uzedu | Unsorted

Telegram-канал uzedu - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

121054

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Subscribe to a channel

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Shu_kunlarda

🇺🇿 Shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab qator ta'lim muassasalari yangidan tashkil etildi, ayrimlari qurilish-ta'mirlash ishlaridan so‘ng, o‘z faoliyatini boshladi.


📍 Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi Navro‘z mahallasida “Ibrat kids” nomli yangi xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. Ushbu ta’lim tashkiloti 100 o‘ringa mo‘ljallangan.

📍 Samarqand shahri, Oqsaroy MFYda 28-sonli DMTT foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida "Barkamol avlod" bolalar maktabi kapital ta'mirdan so‘ng o‘z faoliyatini yangidan boshladi.

🌐 Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi tashkilot zamonaviy pedagogik talablar asosida barpo etilib, bolajonlarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarga ega.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Сўраган_эдингиз

❓CHQBT rahbarlariga qanday imtiyozlar beriladi?


CHQBT rahbarlariga umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi hamda mazkur pedagoglar uchun belgilangan yillik mehnat taʼtillari berilishi belgilangan.

❗️ Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi tegishli Farmoni asosida CHQBT rahbarlariga:

➖ bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli;

➖ uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pulli kompensatsiya toʻlanadi.


👉 Maʼlumot uchun: 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab har bir yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari uchun 1 ta shtat birligidan iborat CHQBT rahbari lavozimi joriy etib boriladi.

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Yashil_makon
#Мактабгача_таълим

🔴 Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ta'lim muassasalarida ham targ‘ibot va amaliy ishlar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida "Yashil makon- O‘zbekiston" shiori ostida bayramona tadbir tashkil etildi.


Mazkur tadbirda ustozlar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, ko‘gazmalar va badiiy-ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta'lim forumi doirasida ICESCO (Ta’lim, fan va madaniyat bo'yicha Islom tashkiloti) bosh direktori Salim al Malik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Salim al Malik O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, bu borada mamlakat rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritdi.

👉 Uchrashuv davomida tomonlar istiqboldagi hamkorlik, xususan O‘zbekistonda ICESCO bilan birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📰📰📰📰📰📰📰

✈️ Informatika va axborot texnologiyalari fani ustozlari Koreyada malaka oshirishadi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Janubiy Koreya Respublikasi Seul taʼlim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, mas’ullar va loyiha ishtirokchilar qatnashdi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur loyiha
Janubiy Koreya Respublikasi Seul taʼlim departamenti bilan hamkorlikda xalqaro tajribani oʻrganish, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.


Unda har bir hududda yuqori ball bilan toifa sertifikatiga ega boʻlgan Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilaridan 14 nafar oʻqituvchi va 1 nafar kordinator jami 15 nafar ustozlar qatnashmoqda.
 
Ular Koreyada 10 kun davomida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashishlari hamda Koreyaning umumtaʼlim maktablari faoliyati va taʼlim jarayonlarini o‘rganishlari rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari bilim va malakalarini oshirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, vazirlik tizimidagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida zamonaviy texnik qurilmalar bilan jihozlangan “Jalinga” multimedia markazi tashkil etilgan.

➖ Markaz Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan “Oʻzbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida toʻliq jihozlangan.


👉 Bu yerda maktabgacha taʼlim sohasi pedagoglari uchun takomillashtirilgan oʻquv reja-dasturlariga muvofiq taqdimotlar, videokontentlar yaratish rejalashtirilgan. Ushbu imkoniyatlar kelgusida maktabgacha taʼlim tizimi pedagoglarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🔰BRIFING

Pedagoglarni malaka toifa sinovlari uchun o‘tkazilgan test natijalari

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova ishtirok etmoqda.

🔴 JONLI EFIR

📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📣 Diqqat, e’lon!!!

Hurmatli Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbarlari!

☑️ Joriy yilning 20-may kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Davlatimiz rahbarining 2024-yil 15-noyabrdagi 393-son qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

👉 Muloqot doirasida vazirlik mas’ullari tomonidan:

СHQBT rahbari lavozimi tugatilib, shtat birliklari Mudofaa vazirligiga o‘tkazish jarayonlari;

CHQBT fanini o‘qitilish mezonlari;

CHQBT faniga doir o‘quv dasturi va darsliklarni ishlab chiqish jarayonlari;

“Jasorat maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish va qarorga doir boshqa savollarga batafsil javob beriladi.


👉 Mavzuga doir savollaringizni ushbu havola izohida qoldirishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Davlatimiz rahbari boshchiligida sohaga doir kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tizimni yanada isloh qilish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yig‘ilish yuzasidan soha vakillari o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.


➖”O‘zbekiston 24” telekanali — Maxsus reportaj | Maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samarasi
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Axborot 24 | Maktab ta'limidagi islohotlarning yangi bosqichi
➖”Sevimli TV” — Maktab ta’limiga oid vazifalar
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Studiya 24 | Maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirishning ustuvor vazifalari belgiland
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Axborot 24 | Maktab ta'limidagi islohotlarning yangi bosqichi
“O’zbekiston 24” telekanali — Insondan insongacha
“O‘zbekiston 24” telekanali — Ахборот 24 | Новый этап реформ в школьном образовании
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Axborot 24 | Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Ахборот 24 | Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам дальнейшего повышения эффективности реформ в школьном образовании и приоритетным задачам на перспективу
_____

🎙️Shuningdek, mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiokanalida jonli muloqotlar ham tashkil etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Õzbekiston_tarixi
#44_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar
tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

✅ Navbatdagi videodars "Amir Temur bog‘lari" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Amir Temur tomonidan bunyod etilgan bog‘lar aks ettiriladi.

➖ Davomi bor...

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#tashabbus #ulashing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.

Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.

Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.

Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!

Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.

Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#соҳага_доир_ҳужжатлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, respublikada bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar ishlab chiqarish hamda ularni ommalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

➖ bolalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmasi, tabiatni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat va ona Vatanga sadoqat hissini tarbiyalashga xizmat qiluvchi kontentlar yaratish;

➖ bolalar uchun xavfsiz axborot muhitini yaratish;

➖ ota-onalar va bolalarni internet tarmog‘idagi axborotlarni to‘g‘ri baholashga hamda xavfli kontentlarni aniqlashga yo‘naltiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish.

👉 2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar:

🔹bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar:

➖ foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi;

➖ ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi;

➖ yuridik shaxslarga bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlash huquqi beriladi.

👉 Shuningdek, bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan jahondagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun 5 ta kvota ajratiladi.

Bizni kuzating

❤️ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#tashabbuskor_ustoz

📖Zamonaviy metodlar badiiy asarni chuqurroq o‘rganish imkoniyatini beradi

📝Beg‘am To‘xtayeva Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 5-maktabning ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi.


🫥Adabiyot fanidan Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Sehrli qalpoqcha" asari yuzasidan ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

🫥Dars davomida:

🫥matn bilan ishlash,
🫥xatjilddan bilib oldim,
🫥bir qadamda bir ma'lumot,
🫥qahramonni tasvirlayman,
🫥davomini ayting kabi metodlardan foydalanildi.

🫥Mazkur metodlar o‘quvchilarni darsga yanada qiziqtirish, asarni chuqurroq tahlil qilish va esda qolarli bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

Faoliyatni o'tkazish tartibi:

🫥O‘quvchilarga turli rangdagi sharlar tarqatiladi,
🫥Sharning rangiga ko‘ra asardagi his-hayajon aks etgan holatlar tasvirlanadi.

Hurmatli ustozlar, siz ham ijodiy ishlaringizni vazirlikning Fasebookdagi sahifasini belgilab, #tashabbuskor_ustoz xeshtegi bilan o‘z sahifalaringizda bo‘lishing. Eng yaxshi ijodiy ishlar, tashabbuslar vazirlikning ijtimoiy sahifalarida berib boriladi.


Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🌍🌍🌍🌍🌍

Prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida tizimdagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish, kelgusidagi ustuvor masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil etish uchun barcha mas’ullar “favqulodda to‘qson kunlik” ish rejimiga o‘tib ish olib borishi zarurligini alohida qayd etdi.

“Eng asosiy maqsadimiz, bog‘chalarni kun davomida bolani faqat vaqtini o‘tkazadigan emas, ularning ta’lim olishlari uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishiga erishishdir.

Shu sababli maktabgacha ta’limda sifat samaradorligiga erishish kechiktirib bo‘lmas masala ekanligini mas’ullar his qilishi kerak”,

— dedi vazir.

📊 Shundan kelib chiqqan holda soha mutasaddilari oldiga bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati, psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etish, iyun-avgust oylarida 7 mingta bog‘chalardagi 118 ming nafar tarbiyachini yangi dasturlar bilan ishlashga o‘rgatish vazifalari qo‘yildi.

🌐
BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Axborot 24 | Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi
#15may

mtrk.uz | Instagram | Facebook | uzbekistan24tv">Youtube | Telegram

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Andijon: bitta maktabdan 40 nafar o‘quvchi muddatidan avval talaba bo‘ldi

Andijon shahrida joylashgan 31-maktabning 40 nafar bitiruvchi o‘quvchilari muddatidan oldin xalqaro va mahalliy oliy ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilindi.


📊 Bu yerdagi o‘quvchilar o‘z tengdoshlariga xorijiy tillarni o‘qitib, qo‘shimcha daromad topishga ham ulgurishgan.

🌐 O‘quvchilar va maktab direktorining fikrlari "Mushtum" nigohida

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Buyuk Britaniyadagi uchrashuvlar davom etmoqda.

🌐 Butunjahon ta’lim forumi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan uchrashdi.


Uchrashuvda Stiven Morgan maktabgacha ta’lim yo’nalishida Buyuk Britaniya tajribasi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlik va ikki tomonlama tajriba almashish masalalarini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, o‘zaro muloqot davomida bolalarni sog‘lom ovqatlashtirish yo’nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Amaliy bilimlarni san’atga aylantirgan muallima: Nodira Rahimovaning tajribasi

📍 Uchqo‘rg‘on tumanidagi 43-umumta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi Nodira Rahimova 6 yildan buyon o‘z bilim va salohiyatini amaliy maqsadlarga yo‘naltirib, yuzlab o‘quvchilarga foydali hunarlarni o‘rgatib kelmoqda.

◀️ Bugungi kunda uning rahbarligidagi to‘garakda 200 nafardan ortiq o‘quvchi-qizlar faol ishtirok etmoqda. Ular izalondan nafis gul yasash, munchoqlardan taqinchoq va bezaklar tayyorlash, cho‘qima kashta tikish sirlarini puxta egallab ulgurdilar. Bularning barchasi o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirib, ularni kasbga yo‘naltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

✉️ E’tiborli jihati, tinib - tinchimas pedagog igna ishlatilmagan holda rangli mato bo‘laklaridan rasmlar yaratish — yaponlarning an’anaviy kinusaiga san’atini mukammal egallab, bu yo‘nalish sirlarini ham o‘z o‘quvchilariga sabr bilan o‘rgatmoqda.

Sa’y-harakatlari natijasida u hozirgi kunda butun respublika bo‘yicha 800 nafardan ziyod texnologiya fani o‘qituvchilari uchun onlayn darslar o‘tkazib kelmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi



Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbarlari ishtirokida jonli muloqot boshlandi.

Unda Davlatimiz rahbarining 2024-yil 15-noyabrdagi 393-son qarori mazmun-mohiyatiga haqida so’z yuritiladi.


🔴 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda.

🌐 Bugun tashkil etilgan ochilish marosimida butun dunyodan 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.


Forum doirasida:

bugungi kunda ta'lim sohasida mavjud yangi tendensiyalar va innovatsion g‘oyalar,
➖ ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish,
➖ turli davlatlar tajribasi asosida ta’limdagi muvaffaqiyatlar hamda istiqboldagi vazifalar haqida so’z yuritildi.

✔️
Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi.


📆 Jarayonlar 21-maygacha davom etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

👋😊 Hammaga salom!

Siz har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishi natijasida 600 millionga yaqin odam kasallanishini bilarmidingiz? JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan taxminan 420 ming kishi, jumladan, besh yoshgacha bo‘lgan 125 ming nafar bola halok bo‘ladi.

☝️ Mazkur raqamlar shunchaki oziq-ovqat xavfsizligi haqidagi savodxonlikni oshirish muhimligini anglatadi. Bu haqda bugun Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 9-umumta’lim maktabida suhbatlashdik.

🥗 "Yosh fermer" loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar yakdilligi muhimligini muhokama qildik. Maktab o‘quvchilari interaktiv mashg‘ulotlar, ma’ruzalar va ko‘rgazmali taqdimotlarda qatnashdilar va asosiysi, oziq-ovqat ta’minoti zanjirining barcha ishtirokchilari: ishlab chiqaruvchilardan tortib iste’molchilargacha xavfsizlik standartlariga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarini oshirdilar.

🥞 Mutaxassislar oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat salomatlik masalasi, balki ta’lim sifati va mamlakatning iqtisodiy barqarorligi ham ekanligini ta’kidlashdi.

❗️ Siz ham bu haqda o‘yab ko‘ring!

~~~

👋😊 Всем привет!

Вы знали, что каждый год около 600 миллионов человек заболевают из-за употребления небезопасных продуктов питания? По данным ВОЗ, из них погибает порядка 420 тысяч человек, включая 125 тысяч детей младше пяти лет.

☝️ Эти цифры просто кричат о важности повышения осведомленности о безопасности пищи. Об этом мы поговорили сегодня в средней школе №9 Яшнабадского района Ташкента.

🥗 В рамках проекта «Юный фермер» совместно с МДШО и Продовольственной и сельскохозяйственной организацией ООН (ФАО) мы обсудили важность единства образования, науки и технологий в сфере безопасности пищевых продуктов. Школьники участвовали в интерактивных занятиях, лекциях и наглядных презентациях и, что важно — повысили свой уровень знаний о важности соблюдений стандартов безопасности всех участников цепочки поставок продовольствия: от производителей до потребителей.

🥞 Эксперты подчеркнули, что безопасность питания — это не только вопрос здоровья, но и качество образования и экономическая стабильность страны.

❗️ Задумайтесь об этом и вы!

#WorldFoodSafetyDay #ЮныйФермер #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan sohaga oid videoselektor yig'ilishi, mas'ullar fikrlari va istiqboldagi vazifalar «MENIMCHA» teleloyihasida

___________
"O'zbekiston 24" telekanaliTahlilnoma | Ta’lim uchun 275 trln so‘m. Prezidentning maqsadi - brilliant avlodni tarbiyalash
"O'zbekiston 24" telekanali Tahlilnoma | Pedagoglarning dil izhorlari
"O'zbekiston 24" telekanali Tahlilnoma | “Garvardchilar maktabi” – dunyoning “Top 10” universitetlarida tayyorlaydigan maktab!
"O'zbekiston 24" telekanali Tahlilnoma | 20 mln so‘m oylik olayotgan o‘qituvchilar haqida eksklyuziv reportaj!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Диққат_эълон

📣 Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

🌐 Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.


Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

➖fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
➖5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
➖ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
➖ Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
➖oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.

❗️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni
tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi



✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

MUNOSABAT

Boshlanayotgan haftada yurtimiz maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.

Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.

So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram!

Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.

Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Bolalar xavfsizligi uchun muhim qaror: maktab va bog‘chalar oldiga 30 km tezlikda harakatlanish belgisi o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-sentabrgacha Ichki ishlar vazirligi tomonidan maktab va bog‘chalar atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi. Jumladan, mazkur ta’lim muassasalari oldiga soatiga 30 kilometrdan ortiq harakatlanishni taqiqlovchi yo‘l belgilari, radar va maxsus texnika vositalari o‘rnatiladi.

Mazkur hujjat farzandlarimiz xavfsizligi uchun qabul qilindi. Hurmatli haydovchilarni bogʻcha, maktablar yonidan oʻtishda yanada e’tiborliroq boʻlishga chaqiramiz.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📰📰📰📰📰📰📰

O‘zbekistonda “SmartED” loyihasi doirasida sifatli va inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi bosqich boshlandi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Ushbu tashabbus Islom taraqqiyot banki (IsDB), Islom birdamlik jamg‘armasi (ISFD) va Global ta’lim hamkorligi (GPE) tomonidan moliyalashtirilayotgan “SmartED” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.


🌐 Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlari va materillarini yangilash, barcha bolalar, jumladan, qizlar va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv va kompetensiyaga asoslangan ta’lim muhitini yaratishdan iborat.

Hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlar:

📝 Milliy o‘quv dasturi va baholash tizimini yangilash: kompetensiyalarga asoslangan, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi va ijtimoiy-emotsional o‘qitishni qo‘llab-quvvatlovchi yangi mazmunga ega dasturlar ishlab chiqiladi.

🔹O‘qituvchilar salohiyatini oshirish: zamonaviy pedagogika, o‘yin asosida o‘qitish, o‘quvchi markazlashgan yondashuv va raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlanadi.

Ta’limda inklyuzivlikni kengaytirish: ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun teng va sifatli ta’lim olish imkoniyatlari yaratiladi.

🌍 Iqlim o‘zgarishiga mos ta’lim: ta’lim muassasalarida iqlim xabardorligini oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan kontentni integratsiya qilish.

📊 Xalqaro va mahalliy hamkorlik: UNICEF va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda global ilg‘or tajribaga asoslangan yechimlar joriy qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi



Samarqand: "Barkamol avlod" bolalar festivali davom etmoqda


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivalining 2-mavsumiga START BERILDI.

Festivalning bu galgi manzili Samarqand viloyati boʻldi. Unda oʻquvchilar quyidagi yoʻnalishlarda oʻzlarini sinab koʻrishdi:


🔵“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
🔵“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
🔵“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
🔵“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
🔵“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
🔵“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
🔵“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

🔄Tanlov kuy-qoʻshiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Tadbir soʻnggida festival estafetasi NAMANGAN viloyatiga topshirildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Bizni kuzating
❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте #Mehrlimaskan

Zamin
| Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube

Читать полностью…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактаб таълими тизимидаги ислоҳотлар самарадорлигини янада ошириш ҳамда келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…
Subscribe to a channel