uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Fizika fanidan (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Fransuz tili fanidan

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Rus tili va adabiyoti fanidan (rus tilida o'qiganlar uchun)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ona tili va adabiyot fanidan

2
023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 7-8-noyabr kunlari o‘tkaziladi

📆 2023-yil 7-8-noyabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-11-03

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida men ham qatnashsam bo‘ladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

✅ Joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

Mazkur qaror izohining 7-bandida "Matematika va ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan olingan sertifikatlar boshlang‘ich sinflardagi mutaxassislarning aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qilishi belgilangan.

❗️Bunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining ona tili va adabiyot fanidan olgan sertifikati ona tili va o‘qish savodxonligi soatlari uchun amal qiladi.

Ushbu qarorda Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan beriladigan Milliy Sertifikatlar uchun ustama to‘lashning eng kam miqdori sifatida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 60 ball belgilab qo‘yilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Avaz Marahimov yangi tashkil etilgan Nurafshon davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Avaz Marahimov 2010—2011 yillarda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga rahbarlik qilgan, undan avval esa oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.

U 2016-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori bo‘lib ishlagan. 2021 yildan shu kunga qadar Termiz davlat universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgan edi.

Bundan oldin prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ketgan Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor etib tayinlangani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, Nurafshon davlat universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pensiya biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi

2025-yil 1-martdan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning oʻzida “avtomatik” tarzda, yaʼni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.

Bunda, shaxsga oid maʼlumotlar (fuqaroning yoshi, jinsi), ish staji, ish haqi (toʻlangan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush oʻrtogʻi va farzandlari) Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining elektron bazalaridan olinadi.

Natijada fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha hujjatlar yigʻish hamda oʻzi istiqomat qiluvchi Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasiga murojaat qilish talab etilmaydi hamda pensiya yoshiga yetgan fuqaroga, shu kunning oʻzida pensiya “avtomatik” tarzda tayinlangandan soʻng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga maʼlumot yuboriladi.

Pensiya yoshiga yetgan, ammo pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan yoki pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani toʻxtatish huquqi berilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pandemiya sabab boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligi o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi PIRLS 2021 (toʻrtinchi sinfda oʻqish yutuqlarini monitoring qilishga qaratilgan) xalqaro tadqiqot haqidagi videoni oʻzbek tilida eʼlon qildi.

Ushbu videoda PIRLS 2021 boʻyicha oʻqish yutuqlari va oʻqishni oʻrgatish va oʻrganish uchun qulay uy va maktab muhiti haqida umumiy maʼlumotlar keltirilgan:

➖2016- va 2021-yillardagi soʻnggi yutuqlar tendensiyalari COVID-19 pandemiyasining taʼlimga salbiy taʼsirini aks ettirgan, 2016-yilda eʼlon qilingan ijobiy oʻsish tendensiyalari 2021-yilda toʻxtab qolgan yoki bekor qilingan;

➖Ushbu baholashlar orasidagi taqqoslanadigan trend maʼlumotlariga ega 32 mamlakatdan 21 tasida 2016- va 2021-yillar oraligʻida pasayish kuzatilgan, oltitasida hech qanday oʻzgarish kuzatilmagan va faqat uchta mamlakatda oʻsish koʻzga tashlangan;

➖Ota-onalarning fikriga koʻra, maktabdan uyda qolish oʻquvchilarning uchdan ikki qismining oʻqishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

PIRLS 2021 tadqiqotida Oʻzbekiston oʻquvchilari ham ishtirok etgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#savol_javob

Maktab direktorligiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslariga sohadagi istalgan nomzod ishtirok etishi mumkinmi? Asosiy talablar nimalardan iborat?

Mazkur savolga Abdulla Avloniy nomidagi Milliy tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov javob berdi.

✅ Nomzodlar vazirlikning hududiy boshqarmalari tavsiyasiga asosan ixtiyoriy ravishda qabul qilinishi ko’zda tutilgan. Bunda ular maxsus portal orqali elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadi hamda menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.

Nomzodlar kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga, ta’lim sohasida besh yillik pedagogik ish stajiga, xorijiy tillardan birining boshlang‘ich darajasi hamda zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari

Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchilar uchun ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan.

👉 Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

👉Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Eng yaxshi 100 nafar maktab o'quvchilari ro'yxatiga kirishni istaysanmi? U holda ushbu loyiha aynan sen uchun!

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va
“Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng yaxshi 100 nafar maktab o'quvchilarini aniqlamoqda!

1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan eng iqtidorli, zukko, tashabbuskor maktab o'quvchilari Ziyolilar to'plami qahramoniga aylanadi.

Loyihada ishtirok etish uchun ziyolilar.school veb-sayti orqali ariza to'ldiring!

— — —

Хочешь войти в топ 100 лучших школьников страны? Тогда этот проект для тебя!

Мы выявляем самых талантливых, ярких, предприимчивых учеников 1-11 классов и готовы осветить лучших из лучших в альманахе Ziyolilar.

Герои проекта получат поддержку в реализации своих целей и будут награждены. А их уникальные истории мы опубликуем в сборнике выдающихся школьников Узбекистана.

Если тебе есть чем поделиться и ты считаешь себя достойным попасть в ТОП 100, скорее заполняй анкету по ссылке ziyolilar.school

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Turk tilidan imtihon uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi

🇹🇷 Turk tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovi uchun ruxsatnomalar my.gov.uz saytiga joylandi.

📆 Test sinovining yozma qismi 28-oktabr kuni soat 14:00 da boshlanishi belgilangan bo‘lib, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1–6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

✅ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 29-oktabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Biologiya fanidan (o'zbek, rus va qoraqalpoq tili)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ingliz tili fanidan

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Rus tili va adabiyoti fanidan (o'zbek yoki boshqa tilda o'qiganlar uchun)

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O'zbek tili fanidan

2023-2024-o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya qilingan darsliklar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

🖥
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

✅ O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍🎓 Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

📱 O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati bilan https://uzbmb.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2-chorak uchun taqvim rejalar jamlanmasi

🗂2-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
🗂3-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
🗂4-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
______________________
🗂2-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
🗂3-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
🗂4-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja
_______________________
🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 2 класса
🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 3 класса
🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 4 класса

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Education” maslahat markazi — Sizga ishonchli hamkor!

🙃
Ha-ha, adashmadingiz. Endilikda siz “Education” maslahat markazi bilan O‘zbekiston va xorijdagi nufuzli universitetlarda talaba bo‘lishingiz mumkin.

📚 “Education” maslahat markazi talaba bo‘lish orzusidagi yoshlar uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha professional yordamini taklif qiladi:

— Oliy o‘quv yurti, ta’lim muassasalari, dasturlar va taʼlim xarajatlari bo‘yicha to‘liq maslahat;
— Tanlagan universitetingizga kirish talablari haqida xabardor qilish;
— Talaba tanlagan universitetga qabul qilingunicha bo‘lgan strategiyani ishlab chiqish;
— Motivatsion xat va ariza shaklini yozish hamda taqdim etish uchun hujjatlarni to‘plashda yordam berish;
— Hujjatlarni universitetga taqdim etish uchun to‘liq tayyorlash;
— Ariza shaklini to‘ldirish, universitetlarga hujjat topshirish;
— Talabalik vizasi uchun ariza, chet elda turar-joy bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni hisoblash.
— Imtihonlar, universitet vakili bilan suhbat va o‘quv jarayonida talabalarga yordam va maslahat berish va boshqalar.

✅ Bir so‘z bilan aytganda, biz bilan talaba bo‘lish yanada osonroq.

Hoziroq biz bilan bog‘laning va hech qanday imtihonlarsiz orzuyingizdagi universitet talabasi bo‘ling.


📲 Hujjat topshirish: @eduadmin_uz

☎️ Murojaat uchun: +998339992409

🚀 Telegram orqali: @edumaslahat_bot

“Education” maslahat markazi — Sizga ishonchli hamkor!

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️“Temurbeklar maktabi”ga qabul tartibi haqida asosiy ma'lumotlar

“Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda maktablarning 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.

📌Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. 

🗓 Saralash tanlovini oʻtkazish muddati Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan belgilanadi. (joriy yilning avgust oyida o'tkazilgan)

🔹Dastlabki tanlov “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda oʻtkaziladi.

🪖Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boshqarmasida oʻtkaziladi.

Nomzodlar test sinovlarini oʻz ixtiyoriga koʻra uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.

Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlimi fanlari (5 — 9 sinflari kesimida)ning Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.

✅ Eslatib o'tamiz, keyingi yildan boshlab “Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham o'qishga qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD): "O‘qituvchilarning maoshi boshqa sohadagi oliy ma'lumotli xodimlarnikidan past"

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) a‘zo mamlakatlardagi pedagoglarning o‘rtacha ish haqini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Tadqiqot natijalari OECD mamlakatlarida oʻqituvchilarning ish haqi boshlangʻich va oʻrta maktablarda joriy xarajatlarning deyarli uchdan ikki qismini tashkil qilishini ko‘rsatgan.

O‘qituvchilar ko‘pincha magistr darajasiga yoki eng kamida oliy ma’lumotga ega va deyarli barcha mamlakatlarda ta’limning deyarli barcha darajalarida o‘qituvchilarning haqiqiy maoshi boshqa sohadagi oliy ma'lumotli xodimlarnikidan past.

Boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarining o‘rtacha ish haqi boshqa oliy o'quv yurtlarini bitiruvchilarnikidan 13 foizga past, o'rta maktab o‘qituvchilarining maoshidagi farq 5 foizni tashkil etadi, – deyiladi hisobotda.

OECD ma'lumotlariga ko'ra, o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan haftasiga o‘rtacha 21 soat, boshlang‘ich ta’limda 19 soat va o'rta maktabda 18 soat vaqt o'tkazadilar.

Ammo mazkur hisobotda o'quvchilarni baholash, darslarga tayyorgarlik ko‘rish, vazifalarni baholash, malaka oshirish va turli yig'ilishlarda ishtirok etish uchun ajratiladigan ish vaqtlari hisobga olinmagan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi

Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023-y.) bilan ayrim qarorlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

🔰 Unga koʻra:

2024/2025 oʻquv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

➖Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

Eslatib o'tamiz, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari rejasiga ko'ra bugun, 30-oktyabr kuni biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 5-noyabr (to‘lov qilish 6-noyabr) ga qadar davom etadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

📱 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ona tili va adabiyot fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlashda yozma ish (esse)ni baholash mezoni Agentlikning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📊 Baholash mezoniga ko‘ra yozma ishlar 12 ta holat bo‘yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.

✅ Quyidagi hollarda esse tekshirilmaydi va 2 ball bilan baholanadi:

🔹 esse yozilgan, lekin mavzuga mos bo‘lmasa;
🔹 essening hajmi 100 ta so‘zdan kam bo‘lsa;
🔹 esse boshqa manbadan ko‘chirilgan bo‘lsa.

❗️ Esse yozilmagan bo‘lsa, 0 ball beriladi.

📚 Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

GRE imtihonida 155+ ball olib oylik maoshini 50% ga oshirmoqchi bo’lgan matematika ustozlarimiz diqqatiga!

Har bir ustoz yuqori maosh olish haqida o’ylab yuradi, lekin ko’pchilik ustozlarimiz buni qanday qilish haqida bilishmaydi 🤔

Bugun har bir matematika ustozimizda xuddi shunday imkoniyat bor 🥳. Ushbu imkoniyatni sizga albatta xalqaro GRE sertifikati bera oladi 🔥

Shu paytgacha 10 dan ziyod olimpiadachi o’quvchilarni turli xalqaro olimpiadalarda medallar olishida yordam bergan, hamda GRE imtihonida maksimal 170 balldan 170 ball olgan ustoz Mirzaqulov Jahongir o’zlarining telegram kanallarida GRE imtihoniga tayyorlanuvchilar uchun o’z bilimlarini va tajribalarini BEPULga berib o’tyaptilar ⚡️

Agar sizga ham ushbu bilimlar qiziq bo’lsa, hoziroq GRE SIRLARI telegram kanaliga obuna bo’lishni unutmang 👇
/channel/+YMwqeyhCAjEzMGVi
/channel/+YMwqeyhCAjEzMGVi
/channel/+YMwqeyhCAjEzMGVi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ikkinchi guruh fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o'tkaziladigan sanalar e'lon qilindi

Ikkinchi guruh fanlari bo‘yicha
asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi joriy yilning 28-30-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

Avvalroq asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida kimlar ishtirok etishi hamda mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar qancha miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanishi haqida ma`lumot bergan edik.

Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi yozma ish topshiriqlari:

🇺🇿 O‘zbek tili
🇺🇿 Ona tili
🇰🇿Qozoq tili
🇺🇿 Qoraqalpoq tili
🇷🇺Rus tili
🇹🇯Tojik tili
🇩🇪Nemis tili
🇫🇷Fransuz tili
🌍 Geografiya

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Bu haqda Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Ibrohim Abdurahmonov 2022-yilning 30-dekabrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel