uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Abituriyentlar hozir fanlar majmuasini tanlaganda kelgusida qaysi yo’nalishlarga kirishi mumkin?

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan jadvalni taqdim etdi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Mandat javoblari 22-avgustga qadar eʼlon qilinadi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumotga koʻra, katta ehtimol bilan, 14-iyulda boʻlajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda.

Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda, 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

👉 Yuklab olish

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.


Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

👉 Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

👉 Matematika10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

👉 O‘zbekiston tarixi10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan – 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

👉 Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball156 ball.

5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

🔰 Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlarihttps://talimxabarlari.uz/5051/

Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️⚡️⚡️ RASMAN! QABUL BOSHLANDI!

Nima uchun Nordik?

Ikki mamlakat - O‘zbekiston va Finlandiya, AQSh, Italiya, Koreya diplomlari;
"Work and travel";
o‘qish jarayonida xalqaro amaliy tajriba orttirish imkoniyati mavjud.

2024/2025 o‘quv yili uchun: ⬇️

12 ta bakalavriat (kunduzgi) ta'lim yo‘nalishi;
Bakalavriat (sirtqi va staj asosidagi sirtqi) yo‘nalishlari;
6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.

📥  Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabul platformamiz yoki maxsus botdan foydalaning 😬

➡️ https://admission.nordicuniversity.org/

➡️ @admission_nordic_bot

XNU haqida ko‘proq ma'lumot oling!

🤖 +998555084400

📱 @nordikedu

🌐 Web-site | 🕊Telegram |📱Instagram | 📺YouTube | 📱Facebook

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.

👨‍⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!

✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.

✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨‍🎓Magistratura: masters.kiut.uz

☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity?si=SUibcbN8NswbcHfg">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

✅ Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

🔹 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

🖥 Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓ Qabul 5-iyundan boshlangan bo‘lsa, maktab va kasb-hunar maktabi bitiruvchilari attestatini olib ulguradimi?

✅ 5-iyundan 25-iyungacha roʻyxatdan oʻtishda joriy yil bitiruvchilari boʻlgan abituriyentlardan attestatning asli talab etilmaydi.

Ularning ta’lim muassasasini tugatayotganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar onlayn shakllantiriladi.

📌 O‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma — umumta’lim muassasasining 11-sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ertaga, 8-iyun kuni abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli yakunlanadi

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

✅ Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari: 👉 /channel/uztdi/6770

Ushbu tavsiyanoma qanday imtiyoz berishi haqida batafsil bu yerda: 👉 /channel/uztdi/6792

❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi.

⏳❓Tavsiyanoma muddati qancha?

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.

‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi

Hukumat qarori (12.10.2020, №646)ga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

❇️ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan):

❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktab o‘quvchilariga maxsus telegram bot orqali bepul test yechib, imtihonga tayyorlanish imkoniyati yaratildi

Prezident maktablaridagi 16 ta hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining 6-7-8-9-10-sinflaridagi 3 395 ta bo‘sh o‘rinlarni o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilingan haqida xabar bergan edik.

👫 Bo‘sh o‘rinlar uchun tanlovda o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi va eng yaxshi natija ko‘rsatganlar o‘qishga qabul qilinadi.

O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan e’lon qilingan namunaviy testlar maxsus telegram botga joylashtirildi.

Hozirgi paytda telegram botga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar sinflar kesimida joylashtirilgan:

➖Matematikadan 6-7-8-sinflar uchun
➖Ingliz tili 6-7-8-sinflar uchun
➖Fizika 7-sinflar uchun


🗂 Tez fursatda boshqa sinflar uchun ham test topshiriqlari botga joylashtiriladi.

✔️ Test ishlash uchun ushbu bot 👉 @piimatestbot

📌 Ushbu bot orqali test topshiriqlarini bajarish bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Abituriyentlar diqqatiga: hujjat topshirishda tanlanayotgan OTM faqat imtihon topshiradigan bino sifatida tanlanadi

2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni my.uzbmb.uz ro‘yxatga olish boshlandi.

➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi;

➖ Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘tish ballari abituriyentlar imtihon topshirishidan oldin e'lon qilinadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn muloqot davomida javob qaytarildi.

📌 OTMlardagi mavjud yo‘nalishlar va o‘tish ballarini bilish uchun eng ishonchli ma’lumotlarni @mandat_javobbot' orqali olishingiz mumkin.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Osiyo Xalqaro Universitetida 2024-2025 yil qabuli boshlandi

Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Iqtidorli va faol talabalar uchun stipendiya va rag‘batlantirishlar, talabalar turar joyi, turli amaliyot dasturlari va chinakam xalqaro taʼlim shular jumlasidandir.

Bakalavr yo‘nalishlari:
➖ Pedagogika
➖ Psixologiya
➖ Boshlang‘ich taʼlim
➖ Maktabgacha taʼlim
➖ Ingliz tili va adabiyoti
➖ Rus tili va adabiyoti
➖ O‘zbek tili va adabiyoti
➖ Tarix
➖ Jismoniy madaniyat
➖ Iqtisodiyot
➖ Moliya
➖ Davolash ishi
➖ Stomatologiya
➖ Farmatsevtika
➖ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
➖ Konchilik ishi
➖ Temir yo‘l transporti
➖ Kimyo sanoati
➖ Elektr Energetika
➖ Neft-Gazkimyo sanoati texnologiyasi

Magistraturada o‘qish imkoniyati bor.

👉 Ariza topshirish

📞 Batafsil maʼlumot uchun: +998553050009

Sayt | Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Test sinovlari 14-28-iyul kunlari o‘tkaziladi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻqituvchida kasbiy Sertifikat boʻlmasa ishdan boʻshatiladimi?

✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yildagi 87-son) qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, oʻqituvchiga yana bir marta imkoniyat beriladi.

Unda ham 56 baldan past natija qayd etsa, u holda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Shuningdek, nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 balldan kam koʻrsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.

Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish sanasi va nazorat sinovini oʻtkazish muddati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va uni oʻtkazish tartibi mazkur Reglamentga muvofiq tartibda belgilanadi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi.

Shundan:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta;
👉 Dual ta’lim shakli – 14 324 ta.

💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bu yilgi qabulda davlat buyurtmasi boʻyicha kvotalar taqsimotida quyidagi sohalarga ustuvorlik beriladi

2024-2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul parametrlarini shakllantirishda quyidagi yo‘nalishlarga ustuvorlik beriladi:

➖ muhandislik;
➖ ishlov berish va qurilish sohalari;
➖ sog‘liqni saqlash;
➖ ijtimoiy ta’minot;
➖ tabiiy fanlar;
➖ matematika;
➖ statistika;
➖ axborot kommunikatsiya ta’lim sohalari.

Ushbu sohalar bo'yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan umumiy jadvalda tanishingiz mumkin: 👉/channel/uztdi/8496

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Akademik_litsey
#Qabul_2024

⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi


Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

🪪 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

🖼 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

👉 oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

👉 va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📥 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

☎️ Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Tezkor
⚡️Rasman: Yutuq qoʻyilgan
TEKIN onlayn test boshlandi!

🏆 YUTUQ: 1.000.000 so'm!

📆 Bugun, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti homiyligida Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 18-onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!

📆Test vaqti: 9-iyun (09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

🎓 Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Rus tili
👉 Nemis tili
👉 Fransuz tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Biologiya + Ona tili va adabiyoti
👉 Chet tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Fizika + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Matematika + Ona tili va adabiyoti
👉 Ona tili va adabiyoti + Matematika
👉 Tarix + Chet tili
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Matematika
👉 Tarix + Ona tili va adabiyoti
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;

🏛Iqtisodiyot va pedagogika universiteti - 2024/2025 oʻquv yili uchun 24 ta bakalavr, 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlar qabulini boshladi.

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat universitet xalqaro loyihani amalga oshirishda ishtirok etmoqda

Prezidentimizning 2019-yil 19-iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

O’zA xabar berishicha, ushbu loyiha doirasida Farg‘ona vodiysida tashkil qilinayotgan hududiy biznes-inkubatorlar faoliyatini rivojlantirish borasida “University of Business and Science” nodavlat oliygohi bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Universitetda “Tadbirkorlik asoslari” mavzusida uch marta 10 kunlik o‘quv kurslari tashkil etish orqali yosh xotin-qiz tadbirkorlik asoslari bo‘yicha o‘qitilib, biznes ko‘nikmalari shakllantirilgan.

300,6 million dollarni tashkil etgan mazkur loyihaga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 200 million dollar, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan 100,6 million dollar ulush mablagʻlari kiritilgan.

➡️ Batafsil: https://www.uza.uz/oz/posts/qishloqda-tadbirkorlik-rivojlantiriladi_605346

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🏫 Qo‘qon universitetida 2024/2025 o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!

‼️ Quyidagi havolalar orqali onlayn yoki universitetning Axborot kutubxona markazida offlayn ro'yxatdan o'tishingiz mumkin 🔽

🔵 Kunduzgi ro'yxatdan o'tish https://qabul.kokanduni.uz.

🟠 Masofaviyro'yxatdan o'tishhttp://qabul.kokanduni.uz

🔴 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar – ro'yxatdan  o'tishhttp://msqabul.kokanduni.uz

🟢 Magistraturaro'yxatdan o'tish – offlayn

🔴 Ikkinchi mutaxassislik – ro'yxatdan o'tishhttps://ikkinchitalim.kokanduni.uz

Ma'lumot uchun, Qo‘qon universiteti
diplomi rasmiy kuchga ega.

👨🏻‍💻 Axborot-maslahat markazi (call center) 🔽
📞+99873 545 44 44;
📞+99873 545 55 55.

📍Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.

📑 AsosVM-683-sonli qaror, Litsenziya №186445

🏫 QO'QON UNIVERSITETI – CHEKSIZ IMKONIYATLAR MASKANI!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

UMFTda 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul rasman boshlandi!

UMFT universiteti Sizga quyidagi imkoniyatlarni taklif qiladi:
— Qo‘shma diplom
— Xalqaro diplom
— Davlat grantlari 
— Universitet grantlari
— Xalqaro tan olinadigan mutaxassislik sertifikatlari
— Zamonaviy, aktual o‘quv dasturlari
— Kibersport
— Talabalar almashinuvi va boshqalar
.

Talabalarimiz safiga qo‘shiling.

UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor

📄 Litsenziya (№056206; 09.11.2022)

☎️ Murojaat uchun:
+998555068888 | +998555208888
📩
@umft_support
🌐 umft.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Milliy reytingda yetakchilik qilib kelgan oliygohlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan oʻrin oldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan eʼlon qilingan dunyodagi eng yaxshi universitetlari TOP-1000 talik reytingiga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (547-oʻrin) hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (781–790-oʻrin) ham kiritildi.

Taʼkidlash joizki, 2017-yildayoq Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizdagi OTMlarga xalqaro reytinglardan oʻrin olishlariga ko‘maklashish vazifasi belgilab berilgan edi.

Shu asosida 2017-yildan boshlab Taʼlim sifati nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taʼlim sifatini obyektiv va shaffof baholab borish, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro tan olingan reytinglarda oʻrin olishlariga koʻmaklashish maqsadida QS, THE, ARWU kabi xalqaro tan olingan reyting agentliklari metodologiyasi asosida milliy oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlab, har yili eʼlon qilib borish yoʻlga qoʻyildi.

Eʼtiborlisi, bugungi kunda xalqaro reytingda munosib oʻrin egallagan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti milliy reytingda ham muntazam ravishda ravishda yuqori oʻrinlarni egallab kelgan: 2017-yil 3-oʻrin, 2018-, 2019-yillarda 2-oʻrin, 2020-, 2021-yillarda esa 1-oʻrin.

Oʻzbekiston milliy universiteti ham inspeksiya tomonidan eʼlon qilingan reytingda milliy reytingda 2017-, 2018-, 2019-yillarda 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2020- va 2021-yillarda 2-oʻrinni band etgan.

Fursati kelganda aytib oʻtish joizki, inspeksiya tomonidan har yili OTMlar reytingi eʼlon qilinganda baholash metodikasi va jarayonning xolisligi boʻyicha turli xil eʼtirozli fikrlar ham uchrab turgan.

Biroq vaqt oʻtib milliy reytingda yetakchilik uchun talashib kelgan oliygohlarimiz Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba TOP-1000 talik roʻyxatdan oʻrin olgani bu farazlarning barchasi asosiz ekanligi koʻrsatib berdi.

Ushbu ikki universitet jamoasini koʻp yillik mehnatlarining amaliy natijasi xalqaro miqyosida tan olingani bilan samimiy tabriklaymiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Tezkor
⚡️Rasman: Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ONLAYN TEST e'lon qilindi!

🏆 YUTUQ: 1.000.000 so'm!

❗️Barcha abituriyentlar QATNASHISHI SHART!

📆 Ertaga Payshanba, 6-iyun kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti homiyligida, Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!

📆 Test vaqti: 09:00 dan 23:59 gacha
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉 Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

🎓 Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Rus tili
👉 Nemis tili
👉 Fransuz tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Biologiya + Ona tili va adabiyoti
👉 Chet tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Fizika + Chet tili
👉 Fizika + Matematika
👉 Fransuz tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Geografiya + Matematika
👉 Huquqshunoslik + Chet tili
👉 Ingliz tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Ingliz tili
👉 Kimyo + Matematika
👉 Matematika + Chet tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Matematika + Geografiya
👉 Matematika + Ona tili va adabiyoti
👉 Nemis tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Ona tili va adabiyoti + Chet tili
👉 Ona tili va adabiyoti + Matematika
👉 Tarix + Chet tili
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Matematika
👉 Tarix + Ona tili va adabiyoti
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti - 2024/2025 o'quv yili uchun qabulni boshladi.

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#XUSHXABAR
#xalqaro_reyting

Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi

Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi.

Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.

Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel