Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
⭕️⭕️⭕️⭕️
RESPUBLIKA BOʻYLAB “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TASHKIL ETILADI
BIZ BOSHLADIK!
🔵Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qiladi.
⚡️⚡️Festivalning ilk manzili Namangan viloyati!
⌨️Namanganda festival quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✅“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san`at va libos);
✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
✅“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
✅“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);
✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);
✅“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili)
⚠️ Diqqat! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!
✨ Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshiriladi.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari boshlandi
✅ Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 3-10-yanvar kunlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.
🔴Ayni vaqtda ushbu bahslarga start berildi. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul.
❗️Bugungi olimpiada musobaqalarida maktablarning 4-sinf o‘quvchilari o‘zlariga tegishli fanlar doirasida ishtirok etadi.
⚡️Onlayn olimpiadalar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar davom etadi. Uning natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini ishtirokchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob
#Миллий_таълим
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Boshqarma boshlig'i Umid Rahmonov "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Milliy ta'lim" ko'rsatuviga intervyu berdi.
❗️Unda olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish, o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda joriy yilda erishilgan yutuqlar haqida so'z bordi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#bizning_faxrimiz
FAOLIYATIMIZDA NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA
🇷🇺Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida "Ярче звёзд" (Yorqin yulduz) Xalqaro tanlovi boʻlib oʻtdi.
🌎Ushbu Xalqaro tanlovda 100 dan ortiq davlatlar qatnashib, 1000 ga yaqin ijodiy ishlar saralab olindi.
✔️Bunda, Andijon viloyati, Qoʼrgʻontepa tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining "Mohir qoʻllar" toʻgaragi aʼzosi Maʼmura Erkinova ishtirok etib, "Amaliy sanʼati" yoʻnalishi bo'yicha - 🥇1-oʻrin egalladi.
🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan toʻgarak a’zomizni erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting!
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
#Brifing
Brifing
✅ Mavzu: Sohada 2023-yilda amalga oshirilgan asosiy vazifalar
⏰ Vaqti: 16:00
➖ Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari
📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo'lib o'tadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Õzbekiston_tarixi
#6_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "IV-VII asrlarda mamlakatimiz xalqlarining turmush tarzi" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda o‘lkamizda yashagan xalqlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
#Sarhisob
🔴 2023-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni kasbga tayyorlash yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
➖maktablarda 1-11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yangi “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etildi;
➖har bir tuman (shahar)da bittadan, jami 208 ta maktabda 17 082 nafar (8 454 nafari qizlar, 49,5 foiz) 10-sinf o‘quvchilariga 3 ta yo‘nalishda kasb-hunar o‘rgatish tizimi joriy etildi;
➖10-sinflar uchun “Kasbiy ta’lim” fani joriy etildi va ushbu fanga haftasiga 2 o‘quv soati ajratildi;
➖o‘quvchilarga 15 ta ishchi kasb, 4 ta tadbirkorlik, 8 ta axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi;
➖o‘quvchilarni kasb va mutaxassislarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 1,8 mln nafardan ortiq o‘quvchi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va agrotexnologiya yo‘nalishidagi korxonalarga 9 709 ta ekskursiya, 4 563 ta seminar, 27 259 ta uchrashuvlar tashkil etildi;
➖olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida 112 856 nafar 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga jalb qilindi;
➖Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 32-son umumta’lim maktabining o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Bola_huquqlari
#Yangi_loyiha
✅ Konstitutsiyamizda bola huquqlariga oid qanday moddalar mavjud?
❗️Bola huquqlari portali tomonidan yo’lga qo’yilgan yangi loyihada bular haqida bolajonlar tilidan so’zlab beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги
—
Новогоднее поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yangi_yilingiz_bilan
Xorijlik professorlardan o'zbek tilidagi tabriklar
🎄“Yangi O‘zbekiston" universitetida Germaniya, Xitoy, Koreya, Eron, Misr, Turkiya, Portugaliya va Pokistondan kelgan xorijlik professor-o‘qituvchilar barcha yurtdoshlarimizga o‘zbek tilida yangi yil tilaklari bildirishdi.
➖➖➖➖➖➖
Professors and lecturers from Germany, China, Korea, Iran, Egypt, Turkey, Portugal, and Pakistan at the New Uzbekistan University conveyed New Year greetings in Uzbek to all our compatriots.
#new_year #tabriklar #professors
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Tabriknoma
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!
Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.
Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.
Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!
O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.
Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!
Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
Oripov Ubaydulla Suxrobovich – Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1989-yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tavallud topgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 29-maktab o'qituvchi;
➖Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 27-maktab direktori;
➖Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori;
➖Prezident ta'lim muassasalari agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy bo'lim boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning chorshanba kunlari 15:00 dan 18:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @QashVMMTBbot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi
✅ 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.
➖ Unga ko‘ra:
➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda:
➖malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;
➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔴 “Prezident archasi” tadbirining birinchi seans dasturi bo‘lib o‘tdi
✅ Yangi yil bayrami munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
➖ “Yangi yil ertaklari” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda bolajonlarni Yangi yil shodiyonasi bilan tabrikladi.
👨👧👧 Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.
👏 Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.
❗️“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1415
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob
✅ Joriy yilda O’zbekiston terma jamoasi tomonidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda jami 13 ta medal qo’lga kiritildi.
5 ta nufuzli xalqaro olimpiada o’quvchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medal sohibi bo’lishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣 Aziz ota-onalar!
✅ Farzandingiz maktab darslarini o‘zlashtirishga qiynalyaptimi? Yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlar asosida ularni yanada yaxshiroq o‘qishlarini istaysizmi?
👉 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktab.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting hamda saytdagi mavjud videodarslarni tomosha qiling.
❗️Maktab.uz platfromasidagi videodarslardan foydalanish mutlaqo bepul!
🖥 Saytdagi materiallardan o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin.
➖Maktab.uz platformasidagi videodarslar orqali maktab o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular yangicha va qiziqarli usulda yoritib berilgan. Shuningdek, bolalar platforma orqali dasturlash, grafik dizayn, robototexnika kabi bugungi kun talablariga mos kasblarni ham o‘rganishlari mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Faxrimiz
🔴 Ayni damda Dubayda Boks bo’yicha "Osiyo bolalari xalqaro turniri" o’tkazilmoqda.
❗️Unda Andijon tumani 54-maktab o’quvchilari:
➖Islombek Abdullayev,
➖Abrorbek Hodjayev,
➖Rahmatillo Qahhorjonov,
➖Abdurashid Abdufattoyev 1-o’rinni qo'lga kiritishdi.
⚡️O’quvchilarimizni g’alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi o’qishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅Xudaykulov Sherzod Uktamovich – Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1989-yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tavallud topgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi innovatsion markazi laboranti,
➖Toshkent yuridik kollejining ingliz tili fani o‘qituvchisi,
➖ “LINGVO EXPRESS” nodavlat taʼlim muassasasi direktori va ingliz tili fani o‘qituvchisi,
➖ Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi “Innovatsiya, texnologiya, strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi,
➖ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi,
➖ Prezident taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlarni tanlab olish va olimpiadalarni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i,
➖ Guliston shahridagi Prezident maktabi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning payshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: /channel/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⭕️⭕️⭕️
“Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn ko‘rik-tanlov o‘tkazilmoqda!
🇺🇿O‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli tashkil etish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn koʻrik-tanlov tashkil etilmoqda!
I. TANLOV SHARTLARI ❓
1️⃣ Umumta’lim maktablari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida ikki nafar o‘quvchi (1 nafar qiz bola va 1 nafar o‘g‘il bola) maktabda kitobxonlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rsatishi lozim!
2️⃣ Videorolikda umumta’lim maktablari tomonidan kitob taqdimoti, bahru-bayt, ijodiy kechalar, teatr tomoshalari o‘tkazilganligi ochib berilgan bo‘lishi lozim!
3️⃣ Maktab kutubxonasi o‘ziga xos jihozlangan va yaratilgan sharoitlar haqida tushunchalar berilgan bo‘lishi zarur!
4️⃣ Tanlovga yuboriladigan videoroliklar 10 megabaytdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi lozim!
5️⃣ Videoroliklar 2023-yil 28-dekabrdan 10-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar @rahimjon070 telegram akkauntiga yuboriladi. 📤
II. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI❓
🧷 Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
🥇1-o‘rin - 2 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
🥈2-o‘rin - 1 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
🥉3-o‘rin - 1 ta ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan va kitoblar to‘plami hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat.
2 ta nominatsiya: Kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi!
🎁Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga kirim qilinadi (smart soat ishtirokchi uchun).
Telegram kanalimiz: 👉@beshtashabbus_maktabda
#Tavsiya
⚡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!
✅Multfilmlar bilan quyida tanishing:
🟢“Qiziqarli matematika”;
🟢“Charxpalak”;
🟢 “Super kitob”;
🟢“Avtosarguzashtlar”;
🟢 “Aqltoyning sarguzashtlari”;
🟢“Jajji pari”;
🟢"Qari bilganni pari bilmas";
🟢"Rustam va Said";
🟢"Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
🟢"Gʻildirakli uy";
🟢 "Quvvat";
🟢 “Dovyurak oshpaz”;
🟢 "To‘g‘rivoy va Egrivoy".
🟢 "Afandi va laqma boy"
❗️Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣📣📣📣📣
📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!
⚡️ 2024-yil 3-10—YANVAR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya, 📗Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
✅Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
❄️🖥Raqamli Avlod IT Oromgohi 2024!
Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan an'anaviy Raqamli Avlod IT oromgohimizning qishki mavsumiga start beramiz! Mazkur oromgoh 2024-yil, 5-yanvardan 9-yanvarga qadar offline va online formatda bo'lib o'tadi. Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!
Online yo'nalishlar:
🔹.Net
🔹Web Dizayn
🔹AI (Tools)
🔹Front-end
🔹No coding
🔹Python
Offline yo'nalishlar:
🔸Raqamli Dizayn
🔸3D Dizayn
🔸Kibersport (Dota 2)
🔸Robototexnika
🔸Website (no coding)
🎁Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (online va offline) qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi!
📝Ro'yxatdan o'tish: Online.raqamliavlod.uz
PS: Shoshiling, offline yo'nalish uchun joylar chegaralangan!
_
Digital Generation Uzbekistan
2024-yil — «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilindi.
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigida ma’lum qildi.
#Prezident_archasi
✅ Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan “Prezident archasi” bayram tadbiridan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Aziz hamyurtlar!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi barchani kirib kelayotgan yangi – 2024-yil bilan samimiy muborakbod etadi.
Oilangizga xotirjamlik, kasbingizga baraka, yurtimiz rivoji yo’lidagi sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yangi yil yangi marralar, yangi yutuqlar yili bo’lsin!
Bayram muborak bo’lsin!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar sarhisobi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yangi_yil_shukuhi
✅ Bugun poytaxtimizdagi 30-sonli Mehribonlik uyida Yangi yil ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
❗️Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etdi hamda bolajonlarni kirib kelayotgan 2024-yil bilan samimiy tabrikladi.
➖ Shuningdek, bolajonlar bilan suhbat davomida ularning rejalariga quloq tutib, kelgusi o’qishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Bayramona sahna ko’rinishlari va kuy-qo’shiqlar tadbirga o’zgacha fayz bag’ishladi.
✔️Ma’lumot o’rnida: hozirda mazkur Mehribonlik uyida 97 nafar o'g'il-qiz ta'lim va tarbiya olib kelmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#live
🔴 Ayni daqiqalarda Xalqaro press klub platformasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi: ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar” mavzusidagi jonli telemarafon boshlandi.
➖Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlarning mazkur strategiyadagi o‘rni va bu borada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari xususida so‘z bormoqda.
📺 Muloqotning jonli efirini "O'zbekiston 24" va "UzReport" telekanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.
⚡️Jonli efirni YouTube sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yangi yil oldi tayyorgarlik harakatida "Mehrli maktab" o‘quvchilari ham bayramga hozirlik ko‘rdilar. Bayram musiqasi sadolari ostida archani bezatib, tabriknomalar chizdilar, kelajakdagi orzu-niyatlarini ko‘ngillariga tugib qo‘ydilar.
"Mehrli maktab" o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan tabriknomalar "Zamin" jamg‘armasi loyihalari ishtirokchilarining qo‘llariga yetib borgach, ular bolajonlar chizgan rasmlarni yangicha qiyofada gavdalantirishga qaror qildilar.
Barcha ijodga sho‘ng‘ib, loydan g‘aroyib shakllarni hosil qilishni boshladilar. O‘yinchoqlar tayyor bo‘lgach, ularni bezashga o‘tildi. Qizg‘in jarayonga Ziroat Mirziyoyeva ham mamnuniyat bilan qo‘shildi. Hamma katta stol atrofida yig‘ilishib, o‘zlarining birinchi yangi yil o‘yinchoqlarini yorqin ranglar bilan bo‘yadilar. Mo‘jizalarga ishonch ruhi hukmron betakror bayramona muhit paydo bo‘ldi. Zero, hayotimizdagi barcha mo‘jizalar mehrli qalblar tufaylidir.
—
В предновогодней суете ученики Mehrli Maktab готовились к празднику. Наряжали ёлку под новогоднюю музыку, рисовали открытки, загадывали желания.
А когда поздравительные открытки, подготовленные учениками Mehrli Maktab, получили участники проектов Фонда Zamin, они решили воплотить рисунки ребят в новом образе.
Придав тёплой, податливой глине причудливые формы, все погрузились в процесс творчества. После того, как игрушки были сделаны, ребята начали их красить. К увлекательному занятию с радостью присоединилась Зироат Мирзиёева. Собравшись за большим столом, все вместе стали наносить кисточками яркие краски, чтобы создать свои первые новогодние игрушки. Возникла невероятная праздничная атмосфера, где каждый верит в чудо. Ведь именно тепло человеческих сердец творит все чудеса в нашей жизни.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
Zokirov Oybek Oxundeda o‘g‘li — Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1990 - yilda Namangan viloyati, Chortoq tumanida tug‘ilgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖Namangan shahridagi Prezident maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,
➖ Prezident ta’lim muassasalari agentligining Namangan viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i,
➖ Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan masalalar muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
❗️ Qabul kuni: haftaning dushanba kunlari 9:00 dan 11:00 gacha.
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @Nam_VMMTB_murojat_bot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram