O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT
O‘zenergosotish'ning elektr energiyasini sotib olishga bo‘lgan eksklyuziv huquqi bekor qilinadi
Farmon bilan O‘zenergosotish davlat kompaniyasining O‘zbekistonda elektr energiyasining yagona xaridori maqomi bekor qilinmoqda. Boshqa kompaniyalar litsenziyaga ega bo‘lgan taqdirda energiyaning ulgurji va chakana savdosiga qo‘yiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yerlarni-muhofaza-qilish-va-yer-uchastkalaridan-foydalanish-samaradorligi-oshiriladi
Lotin|Кирилл
Istiqbolli kadrlarni tayyorlash yangicha yondashuvlar asosida tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash va mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. “El-yurt umidi” fondini Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib, Davlat boshqaruvi akademiyasini Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/istiqbolli-kadrlarni-tayyorlash-yangicha-yondashuvlar-asosida-tashkil-etiladi
Lotin|Кирилл
Yovvoyi hayvonlar noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi
Toshkent viloyati hamda shahar hududidagi pitomniklar hamda yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash joylarida 9 turdagi 80 dan ortiq sut emizuvchi hayvonlar va parrandalar, jumladan, 4 dona Afrika sherlari ruxsatnomadan tashqari, noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yovvoyi-hayvonlar-noqonuniy-saqlanayotganligi-aniqlandi
Lotin|Кирилл
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming nafar ishchi yubordi
Bu BMT Xavfsizlik kengashining Pxenyanning yadroviy va ballistik dasturlarini moliyalashtirishni cheklash maqsadida joriy qilgan sanksiyalarini buzadi. Ushbu sanksiyalar Shimoliy Koreya fuqarolarining xorijda mehnat qilishini taqiqlaydi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/shimoliy-koreya-rossiyaga-15-ming-nafar-ishchi-yubordi
Lotin|Кирилл
Toshkent metrosida ilk bor ayollar mashinist bo‘lib ish boshladi
Ayni paytda ayol mashinistlar murabbiylar nazorati ostida ishlamoqda, ammo yaqin kelajakda ular tarkiblarni mustaqil ravishda boshqarishni boshlaydilar.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-metrosida-ilk-bor-ayollar-mashinist-bo-lib-ish-boshladi
Lotin|Кирилл
Birjada bir haftada 47 558 ta bitim tuzildi, un, bug'doy va shrotning narxi pasaydi
Birja savdolariga 50 746,0 tonna un qo‘yildi va uning 13 798,0 tonnasi, yaʼni 27,2% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 120 nafar xaridor ishtirok etdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/birjada-bir-haftada-47-558-ta-bitim-tuzildi-un-bugdoy-va-shrotning-narxi-pasaydi
Lotin|Кирилл
1972 yili Veneraga uchirilgan zond yaqin kunlarda Yerga qulaydi
Og‘irligi taxminan 500 kg va diametri 1 metr bo‘lgan modulning qulaydigan joyi noaniqligicha qolmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/1972-yili-veneraga-uchirilgan-zond-yaqin-kunlarda-yerga-qulaydi
Lotin|Кирилл
Talabalari eng ko‘p jinoyat sodir etgan Toshkendagi top-5 ta oliygoh nomi maʼlum qilindi
2024 yil davomida Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalarining 335 nafar talablari jinoyat sodir etishgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/talabalari-eng-ko-p-jinoyat-sodir-etgan-toshkendagi-top-5-ta-oliygoh-nomi-ma-lum-qilindi
Lotin|Кирилл
Sohalarda kichik tadbirkorlik subyektlari soni ortmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025 yilning 1 aprel holatiga jami 372 887 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/sohalarda-kichik-tadbirkorlik-subyektlari-soni-ortmoqda
Lotin|Кирилл
Farg'onada 597,2 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan AGTKSh aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/fargonada-597-2-mln-so-mlik-tabiiy-gazni-o-g-irlagan-agtksh-aniqlandi
Lotin|Кирилл
Samarqanddan Tel-Avivga ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri reys amalga oshirildi
Parvozlar "Airbus A330" va "Airbus A321" samolyotlarida haftasiga yakshanba kuni amalga oshiriladi; iyuldan boshlab payshanba kuni ham reys qo‘shiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqanddan-tel-avivga-ilk-bor-to-g-ridan-to-g-ri-reys-amalga-oshirildi
Lotin|Кирилл
Hafta davomida harorat +40 darajagacha isiydi
5–7 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. 8 maydan harorat biroz pasayishi boshlanadi va 9 may kuni harorat +27…+32 darajani tashkil etadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/hafta-davomida-harorat-40-darajagacha-isiydi
Lotin|Кирилл
O‘zbekiston hunarmandchiligini turizm brendi sifatida targ‘ib etish bo‘yicha tanlov e’lon qilinmoqda
Tanlovning maqsadi O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosini aks ettiruvchi va uning jahon turizmi uchun ahamiyatini ko‘rsatib beruvchi zamonaviy dizayn yechimlarini topishdan iborat.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-hunarmandchiligini-turizm-brendi-sifatida-targ-ib-etish-bo-yicha-tanlov-e-lon-
Lotin|Кирилл
Samarqandda 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan 2 nafar fuqaro qutqarildi
Ma'lum bo‘lishicha fuqarolar yoshi ulug‘ insonlar bo‘lib, dastlab 1 nafari jarlikka tushib ketgan, so‘ng sherigini qutqarish maqsadida ikkinchi fuqaro ham tushib qaytib chiqmagan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqandda-10-metrlik-jarlik-ichidagi-changalzorga-tushib-ketgan-2-nafar-fuqaro-qutqarild
Lotin|Кирилл
Eron yangi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Eron mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, yangi qattiq yonilg‘ida ishlaydigan Qassem Basir raketasi 1200 kilometrgacha uchish masofasiga ega, manyovr qobiliyati yaxshilangan va «Isroildagi havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun nishonga olinishi qiyin».
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-yangi-ballistik-raketani-sinovdan-o-tkazdi
Lotin|Кирилл
Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yerlarni-muhofaza-qilish-va-yer-uchastkalaridan-foydalanish-samaradorligi-oshiriladi
Lotin|Кирилл
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yana-da kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/axborot-texnologiyalari-sohasidagi-jinoyatlar-yuzasidan-javobgarlikni-kuchaytirish-bo-yich
Lotin|Кирилл
Uch oyda 3 136 tonna yarim dudlangan va dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan
Mazkur ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 944 tonnaga oshgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/uch-oyda-3-136-tonna-yarim-dudlangan-va-dudlangan-kolbasa-mahsulotlari-ishlab-chiqarilgan
Lotin|Кирилл
Sirdaryo viloyatida agrosanoatni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/sirdaryo-viloyatida-agrosanoatni-rivojlantirish-imkoniyatlari-ko-rsatib-o-tildi
Lotin|Кирилл
Isroil zaxiradagi 10 mingdan ortiq harbiyni G‘azoga yuboradi
Bu HAMASning yer osti va yer ustidagi infratuzilmasini butunlay yo‘q qilish maqsadida yangi hududlarda jangovar harakat olib borishni nazarda tutadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-zaxiradagi-10-mingdan-ortiq-harbiyni-g-azoga-yuboradi
Lotin|Кирилл
Samarqandda ayol 7 oylik farzandini ko‘chaga tashlab ketdi
Bola Pastdarg‘om tumanidagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilib, unga hozirda zarur bo‘lgan parvarish ko‘rsatilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqandda-ayol-7-oylik-farzandini-ko-chaga-tashlab-ketdi
Lotin|Кирилл
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi
Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/aholining-dam-olishi-uchun-foydalaniladigan-yerlarni-xususiylashtirish-taqiqlanadi
Lotin|Кирилл
Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi - New York Times
Ukraina qo‘shinlari Isroilda joylashgan uzoq masofaga mo‘ljallangan Patriot zenit-raketa tizimini oladi, deb yozadi nashr.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroildan-ukrainaga-patriot-kompleksi-yuboriladi-new-york-times
Lotin|Кирилл
“Manchester Siti” O’Rayli bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi
Yosh iste’dodli futbolchi so‘nggi haftalarda asosiy jamoaga kirib, bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/manchester-siti-o-rayli-bilan-yangi-shartnoma-imzolash-arafasida-turibdi
Lotin|Кирилл
Zelenskiy Chexiyada: Rossiya bilan sulhga istalgan vaqtda erishish mumkin
Ukraina prezidentining eslatishicha, Rossiya deyarli ikki oydan beri Amerikaning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga e’tibor bermay kelmoqda. Putin urushni «bitta qaror bilan» tugatishi mumkin, biroq hozircha «bunday xohish ko‘rsatilmagan», - dedi Chexiya prezidenti.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-chexiyada-rossiya-bilan-sulhga-istalgan-vaqtda-erishish-mumkin
Lotin|Кирилл
Dunyoda ilk bor yurak urishdan to‘xtamasdan ko‘chirib o‘tkazildi
Tayvan Milliy universiteti shifoxonasi (NTUH) jarrohlari tarixda ilk bor donor yuragini urishdan to‘xtatmasdan ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dunyoda-ilk-bor-yurak-urishdan-to-xtamasdan-ko-chirib-o-tkazildi
Lotin|Кирилл
Tramp "Alkatras" qamoqxonasini qayta ochishni buyurdi
AQSh prezidentining aytishicha, Kaliforniyada qayta qurilgan maksimal xavfsizlik darajasidagi qamoqxonada «Amerikaning eng shafqatsiz va zo‘ravon jinoyatchilari» saqlanadi va u «qonun, tartib va adolat timsoliga aylanadi».
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-alkatras-qamoqxonasini-qayta-ochishni-buyurdi
Lotin|Кирилл
Senator gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat talab etilayotgani yuzasidan Ekologiya vazirligiga so‘rov yubordi
Senator Anvar To‘ychiyev Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovdan sertifikatlash organi hamda ekologik sertifikat olish talabining huquqiy asoslari, shuningdek, xarajatlar qiymati qanday belgilanishiga tushuntirish berishni so‘radi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/senator-gibrid-avtomobillardan-ekologik-sertifikat-talab-etilayotgani-yuzasidan-ekologiya-
Lotin|Кирилл
"Work and travel" dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun ssuda ajratiladi
2025 yil 15 maydan "Work and travel" xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/work-and-travel-dasturlarida-ishtirok-etuvchi-talabalar-uchun-ssuda-ajratiladi
Lotin|Кирилл
Surxondaryodagi “M-25” konida yana vodorod sulfid otilishi sodir bo‘ldi
Energetika vazirligi hodisa atrofdagi hududlar aholisi uchun xavf tug‘dirmasligini maʼlum qildi. Gazning tarqalishini oldini olish uchun gaz oqimini kuydirish amalga oshirildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/surxondaryodagi-m-25-konida-yana-vodorod-sulfid-otilishi-sodir-bo-ldi
Lotin|Кирилл