O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
📢📢📢📢📢
🔈BITIRUVCHILAR, SEN UCHUN 2025-YILNING ENG QUVONCHLI KUNI! 💥
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti esda qolarli bayram dasturi tayyorlamoqda❗️
📅2025-yil 14-iyun
🎤🎤🎤🎤
33 yillik ulug‘vor bayram sening uchun!
📌Universitetning zalida
🔥 NIMA KUTADI?
🎥Tantanali diplom topshirish.
💦To‘la-to‘kis xotirali konsert va hayajonli lahzalar!
⚡️33 yillik muvaffaqiyatlarni o‘z ko‘zing bilan his et!
🟦🟦🟦 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimligi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Uchtepa tuman bo‘linmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
❔Har bir tafsilotni universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridan bilib olish mumkin.
⚠️Hozirdan tayyorlanishni boshla!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
12-may kuni OʻzDJTUda Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi boʻyicha Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi
Dastur offline va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Unda Raupova Muhayyo Nasirovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimada transformatsiya hodisasi: lingvokulturologik tadqiq” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
🎓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi❗️
🗓 Ariza topshirish muddati: 28-maygacha
📍 Manzil: Talaba tahsil olayotgan fakultet dekanati✔️
📞Qo'shimcha ma’lumot: +998931502000
🔻Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – ilmga sadoqatli yoshlar uchun eng nufuzli stipendiyalar sizni kutmoqda❗️
🔹 Nizom va to’liq ma’lumot bilan tanishish uchun. Ustiga bosin
2️⃣2️⃣2️⃣
12-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda universitetimizning 33-yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Dastur Toshkent shahar Mudofaa orkestri tomonidan harbiy vatanparlik ruhidagi musiqiy chiqish bilan boshlandi.
Soʻng Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov urush maydonlarida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan insonlar hamda umrini Vatan, xalq va ilm yo‘lida baxshida etgan fidoyi ustoz va olimlarimiz haqida nutq soʻzlab, tadbirni rasmiy ochib berdi.
Shuningdek, dasturdan tadbirkor, investor, biznes murabbiy Damir Rahmonov, A.Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri solistlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Umid Isroilov, Aminzoda Jumaniyozov, opera xonandasi Birdona Aybekovna, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Xotamjon Yuldashev chiqishlari oʻrin oldi.
📺📺
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan birgalikda badantarbiya mashg‘ulotlarida ishtirok etgani O‘zbekiston telekanalining “Assalom O‘zbekiston” dasturi orqali yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Faxriy ustoz – e’tibor va ehtirom markazida
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan munosabati bilan 9-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov farzandlari bilan birga universitetda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriy ustoz, 90 yoshni qarshilagan Nina Aliksiyevna xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida prorektor faxriy ustozning holidan xabar oldi, u bilan samimiy suhbatlashdi hamda ta’lim sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnatini chuqur e’tirof etdi. Prorektorning farzandlari ham tashrifda ishtirok etib, o‘zbek xalqiga xos mehr-oqibat va ehtirom an’analarini namoyon etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘mon Sultonligida o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 8-may sanasida O‘mon Sultonligidagi Sultan Qobus instituti huzurida malaka oshirayotgan o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar hamda grant asosida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Madaniyatlar kechasi” tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari, qadimiy urf-odatlarga xos sahna ko‘rinishlari hamda xalqimizning boy madaniy merosi namoyish etildi.
Ushbu kechada O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan yuborilgan grant asosidagi arab tili kurslarida tahsil olayotgan 5 nafar talaba hamda Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Tojiyeva Zamira faol ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔆 Universitetimizning 33 yilligi munosabati bilan “Talabalar turar joyi malikasi-2025” tanlovi o’tkazildi
🔹 Ushbu tanlov joriy yilning 7-may kuni Yoshlar ittifoqi universitet kengashi tashabbusi bilan talabalar turar joyi pedagoglari hamkorligida bo’lib o’tdi.
🔸 Tanlovda talaba-qizlar 4 ta shart asosida o’z mahoratlarini namoyon etdilar.
🔵 Musobaqa davomida universitet Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi hamda Universitet psixologi tomonidan ishtirokchilarga kerakli maslahatlar berilib, ularning chiqishlari xolisona baholandi.
🔥Tanlov yakunida g’oliblar hamda faol ishtirokchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
🌐 Bizning ijtimoiy tarmoqlar👇
📱 Telegram | 📱 Instagram
#33yillik
#ttj_malikasi
#yoshlar_ittifoqi
📸 📺📺
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ustoz va xodimlari uchun Xorazm viloyatiga tashkillashtirilgan sayohatning birinchi kunidan fotoreportaj.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
#Xotira_va_qadrlash_kuni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Tarjimonlik fakultetining faxriy ustozining holidan xabar oldi
2025-yil 9-may kuni – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov uzoq yillar davomida universitetda fidokorona xizmat qilgan, Tarjimonlik fakultetining faxriy o‘qituvchisi, 86 yoshli Alimova Dilorom Alievnaning holidan xabar oldi.
Tashrif chog‘ida rektor Ilxomjon Tuxtasinovga Tarjimonlik fakulteti dekani hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abdullayev Suyun Artikovich hamrohlik qildi.
Yarim asrdan ortiq umrini tarjimon kadrlar tayyorlashga bag‘ishlagan ustoz bilan iliq va samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Faxriy ustozning universitet rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi yuksak e’tirof etilib, chuqur hurmat va minnatdorlik izhor qilindi.
Tashrif davomida Dilorom Alievnaning salomatligi, turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishildi, universitet jamoasi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Faxriy ustoz ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, o‘z hayot yo‘li va ilmiy-pedagogik faoliyatidan esdaliklar bilan o‘rtoqlashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🏆🏆🏆
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti sportchi talabalari “Talabalar festivali” doirasidagi tadbirda ishtirok etdi
Ma’lumki, bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining sportchi talabalari onlayn shaklda ishtirok etdi. Shuningdek, universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev hamda sport murabbiylari tadbirda bevosita qatnashdilar.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va yoshlar salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Kengash yig‘ilishining ikkinchi qismida ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilar tantanali tarzda taqdirlandi
8-may kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 9-son yig‘ilishining ikkinchi qismida universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lidagi yutuqlari e’tirof etildi.
Tadbir davomida quyidagi ustozlar ilmiy darajaga ega bo‘lganliklari bilan tabriklanib, ularga esdalik sovg‘alari – zamonaviy noutbuklar topshirildi:
✅ Tuxtaeva Nilufar Achilovna – Ingliz tili I-fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlar №1” kafedrasi o‘qituvchisi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomini qo‘lga kiritgan.
✅ Hammam Ali Hashem Esma’el – Tarjimonlik fakulteti “Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD diplomini olgan.
✅ Alimardonova Malika Botir qizi – Ingliz tili I-fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1” kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.
Shuningdek, quyidagi pedagoglar ilmiy unvon olganliklari bilan tabriklandi:
✅ Juraeva Nilufardalibayevna – Tarjimonlik fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, professor v.b., PROFESSOR ilmiy unvoni diplomini oldi.
✅ Osipova Agata Viktorovna – Rus filologiyasi fakulteti “Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti v.b., DOTSENT ilmiy unvoni diplomini qo‘lga kiritdi.
Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik, ta’lim va ilmiy sohadagi yutuqlariga munosib hissa qo‘shgan bir qator professor-o‘qituvchilarga hamkor tashkilotlar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
✅ Bakiyeva Gulandom Xisamovna – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti “Lotin tili va tibbiy terminologiya asoslari” fanini rivojlantirish, ijobiy imijini shakllantirish va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun ushbu institutning “Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi.
✅ Ahmad al-Zubaidi – O‘zDJTU professor-o‘qituvchisi, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi, Abul Qosim Sadulloh Jazoir 2-universiteti hamda Elshahid Hamma Laxdar nomidagi El-Oued universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
✅ Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich – filologiya fanlari doktori, “Rus tili va o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti tomonidan O‘zDJTU va Qozog‘iston Milliy universiteti o‘rtasidagi samarali hamkorlikka qo‘shgan hissasi, filologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi faoliyati uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔷🔷🔷🔷
Jahon adabiyoti kafedrasida doktorantlar uchun ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi
8-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan kafedra doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni kafedra mudiri, professor G.I. Xalliyeva ochib berib, ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligi va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish muhimligini alohida ta’kidladi.
Tadbirda kafedraning o‘rindosh o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi Petrosyan Naira “Jahon adabiyotshunosligida avtobiografik romanning shakllanishi, rivojlanishi va tadqiqi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada u o‘z tadqiqot mavzusiga doir muhim nazariy yondashuvlar hamda tahlil qilinayotgan asarlardan parchalar asosida misollar keltirib o‘tdi.
Seminar Zoom platformasi orqali ham tashkil etilib, barcha ishtirokchilarga qulay sharoit yaratildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollar va fikrlarga ma’ruzachi tomonidan atroflicha javoblar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
2025-yilning 5-6-may kunlari Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon tillar universitetida umummilliy yetakchi Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag'ishlangan “Гейдар Алиев: идеология мультикультурализма и толерантности” nomli VIII xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xodimlar va talabalar uchun favqulodda hodisalarni oldini olish yuzasidan profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi
OʻzDJTUda 7-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Uchtepa tuman bo‘limi Profilaktika va nazorat bo‘linmasi katta inspektori A.Omonboyev, universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Urinov, Ingliz tili 1-fakulteti dekan muovini N.Lapasov, tyutor N.Islomova hamda 70 nafar talaba va ishchi xodimlar ishtirokida xodimlar va talabalarni Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, yong‘inlar, yoz mavsumida taqiqlangan suv havzalarida cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
📢📢📢📢📢
🏆“TOSHKENT SHAHAR HOKIMI KUBOGI”
“Jump rope” (Arg‘imchoqda sakrash) bo‘yicha musobaqa!
📅 Sana: 2025-yil 16–17-may
📍Joy: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida
⏱ Boshlanish: 16-may, soat 10:00
🔥Kimlar ishtirok etadi?
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari! Yakkalik va guruhli musobaqalarda o‘z kuchingizni sinab ko‘ring!
🏅Toifalar:
😄Yoshliklar (30 soniyada sakrash)
😄Yoshlar (30 soniyada sakrash)
😄Jamoviy (guruhli musobaqa)
📞Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
X. Zikriyayev: +998 94 287 69 99
R. Uralov: +998 77 449 94 15
📧Qo‘shimcha ma’lumot: Khayrullaev80@internet.ru
⌛ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-may 12:00gacha!
Talabalar, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
O‘zingizni sinang, g‘olib bo‘ling!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Diqqat qiling!
🔻Hujjat yigʻish tartibi haqida video qo’llanma!
📺📺
12-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda universitetimizning 33-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirdan fotolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 13-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Xolboboyeva Aziza Sherboboyevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va o‘zbek tillaridagi reklama diskursining antropotsentrik mohiyati” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
12-may kuni O‘zDJTU Axborot resurs markazida tayanch doktorantlar uchun ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Dastur davomida kompaniya menejeri Feruza Shodmonova EBSCO axborot tizimlari haqida taqdimot qildi.
Ushbu tizim dunyo bo‘ylab 98 000 nashriyot tashkiloti bilan hamkorlik qiladi va akademik, korporativ hamda davlat sektorlaridagi tadqiqotlar uchun foydali resurslarni taqdim etadi.
O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar Ozarbayjonda targ‘ibot ishlarini olib borishdi.
2025-yil 7–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – D.U. Jo‘rayev, N.J. Isakulova, M. Jumaniyozova hamda A. Shamshetova Ozarbayjon Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirib, xorijiy abituriyentlarni jalb etish maqsadida qator uchrashuv va targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Xususan, delegatsiya a’zolari Boku shahridagi 16- hamda 200-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurib, O‘zDJTU faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berishdi.
Shuningdek, Ozarbayjon tillar universitetida professor-o‘qituvchilar tomonidan sayyor shakldagi ma’ruzalar tashkil etilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
“Ufq” spektakli – Xotira va qadrlash kuniga munosib hurmat ifodasi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Avlakulov Yashnarbek Ibragimovich tashabbusi bilan Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalaridan bir guruhi O‘zbekiston davlat drama teatrida buyuk adib Said Ahmad romani asosida sahnalashtirilgan “Ufq” spektakli premyerasini tomosha qilishdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortidagi o‘zbek xalqining o‘y-kechinmalari, qalb iztiroblari va fojeali qismatlarini yoritib bergan mazkur sahna asari talabalar qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Adibning chuqur badiiy mushohadalari asosida sahnalashtirilgan spektakl tomoshabinlarni o‘z tarixiga, o‘zligini anglashga, o‘tmishni unutmaslikka da’vat etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻📺📺
OʻzDJTU Kasaba uyushmasi tomonidan Xorazm viloyatiga uyushtirilgan madaniy-ma’rifiy sayohatning birinchi kunidan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ustoz va xodimlari uchun Xorazm viloyatiga madaniy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi
Dasturga muvofiq, mehmonlar eng avvalo qadimiy Xiva shahriga yo‘l olishdi. YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Ichan qal’a majmuasida tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishishdi. Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy madaniy merosi, me’moriy yodgorliklari va milliy an’analarini bevosita bilish va o'rganish imkoniga ega bo‘ldilar.
Kun yakunida ishtirokchilar uchun an’anaviy milliy taomlardan iborat oqshom dasturxoni tashkil etildi.
Sayohat universitet jamoasi o‘rtasidagi birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamladi hamda unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.
Ma'lumot o'rnida, mazkur sayohat ustozlar mehnatini e’tirof etish, ularni rag‘batlantirish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tashabbusi bilan Kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Hurmatli yurtdoshlar, aziz faxriylar!
Siz azizlarni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bu qutlug‘ sana – mardlik, jasorat, fidoyilik va sadoqat timsoli bo‘lib, bizni tariximizni unutmaslikka, mehr-oqibat, hurmat-ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga undaydi.
Bugun biz osoyishta va erkin yurtda yashayotgan bo‘lsak, bu avvalo urush maydonlarida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan insonlar hamda umrini Vatan, xalq va ilm yo‘lida baxshida etgan fidoyi ustoz va olimlarimizning beqiyos xizmatlaridandir.
Ushbu ulug‘ ayyomda universitetimiz jamoasi nomidan barcha urush va mehnat faxriylariga, fidoyi ustozlarimizga, el-yurt taraqqiyoti uchun xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, xonadonlaringizga fayzu baraka, qalbingizga nur va ko‘nglingizga quvonch tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ilxomjon TUXTASINOV,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor
🟦🟦🟦
Yosh iste’dodlar va xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining iqtidorli talabalari va ularning ilmiy rahbarlari erishgan yutuqlari munosabati bilan universitet Kengashi yig‘ilishi doirasida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
💠“Yosh kitobxon” tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi:
✅Ingliz filologiyasi fakulteti 2309-guruh talabasi Xaldurdiyeva Og‘uljeren Abajan qizi – “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida g‘olib deb topilib, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili sohibasi bo‘lganligi munosabati bilan noutbuk bilan taqdirlandi.
🔵Xalqaro olimpiada g‘oliblari:
💠Turkmanistonning Davletmammed Azadi nomidagi Turkman milliy jahon tillari instituti tomonidan tashkil etilgan ingliz tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:
✅1-o‘rin: O‘razaliyeva Kumushxon – Ingliz tili 2-fakulteti, 2202-guruh talabasi
✅2-o‘rin: Tohirova Mukhlisa – Ingliz tili 2-fakulteti, 2202-guruh talabasi
✅3-o‘rin: Erkinxonova Azizaxon – Ingliz tili 2-fakulteti, 2208-guruh talabasi
✅3-o‘rin: Ramazonova Dinora – Ingliz tili 2-fakulteti, 2208-guruh talabasi
🤔G‘oliblarning ilmiy rahbarlari – talabalarning yutuqlarida muhim o‘rin tutgan ustozlar ham alohida e’tirof etildi:
✅Abduvahobova Mahina
✅Husanova Shohsanam
✅Shakirova Madina
Ushbu ustozlar xalqaro musobaqada g‘oliblar tayyorlaganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
8-may kuni Toshkentda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Kengashining 9-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Kengash raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov va Kengash a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi:
I. Tuxtasinov tomonidan O‘zbekiston qonunlari, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari ijrosi, shuningdek, universitet rahbariyati vakillari tomonidan murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida ma’lumotlar, Aleksandr Faynberg haykaliga bag‘ishlangan ishlar haqida axborotlar, ta’lim sifati, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risida hisobotlar, talabalar turar joyida holatlar, kafedralar rivojiga oid axborotlar, izlanuvchilar faoliyati va turli masalalar ko‘rib chiqildi.
📺📺
“Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy saytida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning “Ta’lim va madaniyat-taraqqiyot asosi” nomli maqolasi e’lon qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 7-may kuni filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis an’anaviy tarzda oflayn shaklda hamda ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkazildi.
Kun tartibiga muvofiq, Israil Mukaddas Irgashevnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Sotsiolingvistik omillarning til taraqqiyotiga ta’siri (o‘zbek va rus mediamatnlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi muhokama qilindi va himoya qilindi.
Himoya jarayonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar hamda sohaga oid yetuk mutaxassislar ishtirok etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
“Mening yurtim” mavzusidagi esselar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Vatan bo‘ylab sayohat qilamiz” shiori ostida talabalarning ijodiy safarlari tashkil etildi. Ushbu safarlar natijasida esa “Mening yurtim” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi.
6-may kuni bo‘lib o‘tgan tanlovda talabalar o‘z yurtining qadimiy tarixi, madaniyati, moddiy-ma’naviy merosi va bunyodkorlik ishlariga oid taassurotlarini badiiy ifodalagan ijodiy ishlar bilan ishtirok etdilar.
💠Tanlov natijalariga ko‘ra:
✅1-o‘rin – Olimova Shahina Botirjon qizi (Ingliz tili 2-fakulteti talabasi),
✅2-o‘rin – Bozorova Nilufar Shavkat qizi (Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi),
✅3-o‘rin – Abdumannonova Marjona Xusan qizi (Ingliz tili 1-fakulteti talabasi) deb topildi.
Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori tomonidan faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt