uzedu | Unsorted

Telegram-канал uzedu - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

121054

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Subscribe to a channel

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#rejalar_2025

Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.

Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:

➖Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;

➖Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;

➖Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;

➖Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;

➖Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

➖2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

➖Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

➖Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;

6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;

➖“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;

➖“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;

➖Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;

➖Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;

➖Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;

➖Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

➖Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;

➖Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;

➖Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;

6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Таълим_ва_инсон_қадри

✅ Inson qadri ulugʻlangan yurtda rivojlanish boʻladi, uning mehnati va sadoqati munosib eʼtirof etilgan sohada taraqqiyot kuzatiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan soʻnggi yillarda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga berilayotgan katta eʼtibor va ragʻbat bugun sohadagi ulkan oʻzgarishlarda oʻz aksini topmoqda.

👉 “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Inson qadri uchun” loyihasi doirasida tayyorlangan mazkur telelavhada bu boradagi fikrlar batafsil bayon etilgan.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#ўқувчи_тадбиркорлар

Namangan shahridagi 1-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Davronbek Mirzahmadov yurtimizdagi yosh tadbirkorlardan biri. U darsdan boʻsh vaqtlarida togʻasi bilan hamkorlikda tashkil qilgan ustaxonada baliq yetishtirish maydonlariga moʻljallangan aerator uskunasini yasab sotishni yoʻlga qoʻygan.

➖ Yevropa andozasi asosida yiliga 600 dona ishlab chiqarilayotgan mazkur uskuna nafaqat yurtimizda, balki Qozogʻiston, Tojikiston davlatlarida ham eng xaridorgir mahsulotga aylangan.

👉 Davronbek hozirda ushbu tadbirkorligi ortidan oyiga 20 mln soʻmdan ortiq mablagʻ ishlab topmoqda. Shuningdek, kelgusida oʻndan ortiq ishchi oʻrni yaratishni niyat qilgan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

⭕️Informatika fani o'qituvchilari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!!!

📊"Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish rejalariga bag'ishlangan onlayn muloqot tashkil etilmoqda.

📢 Muloqot 2024-yil, 25-dekabr kuni, soat 14:30 da onlayn tarzda tashkil etiladi.

📝Muloqotda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari ishtirok etishadi, muloqot davomida o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin bo'ladi.

▶️Onlayn muloqot 4 ta ijtimoiy tarmoq orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda tashkil etiladi:
⭕️Youtube: Uzbekcoders.uz;
⭕️Facebook: Uzbekcoders.uz;
⭕️Telegram: t.me/uzbekcoders_uzb;
⭕️Instagram: Uzbekcoders.uz;

🔰 Yangiliklarni kuzatib borish ushun rasmiy telegram – /channel/uzbekcoders_uzb sahifasiga obuna bo’ling!

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#muruvvat

✅ Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi 12-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, "Doʻstlik" ordeni sohibasi Latofat Ismatova hududdagi 6 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga bir million soʻmdan pul mablagʻi hamda bayram sovgʻalari ulashdi.


👉 Yangi yil ayyomi arafasida qilingan ushbu xayriya oila vakillari va bolajonlarga katta quvonch ulashdi.

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

❓Maktabda dars berayotgan pedagog magistraturani tamomlagan boʻlsa, malaka toifasi uchun attestatsiyadan oʻtmas ekan, shu toʻgʻrimi?

Bu vaziyatda avvalgi, oliy taʼlim tizimi 5 yillik oʻqish davridan iborat boʻlgan vaqtda bitirgan pedagoglarning malaka toifa olish masalasi qanday hal etiladi?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda bu haqida batafsil toʻxtalib oʻtilgan.

⚡️ Unga koʻra, ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi beriladi:

➖ bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis lavozimi;

➖ magistr darajasiga ega mutaxassislar, shuningdek, oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi;

➖ fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi.


❗️ Bundan anglash mumkinki, magistraturani tamomlagan pedagoglar agar yangi ishga kirayotgan boʻlsa, ikkinchi malaka toifasi boʻyicha ishga qabul qilinadi va bu toifa darajasi besh yil muddatga amal qiladi (ushbu pedagoglar navbatdagi ixtiyoriy attestatsiyada ishtirok etib, malaka toifalarini yanada oshirishlari mumkin).

👉 Eslatma: mazkur Nizomga muvofiq, yuqorida keltirib oʻtilgan pedagoglar attestatsiyadan oʻtkazilmasdan, toʻgʻridan toʻgʻri malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilishlari lozim.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#сарҳисоб

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish borasida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi:

➖ Ayni vaqtda respublikadagi 332 ta kasb-hunar maktabida 136 376 nafar 9-sinf oʻquvchisi tahsil olmoqda.

➖ Kasb-hunarga oʻrgatish joriy etilgan 289 ta umumtaʼlim maktabida kasbiy taʼlim ustasi (1 shtat birligi doirasida) lavozimi hamda 10-11-sinflar uchun “Kasbiy taʼlim” fani joriy etildi. Ushbu fan uchun haftasiga 3 oʻquv soati ajratildi.

60 turdagi (48 ta ishchi, 12 ta zamonaviy axborot texnologiyalariga oid) kasb-hunarlarning zamonaviy oʻquv dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

➖ 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi bittadan (jami 14 ta) umumiy oʻrta taʼlim muassasasida 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun tajriba-sinov tariqasida pedagogik sinflar tashkil etildi.

➖ Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida xorijiy tashkilotlardan jami 98.000 AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grandlar jalb etildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#ўқув_семинар

✅ Kuni kecha Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Garvard universiteti taʼlim siyosati va dasturlarini baholash boʻyicha mutaxassisi Djonatan Seydan ishtirokida oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

➖ Unda mazkur institut oʻqituvchilari hamda Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti mutaxassislari ishtirok etdi.

❗️ Seminarda tinglovchilarga xalqaro MELQO baholash tizimi asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash boʻyicha maʼlumot berildi.

👉 Shuningdek, ushbu baholash vositasi asosida tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tashkilot direktori, ota-onalardan soʻrovnomalar olish hamda guruhni kuzatish orqali baholash boʻyicha tushunchalar berildi.

Bizni kuzating

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili

KOREYS TILI BO‘YICHA II RESPUBLIKA OLIMPIADASINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda tashkil etildi.

1-bosqich (hududiy)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 1 272 nafar o‘quvchi koreys tilida tinglash va o‘qish mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

2-bosqich (yakuniy)da jami 150 nafar o‘quvchi ishtirok etib, koreys tilida tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalari, o‘qish ko‘nikmalari va grammatika shartlari asosida yozma va test sinovlarini topshirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-, 10-, 11-sinflar kesimida 3 nafar g‘olib va 7 nafar sovrindor aniqlandi.

Olimpiadaning taqdirlash marosimida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong hamda Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To’raboy Shermatov g‘olib va sovrindorlarga Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🔈🔈🔈XUSHXABAR🔈🔈🔈

📖 “Yosh kitobxon oila” tanlovining Respublika bosqichida Sirdaryo viloyati sharafini Oqoltinlik Tursunovlar oilasi himoya qildi.

Yakuniy nataijalarga ko'ra Sirdaryo viloyati nomini himoya qilgan Oqoltin tumani 15-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Respublikamizning eng yosh deputati Ismoilxo‘jayeva Mohinur va turmush o‘rtog‘i Jahongir Tursunovlar oilasi 174 ball natija bilan 3-o'ringa munosib topildi va 30 million so'm pul mablag'i bilan mukofotlandi.

⚡️Eslatib o'tamiz, “Yoshlar forumi-2024” loyihasi doirasidagi bu tanlov yosh oilalar uchun nafaqat bilim va ko‘nikmalarni oshirishga zamin yaratadi, balki ular o‘rtasida  ishonchni shakllantirib, oilaviy rishtalarni yanada mustahkamlaydi.


✔️O‘z bilimi va tafakkuri bilan ushbu natijaga erishgan yosh pedagoglar oilasiga omad tilab qolamiz.

🔎Bizni kuzatishda davom eting

Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
📱 Telegram    📱Facebook
🔎Web-sayt

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#oramizdagi_chempionlar

✅ Namangan viloyati, Uychi tumanidagi 6-maktabning 11-sinf oʻquvchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi Yasmina Egamberdiyeva olti yoshidan karting sport turi bilan shugʻullanadi.

➖ U mazkur sport turi boʻyicha Qozogʻiston, Malayziya, Fransiya, Ispaniya davlatlarida oʻtkazilgan va boshqa koʻplab xalqaro musobaqalarda yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.


Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tishni boshladik!

Yangi yilni biz bilan texnologiyalar olamida boshlang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.

🔵 Onlayn yo'nalishlar:
•Python
•.Net
•React
•SMM
•AI
•DevOps
•Mobile Flutter

🔴 Oflayn yo'nalishlar:
Robototexnika
CyberSport (Dota 2)
Digital Art
Dasturlash (nocode)
3D modellashtirish
AI (GPT)

📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Qiziqarli darslar, zamonaviy texnologiyalar va o‘zgacha tajribalarni qo‘ldan boy bermang! 🙌

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

"Mehrli Maktab" loyihasi doirasida "УчимЗнаем" loyihasi rahbari, professor Sergey Sharikov ishtirokida gospital maktabning hududiy filiallari bilan o‘zaro hamkorligini tayyorlash bo‘yicha professional amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Shuningdek, "Mehrli Maktab"da ta’lim olgan bolalarni umumta’lim maktablariga qayta integratsiya qilish jarayonida o‘qituvchilar tarkibini tayyorlash masalasi tadbirlarning muhim mavzusi bo‘ldi.

"Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika" moduli bo‘yicha tahsil olayotgan pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘zlarining gospital maktabdagi dastlabki ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.



В рамках проекта Mehrli Maktab состоялись профессиональные практические семинары с участием руководителя проекта «УчимЗнаем», профессора Сергея Шарикова по подготовке взаимодействия госпитальной школы с её региональными филиалами.

А также важной темой мероприятий стал вопрос подготовки педагогического состава при реинтерграции детей в общеобразовательные школы после прохождения обучения в Mehrli Maktab.

Своим первым опытом работы в госпитальной школе поделились студенты педагогических вузов, обучающихся по модулю «Инклюзивное образование. Госпитальная педагогика».

Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Йил_сарҳисоби

Bir guruh pedagoglar “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan poytaxtimizda joylashgan Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda pedagoglar ishtirok etdi.

⚡️ Tadbirda taʼkidlanganidek, ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda.

❗️ Joriy yilda 4 644 ta davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilishi natijasida bolalalarni maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 76,0 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi 96 foizga yetkazildi.

Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1 500 taga (2023-yil – 500 ta) yetkazildi. Bunda oʻtgan yilgi baholashda ishtirok etgan 500 ta maktab ichida jarayonlarni samarali yoʻlga qoʻygan maktab jamoalariga 40 foizgacha ustama toʻlab kelinmoqda. Oʻtgan oʻquv yilida oʻquvchilarning oʻrtacha oʻzlashtirish darajasi 6 foizga oshgan.

❗️ Xususan, joriy oʻquv yilining birinchi chorak natijalarini oʻtgan oʻquv yilining xuddi shu davri bilan solishtirilganda, oʻquvchilarning bilim olish darajasi 4 foizga oshganligini koʻrsatmoqda.

Yana bir muhim jarayon sifatida malaka toifalarini berish tizimi mutlaqo yangi tartibda amalga oshirildi. Shunindek, 1 000 nafar amaldagi direktor va 1 600 nafar nomzod “Menejerlik oʻquv kursi”da oʻqitilib, 1 800 nafariga sertifikat berildi.

👏 Tadbir davomida joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Sarhisob

✅ 2024-yil davomida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan eng muhim ishlar sarhisobi

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Qashqadaryo

Qashqadaryolik bolajonlarga bayram sovg‘asi

Bugun Qarshi tumani, Shoyxo‘ja mahallasida joylashgan 16-sonli DMTT qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotining tantanali ochilish marosimida mas’ullar, mahalla faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

📍 Ma’lumot o‘rnida, ushbu bog‘cha 1987-yilda qurilgan.


Hozirda to’liq zamonaviy ko’rinishga keltirilgan binoda 180 nafar bolajonlar ta’lim-tarbiya olishlari uchun munosib sharoit yaratildi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Shu_kunlarda

Qoraqalpog’iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida joylashgan qator ta’lim muassasalaridagi qurilish ishlari yakuniga yetib, yangi binolar foydalanishga topshirildi:

📍 Xususan, tumandagi 8-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 540 o‘rinli yangi bino qurilib bitkazildi.

📍 Shuningdek, To‘rtko‘l tumani 10-sonli umumta’lim maktabida ham qo’shimcha 480 o‘rinli yangi bino ishga tushdi.

Hozirda mazkur maktabda jami 1076 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

📍 Bayram arafasida To‘rtko‘l tumani, “Yaxtilik” MFYda joylashgan 14-son umumta’lim maktabiga 330 o‘rinli yangi bino foydalanishga topshirildi.

Unda o’quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#islohotlar_amalda

Kuni kecha Davlatimiz rahbariga maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar boʻyicha axborot berildi.

👉 Unda qayd etilganidek:

➖ 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari direktorlari, maktab direktori oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.

➖ Shu bilan birga, 2026-yildan boshlab maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga koʻra qoʻshimcha ustamalar joriy etiladi.

➖ Bundan tashqari, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanishi yoʻlga qoʻyiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Давлатимиз раҳбарига мактабгача ва мактаб таълими тизимида 2025 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар бўйича ахборот берилди.

Главе государства доложена информация о приоритетных задачах в системе дошкольного и школьного образования на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tasdiqlandi

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

👉 Nizomga asosan, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:

➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi;
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari;
➖tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari;
➖A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti;
➖Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari;
➖pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari;
➖malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari;
➖maktabgacha taʼlim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy oʻrta taʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari.

❗️ Shuningdek, mazkur Nizom bilan:


uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga kiruvchi barcha boʻgʻin tashkilot va oʻquv muassasalarining asosiy vazifalari

➖uzluksiz kasbiy rivojlantirish taʼlim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan/ajralmagan holda, masofaviy, dual, mustaqil, muqobil shakllari orqali amalga oshirilishi;:

➖ uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari menejerlik oʻquv kurslari, malaka oshirish kurslari, malaka oshirish kurslari oraligʻida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari, qayta tayyorlash kurslari orqali amalga oshirilishi belgilab berildi.

👉
NIzomning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Янги_баҳолаш

✅ Maktablarning mezonlarga asoslangan baholash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi munosabati bilan eMaktab.Smart platformasi orqali yurtimizdagi 168 ta maktabda 2 ta fan kesimida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan onlayn-CHSBlar tashkil etilmoqda.

❗️ Buning natijasida 120 ming nafardan ortiq ota-onalar va oʻquvchilar CHSB va BSBlarning amaldagi demo-versiyalaridan foydalanishdi. Oʻqituvchilar orasida eMaktab.Smart platformasidagi raqamli kontentdan foydalanish foizi 45% ga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan deyarli ikki barobarga koʻproq.

Oʻtgan hafta davomida eMaktab platformasida 53 mingdan koʻp marotaba demo-CHSBlardan foydalanilgan.

👉 Ushbu havola orqali onlayn-CHSBlarga tayyorgarlik koʻrish mumkin.

___

✅ В
связи с постепенным переходом школ на критериальную систему оценивания, на платформе eMaktab.Smart совместно с Министерством дошкольного и школьного образования были разработаны и проведены онлайн-СОЧи в разрезе двух предметов с 5 по 11 классы в 168 школах по всему Узбекистану.

❗️ Сегодня более 120 000 детей прошли онлайн-СОЧи. Процент использования цифрового контента в eMaktab.Smart среди учителей вырос до 45%, это почти в два раза больше, по сравнению с прошлым годом.

За прошедшую неделю демо-СОЧи на eMaktab прошло более 53 тыс. раз.

👉 У всех еще есть время подготовиться по этой ссылке.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#мактабгача_таълим
#ўқув_семинар

✅ Garvard universiteti taʼlim siyosati va dasturlarini baholash boʻyicha mutaxassisi Djonatan Seydan ishtirokida xalqaro MELQO baholash tizimi asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini baholash boʻyicha seminar tadbirlari oʻtkazildi.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI!

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#sarhisob

✅ Respublikamiz bo‘ylab yil davomida Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hududlar kesimida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sarhisobi
Andijon viloyati sarhisobi
Surxondaryo viloyati sarhisobi
Xorazm viloyati sarhisobi
Buxoro viloyati sarhisobi
Qashqadaryo viloyati sarhisobi
Samarqand viloyati sarhisobi
Toshkent viloyati sarhisobi
Farg‘ona viloyati sarhisobi
Sirdaryo viloyati sarhisobi
Navoiy viloyati sarhisobi
Toshkent shahri sarhisobi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Таълим_саёҳати_таассуротлари

✅ Prezident sovrini uchun joriy yilda oʻtkazilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchilari — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 96-maktab oʻquvchilari Buyuk Britaniyaga taʼlim sayohatiga borishdi.

👉 Quyidagi videolavha orqali ushbu sayohat taassurotlari bilan tanishasiz.


Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Õzbekiston_tarixi
#29_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

✅ Navbatdagi videodars "Abu Bakr Narshaxiy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda tarixchi olim Abu Bakr Narshaxiy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

➖ Davomi bor...

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Sarhisob
#Infografika

2017-2024-yillarda bolalalarni maktabgacha ta’limga qamrov darajasining oshib borish statistikasi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Bugun “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konserti boʻlib oʻtdi.

Festival barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 3 bosqichda oʻtkazilib, jami 274 ming nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

“Jadidlar izidan” tanlovi gʻoliblarini ham taqdirladik. Joriy yilning oktyabr-dekabr oylari davomida oʻtkazilgan mazkur tanlovdan maqsad: oʻquvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini yanada shakllantirish, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, buyuk jadid allomalar hayoti va ijodi bilan tanishtirish, kitobxon bolalarni aniqlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan tanlovda ishtirok etish uchun 365 mingga yaqin ariza kelib tushdi.

Yakuniy natijalarga koʻra jami 14 nafar oʻquvchilar gʻolib deb topildi va Germaniyaga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritishdi.

Taʼlim sayohati uchun aynan Germaniya tanlanishida ham mazmun bor. Yuz yil avval jadid bobolarimiz Turkiston yoshlarini Germaniyaga, jahonning eng ilgʻor ilmlarini oʻrganib, mamlakatimizga olib kelish uchun yuborgan edi. Afsuski, bu yoshlar qismati ayanchli tugagan.

Bugun esa tanlovda gʻolib boʻlgan yoshlarimiz chin maʼnoda jadidlar izidan yoʻlga tushadi, Germaniyada jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi. Ular sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytishi va kelgusida oʻrganadigan bilimlarini vatanimiz ravnaqi uchun sarflashiga katta motivatsiya berishiga ishonaman.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Live
#Йил_сарҳисоби

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizda joylashgan Simpoziumlar saroyida o‘tkazilayotgan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi boshlandi.

👉 Jonli efir

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel