Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
#Jonli_efir
#Tez_orada
📣 Oʻzbekiston ilk bora ishtirok etgan TIMSS 2023 xalqaro tadqiqoti natijalari e'lon qilinadi
✅ Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 tadqiqoti natijalari birozdan keyin xalqaro darajada e'lon qilinadi.
Ushbu tadqiqot matematika va tabiiy fanlar (Science) yoʻnalishida o'tkazildi hamda 4- va 8-sinf oʻquvchilarini qamrab oldi. Unda dunyo miqyosida 4-sinflar taqdiqotlarida 58 ta, 8-sinflarda esa jami 44 ta davlat ishtirok etdi.
⏳ Tadqiqot natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
➖ Ma'lumot oʻrnida: Oʻzbekistonda TIMSS 2023 oʻquvchilarni xalqaro baholash dasturining sinov jarayonlari 2023-yil aprel-may oylarida oʻtkazildi. Unda jami 8800 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
#Jonli_efir
🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Maktabgacha ta‘limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
➖ Mazkur tadbir Islom taraqqiyot banki, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
📍 Jonli efir
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅Bugun Mirobod tumanidagi 158-sonli umumta'lim maktabida yangi baholash tizimi va uning muhim jihatlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o’tkazildi.
❇️Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Ravshan Ergashev, tumandagi maktab direktorlari, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.
❕Tadbirda masʼullar tomonidan o‘quvchilarning bilimini baholash bo‘yicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida to‘liq maʼlumot berildi. Jumladan, vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov so‘zga chiqib, ota-onalarni o'ylantirayotgan masalalar va uning yechimi haqida alohida to‘xtalib o'tdi.
🔰Muloqot davomida qatnashchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
#Donorlik_aksiyasi
🔴 Bugun “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Respublika qon quyish markazida donorlik aksiyasi tashkil etildi.
❕Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
➖ Ma'lumot o‘rnida: ushbu aksiya gemotologik kasalliklar bilan og‘rigan bolajonlarga beg‘araz yordam berish maqsadida tashkil etildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xalqaro_konferensiya
#Инклюзив_таълим
“Inklyuziv taʼlimdan-inklyuziv jamiyatga” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan “Inklyuziv taʼlimdan inklyuziv jamiyatga” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
➖ Tadbirni kirish so‘zi bilan vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev ochib berdi hamda inklyuziv ta'limda erishilayotgan natijalar, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Ta'lim sektori rahbari Alberto Beankoli, Surgut davlat pedagogika universiteti professori Amina Niyazova, Belarus Davlat pedagogika universiteti, Inklyuziv taʻlim instituti direkrori Vera Xitryuk oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
⚡️3-dekabr ~ Xalqaro nogironlar kuni
🔹Buxoro shahridagi 23-IDUM o‘quvchilari viloyatdagi Bolalar muruvvat internat uyida bo‘lishdi
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Respublika ishchi guruhi tomonidan O‘quvchilarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari muhokama etildi
✅ Bugun Qoraqalpog‘istonda Davlatimiz rahbarining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari, Mudofaa vaziri mas'ul xodimi, Shimoliy-g'arbiy harbiy okrugi qo'mondoni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda 514 nafardan ziyod umumta’lim tashkilotlarida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarish, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan har bir tuman (shahar)da “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ularni jihozlash, moddiy texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.
📍 Shuningdek, xuddi shunday uchrashuvlar bugun vazirlik mas’ullari tomonidan Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham bo‘lib o‘tdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xorijiy_hamkorlik
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.
Oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur tashrif dastlab Germaniyadagi nufuzli universitetlardan biri boʻlgan Freyburg universitetidan boshlandi.
Uchrashuvda universitet klinikasi bosh direktori professor Fredrik Venz, "Mongold Consulting" raisi professor Klaus Mangold, "Consus.health" kompaniyasining bosh direktori Jorje Nikolic va boshqalar ishtirok etdi.
Agentlik direktori A.Ubbiyev davlatimiz rahbari tomonidan taʻlimga qaratilayotgan katta eʼtibor va izchil islohotlar natijasida bugungi kunda Oʻzbekistonda taʼlim tizimi tubdan oʻzgargani, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimi yanada mukammallashtirilib Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari yuksak marralarni zabt etayotganini taʼkidladi.
Shundan soʻng, Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining prorektorlari Baxtiyor Yoʻldoshov hamda Bahodir Ahmedov tashkil etilganiga qisqa vaqt boʻlishiga qaramasdan katta natijalarga erishib kelayotgan universitetimiz haqida taqdimot qildi.
Mezbonlar tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, yirik loyihalar, shuningdek, Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida rivojlanib borayotgan barcha sohalar singari taʼlimda ham ikki tomonlama yaqin hamkorlik va doʻstona munosabatlar alohida eʼtirof etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Новая_система_оценивания
❓Из какого источника можно брать тестовые вопросы по СОР?
На вопрос отвечает Заместитель министра дошкольного и школьного образования Сардор Раджабов:
✅ Ознакомиться с тестовыми вопросами СОР, которые проводятся централизованно Министерством дошкольного и школьного образования, можно по ссылке /channel/natijalaruz1bot, а с результатами СОР – по ссылке /channel/natijalaruzbot.
Для ознакомления с результатами СОР вам необходимо ввести свой идентификационный номер, выбрать учебный предмет и язык.
________
❗️Только по данным адресам ботов размещаются вопросы и результаты СОР по темам, проводимым централизованно.
Все тестовые вопросы СОР и СОЧ, которые не проводятся централизованно, были доставлены в школы.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣📣📣📣📣
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Ruminiyaga yo'l oldi!
Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan.
✅21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
😄 Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
▶️ Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;
▶️Toshtemirov Hushnudbek Xasanovich - Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 68-sonli maktab, 9-sinf o‘quvchisi;
▶️Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI, 9-sinf o‘quvchisi;
▶️Mustafoyev Jasur Umidovich - Navoiy viloyati, Navoiy shahar 11-sonli AFChO‘IM 9-sinf o‘quvchisi;
▶️Asrorov Adham Asqar o‘g‘li - Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;
▶️Yuldashov Murodbek Uktam o‘g‘li - Toshkent shahar, Uchtepa tumani 74-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi.
😄 Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo’lga kiritgan edi.
Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
#Õzbekiston_tarixi
#25_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Imom Termiziy" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk olim Imom Termiziy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
👉1-dekabr kuni matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan terma jamoaga saralashning 1-bosqichi hamda koreys tili bo’yicha II respublika olimpiadasining hududiy bosqichi o’tkaziladi.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
#Raqamli_avlod
“Raqamli avlod IT haftaligi” tadbirining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Digital Generation Uzbekistan” NNM bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Raqamli avlod IT haftaligi-2024” tadbirining rasmiy yopilish va taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Unda haftalik doirasida tashkil etilgan musobaqa va tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu haftalik doirasida ishtirokchilar DG Contest, RoboFutbol, RoboSumo, DragRacing va Foydali ixtirolar yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
#ўқув_семинар
✅ Kuni kecha Xorazm viloyati Xiva shahridagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida Tatariston Respublikasi "Alabuga" EIZ vakillari ishtirokida “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish” mavzusida oʻquv seminar oʻtkazildi.
➖ Unda viloyatdagi barcha tuman va shaharlardagi kasb-hunarga oʻqitish joriy etilgan maktablarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
🔹 Tadbirda oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishning zamonaviy metodlari, yoshlarni hunar egallashlarini yanada ragʻbatlantirishga doir mahorat darslari tashkil etildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#yangi_baholash
#ijtimoiy_rolik
✅ Yangi baholash tizimini joriy qilishga nima turtki bo‘ldi? O‘quvchilar bilimini baholashning oldingi va hozirgi tizimi o‘rtasida qanday farqlar bor?
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#No_comment
"Pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusida o‘tkazilayotgan seminar treningdan video lavha.
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Hindistonning "Priyadarshani Group of Schools" direktori Doktor Rajendra Singh boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida "Priyadarshani Group of Schools" tomonidan taklif etilayotgan O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda xususiy maktablar tashkil etish bo‘yicha loyiha istiqbollari muhokama qilindi.
Xorijiy delegatsiya vakillari o‘z taqdimotlarini namoyish etib, mazkur loyiha bo‘yicha takliflarini bildirishdi.
Uchrashuvda ta'lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va ilg‘or texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi rejalar bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#live
A.Avloniy nomidagi milliy institutda “Pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha trening” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.
Seminar - treningga Respublikamizdan jami 93 nafar mas’ullar jalb etilgan.
Seminarda o‘quvchilarning tadqiqotlarda munosib ishtirokini ta’minlash hamda pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
#Ta’lim_sayohati
🔹OQDARYO TUMANIDAGI 45-UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARI LONDON TAASSUROTLARI BILAN BO‘LISHDI
⚡️Ushbu maktabning 5 nafardan iborat o‘quvchilar jamoasi joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun o‘tkazilgan «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovi viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Yaqinda respublikamizning boshqa viloyatlaridagi g'olib tengdoshlari va ustozlari hamrohligida Buyuk Вritaniyada ta'lim sayohatida bo'lib qaytishdi.
🖌 Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Veb sayt|
📌 “Bir million oʻzbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi.
⭐️ Loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi sifatida elektromobillar berilishi ham rejalashtirilgan.
❇️ Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar chet-elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta o‘qituvchiga 10 mln so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari beriladi.
Loyiha haqida batafsil ma’lumot ega bo'lish uchun quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
👇👇👇
(https://www.youtube.com/live/7L5_O5dF6-8)
#xalıqaralıq_birge_islesiw
Xojeliniń oqıwshıları Ullı Britaniyada tálim sayaxatında boldı
🤔Prezident sıylıǵı ushın ótkerilgen "Shet tillerin oqıtıw boyınsha eń jaqsı mektep" tańlawınıń Qaraqalpaqstan Respublikalıq basqıshında 1-orındı iyelegen Xojeli rayonı 3-sanlı ulıwma orta bilim beriw mektep oqıwshıları Ullı Britaniyada tálim sayaxatına barıp keldi.
___________
#xalqaro_hamkorlik
Xo‘jaylilik o‘quvchilar Buyuk Britaniyada ta’lim sayohatida bo‘ldi
🤔 Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 1-o‘rinni egallagan Xo‘jayli tumani 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Buyuk Britaniyada ta’lim sayohatiga borib keldi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
🔎Web 🌐 Instagram 🌐Facebook
❤Telegram 🌐Youtube
#Ochiq_muloqot
✅ Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 99-sonli maktabda yangi baholash tizimi va uning muhim jihatlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔹 Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.
❕Muloqot avvalida masʼullar tomonidan o‘quvchilarning bilimini baholash bo‘yicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida to‘liq maʼlumot berildi.
Xususan, vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov so‘zga chiqib, ota-onalarni o'ylantirayotgan masalalar va uning yechimiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Taʻlim_sayohati
LONDON TAASSUROTLARI
"Sayohat qilar ekanman, o‘z bilimim orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va davlat ko‘magi asosida sayohat qilayotgan bir o‘quvchi, O‘zbekiston fuqarosi sifatida qalbimda faxr tuyg‘usini his qildim".
Rayhona Shomurodova - Qo‘shko‘pir tumani 4-son IDUMning 10-sinf o‘quvchisi, "Xorijiy tillarni o‘qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovi ishtirokchisi o'zining ta'lim sayohati taassurotlari bilan bo'lishdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Yangi_baholash
#Сўраган_эдингиз
❓Yangi baholash tizimi — CHSB imtihonlarida tushgan savollarni qayerdan olish mumkin?
Savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov javob beradi:
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan markazlashgan tartibda o‘tkazilayotgan CHSB imtihonlarida tushgan test savollari bilan /channel/natijalaruz1bot orqali, javoblar varaqasi bilan esa /channel/natijalaruzbot bot manzili orqali tanishishingiz mumkin.
Bunda ID raqamingizni kiritish orqali javoblar varaqasini, fan va tilni tanlab esa savollar kitobini olishingiz mumkin.
________
❗️Ushbu bot manzillarida faqat markazlashgan tartibda o‘tkaziladigan fanlarga oid CHSB savollar kitobi va javoblar varaqasi joylashtirilgan.
Markazlashgan tartibda o‘tkazilmayotgan barcha CHSB va BSB sinov savollari esa maktablarga yetkazilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
✅ “Menimcha” ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.
➖ Unda hafta davomida yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ro‘y bergan muhim voqealar qatorida telefonning zararli oqibatlaridan farzandlarimizni qanday omon saqlash mumkinligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
#Õzbekiston_tarixi
#25_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Imom Termiziy" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk olim Imom Termiziy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
#Ochiq_muloqot
✅ Oʻquv jarayonlariga yangi baholash tizimini joriy etishga doir Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan ochiq muloqot tadbirlari davom etadi.
➖ Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 256-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi masʼul xodimlari, oʻqituvchi va oʻquvchilarning ota-onalari qatnashdi.
🔹 Tadbir avvalida oʻquvchilarning bilimini baholash boʻyicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida atroflicha maʼlumot berildi. Xususan, tizimning taʼlim sifatini oshirishdagi muhim oʻrni, oʻquvchilarning bilim va dunyoqarashini boyitishdagi afzal jihatlari haqida gapirib oʻtildi.
📍 Vazir oʻrinbosari Sardor Radjabov ota-onalar tomonidan yangi baholash tizimini toʻla joriy etishdagi muhim masalalar, jumladan, uning xalqaro doiradagi ahamiyati, oʻquvchilarning kelajagiga ijobiy taʼsiri, oʻqituvchilar va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlik masalalariga doir berilgan savollarga hayotiy misollar yordamida javob berib oʻtdi.
👉 Tadbir soʻnggida masʼullar tomonidan yangi baholash tizimining oʻziga xos jihatlari xususida turli fikr-mulohazalar bildirib oʻtildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI FARGʻONA VILOYATIDA
🌍Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan navbatdagi "Barkamol avlod bolalari” festivali Fargʻona viloyatida boʻlib oʻtdi.
📌Bunda, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Polvonov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimov, Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Kasimova ishtirok etdi.
🔰Festivalda “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi hamda konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabining iqtidorli yoshlari tomonidan:
➖Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar,
➖milliy raqslar,
➖Vatanparvarlik ruhidagi sport chiqishlari ijro etildi.
⛳️Tadbir soʻnggida festival estafetasi Toshkent shahriga topshirildi.
🌐Festivalda Fargʻona viloyatidan umumiy 21 mingga yaqin oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.
✨ Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
#Shu_kunlarda
✅ Respublikamizning turli hududlarida yangi ta’lim muassasalari qad rostlab, yurtdoshlarimiz quvonchiga quvonch qo‘shishda davom etmoqda.
📍Xususan, kuni kecha Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Yangi qiyot" mahallasida 64-maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
60 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu ta’lim tashkiloti zamonaviy talablar asosida barpo etilgan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega.
📍Shuningdek, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida yangi 51-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ta’lim-tarbiya jarayonlari boshlandi.
Mazkur ta'lim muassasasi 120-o'ringa ega bo‘lib, ochilish marosimida mas’ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Ochiq_muloqot
✅ Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 248-umumtaʼlim maktabida yangi baholash tizimini joriy etish, uning muhim jihatlariga bagʻishlangan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
🔹 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi masʼul xodimlari, oʻqituvchi va ota-onalar ishtirok etdi.
➖ Oʻzaro muloqot davomida joriy oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizning 1500 ta umumtaʼlim maktabida qoʻllanib kelinayotgan oʻquvchilarni yangi baholash tizimi haqida atroflicha fikr yuritildi.
📍 Vazir oʻrinbosari Sardor Radjabov mavzuning muhim jihatlari, bunda oʻqituvchi va oʻquvchilar, ota-onalarning oʻrni, oʻzaro hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtdi hamda barchani hamjihat harakat qilishga chaqirdi.
🔹 Qayd etilganidek, ilgʻor xalqaro tajribalar asosida shakllantirilgan mazkur tizim bugun dunyoning koʻplab mamlakatlarida keng foydalanib kelinadi. Bunda oʻquvchini baholashda nisbiy emas, balki uning indivudial qobiliyati va oʻzlashtirishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
👉 Tadbirda yangi baholash tizimini yoʻlga qoʻyishdagi tashkiliy masalalarga doir ota-onalar tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javob berib oʻtildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin