Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅ Kojabayeva Gulistan Talasbayevna — Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1970-yil 15-sentabrda Nukus shahrida tug‘ilgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖ Nukus shahri 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari,
➖Nukus shahri 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori,
➖Nukus shahri 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning dushanba kuni, soat 15:00 dan 17:00 gacha.
👉 Vazirning murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @QRXBministrbot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⭕️⭕️⭕️⭕️
QISHKI TA’TIL DAVOMIDA BEPUL TOʻGʻARAK MASHGʻULOTLARIGA NIMA DEYSIZ?!
▪️"Barkamol avlod" bolalar maktablarida QISHKI TA'TIL kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash maqsadida bolalar uchun 7 yo‘nalishdagi to‘garaklarning quyidagilarini respublikamiz bo'ylab BEPUL tashkil etishni e'lon qiladi!
Jumladan,
Madaniyat va san’at yo‘nalishi bo‘yicha:
⭐Tasviriy san’at
⭐Milliy va jahon raqslari
⭐Estrada-vokal
Texnika, konstruktorlik va modellashtirish yo‘nalishi:
⭐Kubik-rubik
⭐Kompyuter dizayn va grafikasi
Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi:
⭐Shaxmat va shashka
⭐Stol tennisi
Hunarmandchilik va qo‘l mehnati yo‘nalishi bo‘yicha
⭐Mayda plastika
⭐Munchoqli bezak
⭐To‘qish
Oliy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
⭐Mental arfimetika
Xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha
⭐Ingliz tili
⭐Rus tili
Batafsil ma'lumot olish👈
Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
«Ҳар бирингиз — давлатимиз бойлигисиз» — Саида Мирзиёева
Танлов ва фан олимпиадалари ғолиблари учун президент администрациясига экскурсия уюштирилди.
👉 https://kun.uz/53137783
Kun.uz расмий канали
📣ВНИМАНИЕ 📣
❗️КОНКУРС ❗️Республиканская детская газета «Klass!» совместно с Главным управлением охраны
Национальной гвардии Республики Узбекистан
объявляет конкурс!
Как известно, ежегодно 14 января в нашей стране празднуют День защитников Родины. Эта дата имеет большое значение для всех жителей страны, так как символизирует свободу и независимость Республики Узбекистан.
Конкурс организован для учащихся школ и приурочен ко Дню защитников Родины.
Работы на русском и английском языках будут приниматься в прозе (собственное сочинение) до 30.12.23❗️(Сочинения на русском языке отправляйте @Margaritka1710, на английском языке @YanaIsaacovna)
Уважаемые учащиеся начальных, средних и старших классов при составлении текста обязательно учитывайте актуальность темы!
🏆 Награждение победителей и призёров (1-е, 2-е, 3-е места в каждой возрастной категории) состоится 10 января 2024 года в редакции газеты.
Пишите
🟢 г. Ташкент, 100011, пр-т Навои, 30, редакция газеты "Klass!"
🟢Тг-канал @yanaisaacovna
#Ўқитувчилар_қурултойи
FARG‘ONADA “O‘QITUVCHILAR QURULTOYI” KO‘TARINKI KAYFIYATDA O‘TDI
✅ “Ustoz — ta'lim bunyodkori" shiori ostida o'tkazilgan o‘qituvchilar qurultoyi dasturi doirasida Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar uyi faollar zalida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, faol faxriy ustozlar hamda 400 nafar farg‘onalik ilg‘or o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
➖ Tadbirda vazir o‘rinbosari Dilshod Kenjayev bugungi kunda jamiyatda o‘qituvchining obro‘sini yanada yuksaltirish borasida fikr bildirdi.
⚡️Yangilanayotgan O‘zbekiston o‘zining ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarini boshdan kechirayotgani, bu ta’lim-tarbiya va ijtimoiy sohalarda yaqqol ko‘zga tashlanayotganini e’tirof etdi.
❗️Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida joriy yili amalga oshirilgan ishlar borasidagi lavha namoyish qilindi.
Suhbat jarayonida ustozlar o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bidirishdi. Savollarga vazir o‘rinbosari atroflicha javoblar berdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
"MALAKALI USTOZLAR TAJRIBASIGA YOSH PEDAGOGLAR SHIJOATI QO'SHILSA, KO'ZLAGAN MAQSADLARIMIZGA ALBATTA YETAMIZ"
✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tizim faoliyatida yangi metodlarni qo'llash, ta'lim jarayonlari jozibadorligini yanada oshirishda ustozlar fikrini o'rganish maqsadida hududlarda "O'qituvchilar qurultoyi" tashkil etilmoqda.
➖ Bugun Andijon va Farg’ona viloyatlarida tashkil etilgan qurultoy ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilib, tadbir doirasida ustozlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.
❗️Unda so'z olgan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev yurtimizning ertangi kuni bo'lmish yosh avlodni mamlakatimizga kerakli kadrlar bo'lib yetishishlari yo'lida eng katta ma'suliyat va mehnat aynan ustozlardan talab qilinishini alohida ta'kidladi.
⚡️Shuningdek, ustozlar uchun seminar-treninglar ham bo’lib o’tdi.
——————
➖ Videolavhalarda Andijon viloyatidagi jarayonlar aks etgan.
#Andijon #Фарғона #23_dekabr
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Xorazm
VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
❕Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.
➖ Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.
Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.
✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi — ta’lim islohotidagi qaldirg‘och loyihalarimizdan biridir. Bu, shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘zini namoyon qilishi uchun ajoyib imkoniyat va astoydil o‘qib bilim olishi uchun rag‘bat hamdir.
Ushbu tanlovda 6885 ta maktab va 7–9-sinflarning 35 mingga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi. G‘olib jamoalar pul mukofotlariga ega bo‘ldi va 70 nafar finalchi 14 nafar o‘qituvchi hamrohligida Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytdi, ular u yerda bir hafta mobaynida nufuzli ingliz maktablarining o‘quvchilari sifatida dars va mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Shuningdek, ular London, Oksford va Kembrij shaharlari bilan ham tanishishdi. O‘qituvchilar esa ingliz tilini o‘qitishning eng ilg‘or metodikalarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bugun biz tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari bilan Prezident Administratsiyasida uchrashdik, men ularga mamnuniyat bilan Administratsiya ish faoliyati haqida tushuncha berib, ekskursiya uyushtirdim. Bolalar aqlli va qiziquvchan. Ko‘ngli ochiq va to‘g‘riso‘z. Ular bizning kelajagimiz.
Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz. Chunki farzandlarimiz muvaffaqiyat eshiklarini nafaqat o‘zlari uchun ochadilar. Balki hammamiz uchun, butun mamlakat uchun!
#Ўқитувчилар_қурултойи
Jizzaxda qurultoy: “O’rgatamiz, o’rganamiz, tajriba almashamiz”
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida "O'qituvchilar qurultoyi" bo'lib o'tdi.
➖ Jizzaxda "Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida tashkil etilgan "O'qituvchilar qurultoyi" doirasida ochiq muloqot tashkil etilib, unda vazir o'rinbosari Temur Komilov ishtirok etdi.
Bir guruh ustozlar mazkur tadbir doirasida o'z mulohazalarini bildirishdi hamda mavjud muammolar yuzasidan aniq takliflar tinglandi.
❕Tadbir doirasida 23 nafar pedagog "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri tashakkurnomalari va viloyat hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
#Qashqadaryo #Jizzax #22_dekabr
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#yangi_yil
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarida Yangi yil bayrami quvnoq tarzda tashkil etilmoqda.
❄️Fotosuratlarda poytaxtdagi 60-umumta’lim maktabi, 532-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Samarqand shahridagi 54-maktab bayram shodiyonalari aks etgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Buxoro
QURULTOY BUXORODA: O‘QITUVCHILARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH MUHIM AHAMIYATGA EGA
🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "O‘qituvchilar qurultoyi" uchrashuvlarining viloyat bosqichi mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.
❕Bugun Buxoro viloyatida qurultoy doirasida uchrashuvlar bo'lib o'tdi va ochiq muloqot tashkil etilib, ustozlarning fikr-mulohazalari, sohani yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan takliflari tinglandi.
➖ Shuningdek, tadbir davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari ham muhokama qilinib, tizimni yanada isloh qilishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, o'qituvchilarni yagona kuchga aylantirish va ularni kasbiy rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z bordi.
❗️Ochiq muloqot davomida 20 nafar fidoyi ustozlar "Xalq ta'limi a'lochi" ko'krak nishoni, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari va viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
✔️Shundan so'ng o‘qituvchilar uchun xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan zamonaviy metodikalar asosida dars o'tish va o'quvchilarda 4K ko'nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.
⚡️ "Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida tashkil etilgan uchrashuv va treninglar ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Qishki ta’til davrida bepul toʻgarak mashgʻulotlariga nima deysiz?
▪️"Barkamol avlod" bolalar maktablarida qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash maqsadida bolalar uchun 7 yo‘nalishdagi 79 ta to‘garaklarning quyidagi yo‘nalishlarini BEPUL tashkil etilishini ma'lum qiladi!
✅ Jumladan,
Madaniyat va san’at yo‘nalishi bo‘yicha:
🖼Tasviriy san’at
💃Milliy va jahon raqslari
🎙Estrada-vokal
Texnika va konstruktorlik yo‘nalishi:
💠Kubik-rubik
💻Kompyuter dizayn va grafikasi
Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi:
♟Shaxmat va shashka
🏓Stol tennisi
Hunarmandchilik va mehnati yo‘nalishi bo‘yicha
🛒Mayda plastika
💸Munchoqli bezak
🧶To‘qish
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
🧮Mental arfimetika
Xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha
🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺Rus tili
Qishki ta’tilni "Barkamol avlod" bolalar maktabi bilan maroqli oʻtkazing!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovi tashkil etildi
✅ Kuni kecha Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston karlar jamiyati hamkorligida Toshkent shahridagi 102-sonli maktab-internatida “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
➖Tanlovdan asosiy maqsad, kasbiy mahorati yuqori, ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi tarjimonlarni aniqlash, bu borada samarali natijalarga erishayotgan tajribalarini ommalashtirish, jamiyatda surdotarjimonlik kasbini nufuzini yanada oshirishdan iborat.
♻️Ushbu tanlovda hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar ishtirokchi tanishtiruv, test topshirig‘i hamda matn tarjimasi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Tanlov yakunida:
🥇1-o‘rin — Xorazm viloyatidan Muhabbat Yusupi;
🥈 2-o‘rin — Toshkent shahridan E’zoza Ahmedova;
🥉3-o‘rin — Navoiy viloyatidan Dilfuza Mamatovaga nasib etdi.
⚡️G‘oliblar turnir tashkilotchilari tomonidan pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
NAVOIY: "O'QITUVCHILAR QURULTOYI" DOIRASIDA USTOZLAR YANGI BILIM VA KO'NIKMALARGA EGA BO'LISHDI
✅ Bugun Navoiy viloyatida "Ustoz - taʼlim bunyodkori" shiori ostida "O‘qituvchilar qurultoyi" bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati, viloyat hokimligi, shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va faxriy ustozlar ishtirok etishdi.
➖ Tadbirni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ochib berib, tizimda erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi hamda trening ishida barchaga omad tiladi.
Qurultoy doirasidagi uchrashuvlarda 300 nafardan ortiq o‘qituvchi va ustozlar boshlang‘ich taʼlim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha har bir tuman va shahardan fanlar kesimida ishtirok etdi.
❗️Tadbir doirasida tashkil etilgan treninglarda sho‘balarda:
➖ xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida o‘qitish metodikalari,
➖o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash,
➖o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish,
➖loyihaga asoslangan taʼlim, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
⚡️Qurultoy so‘ngida bir guruh faol, tashabbuskor, fidoyi o‘qituvchilar "Xalq taʼlimi aʼlochisi", shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tashakkurnomasi hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#live
🔴Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “O‘quvchilar va yosh o‘qituvchilar forumi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokidagi “Vazir va yoshlar” uchrashuvi boshlandi.
❗️Unda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat hamda sohaning eng yetuk yosh pedagoglari va o‘quvchilar ishtirok etishmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining 259 nafar uslubchi, psixolog va pedagoglari malaka oshirish kurslarida o‘qidilar.
Mashg‘ulotlarni A.I. Gersen nomidagi RDPU Defektologik ta’lim va reabilitatsiya instituti, Korreksion pedagogika instituti, Qozog‘iston Respublikasi Maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish Milliy ilmiy-amaliy markazining yuqori malakali mutaxassislari o‘tkazdi.
Ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazining uslubchilari va Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari ham so‘zga chiqdi.
Tadbir ishtirokchilari zamonaviy maktabda inklyuziv ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar, fan o‘qituvchilari esa yakka tartibdagi o‘quv rejalari bilan ishlashni o‘rgandilar.
—
В рамках проекта «Инклюзивное образование» 259 методистов, психологов и педагогов общеобразовательных школ прошли курсы повышения квалификации.
Занятия проводили высококвалифицированные специалисты из Института дефектологического образования и реабилитации РГПУ им. А.И. Герцена, Института коррекционной педагогики, Национального научно-практического центра развития специального и инклюзивного образования Республики Казахстан.
В качестве лекторов также выступали методисты Республиканского центра профессиональной ориентации и психолого-педагогической диагностики учащихся Республики Узбекистан и преподаватели Чирчикского государственного педагогического университета.
Участники мероприятия получили знания и навыки по организации инклюзивной образовательной среды в современной школе, а учителя-предметники научились работать с индивидуальными образовательными планами.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
⚡️Pedagoglar uchun Metodik marafon o‘tkaziladi
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan 2024-yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etilmoqda.
Marafondan ko‘zlangan maqsad:
👉 umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;
👉 xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida oʻquvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;
👉 o‘qituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;
👉 pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.
Marafonda ishtirok etish uchun taqdimotlar @metodik_marafon_bot telegram botiga yuboriladi. Bunda taqdimot hajmi 50 MB'dan oshmasligi kerak.
Eng yaxshi metodik resurs mualliflari tanlab olinadi hamda trener sifatida jalb etiladi. Shuningdek, Ta’limni rivojlantirish markazi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.
Marafonga oid yangiliklar markazning @trm_metodika kanalida e’lon qilib boriladi.
YANGI BAHOLASH TIZIMINI JORIY ETISHDA SHAFFOFLIKNI TA'MINLAGAN MAKTABLAR VAZIRLIK TOMONIDAN TAQDIRLANDI — QASHQADARYO (o'qituvchilar qurultoyidan).
🎞(+Video)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
⚡️SIRDARYO: “O’QITUVCHILAR YAGONA KUCHGA AYLANISHI KERAK”
✅ Bugun Guliston shahrida ham "Ustozlar ta’lim bunyodkori" mavzusida “O‘qituvchilar qurultoyi” bo‘lib o‘tdi.
⚡️Uchrashuvni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Temur Komilov ochib berib, tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
❗️Muloqot davomidа ustozlarning tizimni yanada isloh qilish borasidagi taklif hamda mulohazalari tinglandi.
➖ Tadbir yakunida ta'lim-tarbiya tizimiga munosib hissa qo'shgan pedagoglarning 4 nafariga "Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishonlari topshirildi.
Shuningdek, 7 nafar o‘qituvchi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining faxriy yorliqlari, qolaversa yangi baholash tizimi joriy qilingan umumta'lim maktablarida shaffoflikni ta'minlagan Xovos tumanidagi 30- hamda Guliston shahridagi 15-umumta'lim maktablari jamoasi vazir tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Қорақалпоғистон
Qoraqalpog‘istonlik 1200 nafar o‘qituvchi yuqori oylik maoshi olib kelmoqda
🔴 Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "O'qituvchilar qurultoyi" tadbirlarining navbatdagi uchrashuvlari Nukus shahrida bo'lib o'tdi.
"Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etishdi.
➖ Samimiy muloqot shaklida davom etgan tadbirda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda kelgusida mo‘ljallangan rejalar atroflicha muhokama etildi.
Vazir Hilola Umarova: Davlatimiz rahbarining “men doimo ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, deb ta’kidlashim bejiz emas. Chunki ta’limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz...”, — degan xalqchil e’tirofi har bir o‘qituvchi qalbiga iftixor bag‘ishlashi, uni yanada mas’uliyat bilan ishlashga undashi, tabiiy.
❗️ Ushbu yuksak e’tibor natijasida pedagoglarimizni oylik maoshi bosqichma-bosqich oshib bormoqda. Hozirda mamlakatimizdagi 30 ming nafarga yaqin, shundan 1200 nafar qoraqalpog‘istonlik o‘qituvchilar yuqori oylik maoshi olib kelayotgani ham fikrimiz tasdig‘idir.
⚡️Qurultoy doirasida 120 nafardan ortiq o‘qituvchi va ustozlar ishtirokida boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.
✔️ Tadbir doirasida 7 nafar ustoz “Ta'lim a'lochisi” ko’krak nishoni bilan, 10 nafar o’qituvchi esa Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Surxondaryo
“2023-YILDA SURXONDARYODAGI MAKTABLAR MODDIY-TEXNIK BAZASIDA KATTA O’ZGARISHLAR BO’LDI”
✅ Bugun Termiz shahrida "O'qituvchilar qurultoyi" uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov, mas'ullar hamda faol o'qituvchilar ishtirok etishdi.
➖ Usmon Sharifxo'jayev tadbirni kirish so'zi bilan ochib berib, pedagoglarning ta'lim tizimini rivojlantirishdagi o'rni, kasbiy rivojlanishning ahamiyatiga alohida to'xtalib, jamiyatda o‘qituvchining obro‘sini yanada yuksaltirish borasida fikr bildirdi.
Shuningdek, tadbirda 2023-yil davomida 250 dan ortiq maktablar ta'mirlanganligi, viloyatdagi maktablarning moddiy-texnik bazasida katta o'zgarish bo'lganligi ta'kidlandi.
❕Shundan so‘ng ta'lim-tarbiya tizimiga munosib hissa qo'shgan pedagoglarning 7 nafariga "Xalq ta'limi a'lochisi, 1 nafariga "Xalq ta'limi fidoyisi", yana 1 nafariga "Ta'lim homiysi" ko'krak nishonlari topshirildi.
⚡️ Shuningdek, 5 nafar o‘qituvchi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining faxriy yorliqlari, qolaversa Angor tumanidagi 1- hamda Boysun tumanidagi 2-umumta'lim maktablari jamoasi vazir tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
➖ Vazir o‘rinbosari bilan bo‘lgan ochiq muloqot davomida vohalik pedagoglar ta'lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, oliy ta'lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarida yaxshi natijalarga erishish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.
❗️Shuningdek, xorijiy trenerlar ishtirokida ustozlar uchun seminar-treninglar ham bo'lib o'tdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#qutlov
✅ Bugun poytaxtimizda joylashgan O‘zbekiston anjumanlar saroyida “Yil ayoli” milliy ko‘rik-tanlovining yakuniy Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
❗️Unda Jizzax shahridagi 26-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ro‘zigul Orziqulova “Yil ayoli” tanlovi g‘olibi, deb topildi hamda Prezident sovg‘asi — avtomobil bilan taqdirlandi.
👏 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi fidoyi pedagog Ro‘zigul Orziqulovani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaydi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari Toshkent shahri bo‘ylab sayohat qildi
✅ Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi jarayonlari va natijalari haqida xabardorsiz.
❗️ Bugun mazkur tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 14 ta maktab (70 nafar) o‘quvchilari ishtirokida poytaxtimizdagi:
➖Temuriylar tarixi davlat muzeyi,
➖Respublika bolalar kutubxonasiga sayohatlar tashkil etildi.
👉 O‘quvchilar bu yerda Amir Temur davlatchiligiga doir boy tarix va madaniyatimiz, shonli o‘tmish namunalari bilan tanishdi. Shuningdek, yurtimizdagi eng katta bolalar kutubxonasidagi turli badiiy adabiyotlarni ko‘zdan kechirishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#PISA
OECD rahbariyati bilan PISA 2022 tadqiqoti natijalari va PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT - OECD) bosh kotibining maxsus maslahatchisi, Ta'lim direksiyasi rahbari Andreas Shlyaher o‘rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
➖ Unda vazirlik mas'ullari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ta’lim masalalari bo‘yicha bosh tahlilchisi Tyu Xalgrin va maslahatchi Katerina Obvinseva ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qilishdi:
➖ PISA 2022 tadqiqotida yuqori natijalarga erishgan davlatlar tajribasini o‘rganish hamda ular bilan ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash;
➖IHTT bilan hamkorlikda maktab direktorlari va o‘qituvchilarning salohiyatini rivojlantirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, o‘qitish metodikalarini yaxshilash;
➖PISA 2025 tadqiqotiga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rish hamda tadqiqot natijalari asosida tendensiyalarni tahlil qilish.
⚡️Shuningdek, onlayn uchrashuv davomida tomonlar ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishda birgalikda ishlashga kelishib olishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
QASHQADARYO: YANGI BAHOLASH TIZIMINI JORIY ETISHDA SHAFFOFLIKNI TA'MINLAGAN MAKTABLAR VAZIRLIK TOMONIDAN TAQDIRLANDI
➖ QASHQADARYO: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev qatnashgan ochiq muloqot tadbirida sohaga oid eng muhim masalalar muhokama qilindi va yangi loyihalar bo'yicha takliflar tinglandi.
✔️ Shuningdek, joriy o'quv yilida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, zamonaviy texnologiyalar asrida o'quvchilarni barkamol avlod qilib yetishtirish bo'yicha amaliy takliflar bildirildi.
⚡️Ochiq muloqot davomida vazirlik tomonidan yangi baholash tizimi joriy qilingan umumta'lim maktablarida shaffoflikni ta'minlagan ta'lim muassasalariga zamonaviy turdagi 2 ta elektron doska, 2 ta televizorlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, qurultoyda ustozlar uchun 4 yo'nalishda xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari ham tashkil etildi.
#Qashqadaryo #22_dekabr
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
✅ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
➖ Davlatimiz rahbari yig‘ilishda “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.
❗️Shu maqsadda milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanishi aytib o‘tildi.
⚡️ O‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Barkamol avlod” toʻgarak aʼzolaridan navbatdagi xalqaro gʻalaba
🌎Latviyaning Riga shahrida sport raqslari yo‘nalishi bo‘yicha "Baltic Crand Pryx-2023 va "Baltic Sea Cup-2023" Xalqaro turniri o‘tkazildi.
🏆Unda, Toshkent shahri, Chilonzor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Zamonaviy ball raqslari” toʻgaragi aʼzolari ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etishdi:
Tamilla Isayeva - 🥇1-o‘rin;
Riana Atajonova - 🥇1-o‘rin.
G'oliblikni qo'lga kiritgan togarak a'zolarimizni erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani bilan muborakbod etamiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
"Zamin" fondi, QR Jo‘qorg‘i Kengesi, MMTV, SSV, "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan YUNISEF ko‘magida amalga oshirilayotgan "Toza ichimlik suvi" qo‘shma loyihasi davom etmoqda.
Loyihaning birinchi bosqichida 180 ta maktabda suv tayyorlash uskunalarini o‘rnatish orqali ichimlik suvi sifatini oshirish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan maktablar soni 280 taga yetkaziladi. Bu mintaqada sifatli suvdan bahramand bo‘lish bilan bog‘liq vaziyatni ancha yaxshilaydi va bolalarning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qiladi.
—
Реализация совместного проекта «Чистая питьевая вода» Фонда Zamin, Жокаргы Кенеса РК, МДШО, Минздрава, АО «Узсувтаъминот» при поддержке ЮНИСЕФ продолжается.
На первом этапе проекта предусматривается повышение качества питьевой воды в 180 школах путем установки оборудования водоподготовки. На втором этапе количество школ, обеспеченных чистой питьевой водой, будет увеличено до 280. Это значительно улучшит ситуацию с доступом к качественной воде в регионе и будет способствовать здоровому развитию детей.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
Vazir Hilola Umarova tizimdagi faol va yosh o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi
✅ Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
❗️Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan qator savollar, jumladan:
➖yoshlarning vazir bo‘lish uchun inson qanday xislatlarga ega bo‘lish kerakligi;
➖soha rahbari sifatida tizimda qanday o‘zgarishlarni amalga oshirgani;
➖kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalarning eng muhim uchtasi qaysilar ekanligi;
➖joriy yilda amaliyotga joriy etilgan yangi baholash tizimining o‘ziga xos jihatlari;
➖maktab bitiruv baholarining oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi ta’siri to‘g‘risidagi ko‘plab savollarga batafsil javob berib o‘tdi.
👏 Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilari, qator musobaqa va turnirlar g‘oliblari vazirlikning maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
➖ Ma'lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan Toshkent shahridagi 41 nafar, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 146 nafar yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yoshlarning ko‘plab muammolariga ijobiy yechim topilgan.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1403
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Nurli maskan” maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
✅ Kuni kecha “Nurli maskan” maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi tashkil etildi.
➖ Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va “Zakovat intellektual klubi” NTT bilan hamkorlikda o‘tkazilgan turnirdan maqsad, o‘quvchilarni intellektual salohiyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida mantiqiy fikrlashni shakllantirish, masalaga jamoa bo‘lib javob topish ko‘nikmalarga o‘rgatish hamda tengdoshlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatishdan iboratdir.
❕Musobaqaning Respublika bosqichida hududiy sinovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan respublikadagi 17 ta jamoadsn 102 nafar (har jamoada 6 nafardan) o‘quvchi qatnashdi.
✔️Musobaqa Nizomiga ko‘ra, jamoalar 3 ta bosqichda bahs olib borishdi va har bir bosqichda 10 tadan jami 30 ta savolga javob berishdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahs yakuniga ko‘ra:
🥇1-o‘rin — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Nurli maskan” maktab-internati;
🥈 2-o‘rin — Navoiy viloyatidagi “Nurli maskan” maktab-internati;
🥉3-o‘rin — Jizzax viloyatidagi “Nurli maskan” maktab-internatiga nasib etdi.
⚡️G‘oliblar turnir tashkilotchilari tomonidan pul mukofoti, “Diplom” va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram