uzedu | Unsorted

Telegram-канал uzedu - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

121054

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Subscribe to a channel

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Seminar_trening

✅ Menejerlik o‘quv kurslarida dars o’tuvchi trenerlar uchun o’quv seminarlari davom etmoqda.


⚡️Bugun ishtirokchilar uchun:

➖o’qutuvchilik va trenerlik ko’nikmalari;
➖ yo’naltirish va ko’rsatma berish;
➖ ta’limda samarali boshqaruvning ahamiyati mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.

Ma’lumot o’rnida: mazkur treninglarda 40 nafar mutaxassis qatnashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Malaka imtihonlaridan nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari ham o‘tadimi?

❗️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda pedagog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilangan.

➖Nizom talablariga ko‘ra, attestatsiyaga ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog kadrlari jalb etiladi.

➖Xususan, nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.

👉 Ma’lumot uchun: pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

O‘qituvchilik faoliyatimni boshlaganimga 24 yil bo‘ldi, 10 yildan beri oliy toifaga egaman. Savolim shuki, men kabi uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi haqida eshitdim, shu to‘g‘rimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi keltirib o‘tilgan.

➖Unga ko‘ra, oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan yoki pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi qayd etilgan.

👉Shuningdek, mazkur Nizomga asosan, quyidagi pedagoglar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#вазир_жамғармаси

📣 Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi


✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

➖1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

➖100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1450

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Kitob_uz

❓Farzandingiz o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan tanishib borishini istaysizmi?


Ularda bolaligidanoq kitobga mehr uyg'otishni-chi?

❗️Unda kitob.uz sayti aynan siz uchun!

✔️Ushbu saytga 3188 ta kitob hamda 1040 ta audikitoblar joylashtirilgan bo'lib, bu yerda o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan tanishishingiz mumkin.

⚡️Kitoblar olamini biz bilan birgalikda kashf qiling!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#сўраган_эдингиз

❓Men 2020-yilda o‘tkazilgan majburiy attestatsiya imtihonlarida qatnashganman. Pedagoglar har 5 yilda malaka sinovlarida qatnashishidan xabarim bor. Ammo maktabimiz direktori o‘rinbosari bu yildan yangi tartib joriy etilayotgani, shuning uchun men ham attestatsiyadan o‘tishim kerakligini aytyapti. Shu to‘g‘rimi?

❗️Yo‘q, maktab rahbariyatining bu talabi o‘rnatilgan tartibga mos emas.

✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda bu haqida aniq yozib qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

➖Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Agar pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etgan holda mavjud malaka toifasini oshirishni istasa, navbatdagi attestatsiya jarayonlarida o‘z ixtiyorlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Bu bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.

Eslatma: Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga o‘z muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Vazirlikdan_tuhfa

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalaridagi bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!

Loyiha doirasida bugun 10-11-sinflar uchun videodarslarni taqdim etamiz:

1. Maʼlumot, axborot va bilimlar bazasi
2. Axborotning sifati. Kod berish, kodlash vashifrlash
3. Apparat ta’minot
4. Tizim, dastur va foydalanuvchi interfeysi
5. Utilit dasturlar. Kompilyatorlar va interpretatorlar
6. Sensorlar
7. Tarmoq kompyuterlari
8. Internet
9. Butunjahon internet tarmogʻi. Internetda muloqot qilish
10. Mobil tarmoqlar. Video va veb konferensiya
11. Elektron jadval yaratish
12. Elektron jadvalni formatlash
13. Funksiyalar
14. Validatsiya qoidalari. Elektron jadval modelini sinash va elektron jadval modeli uchun sinov rejalarining samaradorligini baholash
15. Maʼlumotlarni filtrlash. Maʼlumotlarni saralash. Jamlovchi jadvallar va diagrammalar. Maʼlumotlarni import va eksport qilish
16. Grafik va diagrammalar
17. Ma’lumotlar bazasini yaratish
18. Relyatsion maʼlumotlar bazasini yaratish. Ma’lumotlar validatsiyasi va verifikatsiyasi
19. Qidirish amallari
20. Ma’lumotlar bazasi doirasida hisoblashlarni amalga oshirish. Ma’lumotlarni saralash. Ma’lumot kiritish formalari
21. Hisobotlar. Navigatsiya menyulari. Ma’lumotlarni eksport qilish
22. Formni normallashtirish
23. Maʼlumotlar bazasini 3NFga normallashtirish. Normallashtirishning afzallik va kamchiliklari. Ma’lumotlar lugʻati
24. Fayl va ma’lumotlarni boshqarish
25. Videoni tahrirlash dasturi. (Premiere) Matnli slayd va titr yaratish. Animatsiya va effektlar qoʻshish
26. Videoklipdan tasvir hosil qilish. Videoklipga ovozli ma’lumot qoʻshish va oʻchirish. Videoklip tezligini oʻzgartirish. Videoklipni turli fayl formatlarida eksport qilish
27. Audioni tahrirlash dasturlari.Audioklipning ovoz sozlamalarini tahrirlash
28. Audioklipni dublyaj qilish. Audiokliplarni turli fayl formatlarida eksport qilish
29. Texnologiya va bizning turmush tarzimiz. Uch oʻlchamli printer. Toʻrtinchi va beshinchi avlod uyali aloqasi
30. Sunʼiy intellekt. Boyitilgan reallik. Biometrik axborot
31. Bulutli texnologiyalar. Avtomatlashtirilgan tarjima
32. QR kodlar. Taqiladigan hisoblash qurilmalari. Ultra yuqori aniqlik darajasidagi televideniye. Koʻrish qobiliyatini yaxshilash. Virtual reallik
33. Kommutatsiya usullari va ularning ishlash tamoyillari. Tarmoq modellari: OSI va TCP/IP
34. Tarmoq xarakteristikalari. Polosa kengligi va bit tezligi
35. Tarmoq protokollari: Telnet, FTP, HTTP, POP, IMAP
36. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash usullari va vositalari
37. Sun’iy yoʻldosh aloqa tizimlari
38. Loyiha boshqaruvi. Loyiha boshqaruvining bosqichlari. Loyiha boshqaruvi uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minot turlari. Loyiha boshqaruvi dasturiy ta’minoti
39. Rastr grafika (Photoshop)
40. Vektroli grafika (Illustrator, CorelDraw)
41. Animatsiya
42. Javascriptga kirish
43. Axborot turlari va o'zgaruvchilar
44. Arifmetik modul va operatorlar
45. Funksiyalar
46. If-else, loop
47. Web saytga script qo'shish
48. DOM
49. React asoslari
50. Komponentlar arxitekturasi
51. Advanced React konsepsiyasi
52. State Management
53. Reactda loyiha shakllantiruvi
54. Deployment
55. Ma’lumotlardan samarali foydalanish uchun GraphQL
56. Reactni serversiz funksiyalar bilan birlashtirish

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#hayot_lavhalari

“Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos”


✅ Iqtidorli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu g‘oya ostida yaratilgan “Iste'dod" ijtimoiy roligida hayotimizning kundalik bir lavhasi katta mahorat bilan ochib berilgan.

➖ Film ijodkorlari ta’kidi bilan aytganda, har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq.

➖“Iste'dod" ijtimoiy roligi sizga ana shu haqiqatni ko‘rsatib beradi.


❗️Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning qiziqishlari va iste’dodiga befarq bo‘lmang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#vakansiya

📣 DIQQAT, E’LON!

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasining Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida tashkil etiladigan filiallariga quyidagi mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha malakali pedagoglar ishga taklif qilinadi.

➖Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish uchun pedagog xodim (ona tili va adabiyot, matematika hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari);

➖Psixolog;

➖Tarbiyachi;

➖Tarbiyachi yordamchisi.


👉 Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mehrli.maktab@xtv.uz elektron pochta manziliga 2024-yilning 15-fevraliga qadar (shu kun ham) zarur hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Ma’lumot uchun: belgilangan qonunchilik talablariga ko‘ra, “Mehrli maktab” pedagog xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun 100 foizlik ustama beriladi va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1438

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#brifing

🔴 Ayni daqiqalarda AOKAda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida brifing bo'lib o'tmoqda.

Mavzu: Umumta’lim maktablari direktorlari lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi

👉Jonli efir: https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/747425360191029

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Yangi o‘qish haftasi barcha maktablarda “Ertalabki saflanish” bilan boshlandi

Dushanba, yangi o‘qish haftasi barcha maktablarda “Ertalabki saflanish” tadbirlari bilan boshlanadi. Unda o‘quvchi va o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi ijro etilib, Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.

Saflanish chog‘ida o‘zining a'lo baholari bilan namuna bo‘lgan o‘quvchilar tomonidan o‘tgan hafta davomida yurtimiz hayotida va dunyo miqyosida sodir bo‘lgan muhim yangiliklar haqida axborot berildi.

Tadbirlar yakunida hafta mobaynida o‘quvchilar erishgan yutuqlari uchun maktab rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

Ertalabki saflanish o‘quvchi va o‘qituvchilarga yangi haftani ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun motivatsiya berish maqsadida o‘tkaziladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!

Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi.

❗️Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari

📍Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz

📍Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Vazirlikdan_tuhfa

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalaridagi bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!

Loyiha doirasida bugun 9-sinf uchun videodarslarni taqdim etamiz:

1. Kompyuter qurilmalari va dasturiy taʼminot. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari
2. Operatsion tizimlar. Kompyuter turlari
3. Yangi texnologiyalarning taʼsiri
4. Kiritish qurilmalari va ularning qoʻllanishi
5. Maʼlumotni bevosita kiritishda foydalaniladigan qurilmalar
6. Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish
7. Xotira qurilmalari va ma’lumot almashish vositalari
8. Turli xotira qurilmalarining afzallik va kamchiliklari
9. Xotira hajmiga bog‘liq masalalarni yechish
10. Tarmoq turlari va topologiyalari. Wi-Fi texnologiyasi
11. Tarmoq xizmatlari: Video konferensiya, IP-telefoniya
12. Brauzerdan foydalanish. Kompyuter tarmoqlari dasturiy jihati
13. Tarmoq muammolari va kommunikatsiya. Axborot texnologiyasining bandlikka taʼsiri
14. Axborot texnologiyasi (AT) ning tashkilotlar ish uslubiga taʼsiri. Mikroprotsessorli uy qurilmalari
15. Axborot texnologiyasi (AT) jihozlaridan uzoq muddat foydalanishning sog‘liqqa ta’siri
16. Xavfsizlik muammolari. Elektron xavfsizlik. Maʼlumotlar xavfsizligi
17. Axborot himoyasi protokoli. Antiviruslar va fayervol
18. Auditoriyani huquqiy, maʼnaviy, axloqiy va madaniy jihatdan baho berish. Mualliflik huquqi va uning turlari. Mualliflik huquqi himoyasi
19. AKT foydalanuvchisi bilan elektron xat orqali muloqot qilish. Spam tushunchasi
20. Internetdan samarali foydalanish. Internetdan topilgan axborotning ishonchliligini baholash
21. Fayl kengaytmasi va ularni samarali boshqarish.Saqlash yoki uzatish uchun fayl hajmini kamaytirish
22. Tasvirlarni joylashtirish va tahrirlash uchun dastur uskunalaridan foydalanish.Tasvirni aniq joylashtirish
23. Tasvirning tomonlar nisbatini oʻzgartirish. Tasvirni qirqish va aylantirish. Tasvir rangi, yorqinligi, kontrasti va aniqligi boshqarish
24. Sahifa maketi. Maqsad va auditoriyaga mos hujjat yaratish uchun dasturiy uskunalardan foydalanish
25. Hujjatga obyektlarni joylashtirish. Header va Footer maydonlarini yaratish
26. Korporativ brend va unga xos stil. Korporativ brendga xos stilga muvofiq hujjat tayyorlash
27. Sahifa/slayd izchilligini taʼminlash. Yangi stil yaratish
28. Xatolarni tekshirish uchun dasturlardan foydalanish. Xatolarni tekshirish usullari
29. Verifikatsiya va validatsiya tushunchalari
30. Grafik yoki diagramma yaratish. Diagramma turlari
31. Tayyorlangan diagrammani boshqarish va o‘zgartirish
32. Matn va sahifa maketini formatlash
33. Dastur uskunalari yordamida jadvallarni tahrirlash
34. Ma’lumotlar bazasi tuzilmasini yaratish
35. Ma'lumotlarni taqdim etish
36. Ma'lumotlarni taqdim etish 2-qism
37. Taqdimot. Obyektlarni to‘g‘ri joylash
38. Taqdimot slaydlarini yaratish uchun mos dastur imkoniyatlaridan foydalanish
39. Taqdimotga elektron jadvaldan diagrammalarni import qilish
40. Maʼlumotlar modelini yaratish. Nisbiy va absolyut murojaat
41. Formula va funksiyalar hamda ulardan foydalanish
42. Maʼlumotlar modelini sinovdan oʻtkazish. Maʼlumotlarni boshqarish
43. Maʼlumotlarni taqdim etish
44. Internet nima? Veb dasturlashning uch qatlami
45. Veb sahifa yaratish
46. Linklar, bookmarklar va ankor
47. Absolyut va nisbiy fayl manzillari
48. Stil jadvallaridan foydalanish
49. Veb saytni sinash va publikatsiya qilish
50. Veb sahifa yaratish

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Fotoreportaj
#Xalqaro_olimpiada

✅ 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g’olib va sovrindorlari Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.

Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.

Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

✅Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida sportning shashka turidan musobaqa o‘tkazildi.

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi hamda O‘zbekiston nogironlar shashka Federatsiyasi hamkorligida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘rtasida sportning shashka turidan "O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi ochiq turniri" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🔷Toshkent shahrining Yashnabod tumanida joylashgan 19-son Bolalar musiqa va san'at maktabida tashkil etilgan musobaqada 50 ga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bellashishdilar.

❇️Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad imkoniyati cheklangan o‘quvchi-yoshlarning individual qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlashdan iborat.

🔰Unda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Taqdirlash_marosimi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya taʼlim markazi hamkorligida tashkil etilgan koreys tili fani o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi.

Taqdirlash marosimida vazirlik mas'ullari ham ishtirok etib, qatnashchilarni tabriklashdi hamda sertifikat taqdim etishdi.

Ma'lumot o'rnida: treninglarga respublikaning barcha hududlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar koreys tili o‘qituvchilari qatnashishdi.

❗️
O'quv kurslarini olib borish uchun Koreya Respublikasi tomonidan 10 nafar trener taklif etildi.
__________
⚡️Koreyalik trenerlar tomonidan tayyorlangan videolavhada o'quv seminaridagi jarayonlar yoritildi
.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Seminar_trening

✅ Bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan menejerlik o'quv kurslarida dars mashg'ulotlarini o'tadigan trenerlar
uchun o’quv seminari boshlandi.

⚡️Unda xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan interaktiv mashg'ulotlar tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchilar trenerlik ko'nikmalarini rivojlantirish ustida ishlashmoqda.


Mahorat darslari davomida shuningdek:

➖darslarni interaktiv tarzda tashkil etish,
➖muammoli vaziyatlar ustida ishlash,
➖fasilatorlik mahorati, androgigika,
➖darsni tahlil qilish va baholash kabi mavzularda so'z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 20-yanvarga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Tavsiya

Farzandingiz bosh miyasining ikki yarim shari, ko‘rish xotirasi, aqliy qobiliyati, yirik va mayda motorikasi hamda muvozanat olish qobiliyatlarini uy sharoitida ham rivojlantirish mumkin.

📌Logoped Shaxnoza Jabborova farzandingiz bilan bajarish uchun qopqoq yordamida ushbu mashqni tavsiya etadi.

🔔Uni bog‘chalarda ham qo‘llash mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#BSB_va_ChSB_nima

📆 2023-yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

🗣Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

✅BSB – Bob boʻyicha summativ baholash.
✅ChSB – Chorak boʻyicha summativ baholash.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Болага китоб ўқитишни қачон бошлаган маъқул?

Фарзандигизни китоб ўқитишга қизиқтириш усуллари

Бола китоб ўқишининг фойдали жиҳатлари

🗣Инфографикада кўрсатилган 10 та асосий тавсия ва қоида саволларга батафсил жавоб беради

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#attestatsiya
#malaka_toifasi

pedkadr.uzedu.uz platformasiga bir kunda 5 785 ta ariza kelib tushdi

👉Xabaringiz bor, 2024-yil 15-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlandi.

✅ O‘tgan bir kunning o‘zida attestatsiyadan o‘tish va malaka toifalarini olishni istagan 5 785 nafar, jumladan:

➖Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi — 305;
➖Andijon viloyatidagi — 399;
➖Buxoro viloyatidagi — 491;
➖Jizzax viloyatidagi — 329;
➖Qashqadaryo viloyatidagi — 495;
➖Navoiy viloyati dagi — 409;
➖Namangan viloyatidagi — 445;
➖Samarqand viloyatidagi — 573;
➖Surxondaryo viloyatidagi — 546;
➖Sirdaryo viloyatidagi — 270;
➖Toshkent viloyatidagi — 475;
➖Farg‘ona viloyatidagi — 428;
➖Xorazm viloyatidagi — 268;
➖Toshkent shahridagi — 352 nafar pedagoglarning arizalari pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilindi.

❗️Eslatib o‘tamiz, pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari joriy yil 1-martga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#ENE_kids

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Yaponiya-O'zbekiston yoshlar innovatsion markazi hamkorligida suv va elektr energiyani tejash bo'yicha ENE Kids loyihasining pilot dasturiga start berildi.


❗️Unda Toshkent shahar va Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 11 ta maktabning 500 nafardan ortiq 7-sinf o'quvchilari ishtirok etishmoqda.

Ushbu dastur o'quvchilarga:


➖energiya va suvdan unumli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi;
➖butun mamlakat ko'lamida qanchalik suv va energiya tejalishi mumkinligini ko'rsatаdi.

Ta'kidlash joiz, bu kabi tadbirlar yoshlarga energiya resurslaridan unumli foydalanish, tejash orqali ekologik muammolarni yechishda o'z hissalarini qo'shishlariga ko'maklashadi.

Loyiha doirasida yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida tomonidan mazkur tajriba-sinov maktablarining o‘qituvchilari uchun treninglar ham tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Bibtexnika

Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarga "Bibtexnika" karvoni jo‘natilmoqda


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "Bibtexnika" karvonini hududlarga jo‘natish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

✔️Bundan ko'zlangan maqsad umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat.


Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.

"Bibtexnika" jamlanmasida quyidagilar mavjud:

➖ jamlama kitobi,
➖inventar kitobi,
➖kundalik daftari,
➖kitobxon formulyari,
➖"cho‘ntakcha",
➖alifboli kartochka,
➖qaytaruv varaqasi,
➖to‘plam g‘ilofi.

❗️Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 14 ta “Bolalar kutubxona”lari hamda umumta’lim maktablarida jami 12 067 nafar kutubxonachilar faoliyat olib bormoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#attestatsiya
#dolzarb_mavzu

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish ishlariga start berildi.

🔹“Dolzarb mavzu” loyihasi doirasida mazkur jarayonlarning o‘ziga xos jihatlari va kiritilayotgan yangiliklar xususida atroflicha fikr yuritilgan. Jumladan:

➖attestatsiya savollari mazmuni va yo‘nalishlari, ularni shakllantirishda e’tibor berilgan asosiy mezonlar;

➖attestatsiya kimlarga majburiy, kimlarga ixtiyoriy tarzda o‘tkaziladi;

➖qaysi toifa uchun qanday ustamalar belgilanadi
kabi mavzuga doir savollar yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tilgan.

Spikerlar:


👉
Safarali HamrayevVazirlik Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va sertifikatlash bo‘limi bosh mutaxassisi;

👉
Dilrabo DavidovaIxtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori .

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari 15-yanvardan 1-martga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Olis_hudud

QASHQADARYODA TA'LIM SIFATI YUQORI BO'LMAGAN OLIS HUDUDLARDA 20 MILLION SO'MGA YAQIN HAMDA 1000 AQSH DOLLAR MAOSH OLAYOTGAN ZAMONAMIZ QAHRAMONLARI HAQIDA

🔴(VIDEO)

➖Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar;

➖So‘nggi paytda tizimda olib borilgan islohotlarning pedagoglar hayotidagi o‘rni va ahamiyati;

➖pedagoglarni hozirgi kunda qadr topib, faqat o‘z ishi bilan shug‘ullanayotgani;

➖Ustoz, murabbiylik maqomi, bu kasbning mashaqqatli va sharafli jihatlari haqida.



❗️Video lavhada Dehqonobod tumanidagi qishloq hayotini o'zgacha jihatlari va Surxondaryo, Andijon viloyatlaridan kelgan ustozlarni shaxsiy fikrlari aks ettirilgan.

———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#attestatsiya

DIQQAT, E’LON!

📣 Joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tish ertaga boshlanadi

✅ Avval xabar qilinganidek — 2024-yil 15-yanvardan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tish boshlanadi.

👉 Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar shu vaqtdan boshlab pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va murojaat yuborishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan  sportning futbol turidan (jonglyor) "Yashil maydon sari" shiori ostida va shaxmatning (blits) turidan Toshkent viloyatining olis hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida musobaqalar o‘tkazildi.

⚡️Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad qishki ta'til davrida umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

🔷 Musobaqada viloyatning Parkent, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq, Yangiyo‘l va Piskent tumanida joylashgan umumta'lim maktablarining 100 dan ortiq o‘quvchilari qatnashib o‘z yosh toifalari bo‘yicha bellashdilar.

🔰G‘olib va sovrindorlar "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

———-

Коллектив Министерства дошкольного и школьного образования искренне поздравляет всех соотечественников и военнослужащих с 32-летием образования Вооруженных сил Республики Узбекистан и 14 января - Днём защитников Родины!

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…
Subscribe to a channel