uzedu | Unsorted

Telegram-канал uzedu - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

121054

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Subscribe to a channel

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#yil_sarhisobi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 8-sinf oʻquvchisi Aslbek Rozumbayev 2011-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan.


Aslbek Osiyo chempionati kumush medali sohibi, O‘zbekiston chempionati g‘olibi hamda O‘zbekiston kubogi va xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi

Maʼlumot oʻrnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2024-уil 22-iyuldagi PF-94-son Farmoniga koʻra Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazilib, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qabul tartibi, takomillashtirilgan o‘quv rejalari, shtatlar jadvali ishlab chiqildi hamda Boks maktabining 5-6 va 9-10-sinflariga qabul kvotalari belgilandi.

Joriy yilning 7-25-avgust kunlari ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni amalga oshirildi.

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilib, jami 1 245 ta ariza kelib tushdi.

Kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etilib, talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik, psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha sinovlardan oʻtdi.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 96 nafar oʻquvchi Boks maktabiga qabul qilindi.

Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan sport maktabida 5-10-sinflar kesimida 140 nafar oʻquvchi (shundan 12 nafari qiz bola) boks mahoratini oshirish bilan birga zamonaviy taʼlim standartlari asosida bilim olmoqda. Jami 8 nafar rahbar, 13 nafar pedagog va 7 nafar murabbiy xodimlar faoliyat olib borishmoqda.

Joriy yilda ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari boks bo‘yicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 2 ta kumush, 1 ta bronza, Oʻzbekiston chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza Oʻzbekiston kubogida 2 ta oltin, 3 ta kumush, 11 ta bronza, Xalqaro turnirlarda 13 ta oltin, 5 ta kumush, 11 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#sarhisob

🔹A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida 2024-yil fevral oyidan maktab direktorlari va direktor lavozimiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslari tashkil etildi.

🔹2024-fevral-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 2 706 nafar tinglovchilar menejerlik o‘quv kurslariga qabul qilingan. Shundan, 1 804 nafari kursni muvaffaqiyatli tugatib, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan.

🔹Amaldagi maktab direktorlari uchun tashkil etilgan menejerlik o‘quv kursiga 1 093 nafar direktor jalb etilgan bo‘lib, shundan 703 nafari ijobiy ko‘rsatkich bilan menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan.

🔹Maktab direktori lavozimiga nomzodlar uchun tashkil etilgan menejerlik o‘quv kurslariga 2024-yil fevral-noyabr oylarida jami 1 613 nafar tinglovchi qabul qilingan va 1 101 nafari ijobiy natija bilan kursni tamomlagan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari london taassurotlari bilan bo‘lishdi.

⚡️Ushbu maktabning 5 nafardan iborat o‘quvchilar jamoasi joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun o‘tkazilgan «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovida poytaxtimiz sharafini munosib himoya qildi. Tanlov yakuniga ko'ra, Respublika bosqichida mirobodliklar faxrli uchinchi o'rinni egalladi.

🔰Yaqinda ular respublikamizning boshqa viloyatlaridagi g'olib tengdoshlari va ustozlari hamrohligida Buyuk Vritaniyada ta'lim sayohatida bo'lib qaytishdi.

🎥Marhamat, poytaxtlik o'quvchi-yoshlarning taassurotlarini o'zlaridan eshiting.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Xorijiy_hamkorlik

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Marinich Leonid Adamovich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda elchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida bugungi kundagi turli sohalardagi hamkorlik aloqalari yuqori e’tirof etildi.

📍 Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi.

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Kecha inklyuziya qanchalik muhimligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Jamiyat sifatida biz har bir insonni qo‘llab-quvvatlash va hammaga teng imkoniyatlarni ta’minlashga mas’ulmiz.

Ushbu unutilmas taassurot uchun bolajonlarga rahmat!

-

Вчера я убедилась ещё раз насколько важна инклюзия. Как общество мы обязаны поддерживать и предоставлять равные возможности для всех.

Спасибо деткам за этот незабываемый опыт!

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Камбағал оилалар фарзандларининг таълим олиши ва касб ўрганиши учун имкониятлар янада кенгайтирилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📣 Bir maktabdan boshqa maktabga o‘tkazish davlat xizmati kengaytirilmoqda

2025-yil 1-yanvardan boshlab bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati 45 ta tuman va shaharlarda joriy etiladi.

👩🏻‍💻 Fuqarolar maktabga bormagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki vazirlikning elektron platformasi (my.maktab.uz) orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin. Davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

❗️ Elektron qabul tizimi ota-onalarga qulaylik yaratish bilan birga byurokratik to‘siqlar, ovvoragarchilik, inson omilini kamaytirishga qaratilgan.

👉 Boshqa maktabga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etilgan hududlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Saida Mirziyoyeva ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan samarqandlik bolalar bilan uchrashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida Toshkent planetariysida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan samarqandlik bolalar bilan uchrashdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

O’quvchilar uchun ajoyib tuhfa

"Toshkent yoshlarni sevadi" oyligi doirasidagi tadbirlar qizg‘in davom etadi. Poytaxtimizda joylashgan Oʻzbekiston Milliy kino san’at saroyida bolajonlar uchun bepul tashkil etilgan konsert-shoular boshlandi. Mazkur tadbir doirasida bolajonlarga “Mimi shou” va “Billur boshmoqli qiz” musiqali tomoshalari namoyish etildi.

Madaniy tadbirlarga Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ta’lim olayotgan 36 ming nafar o‘quvchilarni qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad bolalarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va faol o‘quvchilarni rag‘batlantirishdan iborat.

Ma'lumot uchun, konsert-shou har kuni 4 marta — 3 ta o‘zbek tilida va 1 ta rus tilida namoyish etiladi va 13-dekabrga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Эълон

Hurmatli ustozlar!

📣 BMT Taraqqiyot dasturi doirasida “Iqlim ta’limi” vebinari tashkil etilmoqda.

Ushbu vebinardan ko‘zlangan maqsad xorijiy tajribani o‘rganish, fikr almashinish va yangi g‘oya hamda yangiliklar bilan tanishishdan iborat.

⏳ Vebinar ertaga, 12-dekabr kuni ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.


🕒 Vaqti: 16:00
🌐 Havola
(Mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, vebinarga ulanish uchun havola ko‘rsatilgan tasdiqlash xati jo‘natiladi).
_______
Рус тилида

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Barkamol_avlod_bolalari

📍NAVBATDAGI MANZIL — TOSHKENT SHAHRIDA!

📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.

📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili TOSHKENT SHAHRI!

⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

❄️“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
❄️“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
❄️“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
❄️“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
❄️“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
❄️“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
❄️“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ!

❄️Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Jadidlar_izidan
#Tanlov

Jadidlar izidan”: tez orada tanlovning Respublika bosqichiga start beriladi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Jadidlar izidan" tanlovining Respublika bosqichi joriy yilning 17-20-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

✈️ Eslatib o‘tamiz, mazkur bosqich yakunlariga ko‘ra 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Xushxabar

Kitoblik muallimning 46 nafar shogirdi milliy sertifikat oldi

Kitob tumanidagi 96-maktab muallimi Dilnoza Berdiyeva tayyorlagan 44 nafar o‘quvchi hamda 2 nafar o‘qituvchi ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

“Martdagi sinovda 36 nafar o‘quvchim qatnashib, 35 nafari milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan, xushxabarni ijtimoiy tarmoqqa joylaganimda o‘sha bir o‘quvchim uchun achingan edim. Noyabr oyida o‘tgan imtihonga esa 46 nafar shogirdim va ularga dalda bo‘lish uchun o‘zim ham ariza topshirdik. Allohga behisob shukr, 100 foizlik natijaga erishibmiz”, deydi Dilnoza Berdiyeva.

Imtihonda 6 ta A, 11 ta B+, 18 ta B, 9 ta C+, 3 ta C daraja qayd etilgan. Bu o‘quvchilar oliy ta’limga kirish imtihonlaridan 8 oy oldin ona tili fanidan beriladigan 40 ta savolning 40, 39, 38, 37, 36, kamida 35 tasiga to‘g‘ri javob balini naqd qilib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Dilnoza Berdiyeva 2017-yili “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” g‘olibi bo‘lgan.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Xalqaro_hamkorlik

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi ayni vaqtda Finlandiyaning maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish maqsadida Xelsinki shahrida bo‘lib turishibdi.

Ma'lumot uchun: Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Finlyandiya ta’lim agentligi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.


Xelsinkidagi o‘quv seminarlari natijasida yangi metodikalar ustida ishlash, bolalarning ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va o‘zaro tajriba almashish rejalashtirilgan.
__________
Рус тилида

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Vazirlik delegatsiyasi Britaniyaning Kembrij shahrida o'quv-seminarlarida ishtirok etmoqda

Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish dasturi doirasida vazirlik delegatsiyasi hozirda Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya Cambridge International Education tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga muvofiq oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha navbatdagi bir haftalik oʻquv treninglarida ishtirok etmoqda.

Ushbu o‘quv Cambridge International Education bilan o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan keng hamkorlikning bir qismi bo‘lib, kelgusida tashkilot tomonidan mahalliy mutaxassislarga davlat taʼlim standartlari va oquv dasturlarini ishlab chiqishda konsalting xizmatlari koʻrsatib borilishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Õzbekiston_tarixi
#28_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

✅ Navbatdagi videodars "Hakim at-Termiziy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk olim Hakim at-Termiziy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

➖ Davomi bor...

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Yoshlar forumi – 2024” ishtirokchilari mutaxassislar bilan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldi

✅“O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumining ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ishtirok etdi.

✅Vazir o‘rinbosari mazkur tadbirda so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda ta’lim sohasida, xususan, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, kasb-hunar egasi bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.

✅Shuningdek, forumda ta’lim tizimiga tadbirkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha bir qancha qulayliklar yaratilayotganligi alohida ta’kidlandi.

❗️Eslatib o’tamiz, forumning asosiy vazifasi – O‘zbekiston yoshlari uchun kamida 2 ta xorijiy tilni mukammal egallash va 1 ta zamonaviy kasbni o‘rganish imkoniyatini yaratishdan iborat.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#No_comment
#Мактабгача_таълим

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

Unda vazirlik tizimidagi hududiy bo‘linmalar rahbarlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'rinbosarlari va Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻba rahbarlari ishtirok etishdi.


Mazkur seminar ilk marotaba o‘tkazilib, zamonaviy yondashuvlar asosida o‘zaro tajribalar almashinildi.

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#sarhisob

"Barkamol avlod" bolalar maktabi o‘quvchilari 2024-yilda qanday yutuqlarga erishishdi?


✅ Bugungi qahramonimiz Italiya va Turkiya davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro tanlovlar g‘olibasi o‘z muvaffaqiyatlari bilan ortoqlashdi.

Sizchi? Siz qanday yutuqlarga erishdingiz? O‘z yutuqlaringizni biz bilan bo‘lishing: @RBABM_bot

💫Sarhisob davom etadi...


© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Xorijiy_hamkorlik
#Инклюзив_таълим

Xalqaro tajriba: inklyuziv ta’limning dolzarb muammolari va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullaridan iborat delegatsiya ayni damda Finlyandiyaning Vantaa shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar avvalida delegatasiya vakillari Ylästö maktabida
bo‘lishdi hamda inklyuziv ta’limning dolzarb muammolari va amaliyotlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi.

📍 Shundan so'ng, mas'ullar “KiVa” dasturiga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etishdi. O‘quv mashg‘ulotlarini Turku universiteti mutaxassisi Selin Kylenpää olib bordi.

Ma’lumot uchun, “KiVa” dasturi maktablarda zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan innovatsion yondashuv bo‘lib, uning samaradorligi Finlyandiya va xalqaro miqyosda yuqori baholangan.


➖ Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Luovi kasb-hunar kollejida bo‘ldi. Ushbu kollej o‘zining alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan yoshlarning kasb-hunar egallashi va ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashdagi yutuqlari bilan mashhurdir.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Press_tur
#Toshkent_viloyati

OAV vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishishdi

🔴 Bugun Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga press-tur tashkil etildi. Tadbirda OAV xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, viloyatning Qibray tumanidagi maktabgacha ta’lim tizimi doirasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Press-tur avvalida "Namuna baby" xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

📍 Mazkur xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2023-yilda faoliyatini boshlagan. Muassasa 150 o‘rinli bo‘lib, ayni vaqtda maskanda 150 nafar bola ta’lim-tarbiya olib bormoqda.

❕Tadbir davomida OAV xodimlari 20-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda YATT Latipova Mavluda Xaitbayevna oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufida 2332 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, unda 168 034 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

➖ Shundan 588 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lsa, 1744 tasi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri keladi. Shundan 137 tasi xususiy nodavlat, 47 tasi davlat xususiy sherikchilik tartibida qurilgan va 1559 tasi oilaviy bog‘chalardir.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Prezident bu yil ijtimoiy himoya bo‘yicha qilingan 34 ta muhim yangilikka qo‘shimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.

Kelgusi yilda 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ta’lim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambag‘al oiladagi va nogironligi bo‘lgan 4 ming 200 nafar bolaga bog‘cha ta’limi berildi.

Viloyat hokimlariga o‘zidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarovaga 2025-yilda kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Yangi yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarini 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Shu_kunlarda

Kuni kecha Qoraqalpog'iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanidagi 63-sonli umumta’lim maktabining qo‘shimcha 240 o‘rinli yangi binosi qurib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

📍 Shuningdek, Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanidagi 24-umumta’lim maktabining to‘rt qavatli, 660 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan qo‘shimcha o‘quv binosi qurib bitkazildi.

Ushbu maktab binosi 1975-yilda barpo qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar oquvchilar unda ikki smenada tahsil olayotgan edi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

⭕️⭕️⭕️

📣 Maktablarda III chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi


Ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlari 2024-yil 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.

Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi.

_______

Занятия третьей четверти в школах начнутся 13 января 2025 года


✅ В целях создания удобств для родителей, учащихся и педагогов, обеспечения непрерывности образовательного процесса зимние каникулы в школах начнутся 29 декабря 2024 года и продолжатся до 11 января 2025 года.

Занятия в школах, запланированные на 11 января 2025 года (суббота), будут проведены 28 декабря 2024 года (суббота). Третья четверть учебного года начнется 13 января 2025 года (понедельник).

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Xushxabar!

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi  21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi!

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 52 ta davlatdan jami 303 nafar o'quvchi ishtirok etgan 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

😄 Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Bronza medal - Mustafoyev Jasur Umidovich - Navoiy viloyati, Navoiy shahar   11-sonli AFChO‘IM   9-sinf o‘quvchisi;

Bronza medal - Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI 9-sinf o‘quvchisi;

Bronza medal -  Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;

Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yoshlarimizga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari boshliqlari o'rinbosarlari
malakasi oshirilmoqda

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi barcha hududiy bo'linma boshliqlarining maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish sho‘ba rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.

👉 Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

👋😊 Hammaga salom!

👨‍🏫 Bir muhim voqeani chetlab o‘ta olmadik: "Eco-schools Uzbekistan" va "Yosh fermer" loyihalari ishtirokchilari Butunjahon tuproq kuniga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazdi. Bolalar sinfdoshlarining e’tiborini yer unumdorligini saqlashning muhimligiga qaratdilar, tuproqning noyob xossalari hamda uning ekotizimlar va odamlar hayotidagi ahamiyati, biologik xilma-xillikni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi roli haqida so‘zlab berdilar.

👍 Tabiatga mas’uliyatli munosabatingiz uchun katta rahmat!

~~~

👋😊 Всем привет!

👨‍🏫 Не смогли пройти мимо одного важного события: участники проектов Eco-schools Uzbekistan и «Юный фермер» провели открытый урок, посвященный Всемирному дню почв. Ребята привлекли внимание одноклассников к важности сохранения плодородия земли, рассказали об уникальных свойствах и значении почвы в экосистемах и жизни людей, её роль в поддержании биоразнообразия и обеспечении продовольственной безопасности.

👍 Большое спасибо за ответственное отношение к природе!

#WorldSoilDay

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari o‘tkazildi

Joriy yilning 25-noyabrdan 10-dekabr kuniga qadar barcha taʼlim muassasalarida “Zo‘ravonlikdan holi maktab oyligi”, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

❇️Mazkur tadbirda 254075 nafar pedagog, 10 406 nafar psixolog, 655 926 nafar ota-ona, 4 500 nafar huquq targ‘ibot organi xodimlari, 8 300 nafar mahalla vakillari, 3 277 000 nafar o‘quvchi qamrab olindi.

Taqdimotlarda O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”, “Pedagoglar orasida hissiy emotsional charchoq va kasbiy stress profilaktikasi” haqida tavsiya va tushunchalar berildi.

🔰Shuningdek, zo‘ravonlikka qarshi kurashish faqat zarar ko‘rganlar uchun emas, balki jamiyatning barqarorligi va sog‘lom taraqqiyoti uchun ham zarurligi tushuntirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🔈 Янги Ўзбекистон университетида тиббиёт факультети, клиника ва тадқиқот маркази очилади

АОКАда Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги, "Янги Ўзбекистон" университети раҳбарияти иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида амалга оширилаётган ишлар, натижа ва келгусидаги режалар ҳақида маълумот берилди:

Мазкур тиббиёт кластери Марказий Осиёдаги илк немис стандартлари асосида фаолият юритувчи йирик мажмуа бўлиб, у тиббиёт фанлари бўйича дунёда 98-ўринни эгаллаган Фрайберг университети, ҳамда Mangold konsalting каби бир қанча йирик компаниялар билан ҳамкорликда қурилади.

Шунингдек, босқичма-босқич магистратура мутахассисликлари ва бакалавриат йўналишлари очиш ҳам режалаштирилган. Мисол учун, кейинги 2025/2026 ўқув йилидан иқтисодиёт бўйича магистратура мутахассислиги жорий этиш ишлари олиб борилмоқда.

Йилдан-йилга университетга қабул қилинаётган талабалар сони ошиб бораётгани сайин уларнинг сифати ҳам ортиб бормоқда.

2024 йилда 480 нафар энг истеъдодли ёшлар бакалавриат босқичига саралаб олинди. Ушбу талабаларнинг барчасида инглиз тилидан хорижий сертификат мавжуд бўлиб, IELTS баҳолаш тизими бўйича уларнинг билим даражаси 7 балл (C1 даража)ни ташкил этади.

Ушбу талабаларнинг 466 нафари, яъни 97% қисмида математикадан ҳам халқаро SAT ёки A-Level сертификатлари бор.

“Янги Ўзбекистон” университетида таълим сифатига эътибор энг асосий масала ҳисобланади. Сифали таълим олиш учун етарлича шароит ва малакали профессор-ўқитувчиларни жалб қилиш масаласига ҳар доим жиддий қаралган. Ҳозир университетда жами 66 нафар профессор-ўқитувчи талабаларга билим бераётган бўлиб, уларнинг 31 нафари хорижликлар ҳисобланади.

Университетда ҳозирги кунда Механика муҳандислиги, Физика ва астрономия, Компьютершунослик ва маълумотлар таҳлили, Кимё муҳандислиги ва материалшунослик, Математика, Менежмент ва иқтисодиёт, Барқарор ривожланиш ҳамда Ижтимоий гуманитар фанлар бўйича 8 та тадқиқот гуруҳи фаолият юритмоқда. Мазкур гуруҳлар 50 дан ортиқ тадқиқотчи-олимни бирлаштиради.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Сўраган_эдингиз

❓ Eshitishimizga qaraganda yangi yildan e’tiboran boshlang‘ich sinflarda ham CHSB va BSB imtihonlari o‘tkazilarkan. Shu rostmi?


Yo‘q, bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimining boshlang‘ich sinflarga joriy etilishi ko‘zda tutilmagan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel