Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
#Taqdirlash_marosimi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida tashkil etilgan o'quv yig'inining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
➖ Unda vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo'mondoni o'rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etishdi va o'qituvchilarni o'quv yig'inida muvaffaqiyatli ishtirok etishgani bilan tabrikladi.
Shundan so'ng ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, ularning kelgusi ishlarida omad tilashdi.
🔹Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun 5 kun davom etgan seminarlar davomida jumladan:
➖Taym menejment-vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va boshqarish,
➖Harbiy topografiya va uning ahamiyati,
➖Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish haqida so'z bordi.
📍 Shuningdek, ishtirokchilar uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga” ekskursiyalar ham tashkil etildi.
✔️Ma'lumot o'rnida: "Temurbeklar maktabida" bo'lib o'tgan ushbu o'quv yig'inida Respublikamiz bo'ylab 56 nafar CHQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob
#Podkast
Podkast: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari PISA 2022 natijalari va tadqiqot jarayonlari haqida
Mazkur podkastda mutaxassislar tomonidan:
➖ PISA testlari o‘zi nimani anglatishi,
➖O‘zbekiston natijalari,
➖qiziqarli statistikalar,
➖vaziyatni yaxshilash uchun qanday ishlar olib borilayotgani haqida so'z bordi.
👉 Podkastni YouTube sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/xU5E0RXURt0
Ayrim bog‘cha tarbiyalanuvchilarining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi
❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son hamda 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra:
➖ 2030-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari) budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
➖davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilingan (boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari) tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplab beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#cўраган_эдингиз…
❓Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifalari berishning yangi tartibida sinovlar ikki bosqichda o‘tkazilar ekan. Buning tartibi qanday?
❗️Birinchi bosqichda — pedagog kadrlar o‘z mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘ini bajaradi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.
✔️ Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Izoh: Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob
2023-yilda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ijtimoiy himoya va inklyuziv ta'lim yo'nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
➖Inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish maqsadida inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 415 ta (2022-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p) ga, ulardagi o‘quvchilar soni 736 nafar (2022-yilga nisbatan 200 nafar ko‘p) ga yetdi.
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda 1172 nafar bolalar ta’lim-tarbiya bilan qamrab olindi.
➖Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning 153 nafari uy-joy bilan ta’minlandi, 1105 nafari esa oliy ta’lim muassasalariga davlat grandi asosida o‘qishga qabul qilindi.
➖Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning 350 nafari bepul eshitish apparatlari bilan ta’minlandi.
➖“Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda “Eshitishni xohlayman!” “Zamin creative”, “Zamin education”, “Inklyuziv ta’lim” kabi loyihalar yo‘lga qo‘yildi va ushbu loyihalar doirasida 500 nafardan ortiq pedagog xodimlar, 1000 nafardan ortiq o‘quvchilar uchun o‘quv-seminarlar, turli tadbirlar va IT oromgohi tashkil etildi.
➖Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-interntalari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalari tashkil qilinib, unda 7500 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar qamrab olindi.
➖Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” ta’lim muassasalri o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔵Ахборот ва калория: боғлиқликлар ҳамда ўхшашликлар
🔵Контентлар сифати ва даражаси – аудитория танлови
🔵Инсон ва гаджетлар муносабати, онлайн мулоқотнинг салбий жиҳатлари, виртуал қарамлик белгилари
〰️〰️〰️〰️〰️
⚡️ Бу факт:
✅ 10 ёшгача бўлган болаларнинг 41%и доимий онлайн режимда;
✅ 14 ёш оралиғидаги болаларнинг 85%и гаджетларсиз кун ўтказмайди;
✅ Инсон кунига 70 марта, яъни ҳар 15 дақиқада телефонини текширади;
✅ Гаджетларга қарам бўлган одамларнинг миясидаги биокимёвий ўзгаришлар гиёҳвандлик давридаги ўзгаришлар билан бир хил.
〰️〰️〰️〰️〰️
🎥 Видеоролик орқали глобал маълумотларга эга бўлинг!
/channel/hudud_inform
Urgutlik o’quvchi xalqaro shaxmat festivalida 1-o‘rinni egalladi
Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tkazilgan “Sunway Sitges 2023” xalqaro shaxmat festivalida "B" guruhida (ayollar o‘rtasidagi bahslarida) Urgut tumani Qorabuloq mahallasi 46-maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ozoda Shahzodova 1-o‘rinni egalladi.
Urgut tumani hokimligi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi vakillari Ozodaning xonadonida bo'lib, o'quvchimiz hamda uning oila a'zolarini g‘alaba bilan tabriklab, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ozoda va uning ota-onasini g‘alaba bilan muborakbod etadi!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob
Hozirda "Barkamol avlod" bolalar maktablarida nechta oʻquvchi-yoshlar bilim va kasb-hunar oʻrganmoqda?
✅ Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
✅ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
❗️Bugun mazkur musobaqalarda g‘olib bo'lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.
✔️ Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida 2 bosqichda bo‘lib o‘tgan olimpiadada jami 927 nafar ustozlar ishtirok etishdi.
➖ Yakuniy natijalarga ko‘ra, matematika fanidan:
🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov 1-o'rin,
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Kamil Sadikov 2-o‘rin,
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov 3-o'rinni egalladi.
➖ Kimyo fanidan:
🥇 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Narkulov 1-o'rin,
🥈 Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov 2-o'rin,
🥉 Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 3-o'rinni qo‘lga kiritdi.
❗️O‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan olimpiada esa dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida bo'lib o'tdi.
2 bosqichli ushbu olimpiadada 700 nafardan ortiq o'quvchilar bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
➖ 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova va Jahongir Jo‘rayev 1-o'rin,
🥈Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari Islam Zinhaydarov va Malika Xojamuratova 2-o‘rin,
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev va Iskandar Sodiqjonov 3-o'rinni qo‘lga kiritishdi.
➖ 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🥇Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Raxmatullayev va Nozimjon Abdurahimov 1-o‘rin,
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksultan Bazarbayev va Manzilbek Karlibayev 2-o‘rin,
🥉Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov va Abdulahad Nabiyev 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1425
#Vazirlikdan_tuhfa
📣📣 Farzandingiz sifatli ta’lim olishi uchun maxsus loyiha!
❗️Zamonamizning eng talabgir sohalaridan birini chuqurroq o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5-11-sinf o'quvchilari uchun 200 dan ortiq video-darslar yaratildi.
Bu darslar orqali o'quvchilarimiz o'z bilimlarini mustaqil oshirishlari mumkin!
👇 Darslar bilan quyida tanishing:
1. Matnli hujjat bilan ishlashni boshlash
2. Matnda sichqon va klaviaturadan amallari
3. Matnni belgilash, tahrirlash va o‘chirish
4. Matnni ko‘chirish
5. Asosiy tugmalarni tanlash. Hujjatni chop etish
6. Save tugmasi va hujjatni qulay nom bilan saqlash
7. Matnni tekshirish
8. Tasvirlar bilan ishlashni boshlash. Line uskunasidan foydalanish
9. Pencil va Brush uskunalaridan foydalanish
10. Chiziqning qalinligi va rangini oʻzgartirish. Shakllar chizish
11. Tasvir qismlaridan nusxa olish, kesib tashlash yoki joylashtirishdan foydalanish
12. Eraser uskunasi. Tasvirni saqlash
13. Diagrammalar bilan ishlashni boshlash. Axborotni tasniflash(guruhlash)
14. Axborotni qiymatini hisoblash. Piktogramma yaratish
15. Jadvallar yaratishda Microsoft Excel dasturidan foydalanish
16. Diagramma va unga maʼlumotlar kiritish. Diagramma turini tanlash. Diagrammaga x-oʻqi, y-oʻqi hamda diagramma nomini joylash
17. Diagrammadan xulosa chiqarish. Ustunli diagramma ustunlari rangini oʻzgartirish
18. Dasturlashni boshlash. Robotni labirint boʻylab harakatlantirish
19. Blok-sxema yaratish. Burchaklar bilan ishlash
20. Spraytlarni oldinga va turli yoʻnalishlarga harakatlantirish
21. Debaglash (xatolar aniqlash) jarayoni
22. Qidiruv tizimlarida ishlashni boshlash
23. Veb-brauzerlar. Qidirish tizimlari
24. Elektron pochtada ishlash. Elektron pochta
25. Yangi elektron xat yozish. Amaliy mashgʻulot
26. Qabul qiluvchining manzilini kiritish. Xatni oʻqish va unga javob qaytarish
27. Elektron pochtada xabarlarni uzatish va formatlash
#Yangi_yil_bayrami
Bayram shodiyonalari davom etmoqda
✅ Bugun poytaxtimizda joylashgan A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli va 30-sonli Mehribonlik uylari hamda Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.
🔹Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi hamda bolajonlarni kirib kelgan yangi yil bilan samimiy tabrikladi.
➖Tadbir doirasida tashkilotchilar tomonidan namoyish etilgan bayram dasturi, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va bayram sovg‘alari bolajonlarga katta quvonch bag‘ishladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❄️🖥Raqamli Avlod IT Oromgohi 2024
Bugun, Raqamli Avlod IT oromgohimizga start berdik! Loyiha qatnashchilari darslarda ham onlayn, ham offlayn shaklda ishtirok etib kelishmoqda.
_
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Õzbekiston_tarixi
#7_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "IV-VII asrlarda Xorazm" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda Xorazmdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
⚠️ Гаджетларга қарамлик: фалокатли оқибатлар олдини олайлик!
Гаджетларга қарамлик – ахборот технологиялари сония сайин ривожланиб бораётган даврда янги тушунча эмас.
Аввало, бу қарамликнинг симптомларини сизда бор-йўқлигини аниқлаймиз.
Кейин эса унинг ортга қайтариб бўлмас "излари" ҳамда қарамликдан халос бўлиш йўллари ва кутилажак натижалар билан танишамиз.
➡️ Батафсил инфографикада
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
📣 Bugun onlayn olimpiada bahslarida 6-, 9-sinf o‘quvchilari qatnashadi
🔴 Joriy yilning 3-yanvaridan boshlangan hamda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari davom etmoqda.
🔹Belgilangan tartibga ko‘ra, bugun umumta’lim maktablarining 6-, 9-sinf o‘quvchilari tegishli fanlar doirasida ushbu bahslarda ishtirok etmoqda. Olimpiada jarayonlari soat 19:00 ga qadar davom etadi.
❗️Onlayn olimpiada bahslari bilan batafsil olympiad.uzedu.uz manzilida tanishishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Vazirlikdan_tuhfa
📣 Axborot texnologiyalari sohasida bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!
➖ Bugun loyiha doirasida 7-sinf uchun videodarslarni taqdim etamiz:
1. Matn stillarini sozlash va ulardan foydalanish
2. Wrap text sozlamalaridan foydalanish. Tasvirni qirqish va o‘lchamini o‘zgartirish
3. Jadval oʻrnatish
4. Belgili ro‘yxat yaratish
5. Hujjatga Header va Footer maydonlarini qo‘shish
6. Matnni ustunlarga bo‘lish
7. Sahifani formatlash buyruqlaridan foydalanish. Print preview buyrug‘idan foydalanish
8. Word dasturida qo‘shimcha sozlamalar
9. Loyiha xususiyatini ishlab chiqish
10. Slaydga o‘tish effektlarini qo‘shish. Slaydlarga vaqt va audio qo‘shish
11. Animatsiya effektini qo‘shish. Animatsiya va vaqtni moslash
12. Auditoriya va maqsadni bilish.
13. Elektron jadvalni loyihalash. Maket tuzish
14. Formulani kiritish
15. Elektron jadvalni sinovdan o‘tkazish
16. Modellashtirish
17. Ma’lumotlarni to'plash shaklini tuzish
18. Elektron jadvalni formatlash. Elektron jadvalni baholash
19. Elektron jadval natijalarini diagramma sifatida taqdim etish
20. Shartli formatlash va maqsadni qidirish
21. Ma’lumotlar bazasi uchun maqsadni aniqlash. Ma’lumotlar bazasi uchun maydon tanlash
22. Ma’lumot turlari. Ma’lumotlar bazasi jadvalini yaratish
23. Ochiladigan ro‘yxatni yaratish
24. Maʼlumot kiritish formasini yaratish (Form)
25. Ma’lumotlar bazasini sinovdan o‘tkazish. Ma’lumotlar xavfsizligi.
26. Maʼlumotlarni matn bilan ishlash dasturiga yuborish. Maʼlumotlarni jadval bilan ishlash dasturiga yuborish
27. Validatsiya qoidalari. Forma dizaynini yaratish. So‘rov yaratish. Hisobot yaratish
📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi
✅ Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.
❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:
➖Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;
➖shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;
➖attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.
🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.
Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Vazirlikdan_tuhfa
📣 O'qituvchilar va o'quvchilar o'z ustlarida mustaqil ishlashlari uchun maxsus loyiha!
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurroq o'rganish uchun yangi loyiha yo'lga qo'yilgani haqida xabar bergandik.
➖ Ushbu loyiha doirasida e'tiboringizga yangi videodarslarni taqdim etamiz:
Zamonamizning eng talabgir sohasini birgalikda o'rganamiz!
1. Matn qo‘shish, o‘zgartirish va ko‘chirish
2. Shrift turi, o‘lchami va rangini o‘zgartirish. Matnni tekislash
3. Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish
4. Hujjatlarni auditoriya uchun moslash. (Tayyor hujjatni (maqsadga muvofiqligini) tekshirish)
5. Matnli hujjatda tasvirni tahrirlash
6. Tasvirni import qilish
7. Tasvirlarni aylantirish, teskari o‘girish
8. Tasvirni o‘lchamlarini o‘zgartish
9. Versiya nazorati. Ishning boshlang‘ich nusxalari.
10. Tasvirga matn qo‘shish
11. Elektron jadval tushunchasi. Ma’lumotlarni elektron jadvalga kiritish
12. Raqamlardan iborat sodda formulalardan foydalanish
13. Sodda formulalarni kiritishda katak manzilidan foydalanish
14. Formulalarni nusxalash
15. Diagramma va grafik yaratish
16. Ma'lumotlarni o‘zgartirish va "What-if so‘rovi"
17. Ma’lumotlar bazasi va turlari, maydonlarni aniqlash
18. Ma’lumotlar bazasidan harakatlanish va yangi yozuv qo‘shish
19. Teng sharti bilan query yaratish. Query-ma’lumotlar bazasidan aniq ma’lumotni qidirish uskunasi
20. Qidirishlarida <va> belgilaridan foydalanish. AND va OR query operatori
21. Saralash. So‘ralgan savolni queryga aylantirish
22. Dasturlashni o‘rganish. Takrorlash algoritmi
23. Takrorlash algoritmidan foydalanib algoritm yaratish
24. Scratch dasturida takrorlash amaliyotidan foydalanish
25. Scratch dasturida PEN uskunasidan foydalanish
26. Scratch dasturida shakllar bilan ishlash
27. Takrorlash bloki yordamida muntazam shakl chizish
28. Scratch dasturida takrorlash bloki yordamida yangi shakl chizish
29. Takrorlash blokidan foydalanib dastur natijasini taxmin qilish
30. Scratch dasturida protseduralar bilan ishlash
31. Dekompozitsiyadan foydalanish. Kichik masala yechimi orqali katta masalaga o‘tish
32. Web manzillar haqida tushuncha. Qidirish tizimini ishlash tamoyili
33. Axborotning ishonchliligi
34. Axborotni filtrlash. Web-sahifani saqlash.Web-sahifani chop etish
35. Web saytdgai matnni, URL manzilni saqlash.Web saytdan tasvirni saqlab olish
36. Elektron xatni yozish, tahrirlash, o‘qish, javob berish va matn bilan ishlash uskunalari. Foydalanuvchi manzillarini qo‘shish
37. Ilova qilingan hujjatlarni ochish, elektron xatga hujjat ilova qilish
38. Elektron pochta papkalarini boshqarish. Ichki papkalarni yaratish
✅ Yurtimizning ilmli, izlanuvchan yoshlari tom ma’noda bizning kelajagimiz. Ular erishayotgan har bir yutuq, o’z oldiga qo’ygan ulkan maqsad va rejalari bizga faxr va iftixor baxsh etadi.
Zero, biz ularning yangi tajriba va bilimlarga ega bo’lishayotganiga guvoh bo’lib, mamlakatimiz ertasi ishonchli qo’llarda ekaniga ishonamiz.
Shu yilning 11-yanvar kuni bo’lib o’tadigan “Tech4Good” musobaqasining global final bosqichida o’zbekistonlik yoshlarning ham ishtirok etayotgani meni juda quvontirdi.
Bu musobaqada O’zbekistonning “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasi bilan qatnashmoqda, ular orasida “Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari Zulfiya Usmonova va Otabek Atabayev ham bor.
❗️Finalda shuningdek Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiya jamoalari ham ishtirok etishadi.
Mazkur bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar katta miqdordagi pul mukofotlari, esdalik sovrinlar hamda o‘z startap g‘oyalarini rivojlantirish uchun 100 ming dollar grant bilan taqdirlanadi.
Talabalarimizga finalda omad va muvaffaqiyat yor bo’lishini tilayman!
Biz sizga ishonamiz, aziz yoshlar!
O‘zbekistonlik o’quvchilar
20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog’istonga yo'l oldi!
Joriy yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog’istonning Olma-ota shahrida 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada matematika, fizika va informatika fanlari bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur xalqaro olimpiadaga xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich natijalariga ko’ra terma jamoa shakllantirilgan.
Bundan oldingi Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan.
Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
👉 olympiad.uzedu.uz
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅Mamadiyev Xusniddin Norboyevich – Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1984-yilda Surxondaryo viloyati, Angor tumanida tavallud topgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kafedra kabinet mudiri;
➖Respublika yoshlar markazi direktori;
➖Olmazor tumani hokimining oʼrinbosari,
➖Olmazor tuman hokimining oʼrinbosari – “Yoshlik” shaharchasi hokimi;
➖Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali bosh inspektori;
➖Prezident ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati bo'limi boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning juma kuni 9:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha.
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @svmmtb_bot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktablarda ota-onalar yig‘ilishlari tashkil etilmoqda
Yurtimizdagi umumtaʼlim maktablarida o‘quv yilining birinchi yarmi yakuni yuzasidan ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Ana shunday yig‘ilishlar Buxoro viloyatidagi maktablarda ham tashkil etildi. Unda farzand tarbiyasiga yana-da masʼuliyat bilan yondashish, ular bilan muloqot qilishga ko‘proq vaqt ajratish, bola hayotida paydo bo‘layotgan muammo va qiyinchiliklar bilan doimiy ravishda qiziqib borish, farzandlariga o‘z iqtidorini rivojlantirishda yordam berish masalalari muhokama etildi.
Bundan tashqari, maktabda taʼlim olayotgan farzandlarining shaxsiy mobil telefonlaridan foydalanish tartibi, odob-axloq qoidalariga rioya etish, bola iqtidorini rivojlantirishda yordam berish, uni qo‘llab-quvvatlash, qo‘l telefoni orqali kim bilan muloqotda bo‘layotganligi, internetda nimalar bilan mashg‘ulligini nazoratga olish borasida tavsiyalar berildi.
Farzandlarimizning baxtli kelajagi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega komil insonlar bo‘lib yetishmog‘i uchun birgalikda harakat qilish zarurligi taʼkidlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi farzandi taqdiriga befarq bo‘lmay, ota-onalar yig‘ilishlarida faol qatnashuvchi barcha ota-onalarga o‘z minnatdorligini bildiradi!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Respublika bo'ylab qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun "Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda
Mazkur treninglarda maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlarining psixolog-metodistlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining amaliyotchi psixologlari ishtirok etmoqda.
“Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish” mavzusidagi mazkur treninglar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan o'tkazilmoqda.
Aytish joizki. yo‘nalish bo‘yicha jami 624 nafar trener tayyorlangan bo’lib, ular Respublika bo‘yicha barcha hududlarda qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun seminarlar tashkil etishmoqda.
O‘quv-seminarda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish usullari hamda jinsiy zo‘ravonlik profilaktikasi haqida maʼlumotlar berilmoqda.
Soha mutaxassislari oʻz kasbiy mahoratlarini takomillashtirish orqali ishlarni manzilli va samarali rejalashtirishning shakl va usullari boʻyicha kerakli bilim, koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⭕️⭕️⭕️
“Kitob bilan bir kun” shiori ostida onlayn tanlov e’lon qilinadi!
📚 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli o‘tkazish maqsadida "Kitob bilan bir kun" shiori ostida respublika onlayn tanlovi e’lon qilinadi!
TANLOV SHARTLARIGA KO"RA:
1️⃣ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan birini o‘qishi va videorolik tayyorlash;
2️⃣ Asar haqida qisqacha tushuncha berib, asar qahramonlaridan birini ijro etib berish;
3️⃣ Videorolik 10 MBdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi talab etiladi.
Videoroliklar 2024-yilning 6-16-yanvar kunlari soat 18:00 ga qadar telegramdagi @tanlov_admin05 manziliga yuborilishi lozim.
🏆G‘oliblar 17-yanvar kuni e’lon qilinadi.
🧷 Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
🥇1-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;
🥈2-o‘rin: 1 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;
🥉3-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi va smart soat.
🎁Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga taqdim etiladi (smart soat ishtirokchining o'ziga).
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
✅ Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
❗️Onlayn olimpiada bahslari bilan batafsil olympiad.uzedu.uz manzilida tanishishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅Boltayev Farrux Farxodovich – Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1988-yilda Samarqand shahrida tavallud topgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖Samarqand shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi;
➖Samarqand shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
➖Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i;
➖Prezident ta’lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i;
➖ Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari;
➖Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
❗️Qabul kuni: haftaning juma kunlari 9:00 dan 13:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig‘ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo‘lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o‘z taklif va murojaatlarini yo‘llashlari mumkin: @sammmtb_bot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun mahorat darslari bo'lib o'tdi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun o'quv yig'ini tashkil etildi.
➖ Tadbirning ochilish marosimida vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo'mondoni o'rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etishdi va seminar ishida omad tilashdi.
Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilarini bilim va malakasini oshirish, jangovor shayligini sinovdan oʻtkazish va vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishdan iborat.
📍 Ma'lumot uchun: mashg'ulotlar 5 kun davom etadi, ishtirokchilar uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga” ekskursiyalar ham tashkil etish rejalashtirilgan.
✔️"Temurbeklar maktabida" bo'lib o'tayotgan ushbu o'quv yig'inida Respublikamiz bo'ylab 56 nafar CHQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.
Kelgusida ular o'z hududlaridagi ustozlar uchun o'quv-yig'inlarini tashkil etishlari ko'zda tutilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Qishki taʼtilda dunyoqarashingizni boyituvchi videolarni tomosha qiling!
❄️Aziz bolajonlar! Qishki taʼtil kunlaringiz maroqli o‘tishi uchun har bir daqiqangizdan unumli foydalaning. Misol uchun, Edukids sahifalaridan o‘rin olgan qiziqarli videolarni tomosha qilishni tavsiya etamiz.
💻Quyida Siz uchun
Xotirangizni mustahkamlovchi
Aqlingizni charxlovchi
Dunyoqarashingizni boyituvchi
videolarni eʼtiboringizga havola etmamiz.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob
✅ 2023-yil davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida amalga oshirilgan ishlar va qo'lga kiritilgan yutuqlar "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Sarhisob" ko'rsatuvida.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📋MUSOBAQADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
1️⃣ Bunda, Toshkent viloyatidagi belgilangan umumta'lim maktab o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
2️⃣O‘z uyingizda, ochiq maydonlarda, sport zallarda futbol to‘pi bilan bajargan jonglyorlik harakatlari yoki shaxmat o‘yin jarayonlarini videotasvirga oling.
3️⃣ Bajarilgan eng yaxshi futbol haraktlarini yoki shaxmat o‘yin jarayonlari tasvirlangan videoroliklarni 2024-yilning 9-yanvarigacha t.me/YOSHLIK_MK manziliga yuboring.📤
❗️Batafsil quyida tanishishingiz mumkin!
👉Futbol (jonglyor) bo‘yicha musobaqa Nizomi va belgilangan maktablar ro‘yxati
👉Shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa Nizomi va belgilangan maktablar ro‘yxati
✅O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook | Youtube