uzedu | Unsorted

Telegram-канал uzedu - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

121054

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Subscribe to a channel

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hamkor tashkilotlar vakillari taqdirlandi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

🔹Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, vazirlik mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


👏 Bayram tadbirida o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning bir guruh xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Hamkorlik nishoni hamda Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1436

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Vazirga_murojaat
#Bayonot

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

📣 “Vazirga murojaat" loyihasi yangi yildan yana e’tiboringizga havola etilmoqda!

Bugungi bayonotimizda "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berib o’tamiz.

➖ 00:25 Nega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikatga ega bo‘lgach, uning ustamasi faqat 12 soat dars uchun amal qiladi? Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun shu yo‘nalishga doir alohida sertifikat yaratish ustida ish olib borilyaptimi?

➖ 01:56 Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkaziladigan sinovlarda kimlar qatnashadi, men ham ishtirok etishim uchun nima qilishim kerak?

➖ 03:24 Ayni vaqtda vazirlikning ommalashtirish.uz platformasi ishlamayotganliga sabab nima? Platforma qachon ishga tushadi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#сўраган_эдингиз

❓2023-yilda magistraturani tugatib maktabda o‘qituvchi lavozimida ishlayapman. Menga malaka toifasi qay tartibda belgilanadi?


❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) berilishi aytib o‘tilgan:

➖bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi;

➖magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

➖fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).


👉 Eslatma: mazkur toifadagi pedagoglar 2024-yil 15-yanvardan boshlab Vazirlikning “pedkadr.uzedu.uz” platformasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi olish uchun ariza bilan murojaat qilishlari hamda tegishli malaka toifasi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Vatan_himoyachilari_kuni

Yurtimizda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil etilmoqda

✅ Respublikamiz bo’ylab ta’lim muassasalarida “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda.

❗️Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va 14- yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan.

Unda bolajonlar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etilmoqda, turli tanlov va bellashuvlar ham bo’lib o’tmoqda.
____

✔️ Fotolavhalarda Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Olis_hudud

"MEN O‘QITUVCHI EKANLIGIM BILAN FAXRLANAMAN..."


✅ O‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan, ilm va ziyo tarqatishdan tolmaydigan ustozlarimiz talaygina. Ularning har biri kelajak avlodni yurt koriga yaraydigan farzandlar qilib tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani 11-son maktabda tarix fanidan dars berayotgan 1-toifali tarix fani o'qituvchisi Sardor Arapboyev shunday ustozlarimizdan biridir.

U Andijon viloyati, Marhamat tumanidan kelib, ta'lim darajasi yuqori bo‘lmagan olis hududdagi maktabda dars bermoqda.

⚡️Sardor Arapboyev o‘z intervyusida faoliyati, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda o‘quvchilari haqida so‘zlab berdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Vazirlikdan_tuhfa

📣 Bugungi kunning talabgir sohalaridan biri - Axborot texnologiyalaridagi bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!

Loyiha doirasida 8-sinf uchun videodarslarni taqdim etamiz:

1. Kirish. Dasturlashning asosiy tushunchalari. Amaliy mashg‘ulot.
2. O‘zgaruvchilar va ularni boshqarish. Amaliy mashg‘ulot. Spraytni bosilganda ochko oshib boruvchi o‘yin yaratish
3. Shartli ifoda. To‘qnashuvlar asosidagi ssenariy
4. Maʼlumot kiritish
5. Kostyumlar
6. Vaqt bilan ishlash
7. Dasturni loyihalash
8. Natijani taxmin qilish
9. Dasturni sinovdan o‘tkazish. Dasturni debaglash
10. Modulga kirish. HTML tushunchasi va veb-sahifani sozlash
11. Web-sahifada matn joylashtirish va ularni boshqarish. Link joylashtirish
12. Web-sahifada tasvirlar joylashtirish va ularni boshqarish
13. Web-sahifa dizaynini tanlash ularni boshqarish. Ranglar
14. Web-saytni internetda joylashtirish
15. Tarmoq turlari, komponentlari va ularda qo'llaniluvchi topologiyalar
16. Tarmoq qurilmalarining tasnifi va ularning ishlash tamoyillari
17. Cisco Packet tracer muhiti yordamida tarmoqni loyihalash
18. Metal kabellar tasnifi va ulani montaj qilish
19. Optik kabellar tasnifi va ularni payvandlash
20. Tarmoq xavfsizligi
21. Video va animatsiyalardan foydalanish. Storyboard yaratish.Video yoki animatsiya yaratish uchun dastlabki materiallarni ishlab chiqish"
22. Animatsiya yaratish. Pencil2D dasturidan foydalanish
23. Adobe Spark dasturida yangi video yaratish
24. Animatsiya yoki videoga saundtrek yoki ovozli sharh (Narration) qo‘shish
25. Auditoriya talablarini inobatga olish. Mahsulotni reklama qilish
25. Audacity dasturida ishlash

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

“BARKAMOL AVLOD” FESTIVALI NAMANGAN VILOYATI BO'YLAB DAVOM ETMOQDA!

"Barkamol avlod bolalari festivali" Namanganda start olgani haqida maʼlum qilgan edik.

Hozirda festival Namangan viloyatda mavjud tuman (shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda.

Hozirgacha festival viloyatning 7 ta tumanida o'tkazilib "Barkamol avlod" bolalar maktablari o'quvchilari turli tanlov, tadbir va festivaldan oʻrin olgan jarayonlar davom etmoqda.

Bunda to'garak a'zolari "Mental arifmetika", "Karving", "Robototexnika", "Munchoqli bezak", "Shaxmat-shashka", "Ingliz tili", "Tasviriy sanat" kabi yo'nalishlarda bellashib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanmoqdalar.

Eslatib o'tamiz, festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#attestatsiya
#malaka_toifasi

Malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etishga doir o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda

✅ Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrda 692-son qarori asosida 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinmoqda.

🔴 Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar va vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirokida onlayn o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

⚡️ Hozirga qadar bu kabi o‘quv seminarlari Xorazm viloyati (2500 nafar), Buxoro viloyati (1 140 nafar), Sirdaryo viloyati (280 nafar), Toshkent viloyati (1 600 nafar), Samarqand viloyati (2 400 nafar) doirasida onlayn shaklda, Toshkent shahri (340 nafar) doirasida oflayn shaklda tashkil etildi.

❗️Ushbu seminarlarda umumiy hisobda 10 000 nafarga yaqin, jumladan:

➖1000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktorlari;

➖3 000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktori o‘rinbosarlari;

➖5 000 nafardan ortiq umumta’lim maktablar pedagoglari;

➖800 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

📺 Shuningdek, bu kabi o‘quv seminarlari bugun — 11-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, ertaga — 12-yanvar kuni Surxondaryo viloyati doirasida onlayn shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👉 Mazkur viloyatlar hamda boshqa hududlardagi soha xodimlari ishtirokida tashkil etiladigan o‘quv seminarlari haqidagi ma’lumot (o‘tkazilish vaqti, seminar havola manzili)lar bilan vazirlikning rasmiy kanаllari orqali tanishib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#so‘rovnoma

Sizning fikringiz muhim!


Yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomada ishtirok etish: 👉https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
———
Ваше мнение важно!

Агентством по делам молодежи проводится опрос с целью изучения предложений и пожеланий молодых людей, определения приоритетных направлений работы с ними, а также дальнейшего совершенствования отрасли.

Примите участие в опросе: 👉
https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Yurtimizda yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat boshlamoqda

Mamlakatimizda zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni tobora ortib bormoqda.

Yangi yil boshidan Surxondaryo viloyati Boysun tumani hamda Andijon viloyati Shahrixon tumanida har biri 150 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat boshladi.

Bundan tashqari, Buxoro viloyati Qorako'l tumanida 180 o'rinli, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 120 o'rinli bog'chalar foydalanishga topshirildi.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida esa 240 o'rinli yangi zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshlash arafasida turibdi. Ayni paytda uni jihozlash ishlari poyoniga yetkazilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Muhokama_mushohada_munozara

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda vazir o’rinbosari Dilshod Kenjayev, vazirlik mas’ullari, tegishli fan mutaxassislari, ekspertlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, Respublika ta’lim markazi metodistlari va dastur mualliflari ishtirok etishdi.

Ushbu ilmiy kengashda umumtaʼlim maktablari 5-sinf Tarixdan hikoyalar va Tarbiya fanlari oʻquv dasturlari muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, mutaxassislar tomonidan o‘quv dasturlarida o’quvchilarni 21-asr ko'nikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Akbarov Ilyor Ismagilovich – Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

➖Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, 1-toifali mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari,
➖ Yunusobod tumani moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
➖Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasining Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriluvchi, byudjetdan mablag‘ oluvchilar shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning to‘lovini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
➖ Mirzo Ulug‘bek tumani moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari-byudjet bo‘limi boshlig‘i;
➖ Yunusobod tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
➖Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i;
➖ Xalq ta’limi vazirligi Musiqa va san’at ta’limi muassasalari boshqarmasi, O‘quv-ishlab chiqarish komplekslari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i;
➖Olmaliq kon metallurgiya kombinati ijtimoiy obyektlar boshqarmasi boshlig‘i;
➖ Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha.

👉 Boshqarma boshlig‘ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo‘lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o‘z taklif va murojaatlarini yo‘llashlari mumkin: @Boshqarmaga_murojaat_Bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Qishki taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?

Bugun maktab o‘quvchilari uchun qishki taʼtilning oxirgi kuni. Ertaga 11-yanvardan maktablarda III chorak darslari boshlanadi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?

Taʼtilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha vazirlik tomonidan berilgan tavsiyalarga asosan “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Bolalar kutubxona”lari to‘liq faoliyat olib bordi.

O‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida tasviriy sanʼat, milliy va jahon raqslari, estrada-vokal, kubik-rubik, kompyuter dizayn va grafikasi, shaxmat va shashka, stol tennisi, mayda plastik, munchoqli bezak, to‘qish, mental arifmetika, rus va ingliz tili kabi 2450 ta bepul to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda ularga 73 mingdan ortiq o‘quvchi qamrab olindi.

“Eng yaxshi kitobxon maktab”, “Kitob bilan bir kun”, “Zukko kitobxon” tanlovi, “Quvnoq startlar”, “Umid nihollari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining maktab bosqichi, “Zakovat”, “Rokirovka” intellektual o‘yinlariga 342 ming nafar o‘quvchi jalb etildi.

Maktablarda o‘quvchilarning xohishlariga asosan fan va sport to‘garaklari ish olib bordi.

Bundan tashqari, ota-onalarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni, ayniqsa, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xavfsizligi taʼminlangan holda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etildi. Tuman (shahar) markazlarida, sayilgohlarda, markaziy ko‘chalarda mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etilgan markazlashgan archa bayramlariga ota-ona yoki sinf rahbarlari kuzatuvida tashrif buyurdi. Bu kabi madaniy hordiq sayohatlariga 1,4 mln.dan ortiq o‘quvchi bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Husanboyeva Nilufar Qosimboyevna — Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i.

U 1973-yil 17-dekabrda Toshkent shahrida tug'ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

➖Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 312-umumta'lim maktabida kimyo fani o'qituvchisi;
➖ Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 116-, 236- hamda Yakkasaroy tumanidagi 144-sonli umumta'lim maktablari direktori;
➖ Toshkent shahar Yakkasaroy tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri;
➖ Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha.

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @talim_murojaat_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

✅Bugun poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazilmoqda.

❇️Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriligi Ta'lim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Abduqodir Karimberdiyev, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Pedagoglarga malaka toifalarini berish va sertifikatlash bo'limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma'ruza qildilar.

🔰Seminarda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, tuman bo'limlari yetakchi mutaxassislari hamda umumta'lim maktablari o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari qatnashmoqda.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Каналимизга уланинг ва дўстларингизга улашинг:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🟨🟨🟨🟨🟨

⭐️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

😄Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi

Ushbu olimpiadada 🥇2 ta oltin, 🥈 3 kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritildi!

Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Informatika:

🥇Aslibek Sunnatov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi- oltin medal;

🥈Husanboy Mansuraliyev - Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi-kumush medal;

Matematika:

🥇Madina Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi- oltin;

🥈Asadbek Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi - kumush;

🥈Begzod Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;

🥉Behruzbek Elmurodov - Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Maqsadbek Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Asilbek Abduqayumov -Toshkent shahar, Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi— bronza medal;

🥉Elbek Zohidjonov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Nurmuhammad Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Ozodbek Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Ozodbek Orifjonov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal.


Eslatib o’tamiz, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo’lib, unda o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.

TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Õzbekiston_tarixi
#9_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

✅ Navbatdagi videodars "Eftaliylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda Turon hududida oʻz davlatiga asos solgan Eftaliylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

➖ Davomi bor...

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maktablarda “Vatanparvarlik oyligi” hamda harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Ushbu sana munosabati bilan Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan hamda harbiy xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilar tomonidan maktablarda uchrashuvlar o‘tkazilib, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlarining “Harbiy-vatanparvarlik karvonlari” tashkil etildi.

➖Shuningdek, harbiy kasbga qiziqish bildirgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilish va rivojlanish tarixi bilan tanishishdi, qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyish etildi. Harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘quvchi-yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

⚡️ O‘quvchilar o‘rtasida “Saf qo‘shiqlari”, “Otish”, “Velosport”, “Harbiylashgan estafeta” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#ishga_taklif

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabi
➖Fizika fani oʻqituvchisi
➖Laborant (Biologiya)
➖Laborant (Kimyo)
➖Kutubxonachi
➖Ish yurituvchi kotiba lavozimlari uchun tanlov eʼlon qiladi!

Talablar
:
🔹Pedagogik yoʻnalishidagi diplom;
🔹Pedagogika sohasidagi ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati ustunlik beradi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy oʻsish;
🔸Iqtidorli oʻquvchilar;
🔸Zamonaviy bino va texnologiyalar;
🔸Xalqaro konferensiya, treninglar va boshqa koʻplab imkoniyatlar.

📍Manzil: Jizzax shahar, Sayiljoy MFY, Istiqlol koʻchasi 13-uy.

✔️Talabgorlar quyidagi havola orqali joriy yilning 20-yanvar sanasiga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

📝Roʻyxatdan oʻtish uchun.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#сўраган_эдингиз

❓Eshitishimga qaraganda, o‘quvchilari ma'lum bir fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab o‘qituvchilarining malaka toifasi oshirilar ekan. Shu haqida batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra quyidagi pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘onaga oshiriladi:

➖O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;

➖“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;

➖Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;

➖Respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar
.

Ma’lumot uchun: pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir pog‘onaga oshirishda mazkur Nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

✅ Bektemirov Xamro Solayevich – Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.


U 1969-yilda Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tavallud topgan.

Bunga qadar turli yillarda:

➖ Yangibozor tumanidagi 26-sonli, 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 1-sonli litsey-internatining tarix fani o‘qituvchisi;
➖ Yangibozor tumanidagi 1-sonli litsey-internatining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
➖ Yangibozor tumanidagi 10-sonli huquq va iqtisod yo‘nalishidagi viloyat litseyining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
➖ Yangibozor tumanidagi 9-sonli futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori;
➖ Urganch shahridagi Olimpiya zahiralari kolleji direktori;
➖Xorazm viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kuni 9:00 dan 18:00 gacha

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @Xorazm_MMTBbot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#xalqaro_hamkorlik
✳️KOREYALIK O‘QUVCHILAR BUXORO SHAHRIDA TA’LIM SAFARIDA!

🔹Koreya Respublikasi Kyongbuk shahar ta’lim boshqarmasi bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Kyongbuk shahridagi maktablarning bir guruh o‘qituvchi va o'quvchilari Buxoro shahrida ta’lim sayohatida bo‘lib turishibdi.

Sayohat doirasida mehmonlar Buxoro shahridagi 42-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib, ta'lim muassasasi faoliyati va tengdoshlarining maktabdagi hayoti bilan yaqindan tanishishdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-01-11-2

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

👋🏻 Barchaga xayrli kun!
"Eco-schools Uzbekistan" loyihasiga yangi qo‘shilgan 18 ta maktabimiz o‘z issiqxonalarini ishga tushirdi. Birinchi qadam tashlandi. Endi keyingi bosqichga o‘tish vaqti keldi. Qish — issiqxonalarda tajriba o‘tkazish uchun ajoyib fasl.

❓ Nimadan boshlashni bilasizmi?
Bilmasangiz, bugun MMTV tomonidan o‘tkaziladigan onlayn uchrashuvimizga ulanishingiz mumkin.

Uchrashuvda Navoiy shahri 7-maktabi o‘quvchilari ishtirok etadi: ular 2021-yildan buyon "Eco-schools" loyihasida qatnashmoqda va foydali maslahatlari bilan bo‘lishishlari mumkin.
Demak, savollaringizni tayyorlang va soat 14:30 da shu yerda bizga qo‘shiling.

👋🏻 Доброго дня всем!
18 наших новых школ-участниц проекта «Eco-schools Uzbekistan» уже могут похвастаться своими теплицами. Первый шаг сделан. Самое время двигаться дальше. Зима — прекрасное время для экспериментов в теплицах.

❓ Знаете с чего начинать?
Если нет, предлагаем присоединиться к онлайн встрече, которую сегодня проведёт МДШО.

Во встрече примут участие школьники 7-ой школы города Навои: они в проекте «Eco-schools» с 2021 года и смогут поделиться полезными советами.
Так что подготовьте вопросы и присоединяйтесь к ребятам в 14.30 здесь.

Zamin | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

“Koreys tili fanidan olimpiada - 2024”

Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda 2024-yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahrida ilk bora "Koreys tili fanidan olimpiada - 2024" olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Har bir maktabdan 3 nafargacha o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tishi mumkin (agar bitta maktabdan uch nafardan ortiq nomzod bo‘lsa, maktabning o‘zida ichki tanlov o‘tkaziladi va o‘tkazilgan tanlov natijalari asosida birinchi uchtalik olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tadi). O‘quvchi direktor nomidan tasdiqlangan (imzo va maktab shtampi bosilgan) tavsiyanoma asosida olimpiadada qatnasha oladi. Tavsiyanoma namunasini ro‘yxatdan o‘tish veb-saytidan olishingiz mumkin.

⚠️O‘quvchilar kectash-contest.softgo.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

🔥Ro‘yxatdan o‘tishni oxirgi muddati 2024-yil 15-yanvar (ro‘yxatdan o‘tganlar soni 15-yanvardan oldin 250 kishiga ortiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tish muddatdan oldin tugatiladi).

Murojaat uchun:
📞 +99 871 291-81-82
📞 +99 871 291-82-83
✉️koreancontest.uzb@gmail.com
✉️kectash@gmail.com

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#attestatsiya
#malaka_toifasi

➖2024-yildan amaliyotga joriy etilayotgan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagoglarga malaka toifalarini berish jarayonlaridagi asosiy o‘zgarishlar nimalardan iborat?

➖Malaka toifalarini berishning asosiy 3 ta yo‘nalishlari qaysilar?

➖Kimlar imtiyozli tarzda malaka toifasi seritifikatlarini olishlari mumkin?


👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va sertifikatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev “Mening yurtim” telekanali muxbirining shu kabi savollariga batafsil javob berib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun Mudofaa vazirligi Harbiy tibbiyot akademiyasida “Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar aʻlochisi” koʻkrak nishoniga munosib deb topilgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Marosimda Mudofaa vaziri oʻrinbosari general-mayor Hamdam Karshiyev Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Elmurod Axmadaliyevga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonini topshirdi.

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Raqamli_avlod

5 kun davom etgan “Raqamli avlod" inklyuziv IT oromgohining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

✅ Axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Raqamli avlod" oromgohining qishki mavsumi o'z nihoyasiga yetdi.

Yopilish marosimida oromgoh doirasida o'tkazilgan musobaqalar g'oliblari hamda ishtirokchilar sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.


Ma'lumot o'rnida: mazkur oromgohda 5000 nafardan ortiq yoshlar onlayn, 100 nafar IT sohasiga qiziquvchi yoshlar esa offlayn formatda ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Õzbekiston_tarixi
#8_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

✅ Navbatdagi videodars "IV-V asrlarda Xioniylar va kidariylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda o‘lkamizga kirib kelgan xioniylar va kidariylar qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

➖ Davomi bor...

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan yig'ilishda vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi.

🔹Unda sohada ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ta’lim sifatini oshirishda pedagoglarining zamonaviy ta’lim standartlariga mos ravishda ish olib borishini ta’minlash muhimligiga alohida urg‘u berildi.

⚡️Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida hududiy boshqarma boshliqlariga o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

❗️Toshkent shahrida bo’lib o’tgan o’qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv hududlar kesimida ham
bo’lib o’tishi rejalashtirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Koreys tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

💬Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshchiligida A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya taʼlim markazi hamkorligida koreys tili fani o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining o'rinbosari Uzoqboy Begimqulov hamda Koreya Respublikasi Elchixonasining Bosh konsuli Kuk Chan Hyon ochib berdi.  

Unda maktabgacha va maktab ta'limi tizimi, xususan, malaka oshirish tizimida olib borilayotgan islohotlarning mazmuni, ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha erishilgan yutuqlar va dolzarb muammolar haqida so'z yuritildi.

❗️Shuningdek, koreys tili fani o'qituvchilari uchun mazkur malaka oshirish kurlari maktablarda koreys tilini o'qitish sifatini yaxshilashda muhim omil bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

O'quv kurslariga respublikaning barcha hududlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar koreys tili o‘qituvchilari jalb etildi. O'quv kurslarini olib borish uchun mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Koreya Respublikasi tomonidan til egalari taklif etildi.

🔵Toshkent shahridagi Adju Universitetida tashkil etilgan mazkur kurslardagi dars mashg'ulotlari Koreyaning Kukminde universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda olib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel