uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 5-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘zbekistonda Ta’lim kodeksini qabul qilish rejalashtirilyapti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, mazkur hujjatda:

➖ ta’lim olish sohasini tartibga soladigan qonun va qonunosti hujjatlarining tushuncha va normalarini tizimlashtirish;

➖ insonning ta’lim olish konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni takomillashtirish;

➖ pedagoglar maqomini mustahkamlash, qadr-qimmatini himoya qilish va ularga g‘amxo‘rlik qilish;

➖ pedagoglarga imtiyozlar yaratish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash;

➖ ta’lim tashkilotlarida inson huquqi madaniyatiga asoslangan muhitni shakllantirish bo‘yicha ta’lim sub’yektlari va ota-onalar javobgarligini belgilash nazarda tutiladi.


Ta’lim sohasidagi qonunchilik bazasi kompleks tizimlashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.

Ta’lim kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

👉 Muhokamada ishtirok etish

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Xorazmda IT sohasiga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

📃Prezident qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi;

➖ Universitetda taʼlim jarayoni 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladi, talabalarni oʻqitish davlat va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;

➖ Universitetda taʼlim jarayoni Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi asosida Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boriladi;

➖ V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali faoliyati Universitet binosida yoʻlga qoʻyiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti joriy qilinadi;

➖ Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

➖ Universitet huzurida Sanoat kengashi va salohiyatli talabalar uchun Sanoat hamkori stipendiyasi tashkil etiladi.


👉 Shuningdek, mazkur qaror bilan:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali tashkil etiladi va bu yerda oʻquv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha olib boriladi;

➖ oʻquvchilar tanlovi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari boʻyicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;

➖ ixtisoslashtirilgan maktabning muhandislik taʼlim dasturlari Al-Xorazmiy universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;

➖ muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini Al-Xorazmiy universitetining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishida 2-bosqichdan davom ettirish imkoni yaratiladi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ta’lim sifatini tashqi baholash bilan shug‘ullanuvchi alohida mustaqil tuzilma tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy ta’limda sifatni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda ta’lim sohasida xususiy sektorga berilgan imkoniyatlar tufayli 71 ta xususiy oliygoh va 51 ta xususiy texnikum tashkil etilib, ularda 500 ming nafarga yaqin talaba va o‘quvchilar tahsil olmoqda. Buning natijasida mamlakatda oliy ta’lim bilan qamrov 9 foizdan 42 foizga oshdi.

Albatta, bugungacha amalga oshirilgan ishlar ko‘plab yoshlarning kasbiy va oliy ma’lumot olishiga imkon yaratdi. Ammo, nodavlat ta’lim tashkilotlarining barchasida ham ta’lim sifati birdek ta’minlanmagan.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qabul parametrlari, ta’lim dasturlari, o‘quv jarayonlari hamda ilmiy salohiyatni sifat jihatidan yaxshilash, ularni zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish eng asosiy masalalardan biridir.

Shu bois taqdimotda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga solish, litsenziyalash tizimini takomillashtirish hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha yangi tizimni joriy etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Bu borada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ikki bosqichli litsenziyalash tizimiga o‘tish, ta’lim dasturlarini maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda har besh yilda kompleks davlat akkreditatsiyasini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, taqdimotda rivojlangan davlatlarning eng ilg‘or tajribasidan kelib chiqqan holda, ta’lim sifatini tashqi baholash bilan shug‘ullanuvchi alohida mustaqil tuzilma tashkil etish hamda sifat nazoratining shaffof, xolis va adolatli tizimini joriy qilish tashabbusi ham ilgari surildi.

Ta’lim sifatini ta’minlash va tashqi baholashning joriy etilishi kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish samaradorligi va ilmiy salohiyatni oshirib, ularning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xalqaro taʼlim, zamonaviy yoʻnalishlar va kuchli ustozlar – barchasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida!

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari

🌍 Nega aynan KIUT?

✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud

✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz

Hujjat topshirish uchun:

📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💪💪💪💪💪💪

"UBS Fan Olimpiadasi"ga shoshiling!

"University of Business and Science" va Fan olimpiadalari markazi hamkorligida tashkil etilayotgan "UBS Fan Olimpiadasi" minglab maktab o'quvchilarining qiziqishiga sabab bo'lmoqda, ayniqsa qo'yilgan yutuqlar va qanday ro'yxatdan o'tish bo'yicha savollar juda ko'p.

Keling ushbu video orqali barchasiga oydinlik kiritib olamiz.

➡️Olimpiada g‘oliblari uchun mukofotlar:

🟢1-dan 10-o‘ringa qadar: zamonaviy noutbuk va 2 yillik o‘qish uchun grant;
🟢11-dan 40-o‘ringa qadar: 4 million so‘mlik vaucher;
🟢41-dan 70-o‘ringa qadar: 3 million so‘mlik vaucher;
🟢71-dan 100-o‘ringa qadar: 2 million so‘mlik vaucher;
🟢101-dan 200-o‘ringa qadar: 1 million so‘mlik vaucher.


➡️Olimpiadada nafaqat o‘quvchilar, balki:

🟢Ularga ko‘mak bergan va qo‘llab-quvvatlagan o‘qituvchilar,
🟢Eng faol 4 ta viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari,
🟢14 ta eng faol tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlari,
🟢14 ta eng faol maktab direktorlari ham noutbuklar bilan taqdirlanadi!


Olimpiadada qatnashish mutlaqo bepul!

Bilimingizni sinab ko‘ring va sovrindorlar qatoridan joy oling!

Ro‘yxatdan o‘tish: @eduolimpbot

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Batafsil maʼlumot uchun:
📞 +998781132626, +998555202626

🤖 @ubsuzbekistan_bot

👍 @ubsolimpiada

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Sirtqi ta'lim shakli tugatilgan ta'lim yo'nalishlar ro'yxati

Ushbu ro'yxatda ko'rsatilgan pedagogik ta'lim yo'nalishlari sirtqi ta'lim shakli tugatildi. Endilikda faqatgina kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida qabul jarayonlari amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-73-sonli farmoni.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

✅ 1–6 may kunlari 9-sinf bitiruvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan imtihon biletlari rasman eʼlon qilindi.

Tasodifiy tanlash tizimi asosida o‘tkazilgan natijalarga ko‘ra:

➖O‘g‘il bolalar — 2-bilet,
➖ Qiz bolalar — 1-bilet asosida yakuniy baholash amalga oshiriladi.


📝 Har bir biletda amaliy mashqlar belgilangan bo‘lib, o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, harakat texnikasi va sport madaniyati baholanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️13 ta pedagogika oliygohlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra yuqoridagi pedagogika sohasida kadrlarni tayyorlaydigan davlat oliygohlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Endi pedagog yo‘nalishlariga sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

➖ oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTIDA QABUL BOSHLANDI

Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

DIQQAT!
Tibbiyot texnikumlari va kollejlari bitiruvchilari

Farmatsiya hamda
Sanoat farmatsiyasi
yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilinadi.

Hujjatlar onlayn (https://admission.ftti.uz/) va offlayn qabul qilinadi.

👉 Hujjat topshirish
https://admission.ftti.uz/)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: “Uz Mal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Manzil (Lokatsiya)

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | farmatsevtikatalimvatadqiq3707">YouTubep

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Attestatsiyada ishtirok etadigan tarix fani o'qituvchilari (8-may kuni) ro‘yxati

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilangani haqida xabar bergan edik.

Quyidagi hududlar kesimida 8-may kunlari attestatsiyada ishtirok etadigan tarix fani o'qituvchilari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
➖ Sirdaryo viloyati
(tez orada)
Surxondaryo viloyati
Samarqand viloyati
Toshkent viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin: 👉 /channel/uztditestbot

👉 Pedagoglar attestatsiyasi quyidagi manzillarda oʻtkaziladi: /channel/uztdi/9499

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bugun, 26-aprel chet tili imtihonlariga ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni

Ingliz, nemis, hindiy va turk tillaridan
chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro'yxatga olish bugun, 26-aprelga qadar davom etadi.

💴 To‘lovlar ertaga, 27-aprelgacha amalga oshirilishi lozim.

📆Ingliz, nemis va hindiy tillaridan test sinovlari 10-11-may kunlari o'tkazilsa, turk tilidan sinovlar 17-18-may kunlari bo'lib o'tadi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📌Ta’kidlash joizki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yil 1-yarim yillik rejasiga ko‘ra, bu — davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonigacha o‘tkaziladigan so‘nggi chet tili imtihonidir.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihon tashkil etiladigan maktablar ro'yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2025-yil 8-apreldagi "Kasb-hunarga o‘qitish joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihonni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 117-sonli buyrug'i qabul qilindi.

Mazkur buyruqqa asosan:

Kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihon tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy imtihon olinadigan kasb-hunarlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

Kasb-hunar turlari bo‘yicha yakuniy imtihon o‘tkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

2023-2024-o‘quv yilidan kasb-hunarga o‘qitish joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yilida 11-sinflar uchun kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihon joriy yilning 17-20-iyun kunlari amaliy imtihon shaklida o‘tkaziladi.

Yakuniy imtihon davomida o‘quvchilarni baholashda ularning o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha egallagan bilimi va kompetensiyasi baholanadi hamda imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi

“Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 22.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko'ra:

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlanadi.

🗓 2025/2026-o'quv yilidan magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy tillarda o'qitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi.

🎓 Universitetga talabalarni o'qishga qabul qilish 2025/2026-o'quv yilidan boshlanadi.

📕 2025/2026-o'quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini Universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Talaba boʻlish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi);

➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak);

➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan https://xotin-qizlar.uz/ sayti orqali yoki doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma;
➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.

▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Nodavlat oliy va kasbiy taʼlim muassassalari ikki bosqichli litsenziyalash tizimiga oʻtadi" – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim tizimiga joriy etiladigan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Vazirning ta’kidlashicha, nodavlat oliy va kasbiy taʼlim muassassalari ikki bosqichli litsenziyalash tizimiga oʻtadi.

Taʼlim dasturlari maxsus akkreditatsiyadan oʻtkaziladi hamda har besh yilda kompleks davlat akkreditatsiyasi tashkil etiladi.

“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul_2025
#Kasbiy_taʼlim

Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

✔️Shundan:

➖ davlat granti asosida — 205 729 ta;

➖ to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta.

Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi.

Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.

Qabul kvotalarini yuklab olish:

👉 9-sinf kunduzgi va dual taʻlim shakllari uchun

👉 Kunduzgi ta’lim shakli uchun

👉
Sirtqi ta’lim shakli uchun

👉 Kechki ta’lim shakli uchun

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Ertaga, 1-may kuni eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish)ning oxirgi kuni

Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan (maktabni tamomlamagan) fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Ariza berish uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.

❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Bu muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.

👉 Yuqorida eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkaziladigan maktablar ro'yxati ko‘rsatilgan.

Hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma 👉 /channel/uztdi/8346

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish bo‘yicha 2025-yil dekabriga qadar taklif kiritish vazifasi belgilangan.

Unga ko‘ra;

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish;

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishidan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilish;

Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilish;

Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Yil oʻqituvchisi” tanlovi qachon va qanday shartlar asosida oʻtkazilishi haqida

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra “Yil oʻqituvchisi” tanlovida oliy yoki 1-malaka toifasiga hamda kamida 5-yillik ped stajga ega, asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan fan yoki boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tanlovning saralash bosqichi boshlanadigan yilning avgust-sentyabr oylarida pedagog.uzedu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi. Malaka toifa sinovlari bilan integratsiya qilingan holda (onlayn tarzda) oʻtkaziladi.
Har bir tuman (shahar)dan birinchi bosqichda ballar ketma- ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

2-bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi. 2-bosqich yakunidan har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball toʻplagan 2 nafardan nomzod tanlovning uchinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

3-bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi taqdimot asosida hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi. Bunda nomzodlarning ushbu bosqichda olgan ballari, avvalgi bosqichlarda olgan ballariga qoʻshiladi hamda tuman miqyosida eng yuqori ball toʻplagan nomzod gʻolib deb topiladi.

Oʻqituvchilarning barcha bosqichlarda toʻplagan ballari maxsus platforma orqali eʼlon qilib boriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi, a’lo bahoga o‘qiganlar oromgohlarda bepul dam olishi mumkin bo‘ladi. Kambag‘al oiladan chiqqan a’lochi talaba-qizlarga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida maxsus stipendiya to‘lanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️“Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori
imzolandi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri xabar berdi.

Qarorga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.

“Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida ishtirok etadi. Ishtirokchilar vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;

ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;

uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.

Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Davlat va nodavlat OTMlardagi talabalar bilimi past boʻlgan pedagogika taʼlim yoʻnalishlari yopiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish tizimi joriy etiladi.

Bunda diagnostika natijasiga koʻra pedagog kadrlar tayyorlash sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni cheklash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Pedagog kadrlar tayyorlashda davlat buyurtmalarini prognoz qilish va shakllantirishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlumotlar almashinuvini avtomatlashtirish va boshqarish boʻyicha yagona dasturiy kompleksi (ERP) maʼlumotlari tahlil qilinadi va tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra:


➖ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimi joriy etiladi;


👉 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich:

➖ Universitetning boshqaruv tizimi Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

➖Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, yuridik shaxs boʻlmagan 6 ta pedagogika oliy maktabi tashkil etiladi;

➖ Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga birinchi kursdan xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

➖ xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Universitet va pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlarida dars berish uchun professor-oʻqituvchilarni tanlab olish tizimi joriy etiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bahorgi attestatsiyadan boshlab 86 va undan yuqori natijalarni qayd etgan pedagoglarga 70 foizlik ustama ham toʻlanadi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarorida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro e’tirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazilgandan so‘ng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama berilishi belgilangan edi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sardor Raximboyev xalqtaliminfo.uz nashriga bergan intervyusida ma'lum qilishicha toifa berish tizimi Amerika tashkiloti tomonidan akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan.

❗️2025-yilning birinchi yarmida o‘tkazilayotgan attestatsiyada 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanadi.

Bunda qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi. Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball e’tiborga olinmaydi.

✅ Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega bo‘lishlari mumkin.

🗓Ustamaning amal qilish muddati ikki yil bo‘lib, muddat yakunlangandan so‘ng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin bo‘ladi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin: 👉 /channel/uztditestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 3–4–5-may (shanba-yakshanba-dushanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:

1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
2-smena uchun soat 13:00 dan 14:30 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada Soat 14:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).

IZOH: Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda fizika, tarix, matematika va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni may oyi davomida o‘tkaziladi. Aniq imtihon sanalari imtihondan bir hafta oldin e'lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oʻzbekistondagi universitetda AQShning nufuzli oliygohi — MIT standartlari asosida taʼlim berish rejalashtirilmoqda

Namangan va Toshkent shaharlarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan “University of Business and Science” oliygohi AQShning Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) oʻquv dasturlari andozasida taʼlim berish rejalashtirilayotgani haqida xabar berdi.

Ayni kunlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida AQShda bo‘lib turgan UBS universiteti rahbariyati Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) MITning Open Learning bo‘yicha Vitse Prezidenti Prof. Dimitris Bertsimas bilan ham muzokalar o‘tkazishgan.

👇Muzokalar davomida quyidagi masalalar muhokama qilingan:

Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida taʼlim va tibbiyotda innovatsion yechimlar;
➖Aqlli oʻquv tizimlarini yaratish va yuqori taʼsirli ilmiy tadqiqotlar olib borish;
UBSda kadrlar tayyorlashni MIT standartlari asosida takomillashtirish hamda MIT oʻquv dasturlari andozasida kelajakda jahon miqyosida raqobatbardosh mutaxassislarni Oʻzbekistonda yetishtirib chiqarish;
➖Tibbiyot yoʻnalishidagi talabalar uchun ham Amerika standartlari asosida taʼlim dasturlarini shakllantirish;
MIT Horizon va Universal AI kabi global platformalar doirasida hamkorlikni kengaytirish.


2025-yil iyun oyidan boshlab, yil davomida UBSning 100 nafar professor-oʻqituvchilari MITning raqamli platformalari orqali malaka oshirishni boshlashi bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan.

Ma'lumot uchun: jahon reytingida 1-o‘rinda turuvchi — AQSHdagi Massachusetts Institute of Technology innovatsiyalar va ilg‘or ta’lim markazi bo‘lib, sun’iy intellekt, muhandislik va fan sohalaridagi kashfiyotlari bilan mashhur. MIT'dan chiqqan olimlar va tadbirkorlar ko‘plab startaplar, texnologik kompaniyalar va Nobel mukofoti sovrindorlari hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ertaga, 26-aprel chet tili imtihonlariga ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni

Ingliz, nemis, hindiy va turk tillaridan
chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro'yxatga olish ertaga, 26-aprelga qadar davom etadi.

💴 To‘lovlar 27-aprelgacha amalga oshirilishi lozim.

📆Ingliz, nemis va hindiy tillaridan test sinovlari 10-11-may kunlari o'tkazilsa, turk tilidan sinovlar 17-18-may kunlari bo'lib o'tadi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📌Ta’kidlash joizki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yil 1-yarim yillik rejasiga ko‘ra, bu — davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonigacha o‘tkaziladigan so‘nggi chet tili imtihonidir.

11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon: 👉 @sinovtestuz_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Oʻzbek tili — barcha bitiruvchilar uchun majburiy fanga aylandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻiga (№2mh 09.04.2025) asosan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yangi tartibga muvofiq, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflarning bitiruvchilari ham oʻzbek tili fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi (imtihon) topshirishi majburiy hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel