uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston "Chashma" bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov "Zamonlar sadosi" ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Saida Mirziyoyeva Xalqaro IT sohasidagi qizlar kuni bilan tabrikladi

Texnologiyalar dunyosida o‘z o‘rningizni toping, yangilik yarating, ilmiy izlanishlar bilan yurt sha’nini yuksaltiring,

— deb yozdi Prezident yordamchisi oʻzining Telegram sahifasida.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mo‘g‘uliston yaylov ekinlari O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazilmoqda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassislari Mo‘g‘ulistondan olib kelgan urug‘lar Navoiy viloyatining "Nurota", Samarqand viloyatining "Qarnab" sinov dalalari hamda Navoiy viloyatidagi "Konimex-Sarjal-Qosay" MCHJ tajriba uchastkasida ekildi.

Tajriba jarayonlariga Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari jalb qilingan bo‘lib, dastlabki maysa holatidagi natijalar kuzatilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvidagi raisligi doirasida tashkil etildi. Tadbir ochilishida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaati o‘qib eshittirildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari muloqoti mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma yondashuvlar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuv davomida asosiy e’tibor mintaqa mamlakatlari xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar va xatarlarga baho berishning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni bartaraf etishda maxsus xizmatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm, noqonuniy narkotik va qurol-yaroq aylanmasiga qarshi kurashish, transmilliy jinoyatchilik, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohalaridagi dolzarb masalalarni hamda o‘zaro manfaatli boshqa hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Ushbu tadbir Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida maxsus xizmatlar rahbarlarining muntazam uchrashuvlariga asos soldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov "Boqiy shahar" majmuasiga tashrif buyurdilar.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra:

▫️Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;

▫️Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

▫️Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;

▫️Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;

▫️Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;

▫️Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlanadi.

Ta’lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy ta’lim dasturlarini joriy etish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga keldi

Bugun davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan mamlakatimizga keladi. Yetakchilar muzokaralar o‘tkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir bo‘lgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi

Ertaga, 23-aprel kuni Toshkent, Nukus shaharlari hamda respublikaning barcha viloyat markazlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu kunda davlat idoralari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, barcha fuqarolarga jamoat transporti, velosiped kabi ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari xokkeychi va yengil atletikachilarimizni yuksak zafarlari bilan tabrikladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev sportchilarimizning yutuqlarini alohida qiziqish va e’tibor bilan kuzatib boryaptilar. Davlatimiz rahbari xokkeychi va yengil atletikachilarimizni yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etadilar.

Ma’lumot uchun: Armanistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida xokkeychilarimiz o‘z divizionida g‘olib bo‘lib, kelgusi mavsumda uchinchi divizionda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bundan oldin, mart oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoamiz g‘alaba qozongan edi.

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 12 ta — 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 28-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 957,14 soʻm (+ 29,97)
1 EUR 14 702,47 soʻm (– 15,11)
1 RUB 156,56 soʻm (+ 0,83)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yetakchilar tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. Yaqin yillarda buni 2 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Samarqandda O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Fuqarolarni "Haj" va "Umra" ziyoratiga noqonuniy ravishda yuborayotgan shaxslarning harakatlariga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida ham tezkor tadbir o‘tkazildi. Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1968 y.t., muqaddam sudlangan shaxs haj ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasa-da, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, 8 ming AQSH dollari evaziga uning ota-onasini joriy yilda "Haj" ziyoratiga yuborishni va’da qilib, oldindan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Bu kabi qonunbuzilish holati Farg‘ona viloyatida ham qayd etilib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Yozyovon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi, 1987 y.t., turistik firma rahbari 4 nafar fuqaroni "Umra" ziyoratiga yuborish evaziga 4200 AQSH dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Oqoltin tumanida yashovchi, 1974 y.t. shaxs o‘zini go‘yoki sayyohlik firmasi vakili sifatida tanishtirib, 3 nafar fuqaroni "Umra" safariga yuborish evaziga jami 3 ming 450 AQSH dollari talab qiladi. Ushbu shaxs oldindan 1100 AQSH dollari hamda 1 mln. 290 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi xususiy aviakassa raxbari mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini "Umra" safariga yuborishini aytib, buning evaziga 1200 AQSH dollari talab qiladi. Uning ko‘rsatmasi bilan aviakassa xodimi oldindan 10 mln. so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Toshkent davlat tibbiyot universitetida davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Universitetga talabalarni o‘qishga qabul qilish 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov Birinchi Prezidentimiz maqbarasini ziyorat qildilar.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 24-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 890,43 soʻm (+ 11,47)
1 EUR 14 720,87 soʻm (– 80,92)
1 RUB 156,04 soʻm (– 2,35)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Qamchiq" dovonida qor yog‘moqda

Dovon hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 142–160-kilometrlari oralig‘ida qor yog‘moqda

Haydovchilardan ehtiyotkorlik bilan harakatlanish so‘raladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, subsidiya va kompensatsiyalar "Xorijda ish" mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi xarajatlarni qoplash bo‘yicha ajratiladi, jumladan:

▫️chet tillari va (yoki) kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish xarajatlarini qoplash uchun, ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHM ning 3 baravarigacha;

▫️x
orijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga "ishchi viza"ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplash uchun - BHMning 5 baravarigacha;

▫️yo‘l chiptasini xari
d qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun - BHMning 2 baravarigacha miqdorda;

▫️nemis, ingliz, yapon va koreys tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari eng ko‘p bo‘lgan 50 nafargacha o‘qituvchiga - 50 million so‘m miqdorida.

Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan 10 million so‘mgacha Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada 2-yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23–24-aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 23-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 878,96 soʻm (– 30,68)
1 EUR 14 801,79 soʻm (– 106,26)
1 RUB 158,39 soʻm (– 1,36)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Prezident_farmoni

▫️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi.

Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

▫️Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi.

Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari yo‘nalishlarida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mas’ul muassasa hisoblanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel