://avloniy.uz/uz/scientific-activity/open-data/12

‼️Maqolalar quyidagi elektron manzillarda joriy yilning 1-dekabr sanasiga qadar qabul qilinadi:

✉️ e-mail: raqamli_texnologiya@mail.ru
📱 telegram: t.me/Gulshan_NRI

📍Konferensiya o‘tkaziladigan manzil:

Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 88-uy, “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasi

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Agrar OTM qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari ushbu OTMga test sinovlarisiz kirishi uchun qanday talablar qo'yiladi

Yangi hujjat lohiyasiga ko'ra agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Loyihaga ko'ra bitiruvchilar har yili 20-iyundan kechikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berishni soʻrab ariza bilan murojaat qiladi.

Bunda, ariza maxsus komissiya kotibiga topshiriladi.

Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli oʻquv yili bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.

Tavsiyanoma berish uchun asosiy minimal talablar:

a) bitiruvchining akademik litseydagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 86 va undan yuqori foizni tashkil qilishi (5 (besh) baholik tizimda faqat aʼlo baho boʻlishi kerak);
b) bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalar);
d) bitiruvchining akademik litseydagi oʻqish davrida unga nisbatan intizomiy chora qoʻllanilmaganligi.

Bunda akademik litseydagi butun oʻqish davri hisobga olinadi.

Akademik litseyni bitirganiga ikki yildan oshganlar oʻqishga kirish istagini bildirganda, ularni OTMlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/88733

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Agrar OTM qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari ushbu OTMlarga kirish test sinovlarisiz qabul qilinishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Qishloq xoʻjaligi vazirining “Agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim muassasalariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi buyrugʻi joylashtirildi.

Loyihaga koʻra, agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish parametrlari har yili 10-iyunga qadar agrar sohadagi Oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi.

Talabalar oliy taʼlim muassasasida toʻlov-kontrakti asosida oʻqiydi.

Oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida amalga oshiriladi.

Ushbu tartib 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarni OTM bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibi akademik litseyni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida oliy taʼlim muassasasiga bir marta kirish uchun tatbiq etiladi.

Keyingi postimizda ushbu imtiyozni olish uchun qo‘shimcha talablar haqida ma’lumot beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2-chorak uchun taqvim rejalar jamlanmasi

🗂 1-sinf matematika fanidan taqvim mavzu reja
🗂 2-sinf matematika fanidan taqvim mavzu reja
🗂 3-sinf matematika fanidan taqvim mavzu reja
🗂 4-sinf matematika fanidan taqvim mavzu reja
______________________

🗂Календарнo -тематический план по предмету естественные науки для 1 класса 2 четверть
🗂Календарнo -тематический план по предмету естественные науки для 2 класса 2 четверть
🗂Календарнo -тематический план по предмету естественные науки для 3 класса 2 четверть
🗂Календарнo -тематический план по предмету естественные науки для 4 класса 2 четверть
____________________

🗂1 класс Букварь  2 четверть
🗂1 класс Письмо  2 четверть
🗂2 класс Русский язык  2 четверть
🗂3 класс Русский язык  2 четверть
🗂4 класс Русский язык  2 четверть
___________________

🗂2-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
🗂3-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
🗂4-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
______________________
🗂2-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
🗂3-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
🗂4-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
_______________________
🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 2 класса
🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 3 класса
🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 4 класса

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Stadion va futbol maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi

“Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, 2023-yil 31-dekabr qadar hududlardagi barcha stadion va futbol maydonlari xatlovdan oʻtkazilib, taʼlim va sport tashkilotlari hamda egasi nomaʼlum stadion va futbol maydonlari sport faoliyati bilan bogʻlik boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi hamda ularni taʼmirlash va maqsadli foydalanilish tashkil etiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab mini-futbol infratuzilmalari mavjud taʼlim tashkilotlarida sport seksiyalari faoliyatini, ular oʻrtasida tizimli musobaqalar oʻtkazilish yoʻlga qoʻyiladi.

2024-2025-yillar davomida Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun mini-futbol boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.

2025-yildan boshlab taʼlim tashkilotlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilishda mini-futbol maydonlari tashkil qilinishini inobatga olinadi hamda zarur mablagʻlar ajratilishi nazarda tutiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2023-yil 30-oktabr kuni biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 5-noyabr (to‘lov qilish 6-noyabr) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2023-yil 19-noyabr (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Matematika fanidan (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nemis tili fanidan

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Huquq fanidan (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hozir ham talaba bo'lishga kech emas!

Ulgurib qoling. Qabul 15-noyabrda yopiladi!


❌ Hechqanday ortiqcha to'lovlarsiz;
🗺 Toshkent shahridagi universitet;
🔖 Davlat litsenziyasiga ega oliygoh;
💰 Davlat oliygohlaridek kontrakt narxi.

Ta’lim yo‘nalishlari va kontrakti:
✅ Pedagogiya va Psixologiya – 9 mln
✅ Boshlang’ich Ta’lim – 9 mln
✅ Tarix – 8 mln
✅ Iqtisodiyot – 10 mln
✅ Turizm – 8 mln
✅ Dasturiy Injiniring – 10 mln

📲 Hujjat topshirish

☎️ 97-1125554
☎️ 97-5665814
☎️ 88-0071526

Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani, Zarqaynar ko’chasi, 6/1-uy

🗺 Lokatsiya

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️CHQBT oʻqituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (08.11.2023-yildagi 591-son) qabul qilindi.

🎖Unga koʻra, CHQBT oʻqituvchilari zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etiladi.

Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab tablimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga:

🪖2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilariga taʼlim tashkilotlarining boshqa fan oʻqituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka tofasi berish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy taʼlim fakultetlarida malakasini oshirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;

📔 2024-yil 20-fevralga qadar Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sogʻlikni saqlash vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining yangi oʻquv dasturi va darsligini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklandi.

💵 CHQBT oʻqituvchilari malakasini oshirish va malaka toifasi berish bilan bogʻliq xarajatlar Taʼlim vazirliklariga davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

🔫 CHQBT fanining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, qurol saqlash xonalarini texnik qoʻriqlashni tashkil etish, oʻquvchi yoshlarning harbiy poligonlarda amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish xarajatlari hokimliklarning mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

DXX akademiyasiga kimlar qabul qilinadi? Bugun hujjat topshirishning oxirgi kuni

Hukumat qarori (№241, 27.04.2021) bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra DXX akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga sogʻligʻining holatiga koʻra yaroqli deb topilgan, boʻyi 170 sm dan past boʻlmagan hamda belgilangan tartibda tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan quyidagi yosh chegaralaridagi nomzodlar (erkak jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolari) qabul qilinadi:

➖17 yoshdan yigirma 23 yoshcha boʻlgan, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili 17 yoshga toʻladigan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari;

➖18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili 18 yoshga toʻladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega boʻlmagan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional maʼlumotga ega rezervdagi harbiy xizmatga majburlar;

➖18 yoshdan 25 yoshgacha
boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli va kontrakt asosida harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar;

➖26 yoshgacha boʻlgan
va Akademiyada bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish istagini bildirgan respublika OTMlarining 1- va 2-kurs (qabul yilida) talabalari. Bunda, saralab olishning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Akademiyada oʻqishni birinchi kursdan boshlaydi.

Ro‘yxatdan o'tish: my.uzbmb.uz

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘qituvchilar ChatGPT'dan qanday samarali foydalanishi mumkin?

🖥 OpenAI kompaniyasi ChatGPT taʼlim jarayonlarini avtomatlashtirishda qanday qilib foydalanish mumkinligi haqida maʼlumot bergan.

👩‍🏫 “Teaching with AI“ maqolasida kompaniya oʻqituvchilar tomonidan darslarga tayyorgarlik koʻrish, maktablarda, universitetlarda uy vazifalarini tekshirish va uyda mustaqil oʻqish paytida foydalanish mumkin boʻlgan 4 ta aniq tezkor koʻrsatmalarni taklif qildi.

✅ OpenAI tadqiqotchilari taʼlim jarayonida ChatGPT-dan foydalanishga harakat qilishdi va ushbu tizim quyidagi vazifalar boʻyicha samaraliroq ishlashini aniqladilar:

▪️ oʻtilgan mavzu boʻyicha test topshiriqlari va kuizlar yaratish;

▪️ uy vazifasini tekshirish uchun aniqlovchi savollar yaratish;

▪️ fikr-mulohazalarni bildirish va dalillarning zaif tomonlarini izlash;

▪️ ingliz tili zaif oʻquvchilar uchun tarjimon-yordamchisi roli;

▪️ tanqidiy fikrlashni oʻrgatish.

❗️ Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ChatGPT xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin va oʻquv dasturini oʻquvchilarga yetkazish uchun unga toʻliq ishonishga hali erta.

🔰 Shuning uchun, oʻqituvchilar xatarlar va ularning masʼuliyatini bilishlari va chatbot maʼlum bir mavzuni oʻrganishda qanchalik foydali boʻlishi mumkinligini oldindan baholashlari kerak.

Eslatib o'tamiz, endi O‘zbekiston uchun Chat GPT’ga ruxsat berildi.

Ro'yxatdan o'tib foydalanib ko'ring(rus yoki ingliz tilida yaxshi ishlaydi): https://chat.openai.com

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Ertaga barcha maktablarda 2-chorakning birinchi oʻqish kuni boshlanadi

Maktab oʻquvchilari uchun kuzgi taʼtil 6 kalendar kun, yaʼni 9-noyabrgacha davom etadi, II chorak esa 10-noyabr (juma) kunidan boshlanadi.

II chorak darslari esa 27-dekabr kuniga qadar davom etadi, qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun davom etadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2023-yil 21-oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-noyabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Alisher Qodirov: ta’limga ajratilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijani bermayapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida Davlat dasturining 2023 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi hamda “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

Muhokamalarda O‘zMTDP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ta’lim-tarbiya sohasiga alohida to‘xtalib, bu tizimga ajratilayotgan mablag‘lar kutilayotgan natijalarni bermayotganini ta’kidladi:

Ta’lim-tarbiya tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar qariyb 3 barobar oshirilgani quvonarli hol. Ammo ushbu ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish lozim.

Kelgusi yilgi Byudjetnomada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilayotgan mablag‘larning 80 foizi o‘qituvchilarning oyligi uchun yo‘naltirilyapti. Haqiqatan o‘qituvchi yuqori maosh olishi kerak. Chunki ular kelajakni yaratadi. Biz yaqinda pedagoglarning maqomi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik va unda o‘qituvchilarning maqomi, huquqiy himoyasi belgilab berildi.

Soha uchun byudjet mablag‘lari kamaymayapti. Ammo yaratilayotgan sharoit kelajakka yangi umidlarni uyg‘otmayapti. Ya’ni, ta’limga berilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijalarni bermayapti. O‘tgan yili OTMlarga topshirgan abituriyentlarning 50 foizga yaqini hatto 2 bahoga loyiq natijani ko‘rsatmadi.

Bugun 500 mingga yaqin o‘qituvchi bor. Ularning oyligi uchun 35 trillion so‘m mablag‘ ajratilayapti. Tahlillarga qaraganda, maktablarda 10-15 foiz ortiqcha, ya’ni zarurat bo‘lmagan o‘qituvchi ishlayapti.

Zamon shunchalar tezlashdiki, bugun o‘qituvchi bir necha kun tayyorlanib beradigan biror ma’lumotini o‘quvchi internetdan bir pasda olyapti. Shuning uchun pedagog ham zamonga moslashishi, zamonaviy bo‘lishi kerak. Taklifimiz ta’limga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning samaradorligi haqida vazirlik jiddiy bosh qotirishi lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish bilan birga, zamon talablari asosida ularning ishini to‘g‘ri baholash tizimini yaratish zarur.

35 trillion pulning ma’lum bir qismini MTTga ham yo‘naltirishimiz kerak. Bog‘chalarda ham ahvol yaxshi emas. 30-35 ta bolaga 1 ta tarbiyachi to‘g‘ri kelyapti. Tizimdagi oliy ma’lumotga ega tarbiyachilar bor-yo‘g‘i 25-30 foizni tashkil qilayapti. Bog‘cha tarbiyachilarining oyliklarini ham oshirish lozim. Jahon standartlariga mos ravishda 10-15 ta bolaga bitta tarbiyachini biriktirish haqida o‘ylashimiz kerak,
— dedi Alisher Qodirov.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talaba bo'lish uchun kelasi yilni kutmang!
✅ Shu yilning o'zida 1-kursda o'qishni boshlang!

🗺 Toshkent shahridagi universitet;;
🔖 Davlat litsenziyasiga ega oliygoh;
💰 Davlat oliygohlaridek kontrakt narxi;
♻️ Xorijdan o'qishni ko'chirish (2-3 kurs)

Ta’lim yo‘nalishlari va kontrakt narxlari:
✅ Pedagogiya va Psixologiya – 9 mln
✅ Boshlang’ich Ta’lim – 9 mln
✅ Tarix – 8 mln
✅ Iqtisodiyot – 10 mln
✅ Turizm – 8 mln
✅ Dasturiy Injiniring – 10 mln

❗️Shu va boshqa yo'nalishlar haqida ma'lumot olish uchun qo'ng'iroq qiling!

📲 Hujjat topshirish

Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998917896005
☎️ +998971125554

Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani, Zarqaynar ko’chasi, 6/1-uy

🗺 Lokatsiya

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan oʻtkaziladi

Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) ga asosan pedagoglarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida tashkil qilinadi.

Tez kunlarda kanalimiz (@uztdi) orqali toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan oʻtkaziladigan tuman va shaharlar roʻyxati hamda tajriba-sinov oʻtkazilishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talaba bo'lish uchun kelasi yilni kutmang!
✅ Shu yilning o'zida 1-kursda o'qishni boshlang!

🗺 Toshkent shahridagi universitet;;
🔖 Davlat litsenziyasiga ega oliygoh;
💰 Davlat oliygohlaridek kontrakt narxi;
♻️ Xorijdan o'qishni ko'chirish (2-3 kurs)

Ta’lim yo‘nalishlari va kontrakt narxlari:
✅ Pedagogiya va Psixologiya – 9 mln
✅ Boshlang’ich Ta’lim – 9 mln
✅ Tarix – 8 mln
✅ Iqtisodiyot – 10 mln
✅ Turizm – 8 mln
✅ Dasturiy Injiniring – 10 mln

❗️Shu va boshqa yo'nalishlar haqida ma'lumot olish uchun qo'ng'iroq qiling!

📲 Hujjat topshirish
📲 Perevodga ariza topshirish

Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998917896005
☎️ +998971125554

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️❗️❗️Matematika o'qituvchilar uchun yana bir ajoyib imkoniyat.

✅Endi SAT sertifikatini olib ham 50 foiz ustama olishingiz mumkin.

SAT Gmat va Grega nisbatan osonroq.

➡️ Chunki Gmat va Gre aslida magistratura imtihoni. SAT esa bakalavr.

SAT imtihon to'lovi ham 2 barobar arzon.

Agar matematika o'qituvchisi bo'lsangiz guruhimizga a'zo bo'ling.
Bugun 20:50 da ovozli suhbat bo'ladi.
Guruhimizda jonli efirda barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

💬Guruh linki: 👇👇👇
/channel/sat_byShaxzod
/channel/sat_byShaxzod
/channel/sat_byShaxzod

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Bilim va malakalarni baholash agentligi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini e`lon qildi.

🇺🇿 Ona tili va adabiyot

🇺🇿 O'zbek tili

🇷🇺 Rus tili va adabiyoti (rus tilida o‘qiganlar uchun)

🇷🇺 Rus tili va adabiyoti (o‘zbek yoki boshqa tilda o'qiganlar uchun)

🇺🇿 Qoraqalpoq tili va adabiyoti

🇬🇧 Ingliz tili

🇫🇷 Fransuz tili

🍀 Biologiya (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

💡 Fizika (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

🌐 Geografiya (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

⚖️ Huquq (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

🧪 Kimyo (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

🇩🇪 Nemis tili

🔎 Tarix (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

🧮 Matematika (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Tarix fanidan (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kimyo fanidan (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Geografiya fanidan (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel