Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
#Yosh_qutqaruvchi
“Yosh qutqaruvchilar” forumi bo'lib o'tdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda “Yosh qutqaruvchilar” forumi oʻtkazildi.
Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo’ldoshev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, mas’ullar hamda Toshkent shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarda tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” klublaridagi oʻquvchilar va ustozlar ishtirok etishdi.
Tadbirda favqulodda vaziyatlarga qanday yo'l tutish, jabrlanganlarga yordam ko'rsatish hamda bu kabi tadbirlar va musobaqalarning ahamiyati haqida so'z yuritildi.
❗️Forum davomida, shuningdek "Yosh qutqaruvchi" harbiy-musobaqasida g'olib bo'lgan oʻquvchilar va ularning ustozlariga qimmatbaho sovgʻalar hamda tashakkurnomalar topshirildi.
✔️Ma'lumot o'rnida: bu kabi forumlar oʻquvchilarda favqulodda vaziyatlarda jamoatchilik harakatini toʻgʻri yoʻnaltirishga koʻmaklashish va aholini qutqarish borasoda zaruriy koʻnikmalarni rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
2026 йилда Информатика бўйича халқаро олимпиада илк бор Ўзбекистонда ўтказилади
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilib kelayotgan soha vakillari rag‘batlantirildi
Bugun, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘lida qo‘shgan hissalari uchun O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati mutasaddilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev qatnashib, yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida turli ommaviy sport tadbirlarini muntazam tashkil etib kelayotgan soha vakillarini samimiy tabrikladi.
Taqdirlash marosimi yosh sportchilarning chiqishlari bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.
Ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
"O'QITUVCHILAR QURULTOYI": USTOZ – TA'LIM BUNYODKORI
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Respublikamiz bo'ylab 20-26-dekabr kunlari “O‘qituvchilar qurultoyi”ning viloyat bosqichi tashkil etilmoqda.
➖ Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat.
🔰 Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati, viloyat hokimliklari, shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
❕Loyiha doirasidagi shoʻba ishlari boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlarida quyidagi mavzularda tashkil etilmoqda:
➖o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish;
➖loyihaga asoslangan ta’lim;
➖ aniq va tabiiy fanlarni qanday sifatli o‘qitamiz? 21 asrda sifatli o‘qitishning asosiy tamoyillari.
🔴 Ayni paytda qurultoy doirasidagi ilk tadbir Samarqand viloyati bo'lib o'tmoqda.
✔️ Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ochib berib, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar haqida so'z yuritdi hamda ushbu loyiha ishida omad tiladi.
➖ "Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida tashkil etilgan tadbir Samarqand shahridagi Prezident maktabida o'tkazilayotgan bo'lib, unda har bir tumandan har bir fanlar kesimida 5 nafardan jami 320 nafar ustozlar ishtirok etishmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🎉#Kitobxonlik_festivali
📚“KITOBXONLIK FESTIVALI” NAMANGAN VILOYATIDA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda Muhammadsharif So’fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan joriy yilning 21-dekabr kuni soat 10:00 da o’tkaziladigan “Kitobxonlik festivali” ga taklif etamiz.
🎉Festival doirasida o'tkazilgan quyidagi ko‘rik-tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi:
✅“Eng faol kitobxon oʻquvchi”
✅“Ijodkor bolalar”
✅“Eng faol kutubxonachi”
✅“Eng kitobxon maktab”
✅“Eng kitobxon oila”
🎁🛍Festivalda tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilariga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Ingliz tili o‘qituvchilarining professional darajasini oshirish uchun ajoyib imkoniyat!
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
❗️Kurs Britaniya Kengashining "Online Teacher Community" platformasida 10 hafta davom etadi.
Mazkur kasbiy rivojlanish dasturi orqali:
➖ o‘qitish darajangizni oshirish,
➖ hamkasblar bilan tajriba almashish,
➖ darslar uchun haftasiga taxminan 3 soat ajratish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
➖ O‘qituvchilik faoliyatingizni yangi cho'qqilarga olib chiqishga tayyormisiz? Unda ushbu loyiha aynan siz uchun!
👉 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉 Batafsil
🕔 Ro‘yxatdan o‘tish 2023-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.
___________
⚡️Exciting Professional Development Opportunity for English Teachers!
✅ The British Council, in partnership with the A. Avloniy Research Institute, cordially invites English teachers from the schools to join our 10-week professional development course.
➖ This program is hosted on the British Council's Online Teacher Community platform.
What to expect:
➖Elevate your teaching skills
➖Share your expertise with fellow educators
➖Dedicate about 3 hours per week for studying
❗️Ready to take your teaching career to new heights?
Click the link below to discover more details, apply, and secure your spot today!
👉 Register
👉 More information
🕔 Application deadline is 31 December, 2023.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Barkamol_avlod
Abdulaziz Mirahmedov: "Mening qurilmam quyosh paneliga tushgan qor va changlarni avtomatik tarzda tozalaydi”
✅ Shayxontohur tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Robototexnika” toʻgaragi o'quvchilaridan biri Abdulaziz Mirahmedov hozirga qadar ko'plab tanlovlar hamda loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, o'quvchimiz:
➖Turkiyaning Anqara shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro turk dunyo fan va madaniyat festivalida 1-oʻrin
➖ Singapurda boʻlib oʻtgan “First Global Challenge - 2023” robototexnika musobaqasida 3-oʻrinni egallagan.
❗️Abdulaziz toʻgarak mashgʻuloti jarayonida oʻnlab ixtiro yaratgan boʻlib, ular ichidan eng mashhuri “Aqlli quyosh paneli loyihasi”.
⚡️Bu ixtironing boshqa quyosh panellaridan farqi quyosh paneliga tushgan qor va changlarni avtomatik tarzda tozalashi evaziga quyoshdan olinadigan tokni 25 foizgacha koʻpaytiradi.
➖ Ahamiyatli tomoni, Abdulaziz ushbu ixtirosi uchun mualliflik huququni ham qoʻlga kiritigan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bilan tanishing
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab olgani haqida xabar bergandik.
Bugungi kunda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar o‘quvchi bilan kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Kitob tayyor holatga kelganida “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan birgalikda o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etiladi.
Saralab olingan 100 nafar iqtidorli maktab o‘quvchilari ro‘yxati bilan tanishing.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#2023_yil_mening_hayotimda
#Sarhisob
"Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘rtog‘im bilan so‘zlashishda muammoga duch kelganim defektolog kasbini tanlashimga sabab bo’lgan"
"Ingliz tili fakultetiga o‘qishga kirishga tayyorlangan kezlarim, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘rtog‘im bilan so‘zlashishda muammoga duch kelganman. Shu kuni fikrimdan qaytib, defektologiya fakultetiga hujjat topshirganman.
Institutni imtiyozli tamomlab, Quvasoy shahar alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-maxsus maktabda o‘qituvchi bo‘lib ish boshladim.
Sinfda murakkab nuqsonli qizcha bor edi. Ana shu qizaloq kasalligi kuchayganligi, xulq-atvor buzilishining og‘ir formasi rivojlangan. 1 yil mobaynida uyda uzoq davolangani bois maktabga kelmagan. Bir yildan so‘ng maktabga qaytgan. Sinfdagi o‘quvchilarim bilan unga bag‘rimizni keng ochdik. Uni sinfga qabul qildik. Sinfdoshlari bu qizga bor mehrlarini berishlari, o‘qishda yordam berishlari shartligini qatʼiy qo‘ydim. Jamoa bu qizchani tarbiyalay oldi.
O‘quvchilarimni uyimdagi oilaviy marosimlarga olib borib turaman. Qaynonam har gal bolajonlarimni olib borsam, bag‘rini keng ochib, kutib oladi. Turmush o‘rtog‘im esa, ularni olib borgan kunim shahar markaziga, sayrga olib boradi.
Men unvon yoki ko‘krak nishonlarim bilan maqtana olmayman. Bizning maxsus ta’lim sohamiz ozgina murakkabroq bo‘lgani bois yutuqlarga erishish oson emas. Mening yutug‘im o‘quvchilarimning hayotga qarashini o‘zgartira olganimda, deb bilaman.
Men kasbim bilan faxrlanaman. 2 nafar emas, bir olam farzandim bor. Sababi, o‘quvchilarim - mening hayotim".
Gulnoza Qurbonova, Quvasoy shahar alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-maxsus maktab o‘qituvchisi
Batafsil: 👉https://uzedu.uz/uz/news/1400
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўзбекистон_тарихи
#5_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Kushon davlati" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda O‘zbekiston tarixidagi qadimgi yirik davlatlardan biri Kushon podsholigi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida “Huquq bilimdoni”
Ombudsman viktorinasiga start berildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Bolalar ombudsmani bilan hamkorlikda jamiyatda nogironligi bo‘lgan bolalar ta’limiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, ularning huquq sohasiga bo‘lgan qiziqishini hamda bilimlarini oshirish maqsadida imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasiga start berildi.
Ikki bosqichdan iborat Viktorinaga Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan tayanch harakati shikastlangan bolalar uchun maktab-internatlarining 750 nafarga yaqin o‘quvchilari qamrab olindi.
2023 yilning 14-15-dekabr kunlari Angren shahridagi 34-sonli va Qo‘qon shahridagi 9-sonli va Olmazor tumanidagi 100-sonli tayanch harakati shikastlangan bolalar uchun maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasining 1-bosqichi o‘tkazildi.
1-bosqichda tanlov ishtirokchilari huquq sohasi bo‘yicha 30 ta test savollariga javob berishdi. Test javoblari hakamlar hay’ati tomonidan tekshirilib, har bir hududdan eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan ishtirokchi aniqlandi. Ushbu o‘quvchilar 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Viktorinaning yakuniy II bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
📲 t.me/ombudsmanuz
PISA 2022 natijalari asosida “yo‘l xaritalari” tayyorlanadi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova rahbarligida PISA 2022 natijalari, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar mahoratini yuksaltirish, shuningdek, PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
❗️Unda vazirlik mas’ullari va barcha hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida hududiy boshqarmalar rahbarlarining 2023-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti hamda keyingi yilga rejalashtirilgan loyihalari haqidagi axboroti tinglandi.
✔️Shundan so‘ng, PISA 2022 natijalari to‘g‘risida tahliliy taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda o'zbekistonlik o‘quvchilar natijalari hududlar kesimida tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.
➖ Har birimiz bu tadqiqotlar asosida turgan nuqtamizni yaxshiroq tushunishimiz va bundan keyingi harakatni shunga qarab amalga oshirishimiz lozim. Bu yilgi natijalarimizdan kelib chiqqan holda 2025-yilgi tadqiqotlarga hozirdan jiddiy tayyorlanish zarur.
Xabaringiz bor, xorijlik ekspertlar va o‘zimizning malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan. Ularning tavsiyalari va barcha hudud rahbarlari takliflari asosida birinchi navbatda har bir tuman kesimida “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqamiz.
Bu o‘qituvchilar va o‘quvchilarimizni tayyorlash hamda natijalarimizni yaxshilashga yordam beradi, – dedi Hilola Umarova.
🔴 Ma’lumot uchun: ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda OECD tashkilotining rasmiy saytida o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida namunaviy savollar joylashtirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab borishlari mumkin.
Shuningdek, vazirlik tomonidan PISA tadqiqotlari yo‘nalishida maxsus platforma yo‘lga qo‘yilishi hamda uni yanada takomillashtirish yuzasidan hududlardan taklif va tavsiyalar olinishi ma’lum qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Buxoroda "Nurli maskan"ning yangi binosi foydalanishga topshirildi
Buxoro shahrida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan "Nurli maskan" maktab-internatining yangi zamonaviy binosi qurib, foydalanishga topshirildi.
Muassasaning avvalgi binosi 160 o‘ringa mo‘ljallangan, yangi bino esa 324 nafar o‘quvchini qamrab olish imkoniga ega.
Yangi bino to‘liq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, korreksion fanlar uchun alohida xonalar tashkil etilgan, kutubxonada o‘quvchilar audio kitoblarni eshitishi uchun zamonaviy kompyuterlar o‘rnatilgan.
Ayni damda muassasada 287 nafar ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Iqtidorlarni_kashf_etamiz
❇️MAKTAB TO‘GARAGIDA YARATILAYOTGAN IXTIROLAR
🔹Qorovulbozordagi 5-umumta’lim maktabi tuman markazidan 30 kilometr uzoqlikdagi “Jarqoq” mahallasi hududida joylashgan. Ayni paytda ushbu ilm maskanida 300 nafarga yaqin o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda.
🔹Garchand olis va chekka huddudda joylashgan bo‘lsa-da, ushbu ta’lim muassasasida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va iqtidorlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
🔹Maktabda tashkil etilgan “Yosh fiziklar” to‘garagi a’zolarining bir-biridan ajoyib ixtirolarini ko‘rib, bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz.
Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-15-2
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
“Direktorlar kengashi” qanday tuzilma?
❗️“Direktorlar kengashi” tarkibi joylardagi eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat.
➖Kengash umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tavsiya beruvchi maslahat organi hisoblanadi.
➖U o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida yuritadi, oshkoralik, kollegiallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik tamoyillariga amal qiladi va Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor hisoblanadi. Kengash tarkibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
➖ “Direktorlar kengashi” tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
"O'QITUVCHILAR QURULTOYI"DA BIR GURUH SAMARQANDLIK FAOL O'QITUVCHILAR TAQDIRLANDI
✅ Bugun "Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida o‘tkazilayotgan Samarqanddagi "O'qituvchilar qurultoyi" doirasida soha xodimlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
➖ Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ochib berdi va tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar hamda rejalashtirilgan loyihalar haqida so‘z yuritdi.
Shundan so'ng tizimni yanada isloh qilish borasida ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tingladi.
❗️Qurultoyda bir guruh samarqandlik faol o‘qituvchilar "Xalq ta’limi fidoyisi" "Xalq ta’limi a’lochisi", shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
⚡️Tadbirda, shuningdek yangi baholash tizimiga o'tib, jarayonlarda halollik va shaffoflikni ta'minlagan Samarqand shahridagi 14- hamda Kattaqo'rg'on shahridagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoalariga vazirlikning tashakkurnomalari va sovg'alari topshirildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ilmiy_konferensiya
Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
✅ Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Raqamli ta‘lim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
➖ Unda vazirlik mas'ullari, mutaxassislar, olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va magistrlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek amaliyotchi pedagoglar ishtirok etishdi.
Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad:
➖ ta‘lim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish,
➖raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini ta‘minlash,
➖tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni keng joriy qilishdan iborat.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Davlatimiz rahbari 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi
✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
➖ Unda Prezidentimiz 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilishini ma’lum qildi.
❗️ Shu munosabat bilan mutasaddilarga “maktab – tuman – viloyat – respublika” bosqichida tanlovlar o‘tkazib, 5-8 sinf o‘quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.
⚡️ IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o‘quvchilar bo‘lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ta’lim yo‘nalishida ham bir qancha topshiriqlar berilgan edi.
Jumladan, xorijlik mutaxassislar tajribasi, o‘qitish metodikasini umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida keng targ‘ib qilish, ular ishtirokida umumta’lim maktablari uchun seminar-treninglar o‘tkazish belgilangan.
Berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida barcha hududlardagi Prezident maktablari va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari o‘rtasida umumta’lim maktablariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar-treninglar reja-grafigi ishlab chiqilgan.
Bugundan boshlab barcha Prezident maktablarining xorijlik o‘qituvchilari ishtirokida belgilangan grafik asosida Prezident maktablari hamda tuman va shaharlardagi umumtaʼlim maktablarida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
Jarayonlardan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toʻgarak aʼzolarimizdan navbatdagi XALQARO GʻALABA
🌎Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahrida sportning shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tdi.
🔵Ushbu musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
🏆Bunda, Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Shaxmat” toʻgaragi aʼzosi Umida Omonova faxrli 🥇1-o‘rinni egalladi.
🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan Umida Omonovani erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
✅ Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
✅ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish uchun sharoitlarni yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➖Unda kun tartibidagi tegishli masalalar bilan bir qatorda, tez o‘sib borayotgan xususiy ta’lim sohasi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish uchun tadbirkorlarga aholiga yaqin, kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoni bor joylardan yer berish mumkinligi ta’kidlandi.
❗️Shu bois mutasaddilarga bo‘sh yerlarni aniqlab, xususiy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun faqat ixtisosligi bo‘yicha auksionga chiqarish topshirildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
Xorijlik ekspert ishtirokida korrupsiyaga qarshi darslar bo‘lib o‘tdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Qatar davlatining taklifiga binoan "Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollik darslari" tashkil etildi.
➖ Mashg‘ulotlar xorijiy mutaxassis Robtel Nedjai Peyli tomonidan Toshkent shahridagi 5- va 190-maktablarda o‘tkazildi va unda muallifning bolalar uchun antikorrupsiyaga bag‘ishlangan "Gbagba and Jaadeh!" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot doirasida o‘quvchilarga kitob haqida qisqacha ma’lumot berilib, korrupsiyaning jamiyat va davlat hayotiga zarari, ushbu illatning oldini olish va uning turmushimiz va kelajakka salbiy ta’siri haqida so‘z bordi.
✔️ Ma’lumot o‘rnida: "Gbagba and Jaadeh!" kitobi taqdimoti bugunga qadar dunyoning 15 ta davlatida tashkil etilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣 📣 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
✅ Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.
➖ Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
❗️III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.
*******
📣 Зимние каникулы в школах начнутся с 28 декабря
✅Последним днём учебы II четверти текущего учебного года для учащихся общеобразовательных, творческих, специализированных школ и школ-интернатов системы Министерства дошкольного и школьного образования будет 27 декабря 2023 года.
Зимние каникулы начнутся с 28 декабря 2023 года.
➖ Каникулы продлятся 14 календарных дней до 10 января 2024 года.
❗️Занятия III четверти начнутся 11 января 2024 года.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
✅Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 109-sonli umumta'lim maktabi bundan ikki yil muqaddam kamquvvatli ta'lim muassasalaridan biri edi…
🎥 “Yoshlar” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Yangi O'zbekiston yoshlari” dasturi orqali maktab faoliyati bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Direktorlar_kengashi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy ta’lim direktorlar nigohida” seminar-treninglari o’z nihoyasiga yetdi.
➖ Namangan viloyati “Direktorlar kengashi” raisi Shuhrat Aziboyev ta’lim islohotlari haqida.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Direktorlar_kengashi
#Таълим_ислоҳоти
🔴 Bugun “Zamonaviy ta’lim direktorlar nigohida” treningi qatnashchilari uchun mahorat darslarining ikkinchi kuni bo’lib o’tdi.
✔️Ishtirokchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari va xorijiy mutaxassis, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori maslahatchisi Michele Gaddy tomonidan:
➖ Mehnat munosabatlari va mehnat qonunchiligi talablari,
➖Maktablarda moliyaviy faoliyatni tashkil etish tartibi,
➖ Maktablarda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
_______
➖ Ma’lumot o’rnida: “Direktorlar kengashi”ning asosiy vazifalari:
➖ maktab direktori lavozimiga tanlash va saralash asosida munosib nomzodlarni tavsiya etish;
➖ maktablar boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
➖ ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda maktab direktorlarining faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha takliflar berish;
➖ maktab direktorlari, o‘qituvchi va pedagoglarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatda o‘z vakolati doirasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
➖ pedagoglar, ota-onalar, o‘quvchilar o‘rtasida maktablar boshqaruvida sog‘lom muhitni tashkil etish bo‘yicha so‘rovnoma va o‘rganishlar o‘tkazish.
❗️Kengash quyidagi huquqlarga ega:
➖ o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan so‘rab olish;
➖ ish rejalar va dasturlarni, ta’lim faoliyatini muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
#XUSHXABAR
Eshitishida nuqsoni bo'lgan maktab-internati o'quvchilarimiz Koreyada bo'lib o'tgan xalqaro musobaqada g'olib bo'ldilar
Alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan 101- maxsus maktab internati o'quvchilari Koreyaning Chedju shahrida "Taekwondo" bo'yicha boʻlib oʻtgan 9-Halla Bae Xalqaro musobaqasi va 2-Xalqaro nogironlar assotsiatsiyasi Kongressida ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib,
Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Filippin hamda O‘zbekiston davlatlari vakillari ishtirok etgan mazkur musobaqada o'quvchilarimiz umumjamoa hisobida 🥈2-o'rinni qo'lga kiritdilar.
Musobaqa natijalariga ko'ra Sparring bahslarida:
🥇Shahrizoda Nuriddinova 1-o‘rin
🥈Shoxruz Abduraxmonov 2-o‘rin
🥈Doniyor Toshmirzayev 2-o‘rin
🥈Aleksey Zaguta 2-o‘rin
🥉Asal Hayitboeva 3-o‘rin
🥉Asadbek Turdiboyev 3-o‘rin
🥉Abubakir Usmonov 3-o‘rin
Pumse bahslarida:
🥉3 -o‘rin
Robiya Miraskarova
Abdulaziz Usmonov
Asadbek Turdiboyev
Asal Hayitboeva
🏆To’garak rahbari Davron Xidirov boshchiligidagi jamoamiz a'zolarini g'alaba bilan muborakbod etamiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ахборот 24 | Директорлар Кенгаши аъзолари учун ўқув семинар
#15dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Direktorlar_islohotlar_haqida
✅ "Zamonaviy ta'lim - direktorlar nigohida" mavzusida "Direktorlar kengashi" a'zolari uchun tashkil etilgan trening ishtirokchisi, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Homidjon Rahimov amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar haqida o'z fikrini bildirdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Таълим_ислоҳоти
#Direktorlar_kengashi
Hilola Umarova: “Ta’lim tizimini bir kunda isloh qilib bo'lmaydi, ammo bir jamoa bo’lib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz”
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.
Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:
➖ Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.
Bu yo’ldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.
❗️Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi.
Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman.
Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.
👉 Seminar-treninglar va “Direktorlar kengashi” haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1398
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram