uzedu | Unsorted

Telegram-канал uzedu - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

121054

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Subscribe to a channel

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Fotoreportaj
#Jadidlar_izidan

Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konsert dasturidan fotoreportaj.

👉
Batafsil

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Live
#Jadidlar_izidan

🔴 Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Turkiston” sanʼat saroyida “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.

➖ Shuningdek, tadbir doirasida “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konsert dasturi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

👉 Jonli efir

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#sarhisob_2024

✔️Amaldagi maktab direktorlari uchun tashkil etilgan menejerlik o‘quv kursiga 1 093 nafar direktor jalb etilgan bo‘lib, shundan, 703 nafari ijobiy ko‘rsatkich bilan menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan.

✔️Maktab direktori lavozimiga nomzodlar uchun tashkil etilgan menejerlik o‘quv kurslariga 2024- yil fevral-noyabr oylarida jami 1 613 nafar tinglovchi qabul qilingan, shundan, 1 101 nafari ijobiy natija bilan kursni tamomlab, sertifikat olgan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Xalqaro_hamkorlik

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov Janubiy Koreya Respublikasining Jeollanam-do Taʼlim departamenti rahbari janob Chon Byon Guk boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

➖ Unda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

❗️Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi taʼlim markazi koʻmagida tashkil etilgan uchrashuvda oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilarini Koreya tajribasi asosida kasb-hunarga oʻrgatish, bitiruvchilarni professional taʼlimga tayyorlash, gumanitar yoʻnalishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

👉 Shuningdek, ikki tomonlama oʻrnatilgan dasturlarni rivojlantirish maqsadida hududiy taʼlim boshqarmalari bilan doimiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlandi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📝Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagoglar uchun o‘tkazilayotgan metodik mahorat kuni va metodik mahorat soati tadbirlarining o‘quv mashg‘ulotlari.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Uzoq muddatli davolanayotgan bolalar qo‘llab-quvvatlanadi

▶️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining “УчимЗнаем” gospital maktab loyihasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida xalqaro seminar tashkil etildi.

Seminar kasbiy rivojlantirish amaliyot dasturi asosida “Tibbiyot muassasalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

😄Tadbirda “УчимЗнаем” loyihasi rahbari Sergey Sharikov, loyiha yetakchi mutaxassisi Artyom Filatov, “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi direktori Nigora Alimova o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, uzoq muddatli davolanishdagi bolalar taʼlimini tashkil qilishga doir masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

▶️“Jadidlar izidan” Respublika tanlovi ishtirokchilari Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy Majlis Senati, “Turkistonga maktub” Jadidlar ko‘rgazmasida bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Surxondaryoda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

➡️Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri maslahatchisi Ulug‘bek Toshkenboyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari o‘rganildi.

⭐️O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli koʼrsatmalar berildi. Ustozlar, taʼlim menejerlari bilan yangi rejalar, taʼlimda sifatga erishish yo‘lidagi istiqbolli loyihalar belgilandi.

Shu bilan birga, pedagoglarning yangi metodikalarni oʼrganishga boʼlgan qiziqishlari tobora ortib borayotganligi alohida e'tirof etildi.

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🔴Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglariga xorijlik ekspert Jonatan Seyden tomonidan o’quv o’tkazildi

😄A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini tashkil etish uchun trener (mentor)larni tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, xorijlik ekspert Jonatan Seyden, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xodimlari va 300 nafardan ortiq trener-mentorlar ishtirok etdi.

▶️Dastlab, ishtirokchilarga Jahon banki eksperti Jonatan Seyden guruglarda faoliyat olib borish sifatini hamda bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishini qo’llab quvvatlovchi omillarni baholash haqida maʼlumot berdi.
Soʻngra shoʻbalarda maktabgacha ta’limning Davlat oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan dastur asosida oʻquvlar boshlandi.

Jumladan, ishtirokchilar pedagoglarning metodik koʻnikmalarini oshirish, innovatsion taʼlim uslublarini joriy etish, malaka va tajriba almashish, taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha keng maʼlumot olishga muvaffaq boʻldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Sarhisob

2024-yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni joriy etishga doir 23 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.

Xususan, tizimga oid 2 ta qonun, Prezidentimizning 4 ta farmoni va 8 ta qarori, 9 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari shular jumlasidandir.

Hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

“Jadidlar izidan” Respublika tanlovi g‘oliblari xorijga ta’lim sayohatiga yuboriladi

✅Xabaringiz bor, vazirlik tomonidan ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etilgan.

❕Bugun butun Respublikadan saralab olingan tanlov ishtirokchilari poytaxtdagi “Turkistonga maktub” Jadidlar ko‘rgazmasida bo‘lishdi.

So‘ngra Maktabgacha va maktab ta’imi vaziri Hilola Umarova o‘quvchilar bilan uchrashib, ularni tanlovning Respublika bosqichidagi ishtiroki bilan qutladi va so‘nggi bosqichda omad tiladi.

📍 Eslatib o‘tamiz, 18-20-dekabr kunlari tanlovning Respublika bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.


⚡️ Tanlovning Respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Shu_kunlarda

FARG‘ONADA ZAMONAVIY SHAROITLARGA EGA TA'LIM TASHKILOTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


Shu kunlarda Farg‘onada ham ko‘plab yangi ta’lim tashkilotlari zamonaviy qiyofaga keltirilib, tarbiyalanuvchilarning bilim va tarbiya olishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

📍 Kuni kecha mamlakatimizning eng chekka hududlaridan biri — Farg‘ona tumani, Yordon qishlog‘ida 140 o‘rinli yangi 5-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Bu esa bolalar va mahalla aholisi uchun chinakam bayram bo‘ldi.

📍 Shuningdek, mazkur tumanning Mindon qishlog‘idagi 21-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviylashtirildi.

📍 Tumandagi Oq bilol mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 28-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti esa qayta bunyod etildi.

⚡️ Bugun ushbu zamonaviy barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ta’lim muassasasi 180 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi.

Yangilangan ta'lim muassasada o‘g‘il-qizlarning munosib tarbiya olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Ochilish marosimlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#No_comment

“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan seminardan videolavha

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

“Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi asosida oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda

Joriy yilning 16-17-dekabr kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Pedagogik mahorat markazlari hamda amaliyotchilardan iborat 28 nafar master-trener uchun oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Oʻquv-amaliy seminar maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor oʻrinbosarlari va pedagoglari malakasini oshirishning “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarining oʻquv dasturiga hamda “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan qoʻllanma asosida o‘tkaziladi.

❕Mazkur oʻquv-amaliy seminarlar pedagoglarning metodik koʻnikmalarini oshirish, innovatsion taʼlim uslublarini joriy etish, malaka va tajriba almashish hamda taʼlim sifatini yaxshilashga koʻmak beradi.

Shuningdek, treninglar maktabgacha taʼlim muassasalaridagi pedagoglar bilimlarini yangilab, metodik yondashuvlarni qoʻllash va taʼlim jarayonini samarali tashkil etishda yordam beradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#sarhisob

“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari 2024-yilda qanday yutuqlarga erishishdi?


✅ Bugungi qahramonlarimiz Raqamli avlod qizlari tanlovida g'olib bo'lish, Birlashgan Arab Amirliklari va Londonga ta'lim sayohatlari, hayotida foydali bo'lgan bilimlarni egallash va Mutolaa loyihasida ishlash kabi muvaffaqiyatlari bilan ortoqlashishdi.

Sizchi? Siz qanday yutuqlarga erishdingiz? O‘z yutuqlaringizni biz bilan bo‘lishing: @newuucontact_bot

💫Sarhisob davom etadi...

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#talabalar #yutuqlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Live
#Jadidlar_izidan

"Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari Germaniyaga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishdi

✅ Avval xabar qilinganidek, hozirda poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi qizgʻin davom etmoqda.

⚡️
Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflarlar o'rtasida) jami 14 nafar quyidagi oʻquvchilar gʻolib, deb topildi.

👉
6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida

Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi (Fargʻona viloyati)

Boxodirov Shoxjahon Kamoliddin oʻgʻli (Toshkent viloyati)

Boboxonov Akbar Sardor oʻg'li (Xorazm viloyati)

Sharapova Madinabonu Farruxovna (Buxoro viloyati)

Musulmanova Diyora Baxrom qizi (Toshkent shahar)

Abdumutalifova Sugʻdiyona Xushnudjon qizi (Namangan viloyati)

Komilova Zilola Faxriddin qizi (Navoiy viloyati)

👉
9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida

Azimova Jasmina Toʻlqin qizi (Qashqadaryo viloyati)

Qodirov Bobur Dilshod oʻgʻli (Sirdaryo viloyati)

Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi (Farg'ona viloyati)

Qoʻchqarova Ziyoda Mansurjon qizi (Namangan viloyati)

Ergasheva Farangiz Bahriddin qizi (Navoiy viloyati)

Raxmatjonova Shodiyobonu Xabibulla qizi (Andijon viloyati)

Yunusova Roʻzixon Burxon qizi (Toshkent viloyati)

❗️
Eslatib oʻtamiz: tanlov Nizomiga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniya davlatiga taʼlim sayohatiga yuboriladi hamda u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi.

👉 Shuningdek, maʼrifatparvar jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qilishadi, mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📣📣Diqqat, e'lon!

PEDAGOGLAR TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILINADI

✅ Yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yuqori salohiyatli kadrlarni tanlab olish, bu jarayonda adolatli tanlovni tashkil etish orqali eng munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan o‘qituvchilar quyidagi maktablarga tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani 35-sonli maktab,
➖ Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘o‘n tumani 15-sonli maktab,
➖ Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 82-sonli maktab.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni joriy yilning 20-dekabridan 2025-yil 2-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) elektron platforma (https://ish.uzedu.uz/vacancyindex) orqali amalga oshiriladi.
Malumot uchun: tanlov jarayonlari pedkadr.uzedu.uz platformasida o‘tkaziladi.
☎️ Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun tegishli hududiy boshqarmalarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

An’anaga ko‘ra, yil yakunida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida yurtimizning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdim.

2023/24-o‘quv yilida bu yoshlar – maktablarimiz o‘quvchilari nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalarga erishdi – 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi! Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lishdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz.

Yosh qahramonlarimizni chin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat g‘alabalarga to‘la katta yo‘lning boshlanishi bo‘lsin. O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida!


По сложившейся традиции в конце года я встретилась в Администрации Президента Узбекистана с юными умниками и умницами страны.

В 2023/24 учебном году наши ребята достигли невероятных результатов на престижных олимпиадах, завоевав 128 медалей, включая 15 золотых, 36 серебряных и 77 бронзовых!
Многие из них были лучшими по химии, математике, физике и информатике. Это рекордный показатель в истории Узбекистана, которым мы все гордимся.

Сердечно поздравляю наших героев и благодарю учителей и родителей за их вклад, веру и поддержку. Пусть этот успех станет лишь началом большого пути. За молодёжью —   будущее Узбекистана!

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Sarhisob

✅ 2024-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasining xalqaro yoʻnalishida olib borilgan ishlar
:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan 20 dan ortiq muhim xalqaro hujjatlar imzolandi. Buning natijasida:

👉 xalqaro tashkilotlarining malaka oshirish markazlari hamda oliygohlarida oʻzbekistonlik oʻqituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi;
👉 xalqaro tanlovlarda mamlakatimiz oʻquvchi va oʻqituvchilari faol ishtirok etdi;
👉 Janubiy Koreya, AQSH, Ozarbayjon, Hindiston, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlar tomonidan texnik koʻmak yuklari, kompyuter oʻquv qurilmalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sport anjomlari, inklyuziv ta'lim uskunalari va kitoblar grant tariqasida qabul qilib olindi;
👉 innovatsion taʼlim usullarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.


➖ 1200 nafardan ortiq tizim xodimlari va o'qituvchilar (550 nafardan ortiq malaka oshirish dasturlari bo'yicha) Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Koreya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Singapur, Turkiya, Fransiya, Ummon
davlatlariga xorijiy xizmat safarlari amalga oshirildi;

50 dan ortiq xalqaro darajadagi nufuzli forum, simpozium, anjuman, davra suhbati, maʼruza hamda seminarlar oʻtkazildi. Unda 500 nafardan ortiq xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.

Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan 20 ta ikki va koʻp tomonlama xalqaro hujjatlar imzolandi.

YUNESKO, YUNISEF, Jahon banki, Islom Taraqqiyot banki, Koreya EkZim Banki, Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, KOYKA, Djayka, TURKSOY, AySESKO, OPEK jamgʻarmasi, OBSE, YUSAID, Amerika Kengashi, Britaniya Kengashi, Koreya taʼlim markazi, Striling jamgʻarmasi, AQSH Mehribonlik korpusi va boshqa xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari bilan 200 tadan ortiq yuqori darajadagi uchrashuvlar oʻtkazildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Sarhisob
#Infografika

✅ Nufuzli va xalqaro fan olimpiadalarida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan erishilgan yutuqlar sarhisobi.

❗️Videoinfografikada 2021-2024-yillarda terma jamoamiz a’zolari qo‘lga kiritgan medallar soni aks etgan.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#sarhisob

2024-yilgi eng qimmat yutuq – sarhisob

✅ “Yangi O‘zbekiston” universitetiga ilk o'qishga qabul qilingan talabalarimizdan Nurislombek Mahkamjonxojizoda o'qish davomida erishgan yutuqlari bilan o'rtoqlashdi.

⚡️ U o'zi asos solgan va President Tech award tanlovida 1-o'ringa loyiq ko'rilib, 100 ming dollar miqdorida mukofot bilan taqdirlangan Oygul loyihasi haqida ham gapirib berdi.

💥 Shuningdek, Nurislombek o'qishning birinchi kunlaridanoq talabalar orasida faollik va ijtimoiy muhitni yaxshilash maqsadida Talabalar kengashiga asos solgan hamda kengashning ilk prezidenti sifatida 3 yil faoliyat yuritgan.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#tanlov #oygul

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Sarhisob
#Infografika

2017-2024-yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari statistikasi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📣 Joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan malaka sinovlarida qatnashgan pedagog kadrlar diqqatiga!!!

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifalarini berish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan:

5 654 nafar pedagogga — oliy malaka toifasi;
23 987 nafar pedagogga — birinchi malaka toifasi;
33 545 nafar pedagogga — ikkinchi malaka toifasi berildi.
6 099 nafar pedagog mutaxassis lavozimiga loyiq, deb topildi.

✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 48-bandiga asosan:

➖ pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.


⚡️ Shunga muvofiq, joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan malaka sinovlarida qatnashgan barcha ishtirokchilarning oylik maoshlari joriy yil 16-dekabrdan boshlab yangi toifalari boʻyicha hisoblanishini eslatib oʻtamiz.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#sarhisob

"Barkamol avlod" bolalar maktabi o‘quvchilari 2024-yilda qanday yutuqlarga erishishdi?


✅ Bugungi qahramonimiz o‘rgangan bilimlari evaziga Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi va erishayotgan muvaffaqiyatlari haqida ortoqlashdi.

Sizchi? Siz qanday yutuqlarga erishdingiz? O‘z yutuqlaringizni biz bilan bo‘lishing: @RBABM_bot

💫Sarhisob davom etadi...


© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Senatda “Jadidlar izidan” respublika tanlovi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
__________
В Сенате состоялась встреча с участниками республиканского конкурса «По стопам джадидов»

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Ozarbayjon delegatsiyasi tomonidan “Mehrli maktab” tajribasi o‘rganilmoqda

Ozarbayjon Respublikasi Fan va taʼlim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillaridan iborat delegatsiya Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markazida joylashgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Mehrli maktab”da bo‘ldi.

Bundan ko‘zlangan maqsad kelgusida O‘zbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, gospital taʼlimi bo‘yicha mamlakatimiz faoliyatini Ozarbayjon Respublikasining ayni turdagi tibbiyot muassasalarida joriy etishdan iborat.

Tashrif davomida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat hamda O‘zbekistonning gospital taʼlimi bo‘yicha, xususan, markazda joylashgan “Mehrli maktab”da bolalarning taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Delegatsiya aʼzolariga hamrohlik qilgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov mazkur gospital maktabda uzoq muddat davomida davolanayotgan hamda maktab yoki bog‘chaga borish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bolalarga berilayotgan taʼlim hamda ushbu yo‘nalishdagi mamlakatimiz tajribasi bilan xorijiy delegatsiyani batafsil tanishtirib o‘tdi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#yil_sarhisobi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 7-sinf oʻquvchishi Julduz Jumabayeva 2011-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 5 yoshidan sportning badiiy gimnastika turi bilan shugʻullanadi.

Julduz Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod, Respublika va xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi.

Maʼlumot oʻrnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2024-уil 22-iyuldagi PF-94-son Farmoniga koʻra Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazilib, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qabul tartibi, takomillashtirilgan oʻquv rejalari, shtatlar jadvali ishlab chiqildi hamda Gimnastika maktabining 1-8-sinflariga qabul kvotalari belgilandi.

Joriy yilning 7–25-avgust kunlari ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni amalga oshirildi.

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilib, jami 399 ta ariza kelib tushdi.

Kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etilib, talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik, psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha sinovlardan oʻtdi.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 74 nafar oʻquvchi Gimnastika maktabiga qabul qilindi.

Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan sport maktabida 1-8-sinflar kesimida 139 nafar oʻquvchi badiiy hamda sport gimnastikasi boʻyicha mahoratini oshirish bilan birga zamonaviy taʼlim standartlari asosida bilim olmoqda. Jami 7 nafar rahbar, 12 nafar pedagog va 10 nafar murabbiy xodimlar faoliyat olib borishmoqda.

Joriy yilda ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari sport gimnastikasi boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 1 ta bronza hamda Oʻzbekiston kubogida 1 ta oltin, 5 ta kumush, 3ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

⌛️ "Eco-Schools Uzbekistan" tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Eko Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🏫 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari, shuningdek, Toshkent shahridagi "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari bo‘lgan maktablar qatnashdi.

🎯 Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — ekologik bilimlarni ommalashtirish va tabiatga g‘amxo‘rlik madaniyatini shakllantirish edi.

🥇 Musobaqa yorqin va qiziqarli o‘tdi. Unda ishtirokchilar ekologiya muammolari, tabiatni muhofaza qilish va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdilar.

🏆 G‘oliblar bilan bir qatorda barcha jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

~~~

⌛️ По инициативе Eco-Schools Uzbekistan в Ташкенте, в школе творчества имени Абдуллы Кадыри, прошла интеллектуальная игра «Эко Заковат».

🏫 В мероприятии приняли участие ученики школ, в системе Агентства специализированных образовательных учреждений, а также школы-участники проекта Eco-Schools Uzbekistan в Ташкенте.

🎯 Цель мероприятия — популяризация экологических знаний и формирование культуры заботы о природе.

🥇 Состязание прошло ярко и интересно, в ходе которого участники расширили свои знания о проблемах экологии, охране природы и других важных аспектах.

🏆 Помимо победителей, все команды были награждены почетными грамотами и памятными подарками.

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
#Инклюзив_таълим

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar “Euronews” telekanalining “Learning World” ko‘rsatuvida yoritildi.

Unda Toshkent shahridagi 298-maktab misolida sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda inklyuziv sinflarda dars beruvchi ustozlarni kasbiy rivojlantirish haqida so‘z bordi.


👉 Batafsil

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#OAV biz haqimizda

Samarqandda "Ilk rivojlanish markazi": Toyloq tumani tajribasi ommalashtiriladi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel