O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT
1500 ta hadisni o‘z ichiga olgan elektron baza shakllantiriladi
Unda inson odobi, oila, muomala madaniyati, halollik, adolat, sabr-toqat, mehr-oqibat kabi turli mavzularga oid hadislar jamlanadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/1500-ta-hadisni-o-z-ichiga-olgan-elektron-baza-shakllantiriladi
Lotin|Кирилл
9-may munosabati bilan Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnaydi
"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 2025-yil 8, 9, 10 va 11-may kunlari “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/9-may-munosabati-bilan-toshkent-samarqand-yo-nalishida-qo-shimcha-afrosiyob-qatnaydi
Lotin|Кирилл
Uzcosmos eksperti Sovet kosmik apparatining O‘zbekistonga qulashi ehtimollarini tahlil qildi
Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda bundan 53 yil oldin “Venera-8” missiyasi doirasida uchirilgan “Kosmos-482” sayyoralararo kosmik apparatning yerga qulashi bilan bog‘liq xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Bir qator manbalar uning geolokatsiyasi Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Xo‘sh, ularning orasida O‘zbekiston ham bo‘lishi mumkin(mi?)
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/uzcosmos-eksperti-sovet-kosmik-apparatining-o-zbekistonga-qulashi-ehtimollarini-tahlil-qil
Lotin|Кирилл
Toshkentda Lacetti gaz trubasiga borib urildi
YTH oqibatida transport vositasi haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-lacetti-gaz-trubasiga-borib-urildi
Lotin|Кирилл
Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-yth-oqibatida-epica-avtomobili-yonib-ketdi
Lotin|Кирилл
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda
Ushbu mamlakatlar aholisining katta qismi yaqin 5–10 yil ichida uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin deb hisoblaydi. Yevropaliklar, shuningdek, AQSh siyosatining o‘zgarishlaridan xavotirda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-va-g-arbiy-yevropa-aholisining-qariyb-yarmi-rossiya-tufayli-uchinchi-jahon-urushi-bos
Lotin|Кирилл
Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalarini berdi
Hindiston tomoni «Sindur operatsiyasi»ni boshlab, Pokiston hududidagi obektlarga raketa zarbalarini yo‘lladi. Pokiston «javob choralari ko‘rilishi»ni ma’lum qildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/hindiston-pokiston-hududiga-raketa-zarbalarini-berdi
Lotin|Кирилл
Meksikadagi havo sharlari paradi festivali, Gonkong Bun festivali, Rio-de-Janeyroda Ledi Gaganing bepul shousidan keyin tozalash ishlari. Kun suratlari
UzReport tahririyati dunyo bo'ylab e'tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to'plab boradi. Bu safar ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/photos/meksikadagi-havo-sharlari-paradi-festivali-rio-de-janeyroda-ledi-gaganing-bepul-shousidan-
Lotin|Кирилл
Saudiya ketma-ket 3 ta Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2026, 2027, 2028 yilgi Osiyo kubogi bahslariga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/saudiya-ketma-ket-3-ta-osiyo-kubogiga-mezbonlik-qiladi
Lotin|Кирилл
3 oyda 6 950 dona yengil avtomobil import qilingan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati 115,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 950 dona yengil avtomobil import qilingan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/3-oyda-6-950-dona-yengil-avtomobil-import-qilingan
Lotin|Кирилл
Sirtqi taʼlim shakliga qabul tugatiladi
Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/sirtqi-ta-lim-shakliga-qabul-tugatiladi
Lotin|Кирилл
Fridrix Mers ikkinchi urinishda Germaniya kansleri etib saylandi
Nemis konservatorlari yetakchisi Fridrix Mers Bundestagda takroriy ovoz berish natijalariga ko‘ra Germaniyaning yangi kansleri etib tasdiqlandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/fridrix-mers-ikkinchi-urinishda-germaniya-kansleri-etib-saylandi-20-11-333
Lotin|Кирилл
Olimlarning fikricha, qora choy va rezavorlar uzoq umr ko‘rishning kalitidir
Qora choy, rezavorlar, sitrus mevalari va olma sog‘lom qarishning kaliti bo‘lishi mumkin. Buni Avstraliya, Irlandiya va AQSh olimlarining keng ko‘lamli tadqiqoti ko‘rsatdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/olimlarning-fikricha-qora-choy-va-rezavorlar-uzoq-umr-ko-rishning-kalitidir
Lotin|Кирилл
Toshkent va Navoiyda 2 mrd so‘mlik taqinchoq va oltin quymalar kontrabandasi to‘xtatildi
Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-va-navoiyda-2-mrd-so-mlik-taqinchoq-va-oltin-quymalar-kontrabandasi-to-xtatildi
Lotin|Кирилл
Yevropa Ittifoqi Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi
Agar Rossiya tinchlikka erishmasa, Yevropa Ittifoqi Kiyevga yordamni sezilarli darajada oshirishi mumkin, dedi Yevropa Ittifoqi mudofaa komissari Kubilyus. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga xuddi shu miqdorda qurol yetkazib berishni ikki barobarga oshirish yo‘li bor.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-putinga-ukrainaga-harbiy-yordamni-ikki-baravar-oshirish-bilan-tahdid-qild
Lotin|Кирилл
Toshkent viloyatidagi 37 ta yo‘l uchastkasida ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha pasaytirildi
Toshkent viloyatining aholi punktlaridan tashqaridagi 37 ta yo‘l uchastkasida transportlarning ruxsat etilgan tezligi 100 dan 80 km/soatgacha pasaytirildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-viloyatidagi-37-ta-yo-l-uchastkasida-ruxsat-etilgan-tezlik-80-km-soatgacha-pasayt
Lotin|Кирилл
Tramp husiylar «taslim bo‘lganini» e’lon qildi
Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, Amerika harbiylari husiylar pozitsiyalarini bombardimon qilishni darhol to‘xtatadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-husiylar-taslim-bo-lganini-e-lon-qildi
Lotin|Кирилл
ARTON kompaniyasi “Brand Awards International 2024” mukofotiga sazovor bo‘ldi — bu mukofot unga sifatli va energiya tejamkor qurilish materiallari bozorini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, gazobloklari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etgani, shuningdek, 2024-yilda O‘zbekiston hududlari hamda Markaziy Osiyoning yangi bozorlarida erishgan muvaffaqiyatlari uchun topshirildi.
Telefon: (+998) 71-200-20-06.
Sayt | Instagram
Bloomberg: Yevroittifoq Rossiyaning 150 ta tankeriga qarshi sanksiyalar joriy etadi
YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tayyorlamoqda. U 20 may kuni Bryusselda o‘tkaziladigan yig‘ilishda qabul qilinishi mumkin.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/blomberg-yevroittifoq-rossiyaning-150-ta-tankeriga-qarshi-sanksiyalar-joriy-etadi
Lotin|Кирилл
O‘zbekistondan Moskvaga uchgan qator reyslar zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi
Moskva havo hududining yopilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta reyslari zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistondan-moskvaga-uchgan-qator-reyslar-zaxira-aeroportlariga-yo-naltirildi
Lotin|Кирилл
Pokiston bosh vaziri Hindiston hujumini «urush harakati» deb atadi
Shahboz Sharifning aytishicha, Islomobod «makkor dushmanning qo‘rqoq hujumlariga» javob beradi. Pokiston bosh vaziri Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini chaqirdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/pokiston-bosh-vaziri-hindiston-hujumini-urush-harakati-deb-atadi
Lotin|Кирилл
6-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti
❗️ Shaxslarning bank kartalaridagi pullarining talon-toroj qilinishini to‘xtatish choralari ko‘riladi
🔴 Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi
📝 Voyaga yetmaganlar bank kartalarini ochishi bo'yicha talablar ishlab chiqiladi
📌 Botir Qodirov yana jarimaga tortildi
🇺🇿 "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi uch kunga yopildi
💵 O‘zbekiston mart oyida ham dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/6-may-kuni-o-zbekistonda-sodir-bo-lgan-muhim-voqealar-dayjesti
Lotin|Кирилл
Yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yangi-tashkil-etiladigan-ta-lim-tashkilotlari-faoliyati-ikki-bosqichda-yo-lga-qo-yiladi
Lotin|Кирилл
O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 17,3 % ga oshgan
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 5,7 trln so‘mni tashkil etdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-telekommunikatsiya-xizmatlari-hajmi-17-3-ga-oshgan
Lotin|Кирилл
Shavkat Mirziyoyev Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia yuzasidan Si Szinpinga taʼziya yo‘lladi
Xitoyning Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga taʼziya yo‘lladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-guychjou-provinsiyasida-yuz-bergan-fojia-yuzasidan-si-szinpinga-ta-ziya
Lotin|Кирилл
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etiladi
Farmonning asosiy maqsadi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda ko‘rsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifatini oshirishdir.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ta-lim-sifatini-ta-minlash-milliy-agentligi-tashkil-etiladi
Lotin|Кирилл
Toshkent va Pokiston poytaxti o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Xabarga ko‘ra, 14 iyundan boshlab Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-va-pokiston-poytaxti-o-rtasida-aviaqatnovlar-yo-lga-qo-yiladi
Lotin|Кирилл
Aprel oyida 7 802 nafar fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlab berildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025-yil aprel oyida pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan 7 802 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/aprel-oyida-7-802-nafar-fuqaroga-ijtimoiy-to-lovlar-tayinlab-berildi
Lotin|Кирилл
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonliklar-turistik-maqsadlarda-eng-ko-p-qaysi-davlatlarga-chiqmoqda-
Lotin|Кирилл
Surxondaryoda ayol bozorda 3 yoshli qizchani sababsiz pichoqlab o‘ldirdi
Denov tumanida ruhiy nosog‘lom bo‘lgan ayol 3 yoshli qizga hech bir sababsiz oshxona pichog‘i bilan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/surxondaryoda-ayol-bozorda-3-yoshli-qizchani-sababsiz-pichoqlab-o-ldirdi
Lotin|Кирилл