Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Sirdaryo viloyati hokimligi binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining qo‘shma sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
✅ Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov, tizim mas'ullari, markaziy studiya va 208 ta tuman (shahar)lardagi studiyalardan 10 mingdan ortiq maktablarda faoliyat olib borayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, shuningdek, sport maktablari direktorlari hamda sport murabbiylari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilning 15-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan "Umumiy o'rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga yaratilgan imkoniyatlar haqida so'z yuritildi.
Yig‘ilish davomida Respublikada 7 mln nafarga yaqin o‘quvchining taqdiri, ertangi kelajagi pedagoglarning qo‘lida ekanligi, bu juda katta mas’uliyatligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tizim mas’ullariga o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish borasidagi vazifalar tushuntirildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda pedagoglarning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha takliflari tinglanib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Shu_kunlarda
QASHQADARYODA ZAMONAVIY SHAROITLARGA EGA TA'LIM TASHKILOTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
✅ Shu kunlarda Qashqadaryoda ham ko‘plab yangi ta’lim tashkilotlari zamonaviy qiyofaga keltirilib, o'quvchi va tarbiyalanuvchilarning ilm olishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda:
📃Qarshi shahridagi maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviylashtirildi
Qarshi shahar “Komilon” MFY hududida joylashgan 7-sonli DMTT binosi 1956-yilda qurilgan. 2 qavatli 100 o'rinli moslashtirilgan ushbu bino Investitsiya Davlat dasturi asosida buzildi va zamonaviy 120 o'rinli bino yangidan qurib topshirildi.
📃Kitob tumanida 3-maktabda sun’iy qoplamali stadion qurib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, "Denov" MFY da joylashgan 30-maktabda ham 120 o‘rinli yangi o'quv binosi foydalanishga topshirildi.
📃Shahrisabz tumanidagi 82-maktab foydalanishga topshirildi
Ushbu maktab shu paytgacha 180 o‘rinli bo‘lib, 428 nafar o‘quvchi ta'lim olar edi. Hozirda mazkur maktab o‘quvchilari uchun 240 o‘rinli qo‘shimcha bino qurib berildi.
📃Nishon tumanida 220 o‘rinli 17-maktab binosi foydalanishga topshirildi
Ushbu maktab binosi Investitsiya dasturi asosida barpo qilinib, o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi va o‘quvchilar ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
📃Gʻuzor tumanida maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni yana bittaga ko‘paydi
Yangidan tashkil etilgan ushbu ta’lim maskani 120 o‘rinli bo‘lib, rekonstruksiya qilindi va yangi yil bayrami arafasida bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.
#Õzbekiston_tarixi
#27_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Imom Burhoniddin Marg‘inoniy" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk olim Imom Burhoniddin Marg‘inoniy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
“Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” ko’rik-tanlovi yakuniga yetdi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Huquqiy ma’rifiy bilimdon” ko’rik tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovga Jizzax viloyat mezbonlik qildi. Unda hududiy bosqichlardan gʻolib boʻlgan jami 70 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi.
Tanlov natijalariga koʻra:
➖ Sirdaryo viloyati jamoasi 1-oʻrinni,
➖ Namangan viloyati jamoasi 2-o‘rinni,
➖ Toshkent viloyati jamoasi 3-oʻrinni egalladi.
G‘olib jamoalar vazirlik tomonidan mavsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
“Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi” nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi” nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farxod Boqiyev, Jamoat xavfsizligi universiteti masʼullari, kitob mualliflari va pedagoglar ishtirok etdi.
Aytish joizki, mazkur kitob maktab oʻquvchilarini rang-barang tasvirlar va soddalashtirilgan sxemalar orqali Bosh qomusimizni yanada osonroq idrok etishi hamda mamlakatimizning asosiy qonunining murakkab huquqiy tilini anglab yetishida xizmat qiladi.
Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Seminar_trening
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining III o‘zbek-rus ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Mazkur konferensiya “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish: ilg‘or tajribalar va hamkorlik istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan.
Konferensiya doirasidagi o‘quv seminarida 100 nafarga yaqin tarbiyachilar, metodistlar hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda mas‘ullar tomonidan:
➖"Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodikalardan foydalanish, shaxsga qaratilgan ta'lim",
➖"Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning psixofiziologik o‘ziga xosligi",
➖"Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagoglarni tayyorlash: xorijiy tajriba" kabi mavzularda ma'ruzalar tashkil etildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xalqaro_korrupsiyaga_qarshi_kurashish_kuni
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. Tadbirda vazirlik mas'ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida masʼullar tomonidan sohada korrupsiyaga oid qonun buzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar haqida hisobot berildi.
Tadbir soʻnggida ommaviy axborot vositalari xodimlarining barcha savollariga masʼullar tomonidan batafsil javob berildi.
#Xalqaro_konferensiya
#No_comment
✅“Maktabgacha ta‘limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning sho‘ba darslari jarayonlaridan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Мактабгача_таълим
#Seminar_trening
Hududlarda MTT metodistlari uchun o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tmoqda
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Respublikamiz bo‘ylab “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.
📍 Reja asosida bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida treninglar bo‘lib o‘tdi. Unda 2 660 nafar metodist ishtirok etdi.
Mavzu doirasida xususan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor o‘rinbosarining o‘rni va masʼuliyati masalalalariga han eʼtibor qaratildi.
Unda:
➖ tashkilotdagi maʼnaviy muhitni rivojlantirish,
➖tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
➖pedagog xodimlarning namunaviy etika qoidalarini to‘liq egallash mavzularida so‘z bordi.
❕ Tadbirlar doirasida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom rivojlantiruvchi muhit yaratish asoslari” mavzusida maruza ham bo‘lib o‘tdi.
_____________
📍 Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Jadidlar_izidan
#Youtube_kanal
😎 “JADIDLAR IZIDAN” YOUTUBE KANALI OCHILDI!
✔️ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil qilingan edi.
🌀 Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
🔴 “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini yoritib borish maqsadida Youtube kanali ochildi.
➡️ Youtube kanaliga a’zo bo‘lish:
➡️ jadidlarizidanuz" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@jadidlarizidanuz
📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
#ixtirochilikka_qadam
#tuman_shahar_bosqichi
⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI OʻTKAZILADI
🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining maktab bosqichi oʻtkazilgan edi.
📆 Joriy yilning 12-, 13-, 14-dekabr kunlari mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etadilar.
❗️Tanlovda ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.
🌐 Tanlov haqida ixtirochi.piima.uz sayti orqali batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌟 "Inson huquqlari bilimdoni" viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinab ko'ring!
Inson huquqlari bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi "Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta'lim va innovatsiyalar" milliy tanlovi doirasida 6-dekabr kuni soat 15:00 da "Inson huquqlari bilimdoni" onlayn viktorinasi o'tkazilishini e’lon qiladi.
🔹 Viktorina "Bizning huquqlarimiz, bizning kelajagimiz, aynan hozir" shiori ostida, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni va 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuniga bag'ishlab o'tkaziladi.
🎯 Viktorina:
💡Telegram ijtimoiy tarmog'ida o'tkaziladi.
📚 Ishtirokchilarga "Konstitutsiya va inson huquqlari" mavzusini qamrab olgan 20 ta savol taqdim etiladi.
⏳ Viktorina 15:00 da boshlanadi va belgilangan vaqt davomida o'tkaziladi.
📌 Qanday qatnashish mumkin?
🔸6-dekabr kuni soat 15:00 da tegishli havola orqali sahifaga kiring.
🔸Belgilangan joyga ism, familiya va sharifingiz hamda boshqa ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.
🔸Berilgan vaqt davomida savollarga javob bering.
ESLATMA ❗️❗️❗️
🔻Har bir ishtirokchi uchun faqat bir marta testni yechish imkoniyati beriladi.
🔻Anonim tarzda (noaniq nikneymlar orqali) ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar natijalari qabul qilinmaydi.
🔻Bir shaxs tomonidan takroran yoki bir necha marta yuborilgan arizalar bekor qilinadi.
📍Taqdirlash marosimi
• Gʻoliblar 8 dekabr — Konstitutsiya kuni hamda 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan taqdirlanadi.
#Xalqaro_konferensiya
#No_comment
✅“Maktabgacha ta‘limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya jarayonlaridan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xalqaro_konferensiya
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Maktabgacha ta‘limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Unda xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor, tarbiyachi va metodistlari — jami 320 nafar ishtirokchilar qamrab olindi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov ochib berdi hamda maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, sohada innovatsion yondashuvlardan foydalanish hamda xorijiy tajribani o‘rganishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
📍 Konferensiya Jahon banki loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda Jahon banki, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Islom taraqqiyot banki vakillari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
➖ Ushbu tadbir har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda; bu yilgi konferensiyada qatnashish uchun 500 ga yaqin maqolalar kelib tushdi. Undan 230 ga yaqini nashr uchun tavsiya qilindi.
10 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya — milliy g‘ururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. Uni tinglaganda ham, kuylaganda ham qalblarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari yanada jo‘sh uradi.
Davlatimiz madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan va 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.Читать полностью…
Studiya 24 | Vazifa va ijro: ta’im sohasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
#9dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Sizlarni davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy qutlaydi.
Xalqimiz faravonligi va tinchligimizning huquqiy tayanchi bo‘lgan Bosh qomusimiz demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevoridir.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📖Bayramona tuhfa: Surxondaryoda bolalar kutubxonasi zamonaviy qiyofaga keltirildi
📍 Viloyat mahalliy budjetidan ajratilgan
2 milliard 275 million so‘m mablag‘ evaziga Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi bugun zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.
⭐️Viloyat bolalar kutubxonasi fondi bugungi kunda 105 ming 400 nusxani, elektron adabiyotlar soni 10 ming 520 tani tashkil qiladi. Kutubxonaga joriy yilda 22 ming 400 nafar kitobxon a'zo bo'lgan. Manzilda adabiyotlarni saqlash, ma'lumot va bibliografiya, uslubiy, axborot resurslari va texnologiyalari, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish, madaniy-ommaviy tadbirlar, maktablarga amaliy uslubiy yordam ko'rsatish hamda kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo'limlari mavjud.
🔹Telegram 🔹Facebook
🔹Instagram 🔹You tube
📍Twitter ✅Veb-sayt
#Õzbekiston_tarixi
#26_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Mahmud Zamaxshariy" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk olim Mahmud Zamaxshariy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
#Tanlov
#Jizzax
"Mening huquq va majburiyatlarim" tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida "Mening huquq va majburiyatlarim" tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.
📍 Joriy yilda tanlovning Respublika bosqichi Zomin tumanida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tanlov uch bosqichda tashkil etildi. 1-bosqichda respublika miqyosida 9-11-sinf o‘quvchilaridan 40 ming nafarga yaqini onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
#Мактабгача_таълим
✅ 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Samarqand shahar 48-DMTT jamoasi tomonidan tayyorlangan videorolik.
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Germaniya_taаssurotlari
“Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi mening ozularimni ro‘yobga chiqardi"
📣📣📣📣📣
🇺🇿 "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" onlayn olimpiadasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.
Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
8-sinf o‘quvchilari uchun - 5️⃣-dekabr;
9-sinf o‘quvchilari uchun - 6️⃣-dekabr;
10-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr;
11-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.
📥Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar onlayn olimpiada yakuniga yetgach 1 kundan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
🤝 "Hosildor zamin" loyihasi doirasida Butunjahon tuproq kuniga bag‘ishlangan onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
🧪 Tadbirda ekspertlar, olimlar, Davlat agrar universiteti va Milliy universitet talabalari ishtirok etdi, shuningdek "Hosildor zamin" o‘quv majmuasi-ko‘chatxonasida talabalarga "Yosh fermer" va "Eco-schools Uzbekistan" loyihalari faollari qo‘shildi.
🌾 Tadbir ishtirokchilari tuproq salomatligini saqlashga yordam beradigan barqaror usullarni, tuproqni asrashning ekotizimimiz va barqaror rivojlanishimiz uchun ahamiyatini muhokama qildilar, tuproq qanday qilib biologik xilma-xillikni ta’minlashi, suv sifatiga ta’sir ko‘rsatishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yordam berishi haqida bilib oldilar.
~~~
🤝 В рамках проекта Hosildor zamin прошел образовательный онлайн семинар, приуроченный ко Всемирному дню почв.
🧪 В мероприятии приняли участие эксперты, учёные, студенты Государственного аграрного университета, Национального университета, а также в учебном комплексе-питомнике Hosildor zamin к студентам присоединились активисты проектов «Юный фермер» и Eco-schools Uzbekistan.
🌾 Участники мероприятия обсудили устойчивые практики, которые помогают сохранить здоровье почвы, важность сохранения почв для нашей экосистемы и устойчивого развития, узнали о том, как почвы поддерживают биоразнообразие, влияют на качество воды и помогают в борьбе с климатическими изменениями.
#WorldSoilDay #HosildorZamin
😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#Yangi_baholash
❓Uzrli sabablarga ko‘ra CHSB va BSB sinovlarida ishtirok eta olmagan o‘quvchilarga ushbu imtihonlarni topshirish uchun qayta imkoniyat beriladimi? Sinovlarda o‘z vaqtida ishtirok etmaganlarning bali kamaytirilishi rostmi?
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#London_taassurotlari
#Namangan
✅ Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Buyuk Britaniyada ta’lim sayohatida bo‘lib qaytishdi.
Jarayonlarda ishtirok etgan Chortoq tumanidagi 53 – maktabning 10 –sinf o‘quvchisi Munisaxon Umarova o'z taassurotlari bilan bo'lishdi.
#Konstitutsiya_kuni
✅ 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi 373-DMTT tayyorlov guruhi jamoasi tabrik yo‘llashdi.
❕Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi muborak bo‘lsin!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📖Angliya taassurotlari: mashaqqatli mehnat ortidan bu natijaga erishdik
➡️Big Benni ko‘rish orzuyim edi…
➡️Bilim olish uchun sharoit yetarli, xohish va harakat bo‘lsa bas!
➡️16 yoshda bu yaxshi natija deb o‘ylayman…
➡️Farzandimdan faxrlanaman!
📸Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi g‘olibi, respublika bosqichi faol ishtirokchisi bo‘lgan Denov tumanidagi 74-maktab jamoasining ta'lim sayohatidan olgan taassurotlarini e'tiboringizga havola etyapmiz.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#TIMSS_2023
TIMSS 2023: oʻzbekistonlik oʻquvchilar qanday natijalar qayd etdi?
Hozirgina taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalari e'lon qilindi.
2023-yil aprel-may oylarida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotda barcha hududlaridan tanlab olingan 166 ta maktabdan jami 8800 nafar oʻquvchilar (shundan, 4450 nafar 4-sinf va 4350 nafar 8-sinf) ishtirok etdi.
Shuningdek, mazkur maktablarning 166 nafar direktorlari hamda 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchilar soʻrovnomalarda qatnashgan.
➖ 8-sinf oʻquvchilari natijalari:
Xalqaro hisobot tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi 8-sinf oʻquvchilarining matematik savodxonlik boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 421 ball boʻlib, qatnashuvchi 44 ta davlatdan 32-oʻrinni egallagan. 8-sinf tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha esa qatnashgan 44 ta davlat orasidan 396 ball bilan 39-oʻrinni egalladi.
➖4-sinf oʻquvchilari natijalari:
Tadqiqotda qatnashgan o‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha 412 ball toʻplagan va ishtirokchi 58 ta davlat ichida 54-oʻrinni egalladi. Matematika savodxonligi boʻyicha esa qatnashuvchi 58 ta davlat ichida 443 ball bilan 50-oʻrinni egalladi.
❗️Oʻzbekistonda 4-sinflardagi qizlar (446 ball) matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalardan (440 ball) yaxshiroq natija qayd etgan boʻlsa, tabiiy fanlar yoʻnalishida ham xuddi shunday farq saqlanib qolgan (qizlar 414 ball, oʻgʻil bolalar 409 ball).
Tabiiy fanlar yoʻnalishida 8-sinflardagi qizlar (395 ball) va oʻgʻil bolalar (396 ball) deyarli bir xil natija qayd etgan boʻlsa, matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalar (426 ball) qizlardan (416 ball) koʻra yuqoriroq natija qayd etgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ushbu tadqiqotda ilk marotaba ishtirok etdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin