uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️Bugun, 8-iyun kuni abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli yakunlanadi

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

✅ Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari: 👉 /channel/uztdi/6770

Ushbu tavsiyanoma qanday imtiyoz berishi haqida batafsil bu yerda: 👉 /channel/uztdi/6792

❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi.

⏳❓Tavsiyanoma muddati qancha?

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.

‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💡Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin!

🌙Ushbu muqaddas kunlarda qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz roʻyobi nasib etsin!

Baxt-u saodat, sihat-salomatlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: 2025/2026-o'quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

NIU bugun O‘zbekiston yoshlari uchun 2 milliard so‘mlik GRANT ajratgan zamonaviy va xalqaro standartlarga mos universitet! 18 ta bakalavriat yo'nalishlari, 3 ta magistratura mutaxassisliklari — har biri real kasb, haqiqiy imkoniyat!

O‘zbekistonda qolib, xalqaro standartdagi bilim olishni xohlaysizmi? NIU – siz izlayotgan maskan!

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 )

📞 +998555000043
Ro'yxatdan o'tish uchun havola: USTIGA BOSING

Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Oqkamar MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram | 📷Instagram | 🌐Web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Univertur" dasturining navbatdagi sonida ISFT instituti bilan yaqindan tanishamiz!

Bugun, 5-iyun kuni soat 17:30 da "Yoshlar telekanalida "Univertur" dasturining poytaxtimizda joylashgan International School of Finance Technology and Science (ISFT) faoliyatiga bag‘ishlangan soni efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv davomida:

👉 Qariyb 10 yillik tarixga ega Toshkent va Samarqanddagi filiallari mavjud nufuzli institut afzalliklari;

👉Xalqaro akkreditatsiyaga ega ushbu nufuzli oliygohda grant asosida o‘qish imkoniyati;

👉 Davlat namunasidagi diplom, xalqaro sertifikatlar va ishga joylashishga yordam;

👉 talabalar uchun yaratilgan sharoitlar;

👉 hamkor korxonalarda amaliyot o'tash imkoniyati;

👉 ISFT institutining boshqa oliygohlardan farqli jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

📌 Agar Sizning ham universitetingiz loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz quyidagi raqamga bog‘lanishingiz mumkin:

📞 +998 91 080-60-06

📄 Litsenziya (№441247, 12.10.2021)

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝2025-yil 23-24-25-may kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

📌 Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Ertadan qabul boshlanadi!

Ertaga, 5-iyun kuni, davlat oliygohlarida abituriyentlar qabuli boshlanadi.

💻Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha bo‘lib o‘tadi.

🔖ESLATMA: ertadan boshlab faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.

🎓Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.

Fanlar majmuasi bu yerda:
/channel/uztdi/9223

Test sinovida savollar soni, baholash mezoni va qancha vaqt berilishi haqida ma’lumot bu yerda:
/channel/uztdi/9412

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎓 Universitetlar bahsi: Qaysi biri eng zo‘r?

Bahs tobora qizib borardi…
Har birining o‘z haqi bor edi.
Ammo keyin… 😯

🎬 Voqealar tafsilotini videoda ko‘rishingiz mumkin.

📑 Litsenziya (№327633 29.07.2022)

📞 Murojaat uchun:
555009944 | @kiu_admin

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | kiu_uz">YouTube | kiu_uz">TikTok |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Rasman: pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan 10% oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.

1. Yoshga doir eng kam pensiya 918 ming soʻm, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming soʻmni tashkil etadi;

2. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

— 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 soʻm,
— 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun – 275 000 soʻm,
— oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 165 000 soʻm;
— oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha - 110 000 soʻm;

3. Kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 soʻm etib belgilandi.

ℹ️ 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming soʻmdan 1 mln 271 ming soʻmga oshirildi.

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar Davlat budjeti hamda Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Bundan tashqari, xususiy sektorda ishlovchi fuqarolarimizning ham toʻlov qobiliyatlarini ragʻbatlantirish uchun ish beruvchilarga ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorlarda toʻlash tavsiya etilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Milliy sertifikat imtihonlari yoki natijasidan norozi talabgorlar nima qilishlari kerak?

❗️Test sinovidan o‘ta olmagan talabgor test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida agentlikka apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

🛢O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar uch kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

Apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun Agentlik direktorining buyrug‘i bilan 5 yoki 7 nafar Agentlik xodimlari (umumiy komissiya a’zolari sonining o‘ttiz foizidan oshmagan holda) va ta’lim tizimi pedagoglaridan iborat bo‘lgan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

📬Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Imtihon komissiyasi a’zolari kiritilmaydi. Apellyatsiya ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.

📘Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

– test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish;

– test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish.

🔹Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

🔹Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar asosli deb topilsa, apellyatsiya komissiyasi qarori bilan test natijalari o‘zgartiriladi.

Eslatma! Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.


📌Shuningdek, talabgor Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Barcha nodavlat oliygohlarda qabul jarayonlari boshlandi

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo'lib o'tishi belgilangan. Shunga muvofiq, nodavlat oliygohlarda qabul jarayonlari rasman boshlandi.

Davlat OTMlarida qabul quyidagi sanalarda boshlanadi:

Bakalavr uchun qabul (5-iyundan – 25-iyunga qadar)
👉 my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz  — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz  — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.


@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#jasorat_maktablari

📣 "Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish boshlanmoqda

✅ Avval xabar qilinganidek, joriy o‘quv yilidan boshlab "Jasorat maktablari"ga kirish uchun nomzod o‘quvchilar hujjatlari ariza.piima.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

  Hujjatlar qabuli 2025-yilning 1-iyunidan 20-iyunigacha amalga oshiriladi.

👉 Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:

➖ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

➖ Unda malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatishi belgilangan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 6-iyun kuni gapirish sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

2025-yil 6-iyun Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan 6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari quyidagi sanalarga ko‘chirildi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – faqat 13-iyun kuniga;
Namangan viloyati – 9-12-iyun kunlariga;
Farg‘ona viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Buxoro viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Xorazm viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Surxondaryo viloyati– faqat 13-iyun kuniga;
Qashqadaryo viloyati– faqat 10-iyun kuniga;
Samarqand viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Toshkent shahri – faqat 10-iyun kuniga;


Talabgorlar gapirish imtihonini topshirishi uchun belgilangan kunlardan birida ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqt va manzilga kelishi lozim.

❗️Bu faqat 6-iyun kuniga tegishli bo'lib, boshqa kunlari imtihon topshiruvchilarda hech qanday o'zgarishlar mavjud emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan ("qizil") maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

📄 Boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan vakant soatlar boʻyicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumtaʼlim maktabi direktoriga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.

📌Oʻqituvchi-pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

🔹 mutaxassisligi, dars beradigan fanini koʻrsatgan holda direktor nomiga ariza;

🔹doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma — obyektivka;

🔹oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.


🔖 Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.

Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, kadrlar boʻyicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.

📑 Ishchi guruh murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.

💬Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi.

Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.

🖥Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab har yili 5-avgustga qadar Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va suhbat natijalariga koʻra saralangan oʻqituvchi-pedagoglar haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi.

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlamoqchi boʻlgan oʻqituvchi-pedagoglar:

🔹tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;

🔹dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;

🔹boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;

🔹amalda faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida mavjud boʻlmasligi talab etiladi.


2025-2026-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati 👉 /channel/uztdi/9660

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

Joriy yilning 30-may kuni ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlangan edi.

📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari
: 👉 /channel/uztdi/6770

Ushbu tavsiyanoma qanday imtiyoz berishi haqida batafsil bu yerda: 👉 /channel/uztdi/6792

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan yakuniy imtihon variantlari ma'lum bo'ldi

Hurmatli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar!


30-may kuni 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

📽 Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:
🌐 YouTube orqali ko‘rish.

🎯 Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:

4-variant
10-variant


📄 Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi: 👉 /channel/uztdi/9523

📥 Imtihon variantlari shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.

✨ Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓ Abituriyentmisiz?

Qaysi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga topshirishni bilmay qiynalyapsizmi?

Tanlagan yoʻnalishingiz va oʻtgan yilgi kirishi ballariga qiziqyapsiz, ammo ishonchi maʼlumotlarni topa olmayapsizmi?

🤓 Unda, Sizga @mandat_javobbot'ni tavsiya qilamiz!

🔹 Ushbu bot orqali oʻzingiz istagan oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishishingiz mumkin!

🔹 Shu bilan birga menyudagi oʻqishni koʻchirish boʻlimi orqali baholash mezonlari, super kontrakt miqdorlari va boshqa maʼlumotlarni tez va oson topasiz.

✔️ @mandat_javobbot'dan foydalanib, vaqtingiz va imkoniyatlaringizni tejang.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️pedagog.uzedu.uz – platformasida “2025-2026 oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar (‘‘Qizil maktablar’’) roʻyxati” biriktirildi.

🌐Platformada “Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlash istagini bildirish” uchun ariza yuborish ham tez orada ochilishi rejalashtirilgan.

📌Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlash istagini bildirilganlar tanlagan maktab sharoiti bilan tanishish hamda barcha maʼlumotlarni maktabning oʻziga taqdim etishi zarur hisoblanadi.

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar (“qizil maktablar) ro'yxati: /channel/uztdi/9660

Qizil maktablarga ishga kirish tartibi:
/channel/uztdi/9667

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?

🔄Xabaringiz bor, kontraktga o‘qishga kirgan talaba 1 yildan keyin budjetga almashtirilishi yoki budjetda o‘qiyotgan kontraktga tushib qolishi mumkin.

Lekin quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi talabalar istisno tariqasida keltirilgan:

nogironligi bo‘lgan shaxslar (I va II guruh, yoki bolalikdan nogironligi borlar);

ijtimoiy yetimlar (ota-onasi yo‘q yoki ota-ona qaramog‘isiz qolganlar);

“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatlarida bo‘lganlar;

kambag‘al oila farzandlari, yordamga muhtoj oila farzandlari;

oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan talabalar (masalan, yolg‘iz onaning farzandi, ko‘p farzandli oiladan, ishsizlar oilasidan);


🪧Ushbu talabalar agar davlat granti asosida o‘qishga kirgan bo‘lsa, hatto baholari pasayib ketsa ham yoki akademik qarzdor bo‘lsa ham, grant to‘liq o‘qishni tugatgunga qadar saqlanib qoladi.

📌2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishini inobatga olib, ularga tegishli o‘quv yili uchun kontrakt qiymati miqdorini stipendiyasiz shaklda to‘lash imkoniyati yaratiladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

👍👍👍👍👍🕸

2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlandi


📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Garvardda o'qishni istaysizmi? Bu siz uchun yangi imkoniyat!

⚡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi.

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ushbu maktabga 2025/2026 o'quv yili uchun 60 nafar o'quvchi 9-sinfga ikki bosqichli saralash imtihoni orqali qabul qilinadi.

✅ Arizalar shu yilning 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda
my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

📝Imtihon ikki bosqichda amalga oshiriladi.

🔹 Birinchi saralash bosqich
da o'quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig'ini bajaradi.

🔹 Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o'tkaziladi. Ular:
➖matematikadan 5 ta masala,
➖ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishlari talab etiladi.

🎗 Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o'quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣Yakuniy imtihon sanasiga oʻzgartirish kiritildi

📃 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi tegishli qarori bilan joriy yil 7-iyun — qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanganligi munosabati bilan:


📌2025-yil 7-iyun kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun belgilangan tanlov fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi sanasi 2025-yil 12-iyunga koʻchirilganligini maʼlum qilindi.

Shu o'rinda barcha 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari, ota-onalar va maktab jamoalaridan yangilangan imtihon sanasini inobatga olishlari soʻraladi.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovini e’lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi nufuzli yetakchi universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun Jamg‘armaning 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.


“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan.

Xususan,

- bakalavriat - 130 ta o‘rin;
- magistratura - 220 ta o‘rin;
- doktorantura - 100 ta o‘rin.

⚡️Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar https://el-yurt.uz platformasi orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin.

Shuningdek, nomzodlar hujjatlarini topshirish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni yuklashlari lozim:

- Jamgʻarma Ijrochi direktori nomiga ariza;
- xorijiy taʼlim muassasasidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida xat (Letter of acceptance);
- mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud boʻlsa);
- attestat yoki diplom nusxasi;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat;
- motivatsion insho va boshqalar.

Murojaat uchun: (71) 203-00-47, (71) 203-00-49 hamda @Eyufmatbuot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qarshi xalqaro universitetida 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul boshlandi.

Oʻz sohasining yetakchi mutaxassisi boʻlish endi orzu emas. Chunki bu maskanda malakali ustozlar, innovatsion yondashuv asosidagi darslar va sifatli ta'lim sizni kutadi.

Universitetda Rektor va ta’sischilar granti, 16 ta bepul toʻgaraklar, 12 ta bakalavr yoʻnalishi, 3 ta magistratura mutaxassisligi sizni kutadi.


Maqsad sari olgʻa qadam tashlang, ishoning bunda biz sizga yordam beramiz!

📍Qashqadaryo, Qarshi, Mustaqillik 71
📍Qashqadaryo, Qarshi, Bunyodkorlik ko’chasi

📑 Litsenziya (№327633 29.07.2022-y.)

📞 Murojaat uchun:
555009944 | @kiu_admin

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | kiu_uz">YouTube |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘yinchoqlar xarid qiling va 50% gacha keshbek oling 🥰🧸

Do‘stlar! 1-iyunga bag‘ishlab maxsus aksiyani e’lon qilamiz — siz farzandlaringizni yoqimli sovg‘alar bilan quvontira olasiz, biz esa sizni bonuslar bilan xursand qilamiz ❤️

Korzinkada o‘yinchoqlar xarid qilish yoki ularni Korzinka Go ilovasida buyurtma berish orqali Korzinka Plus kartangizga 50% gacha keshbek olishingiz mumkin. Bolajonlaringizni oling-da, mehmonga keling! Birgalikda haqiqiy bayram uyushtiramiz 🍭

📌 Aksiya amal qilish muddati: 30-maydan 1-iyun oxirigacha. Bonuslar amal qilish muddati: hisoblanganidan so‘ng 30 kun.

Keshbek barcha o‘yinchoqlar uchun amal qiladi, keshbek foizi har bir tovarning narxnomasida ko‘rsatilgan. Har bir mehmon 3 donagacha o‘yinchoq xarid qilishi mumkin. Mahsulotlar soni chegaralangan. Aksiya Korzinka supermarketlari va Korzinka Go ilovasida amal qiladi. Aksiya Korzinka Mahalla do‘konlari uchun amal qilmaydi.


App | Telegram-bot | Facebook | InstaWeb | Korzinka Go

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Talimxabarlari.uz sayti va Ta’lim nazorati hamkorligida tashkil etilgan giveaway gʻoliblari roʻyxati

5 nafar gʻolibning har biriga 3 oylik telegram premium obunasi avtomatik faolashtirildi.

Tez orada ularga aloqaga chiqib, “Asaxiy Books” tomonidan “Jannat” va “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitoblarini manzillariga yuboramiz

Yana bu kabi tanlovlar koʻp oʻtkaziladi. Bizni kuzatishda davom eting va bu uchun sizlarga rahmat


Yana qanday tanlovlar oʻtkazilishini xohlaysiz?

Talab va takliflaringizni quyidagi telegram bot manzillariga yuboring:

👉@talimxabarlariga_bot
👉@Uztdibot

Kanalga ulanish:

@talimxabarlari
@uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazir jamgʻarmasidan toʻlanadigan ustamaning 2-bosqich natijalari e’lon qilindi

Vazir jamgʻarmasidan 2025-2026-yillarda toʻlab beriladigan ustama uchun ikkinchi bosqich — suhbat sinovlari natijalari eʼlon qilindi.

Talabgorlar o’z natijalarini pedagog.uzedu.uz – platformasida “Murojaatlarim” boʻlimida koʻrishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, suhbat natijasi boʻyicha 4 va undan yuqori ball olganlar ustamaga tavsiya etilishi belgilangan. Toʻlovlar joriy yilning may oyidan 2026-yilning yanvar (9 oy) oylari davomida toʻlanadi.

Eslatib o‘tamiz endilikda vazir jamgʻarmasidan ustama olish uchun nomzodlarni saralab olishning birinchi bosqichi toifa testlari natijalari asosida amalga oshiriladi. Batafsil quyida 👉 /channel/uztdi/9385

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 3–4–5-may kunlari kimyo va biologiya hamda 12-may kuni geografiya va 13-may kuni fizika fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

1 IYUN — SINOV IMTIHONI!

“Kiramanmi?”, “Savollar qanday bo‘ladi?” degan savollar qiynayaptimi?
Unda bu imtihon aynan sen uchun!

📍Qarshi xalqaro universitetida sinov testi:
Savollar bilan tanishish
Muhitni his qilish
O‘zingni sinab ko‘rish uchun BEPUL imkon!

🗓Sana: 1-iyun, 09:00 dan boshlab

📍Manzil: Qarshi xalqaro universiteti 2-kampus
Mo'ljal: UzGazoil va Sifat supermarketi ro'parasida

❗️Pasport yoki ID olib kelishni unutmang!

Batafsil ma'lumot uchun:
@kiu_admin yoki +998555009944

📲Ro‘yxatdan o‘tish:
🔝Havola ustiga bosing

🚀 Bir qadam tashla – katta yo‘l boshlanadi!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan yakuniy imtihon variantlari ma'lum bo'ldi

Hurmatli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar!


31-may kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

📽 Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:
🌐 YouTube orqali ko‘rish.

🎯 Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:

3-variant
8-variant


📄 Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi: 👉 /channel/uztdi/9523

📥 Imtihon variantlari shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.

✨ Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qabul_2025
#1_iyun_20_iyun

⚡️HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul kvotalari eʼlon qilindi.

Quyidagi havolalar orqali maktablar kvotalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Prezident maktablari kvotasi;
Ijod maktablari kvotasi;
Sport maktablari kvotasi;
Ixtisoslashtirilgan maktablar kvotasi.

📄 Mazkur maktablarga qabul jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida eʼlon qilinmoqda.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

🌐 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel