uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

❗️Joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Профессиональный стандарт в деятельности учителя общеобразовательной школы

Руководство для учителей и методистов

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Профессиональные стандарты школьных учителей (на русском языке)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

3. M.X.Toxtaxodjayeva pedagogik mahorat darslik 2010-yil

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Pedagogik mahorat" darslik A.Xoliqov 2011-yil

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#taqvim_mavzu_reja
#2023-2024

Matematika fani taqvim-mavzu rejalari (4-chorak):
📘1-sinf
📘
2-sinf
📘
3-sinf
📘
4-sinf

Календарно-тематическое планирование по математике (рус) (4 четверть):
📘1 класс
📘
2 класс
📘
3 класс
📘
4 класс

Tabiiy fanlar bo‘yicha taqvim-mavzu rejalari (4-chorak)

📘1-sinf
📘
2-sinf
📘
3-sinf
📘
4-sinf

Календарно-тематическое планирование по естествознанию (4 четверть):

📘
1 класс
📘
2 класс
📘
3 класс
📘
4 класс

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#taqvim_mavzu_reja
#2023-2024

O‘qish savodxonligi fani taqvim-mavzu rejalari (4-chorak):
📘1-sinf
📘2-sinf
📘3-sinf
📘4-sinf

Читательская грамотность календарно-тематическое планирование (4 четверть):
📘1 класс
📘2 класс
📘3 класс
📘4 класс

Русский язык календарно-тематическое планирование (4 четверть):
📘1 класс
📘2 класс
📘3 класс
📘4 класс

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qadrli yurtdoshlar, Aziz yoshlar!

Sino tibbiyot texnikumi jamoasi nomidan sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayyomi “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Navro‘z-xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram.

Ushbu kunda, sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin! Oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin.

Xurmat bilan yuridik fanlar doktori
Axtam Yakubov

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

📣 Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

🖥 Unga ko‘ra 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

📋 Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumot joylashtirildi.

📆 Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun 25-mart kunidan barcha hududlarda oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.

✅ Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

📝 Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

▶️ Seminarlarda ishtirok etgan nomzodlar yakuniy nazorat sinovidan o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishganlar keyingi bosqich (suhbat)ga tavsiya etiladi.

Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🟥🟥🟥🟥🟥🟥
BARCHA TURAR JOY IZLAB YURGAN TALABALAR DIQQATIGA

STARS International University Toshkentda o‘zining PREMIUM CLASS Talabalar Turar Joyini (TTJ) barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarga taklif qiladi

🥰TTJ da quyidagi qulayliklar mavjud:

🔷Ma'naviyat va ma'rifat xonasi
🖥Kompyuter xonasi
📚Kutubxona
☕️Book cafe
🏖Dam olish hududi + PlayStation 5
📺 Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000dan ortiq filmlar (quloqchinlari bilan)
📶500 mb/s tezlikdagi bepul WI-FI
🗄Shaxsiy javonlar - 2 tadan
💳Shaxsiy elektron kalit - 2 tadan
🚾Zamonaviy hojatxonalar
🛁Zamonaviy alohida yuvinish xonalari
💦24/7 issiq va sovuq suv
❄️Muzlatgichlar
🔥Mikroto'lqinli pechlar
🧺Kir yuvish mashinalari
⚡️24/7 to‘xtovsiz elektr energiyasi (shaxsiy generator)

🧺Bundan tashqari, talabalarning kiyimlari va choyshablari TTJ xodimlari tomonidan BEPUL yuviladi va dazmol qilib beriladi!

🏅Har SHANBA va YAKSHANBA kunlari professional trenerlar bilan:

🏊Suzish⚽️Futbol🏋️‍♂️Fitness🥋Dzyudo🤼‍♂️Kurash🥊Boks 🏀Basketbol🏐Voleybol va boshqa sport turlari bilan bepul shug'ullanishingiz mumkin💪🏻

🥰TTJ📍Toshkent shahrida eng qulay lokatsiyada ya'ni, Buyuk Ipak Yo'li metrosining 🚇 chorrahasidan 250metr masofada joylashgan! 🛣

🏢Boshqa davlat, nodavlat va xorijiy OTM-larida tahsil oluvchi talabalar uchun 1 oylik Talabalar Turar Joy to’lovi:
Kunduzgi / Kechki/ Sirtqi : 1 mln 500 ming so‘m
Agarda siz to'lov qilish kunidan 3 kun avval to'lov qilsangiz 100 000 so'm chegirma ham bor

Bu to’lovlar yuqorida sanab o’tilgan barcha qulayliklarni o’z ichiga oladi👆🏻

🏃Shoshiling
🛏Joylar soni cheklangan❗️

📨 Ro’yxatdan o’tish uchun havola

📍 Manzil

📞 Qo‘shimcha savollar uchun
+998932222449
+998946342338

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

MMTV xatiga asosan 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishi bo‘yicha joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichi 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Эълон
#Вазир_жамғармаси

Diqqat, e’lon!


⚡️ Vazir jamg‘armasiga da’vogarlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

🔴 Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.


👉Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

❗️Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

✅ Test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar ikkinchi bosqichda ishtirok (kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat) etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Tarix fani oʻqituvchilari uchun pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlari boshlandi

Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok etishlari mumkin.

Diagnostik testda haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

❗️Diqqat bugun faqat tarix fani o‘qituvchilariga foydalanish tavsiya qilinadi.

📌 Boshqa fanlar ham o‘zlari uchun belgilangan kunda kirishsa, telegram botlar sekinlashmasligiga yordam beradi.

Diagnostik testi ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Malaka sinovlariga tayyorlanish uchun onlayn repetitsiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning mart-may oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

❗️Bunda pedagoglar test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishishadi.

🖥 Onlayn repetitsiya oʻtkazilishi vaqti va maxsus platforma havolasi tez kunlarda eʼlon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻqituvchisi faoliyatida kasb standartini qoʻllash

Oʻqituvchi va uslubchilar uchun qoʻllanma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 26-27-mart kunlari Pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qoʻllab-quvvatlash uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Marafonning 1-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 STEM yondashuvi va sinf uchun ta’lim amaliyotlari (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilek Erduran Avcı va Fikret Korur, Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti doktor, professorlari

👉 Matematika ta’limida kasbga yo‘naltirib o‘qitish ahamiyati (10:40)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Akmalov Abbos Akramovich, Nizomiy nomidagi TDPU, "Matematika va uni o‘qitish metodikasi" kafedrasi mudiri, p.f.n. dotsent

👉 O‘quvchilarning matematik savodxonligini oshirishda tanqidiy fikrlashga o‘rgatish (PISA misolida) (11:20)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Tojiyev G‘ayrat Nematovich, Navoiy viloyat Pedagoglarni yangi metodikalalarga o‘rgatish milliy markazi matematika fani katta o‘qituvchisi

👉 Intizom va erkinlik orasidagi muvozanat: tarbiyasi og‘irmi yoki tarbiyalash og‘irmi? (10:40)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Sadikov Hamro Madrimovich, "Evristika" onlayn kursi asoschisi

👉 Ta’lim jarayonida tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish usullari (11:20)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Baymuratova Muqaddas Xamdamovna, Toshkent shahri, Sergeli tumani, 7-maktab fizika fani o‘qituvchisi

👉 Ona tili darslarida 4K ko‘nikmalarini shakllantirish (10:40)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dushayeva Nazokat Sharofiddinovna, Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi

👉 O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish (11:20)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Daniyarova Sarvinoz Shuxratovna, Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazidagi metodik xizmat bo‘limi o‘zbek tili metodisti

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktab oʻqituvchilarning kasb standartlari (oʻzbek tilida)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Pedagogik mahorat" o‘quv qo‘llanma A.Xoliqov 2010-yil (кирилда)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔹 Bugun, 25-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

🔹 Konferensiyada taʼlim mazmunini belgilash, taʼlim jarayonini tashkil etish, metodik taʼminotni mustahkamlash, oʻquvchilarni baholash va taʼlim muassasalarida inklyuzivlikni taʼminlashga qaratilgan turli muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

🔹 Tadbirda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/88582937919

ID: 885 8293 7919
Kod: 356752

🌐 Ushbu konferensiyani markazning Facebookdagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatib borishingiz mumkin: https://www.facebook.com/trmuz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Joriy yilning 25-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

— — — — —

25 марта текущего года по инициативе Республиканского научно-методического центра развития образования будет проведена международная научно-практическая конференция на тему «Тенденции внедрения непрерывного образования, ориентированного на результат».

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Savol: Onlayn repetitsiyalarda kimlar ishtirok etishlari mumkin?

Javob: 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida navbatdagi-majburiy va navbatdan-tashqari turlari boʻyicha ishtirok etish uchun murojaat yuborgan va murojaatlari qabul qilingan pedagog kadrlar ishtirok etishlari mumkin.

Toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olish uchun murojaat yuborgan, shuningdek navbatdagi-majburiy va navbatdan-tashqari turlari boʻyicha ishtirok etish uchun murojaat yuborgan, lekin murojaatlari rad etilgan yoki koʻrib chiqilayotgan pedagoglar onlayn-repetitsiyalarda ishtirok eta olmaydilar.

Onlayn-repetitsiyalarga kirish havolasi: https://test.uzedu.uz/

Telegram botlar orqali o'tkazilayotgan diagnostik testlarida barcha pedagoglar ishtirok etishi mumkin:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Vaziri jamgʻarmasidan ustama olishga saralashning 1-bosqich natijalaridan norozi boʻlganlar 23-martga qadar “Apellyatsiya” berishlari mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilinganligidan xabaringiz bor.

☝️ Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result

🖥 Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:

➖nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
➖nomzodning shaxsiy telefon raqami;
➖soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


🔹Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.

❗️Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.

🖥 Yuborilgan shikoyatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijasi nomzodning o‘z shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi

❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.

👉 IV oʻquv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Savol: Pedagogik mahoratdan test topshirish tilini oʻzim tanlashim mumkin ekan. Bu attestatsiya kuni tanlanadimi yoki oldindanmi?

Javob: Buni test kuni ham tanlash mumkin albatta. Sizga birinchi bosqichdagi kasbiy standartlar va ikkinchi bosqichdagi pedagogik mahoratni aniqlash boʻyicha beriladigan savollarga qaysi tilda javob berish qulay boʻlsa, oʻsha tilni tanlashingiz mumkin (oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

❓Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

➖maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

➖Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent amaliy fanlar universiteti — ta’lim va tajriba uyg‘unlashgan makon

Universitetda darslar zamonaviy o‘qitish usullari va xorij tajribasi asosida malakali mutaxassislar tomonidan o‘tiladi. Har bir yo‘nalish uchun alohida binolarda tahsil olish mumkin. Bu binolar aynan o‘sha yo‘nalishga mo‘ljallab jihozlangan va jahon standartlari talablari asosida beriladigan ta’limning zamonaviy ko‘rinishi yaratilgan.

Universitet haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling:

Telegram | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻqituvchi attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.

✅ Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.

Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi.

❗️Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bugun tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 15-mart kuni soat 20:00 dan boshlab tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi. Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Boshqa fanlar boʻyicha boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalida eʼlon qilib boriladi.

Taʼkidlash joizki, diagnostik testlar telegram bot orqali oʻtkazilayotgan boʻlsa, onlayn repetitsiyalar maxsus platformada tashkil etiladi va uning muddatlari haqida vazirlik tomonidan qoʻshimcha eʼlon beriladi.

❗️Diqqat bugun faqat tarix fani o‘qituvchilariga foydalanish tavsiya qilinadi.

📌 Boshqa fanlar ham o‘zlari uchun belgilangan kunda kirishsa, telegram botlar sekinlashmasligiga yordam beradi.

Diagnostik testda ishtirok etish uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️PISA topshiriqlari ham attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun roʻyxatga kiritilgan

Joriy yilda pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxati eʼlon qilingan edi.

Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan ushbu roʻyxatda matematika, geografiya, fizika ,ona tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari boʻyicha attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxatiga 2022-yilda oʻtkazilgan PISA tadqiqotlarida foydalanilgan va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) saytida ochiq eʼlon qilingan topshiriqlar ham kiritilgan.

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda PISA 2022 tadqiqotida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan ushbu topshiriqlar boʻyicha videodarslar tayyorlab eʼlon qilib kelmoqda:

🔺Uchburchakli andoza

🌳O'rmon hududi

🚚 Yuk mashinasi

🏀🔟 Ochkolar

Yuqoridagi fanlar boʻyicha attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrayotgan pedagoglar ushbu topshiriqlarni bajarib koʻrishlari hamda videodarsni koʻrib uni qay darajada toʻgʻri bajarganingizni tekshirib koʻrishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel