Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Malaka toifam ikkinchi. Bu yil sertifikatimning amal qilish muddati tugadi. Attestatsiya bo‘lmaganligi sababli toifaga topshira olmadim. Menga sertifikatim bo'yicha oylik ustama to'lashda davom etiladimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash hamda Moliya-iqtisod departamentlari va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-79-son Farmoning 3-bandiga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi (attestatsiya o‘tkazilmaydi);
2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.
❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizga yangi tartib joriy etilgunga qadar mavjud sertifikatingiz bo‘yicha ustama to‘lashda davom etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Maktab bor joyda madaniyat bo‘ladi," – Prezident Qarshi tumanidagi maktabda bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktabni rejalashtirilmagan holda borib ko‘rdi.
Davlatimiz rahbari sinfxonalarni kirib ko‘rdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi.
Ayni kunlarda yurtimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ko‘chat ekish avjida. Prezidentimiz maktab misolida shu boradagi ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Mutasaddilarga ijtimoiy muassasalarni issiqlik bilan ta’minlash, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
💬 "Maktab bor joyda madaniyat bo‘ladi. Pedagoglar boshqalarga har jihatdan o‘rnak. Maktab atrofi obod bo‘lib, mavsumiy gullar yashnab tursa, yoshlarga ham tarbiya, ham da’vat bo‘ladi," – dedi davlatimiz rahbari.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktab psixologiga kasbiy qayta tayyorlash kurslari e’lon qilindi
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti umumta’lim maktablari psixologi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qildi.
Oliy pedagogik ma’lumot(bakalavr yoki magistr)ga ega mutaxassislar umumta’lim maktabi psixologi lavozimida ishlash uchun qayta tayyorlovdan o'tishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy
Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish to‘g‘risida"gi 238-sonli buyrug‘i
🗂 Kasbga yo‘naltirish va ikkinchi xorijiy til o'quv dasturlari, taqvim rejalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Вода для жизни, вода для продовольствия" учебная тетрадь
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bugungi “Sinf soati” darslari “Butunjahon oziq-ovqat kuni”ga bagʻishlab oʻtilishi kerak
Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalarga 2023-yil 16-oktyabrdagi yuqoridagi xati yuborilgan.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida “Suv hayot uchun, suv oziq-ovqat uchun” mavzusida oʻquv qoʻllanma ishlab chiqilgan.
➡️ Yuqoridagilardan kelib chiqib, 16-oktyabr “Butunjahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan joriy yilning 20-oktyabr kuni “Sinf soati” doirasida ushbu qoʻllanmadagi mavzularni oʻquvchilarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish soʻralgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi
Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
◀️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
◀️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
◀️Namangan muhandislik-texnologiya instituti
◀️Buxoro davlat tibbiyot instituti
◀️ Farg‘ona politexnika instituti
◀️ Namangan muhandislik-qurilish instituti
◀️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
◀️Toshkent tibbiyot akademiyasi
◀️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
◀️ Toshkent moliya instituti
Eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
♦️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
♦️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
♦️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
♦️ Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
♦️Andijon davlat chet tillari instituti*
*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Texnika, texnologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalari oliy ta’lim muassasalari reytingi
Yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
✔️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
✔️Namangan muhandislik-texnologiya instituti
✔️Farg‘ona politexnika instituti
✔️Namangan muhandislik-qurilish instituti
✔️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
☑️Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
☑️Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
☑️Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
☑️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
☑️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Tibbiyot sohasi oliy ta’lim muassasalari reytingi
🔸Buxoro davlat tibbiyot instituti
🔸Toshkent tibbiyot akademiyasi
🔸Toshkent davlat stomatologiya instituti
🔹Toshkent farmatsevtika instituti
🔹Samarqand davlat tibbiyot universiteti
🔹Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
♦️Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
♦️Andijon davlat tibbiyot instituti
♦️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Oliy taʼlim muassasalari filiallari reytingi
Yetakchi oʻrinlarda:
🟩Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
🟩 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali
🟩 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
🟩 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
🟩 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali
Soʻnggi oʻrinlarda:
🔴Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali
🔴Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
🔴Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali*
🔴Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali*
🔴O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali*
*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.
Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19–23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Umumtaʼlim maktablarning yuqori sinflari uchun 4 ta yoʻnalishda tanlov fanlari belgilandi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 192-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinflarida (joriy oʻquv yilida 10-sinflarda) 4 ta yoʻnalish (matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili) boʻyicha tanlov fanlari belgilab berildi hamda tajriba-sinovdan oʻtkazish tartibi, oʻquv rejalari, tushuntirish xati, tajriba-sinovdan oʻtkaziladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.
2023-2024-oʻquv yilida respublika boʻyicha 135 ta umumtaʼlim maktablari tanlab olinib, ushbu maktablarda jami 137 ta sinflarda 4 050 nafar oʻquvchilar Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining tajribalaridan kelib chiqib ishlangan oʻquv dasturlar asosida tahsil olmoqda.
Xususan, matematika-fizika yoʻnalishida 16 ta, ona tili-chet tili yoʻnalishida 51 ta, kimyo-biologiya yoʻnalishida 40 ta, matematika-chet tili yoʻnalishda 30 ta sinflarda oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olmoqda.
Tanlov fanlari asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilimi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoʻlga qoʻyilgan yangi formativ va summativ baholash tizimi asosida baholanadi.
Kelgusi oʻquv yillardan boshlab, oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga qarab yangi yoʻnalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ta’lim tizimi rahbar kadrlari Davlat boshqaruvi akademiyasida grant asosida malaka oshiradi
Vazirlar Mahkamasining tegishli (13.10.2023-yildagi 537-son) qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, akademiya tomonidan tegishli vazirliklar bilan birgalikda 2023-yil oktyabr – 2024-yil iyun oylarida boshqaruv kadrlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Xususan, mazkur qaror bilan:
1️⃣ Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarma va bo‘lim boshliqlari;
👉 hududiy bo‘linmalar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari;
2️⃣ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining boshqarma va bo‘lim boshliqlari;
👉 hududiy bo‘linmalar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari;
👉 tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari
grant asosida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi belgilandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Milliy_reyting
“InnoWeek.Uz-2023” doirasida oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning milliy reytingi eʼlon qilinadi
16-oktabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy va professional taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha tuzilgan milliy reyting natijalari muhokama qilindi. Milliy reyting natijalari taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlar asosida ishlab chiqilgan.
Yigʻilishda milliy reyting natijalarini munosib shaklda eʼlon qilish, yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan taʼlim va ilmiy muassasalarini ragʻbatlantirish, past natija koʻrsatgan taʼlim muassasalarini kelgusida rivojlantirish boʻyicha masʼullarga tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Milliy reyting natijalarini “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida eʼlon qilish belgilandi.
Eslatib oʻtamiz oʻtgan yili eʼlon qilingan reytingda quyidagi OTMlar eng yuqori natija qayd etgan:
🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti;
🔹 Toshkent moliya instituti;
🔹 Samarqand davlat universiteti;
🔹 Navoiy davlat konchilik instituti;
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_22
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi audiobayonotimizda:
➖ 00:09 Men ingliz tili o‘qituvchisiman. Shu yilning may oyida Aptis for teachers sertifikatini olganman. Maktabimiz rahbari 2023-yil sentabr oyidan boshlab ushbu sertifikat uchun ustama to‘lanmasligini aytmoqda. Shu to‘g‘rimi?
➖ 01:39 Hozirda oliy o‘quv yurtining 4-kurs talabasiman, shuningdek maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Savolim, ushbu fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritsam, ustama to‘lanadimi?
➖ 02:26 Magistr darajasidagi yangi ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilar ham kasbiy sertifikat olgunga qadar stajyor-tadqiqotchi bo‘lib ishlaydimi? Ularning oylik maoshi qanday belgilanadi?
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi
2023-yilning 27-noyabr kuni “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quv loyiha ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
👉 Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida STEAM yondashuvi asosida loyiha ishlarini tashil etish;
👉 Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy metodlardan samarali foydanish yo‘llari;
👉 Aniq fanlarni o‘qitishda loyiha ishlarining o‘rni.
📚 Konferensiyada ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar hamda bakalavr bosqichidagi talabalar ishtirok etishi mumkin.
💳 Konferensiyada ishtirok etish bepul. Taqdim etilgan materiallar uchun hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi.
📤 Maqolalar tabiiy fanlar yo‘nalishida hojiyevamayram@gmail.com va Aniq fanlar yo‘nalishida arabic9077@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi zarur.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o'tkaziladigan sanalar e'lon qilindi
Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi joriy yilning 4-10-noyabr kunlari oʻtkaziladi.
Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:
➖ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;
➖akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha oʻquvchilar;
➖oʻtgan oʻquv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-oʻrinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻtgan oʻquv yilida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fani boʻyicha ishtirok etadi.
Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-oʻrinlar) gʻoliblar aniqlanadi.
Ishtirokchilarning olimpiadalar boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini taʼminlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab ta`limi boʻlimi mudirlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar:
1-oʻrin uchun — 1 mln 980 ming soʻm;
2-oʻrin uchun — 1 mln 320 ming soʻm;
3-oʻrin uchun — 990 ming soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi yozma ish topshiriqlari:
💡Fizika 9-sinf, 10-sinf
🧮 Matematika 9-sinf, 10-sinf
🧪 Kimyo 9-sinf, 10-sinf
🍀Biologiya 9-sinf, 10-sinf
🖥 Informatika 9-sinf,
Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi test topshiriqlari:
💡Fizika 9-sinf, 10-sinf,
🧮 Matematika 9-sinf, 10-sinf
🧪 Kimyo 9-sinf, 10-sinf
🍀Biologiya 9-sinf, 10-sinf,
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Buxoro shahrida yangi innovatsion tibbiyot texnikumi tashkil etildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Buxoro shahridagi "Med invest" innovatsion tibbiyot texnikumiga №148887 raqamli litsenziya taqdim etildi.
Ushbu tibbiyot texnikumi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi:
🔹 4.71.03.01 – Hamshiralik ishi (Patronaj hamshirasi);
🔹 5.71.03.01 – Hamshiralik ishi (Umumiy amaliyot hamshirasi).
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ikkita xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish jarayonini samarali tashkil etish to‘g‘risida"gi 283-sonli buyrug‘i
Ushbu buyruq bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
🔹 o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish jarayonini tashkil etish bo‘yicha muvaqqat tartib;
🔹 o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish ishlarini tashkil etish bo‘yicha muvaqqat tartib;
🔹 o‘quvchilarning bandligini ta’minlash yuzasidan tuziladigan uch tomonlama shartnoma namunasi;
🔹 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunar xonalarini jihozlashga qo‘yiladigan talablar tasdiqlangan.
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Suv hayot uchun, Suv oziq-ovqat uchun" o'quv daftari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
➖ Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi
➖ Oliy taʼlim muassasalari filiallari reytingi
➖ Ijtimoiy-gumanitar sohalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining reytingi
➖ Tibbiyot sohasi oliy ta’lim muassasalari reytingi
➖ San’at-madaniyat sohalari oliy ta’lim muassasalari reytingi
➖ Texnika, texnologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalari oliy ta’lim muassasalari reytingi
➖ Akademik litseylar reytingi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Akademik litseylar reytingi
Yuqori natija qayd etgan akademik litseylar:
🟢“TIQXMMI MTU International House Tashkent akademik litseyi
🟢Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi
🟢Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi
🟢Toshkent moliya instituti akademik litseyi
🟢Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyi
Quyi natija qayd etgan akademik litseylar:
🟠Qarshi davlat universiteti akademik litseyi
🟠Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi
🟠Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi
🟠Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akademik litseyi
🟠Termiz davlat universiteti akademik litseyi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
San’at-madaniyat sohalari oliy ta’lim muassasalari reytingi
🟢O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
🟢O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
🟣O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
🟣Milliy rassomlik va dizayn instituti
🔴Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti
🔴Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ijtimoiy-gumanitar sohalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining reytingi
Yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
🔹O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🔹Toshkent moliya instituti
🔹Buxoro davlat universiteti
Quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
🔻O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
🔻Shahrisabz davlat pedagogika instituti
🔻O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🔻Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
🔻Andijon davlat chet tillari instituti*
*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi e’lon qilindi.
Joriy yilda eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:
1️⃣ "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti
2️⃣ Xalqaro islom akademiyasi
3️⃣ Namangan muhandislik texnologiya instituti
4️⃣ Buxoro davlat tibbiyot instituti
5️⃣ Farg‘ona politexnika instituti
👉2022-yilda e`lon qilingan reyting natijalari
👉2021-yilda e`lon qilingan reyting natijalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-22-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-oktabr – 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Prezident stipendiyasi sohiblari hamda kimyo va biologiya mutaxassisligini faqat "a’lo" baholar bilan tamomlagan magistrlardan tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka (PhD) hujjat topshirishda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22-oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.
2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktablarda kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi
Oʻzbekiston maktablarida kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak oʻqishning birinchi kuni 10-noyabrga toʻgʻri keladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun etib belgilangan.
2023-yilgi oʻquv yili 1-chorak oxirgi oʻqish kuni 3-noyabrga toʻgʻri keladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori: "Boshlang'ich sinfda matematikadan hamma masalalarni bajarish majburiy emas"
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidov "Daryo" internet nashriga 1-4-sinflar uchun yaratilgan bo‘yicha bergan intervyusida boshlang'ich sinflar uchun matematika darsliklarining qiyinligiga ham izoh berdi.
💬 "Matematika darsligidagi masalalar tabaqalashtirish ko‘rinishida berilgan, yaʼni ular osonidan bosqichma-bosqich murakkablashib boradi. O‘zim ham ko‘p yillar davomida maktabda dars berganman. Tabiiyki, o‘quvchilarning bilim darajalari turlicha bo‘ladi. Oson ko‘rinishidagi masalalar ko‘p bo‘lgani uchun o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar uchun qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishimizga to‘g‘ri kelardi.
Yangi chop etilgan matematika darsligida esa o‘qituvchi o‘quvchisining bilim darajasiga qarab, misollarni taqsimlab berishi mumkin. Har bir o‘quvchi barcha masalalarni yechimini topishi shart emas. Barcha masalalarni bajarishga dars davomida ulgurish qiyin. Shuning uchun, o'quvchining qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib qo'shimcha topshiriqlarni uyga vazifa qilib berish mumkin.
Matematika darsligiga hayotiy masalalar ham kiritilgan. Ya'ni bu qo'shimcha adabiyotlardan foydalanmasdan iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashga imkoniyat yaratadi," — deydi Vohid Hamidov.
Vohid Hamidov kuni kecha e'lon qilingan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi darslik” tanlovida g‘oliblar qatoridan o'rin olgan edi. (Fizika fani bo'yicha)
Daryo.uz shuningdek, yangi darsliklar bo'yicha o'qituvchilar, ota-onalar va mutaxassislarining fikrlarini e'lon qilgan: http://dy.uz/FtMgh
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali