O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Ushbu shaxslar Qozog‘iston va uning rahbariyatiga nisbatan ochiqchasiga haqoratomuz bayonotlar berib kelgan. Xususan, «qora ro‘yxat»ga kiritilganlardan biri - Pyotr Tolstoy Ukrainadan keyin Qozog‘iston Rossiya uchun «navbatdagi muammoga» aylanishi mumkinligini ta’kidlagan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/qozog-iston-rossiyalik-to-rt-deputat-va-davlat-dumasi-vitse-spikerining-mamlakatga-kirishi
Lotin|Кирилл
BMT: Isroil G‘azoda jurnalistlarni ataylab o‘ldirmoqda
Falastin eksklavi OAV xodimlari uchun dunyodagi eng xavfli joylardan biri hisoblanadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-isroil-g-azoda-jurnalistlarni-ataylab-o-ldirmoqda
Lotin|Кирилл
Ukrainani butunlay bosib olish uchun Rossiyaga 230 yil kerak bo‘lardi
Hozirgi hujum sur’atlari saqlanib qolsa, Rossiya Qurolli kuchlari butun Ukrainani 2256-yildan ertaroq egallay olmaydi va bu 101 million qurbon bilan tugashi mumkin, deb yozadi Forbes.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukrainani-butunlay-bosib-olish-uchun-rossiyaga-230-yil-kerak-bo-lardi
Lotin|Кирилл
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ishlarni yakunladi
Vashington Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalarni, jumladan, bank va energetika choralarini ishlab chiqishni yakunladi, bu esa Moskvani AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaning Ukrainadagi urushini hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qabul qilishga majburlashga qaratilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-rossiyaga-qarshi-yangi-sanksiyalar-bo-yicha-ishlarni-yakunladi
Lotin|Кирилл
✏️3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni
BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiyasiga koʻra, 1994-yildan boshlab har yili 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/3-may-jahon-matbuot-erkinligi-kunip
Lotin|Кирилл
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi
Davlat kotibi Marko Rubio AQShning hamkorlik formati o‘zgarishini ochiq aytdi, ammo tinchlikka erishish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash saqlanib qolmoqda, dedi Bryus. Shu bilan birga, Vashington Rossiyaga qarshi joriy sanksiyalarni bekor qilishni rejalashtirmayapti, dedi Davlat departamenti vakili.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-rossiya-va-kiyev-o-rtasida-chopib-yuradigan-vositachi-bo-lmaydi
Lotin|Кирилл
Yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida” gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yuridik-kadrlarning-kredit-modul-tizimi-asosida-malakasini-oshirish-tartibi-belgilandi
Lotin|Кирилл
O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari tahsil olmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-eng-ko-p-qaysi-davlat-fuqarolari-tahsil-olmoqda-
Lotin|Кирилл
“Xorazmda nafaqat mehnat qilish, balki bog‘ yaratish, mo‘l hosil undirish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi” — Sherzod Asadov
Prezident matbuot kotibi davlat rahbari tomonidan mukofotlangan fermer xo‘jaligi rahbari haqida fikr bildirdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xorazmda-nafaqat-mehnat-qilish-balki-bog-yaratish-mo-l-hosil-undirish-har-kimning-ham-qo-l
Lotin|Кирилл
JSST va YUNICEFning yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovini oshirish bo‘yicha qo‘shma bayonoti eʼlon qilindi
Qayd etilishicha, o‘tgan yili Yevropa mintaqasida qizamiq bilan kasallanganlar soni 127 ming nafardan oshgan. Bu — so‘nggi 27 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/jsst-va-yunicefning-yuqumli-kasalliklarga-qarshi-emlash-qamrovini-oshirish-bo-yicha-qo-shm
Lotin|Кирилл
NASA‘ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
Amerikalik astronavtlar Enn Makkleyn va Nikol Ayers 1-may kuni Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortidan ochiq kosmosga chiqib, tashqi montaj ishlarini amalga oshirdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nasa-ning-ikki-ayol-astronavti-xks-bortidan-ochiq-kosmosga-chiqdi
Lotin|Кирилл
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi G‘azo sektoridagi falastinlik go‘daklarning 92 foizi Isroilning davom etayotgan zarbalari, blokadalar va chegara punktlarining yopilishi sababli asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan mahrum bo‘layotganini maʼlum qildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-isroil-blokadasi-tufayli-g-azodagi-chaqaloqlarning-92-foizi-asosiy-oziq-ovqatdan-mahru
Lotin|Кирилл
Zelenskiy Trampdan eng kuchli kartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri
Bessent Oval kabinetda Tramp Zelenskiy bilan tortishib qolganida, uning qo‘lida «kuzirlar yo‘qligini» aytganini eslatdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy resurslar bo‘yicha bitimni imzolagan Kiyevda endi kuchli kartalar bor.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-trampdan-eng-kuchli-kartalar-to-plamini-oldi-aqsh-moliya-vaziri
Lotin|Кирилл
Hugo jarrohlik roboti 137 ta operatsiyada sinovdan o‘tkazildi
Medtronic kompaniyasi Hugo robotini prostata, buyraklar va siydik pufagidagi 137 ta real operatsiyada sinab ko‘rdi. Muvaffaqiyatli operatsiyalar ulushi 98,5 foizni tashkil etdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/hugo-jarrohlik-roboti-137-ta-operatsiyada-sinovdan-o-tkazildi
Lotin|Кирилл
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo'nalishida yangi aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi
Mazkur qatnovning yo'lga qo'yilishi bilan Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi aviaqatnovlar soni 44 taga yetdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ostona-turkiston-samarqand-yonalishida-yangi-aviaqatnovlar-yolga-qoyildi
Lotin|Кирилл
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasida Misrning Activ Spors kompaniyasi rahbari Abu Zeyd Abdul Xafiz bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/misr-o-zbekistonda-sport-kiyimlarini-ishlab-chiqarishi-mumkin
Lotin|Кирилл
Toshkent viloyatida ayol o‘zini Afrosiyob poyezdi tagiga tashlab vafot etdi
Holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-viloyatida-ayol-o-zini-afrosiyob-poyezdi-tagiga-tashlab-vafot-etdi
Lotin|Кирилл
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida uy sharoitida giyohvandlik o‘simliklari yetishtirayotgan shaxslar ushlandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-uyda-giyohvand-o-simligini-yetishtirgan-shaxslar-qo-lga-olindi
Lotin|Кирилл
Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-daraxtga-urilgan-byd-yonib-ketdi
Lotin|Кирилл
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi (foto)
«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik aloqalari bundan buyon ham o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlar asosida mustahkamlanishiga ishonaman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/saida-mirziyoyeva-aqsh-mustaqilligi-kuni-munosabati-bilan-tashkil-etilgan-qabulda-ishtirok
Lotin|Кирилл
O'zbekistonda 80 gektardan ortiq yer maydoni chiqindi poligonlaridan tabiatga qaytarildi
Hozirda jami 184 ta maishiy chiqindi poligonidan 39 tasi tartibga keltirilib, o‘rtacha 70-80 sm tuproq qatlami bilan yopildi, aholi salomatligi, atrof-muhit va ekologiyaga salbiy ta’siriga chek qo‘yilib, yerlar tabiatga qaytarildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozbekistonda-80-gektardan-ortiq-yer-maydoni-chiqindi-poligonlaridan-tabiatga-qaytarildii
Lotin|Кирилл
2-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti
❗️ Prezident: Xorijda o‘zbek restoranlarini tashkil qilishda ro‘yxatdan o‘tish, ruxsatnoma va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi
💵 Germaniyada o‘zbekistonlik qassoblarga 1,7 ming yevro maoshli ish taklif qilinmoqda
✏️ O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 148-o‘rinda qoldi
⚽️ Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
🇺🇿 Xorazmda turizmning jadal rivojlanishi uchun eng katta to‘siq, bu – transport ekani qayd etildi
❌Surxondaryoda Damas‘da 32 nafar bola olib yurildi
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2-may-kuni-o-zbekistonda-sodir-bo-lgan-muhim-voqealar-dayjesti
Lotin|Кирилл
Rossiyaning Ukrainadagi maqsadlari o‘zgardi – CNN
Rossiya Ukraina bilan urushdagi maqsadlarini «qisqa muddatli maqsadlarga» o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin, deb yozdi CNN AQSH va boshqa G‘arb razvedka xizmatlaridan xabardor manbalarga tayanib.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiyaning-ukrainadagi-maqsadlari-o-zgardi-cnn
Lotin|Кирилл
Prezident Urganchdagi Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi
Davlat rahbari mehmonxona yo‘nalishida saboq olayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/prezident-urganchdagi-kasbiy-ko-nikmalar-mintaqaviy-markazini-borib-ko-rdi
Lotin|Кирилл
Kam ta'minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
2025-yilning I choragida 168 146 nafar iste'molchiga 19,7 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/kam-taminlangan-oilalarga-19-mlrd-so-mdan-ortiq-qqs-qaytarildi
Lotin|Кирилл
Murodjon Ahmadaliyev tomoni Naoya Inoue bilan jang bo‘yicha kelishuvga erishdi
Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev toifaning mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang uchun kelishuvga erishdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/murodjon-ahmadaliyev-tomoni-naoya-inoue-bilan-jang-bo-yicha-kelishuvga-erishdi
Lotin|Кирилл
Dog‘istonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
U teraktni 9 may kuni huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan uyushtirishni rejalashtirgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dog-istonda-terakt-uyushtirmoqchi-bo-lgan-ayol-ushlandi
Lotin|Кирилл
Toshkentdagi gullar festivali butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda
Festivalning asosiy maqsadi Toshkentning turistik va madaniy salohiyatini namoyish etish, bahoriy kayfiyat uyg‘otish va uning sayyohlik jozibadorligini oshirishdan iborat.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentdagi-gullar-festivali-butun-dunyodan-sayyohlarni-o-ziga-jalb-etmoqda
Lotin|Кирилл
Birjada propan sakkiz kun ichida 21,4% qimmatlashdi
O‘zbekistonda propanning bir tonnasi 6,4 mln so‘mgacha qimmatlashdi. Oxirgi sakkiz kun ichida yoqilg‘i narxi 21,4% oshdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/exchange/birjada-propan-sakkiz-kun-ichida-21-4-qimmatlashdi
Lotin|Кирилл
Dam olish kunlari havo harorati 39 darajagacha ko'tariladi
"O'zgidromet" respublika bo'ylab 3-5-may kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dam-olish-kunlari-havo-harorati-39-darajagacha-kotariladi
Lotin|Кирилл