uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumanidagi "Mindonobod" MFYdagi uylardan birida sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlash maqsadida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh etildi.
Aniqlanishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1990 va 2001-yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs mazkur xonadonni har oyiga 250 AQSH dollaridan ijaraga olib, u yerda giyohvandlik vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

Ko‘zdan kechirish davomida, ushbu manzildan 8 kg. 185 gr. Alfa-PVP, 4 kg. 209 gr. "Spays", 427 gr. "Mefedron" sintetik narkotik moddalar hamda ularni tayyorlashda kerak bo‘ladigan 12 kg. 326 gr. maxsus suyuqlik va 13 kg. 925 gr. tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida olingan jami 12 kg. 821 gr. sintetik narkotik moddalarning qora bozordagi bahosi 9 mlrd. 185 mln. so‘mni tashkil etadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, qonunbuzarlar internet tarmog‘i orqali giyohvandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari tomonidan "zakladka" usulida yetkazib berilgan xom-ashyo mahsulotlari asosida narkotik moddalar tayyorlab, viloyat bo‘yicha belgilangan xufiya joylarga qoldirib, ularning geolokatsiyasini jinoiy guruh a’zolariga yuborib turishgan.
Buning evaziga uchala shaxsning har biri haftasiga kriptovalyuta ko‘rinishida 500 AQSH dollaridan maosh olgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 4-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligida ochiqlik siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida FVV Axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ma’lumot berdi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 12-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 931,94 soʻm (–8,17)
1 EUR 14 107,45 soʻm (+51,90)
1 RUB 150,18 soʻm (+4,56)

Kanalga ulanish:

➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ravshanbek Berdaliyevich Begmatov O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi.

U hozirga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yo‘qotilgan meros ...

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz ta’mirlanganligi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd., Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlanganligi natijasida 10,2 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

"Uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar – zamonamizning haqiqiy qahramonlari"

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Qalin qor yog‘ganligi sababli "Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Transport vositalarining harakatiga ruxsat berilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Navoiy, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida
yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi


Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi xususiy tadbirkor o‘zganing ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 1 gektar bo‘sh yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, unga sotish va mansabdor tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 mlrd. so‘m talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 1 mlrd. so‘mni Navoiy shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Xo‘jaobod tumanida yashovchi, 1992 va 1994-yillarda tug‘ilgan aka-uka davlat zaxirasida bo‘lgan 2 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSH dollari talab qilishadi. Lekin, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ulardan biri so‘ralgan pul mablag‘idan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 50 sotix sug‘oriladigan yer maydonini xaridorga 55 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 45 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Boshqa holatda esa Quva tumanidagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MCHJning 10 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga turar-joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtda yashovchi, 1964 y.t. fuqaro Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 16 sotix yer maydonining har bir sotixini 22 ming AQSH dollaridan jami 352 ming AQSH dollariga xaridorga sotishga kelishib hamda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning sherigi bo‘lgan – Toshkent tumanida yashovchi, 1952 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ham ushbu 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Bugun hamma xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Wildberries tekshiruv natijalariga ko‘ra 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

WILDBERRIES O‘zbekistonda "WB INT EXPORT" MCHJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024-yillar uchun byudjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi.

Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlaydi hamda e’tirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qiladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#RASMIY_MUNOSABAT

Joriy yilning 5 mart kuni soat 10:15 larda «Angren» ko‘mir konida «BelAZ» rusumli avtoag‘dargich tog‘ jinslarini to‘kish vaqtida orqaga sirpanib, ag‘darilib ketgan va yong‘in ro‘y bergan.

Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan avtoag‘dargich haydovchisi A.Axmedjanovga korxona tibbiy bo‘lim xodimlari tomonidan birinchi yordam berilgan va shoshilinch ravishda shahar markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, haydovchi kasalxonada vafot etgan.

Hozirda ko‘mir konida ro‘y bergan hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️ Ipoteka krediti foiz stavkalari tushirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko'ra birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun Kompaniya muvofiq talablari asosida hamkor tijorat banklar tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari sizga yangilangan qulay shartlarda uy-joyli bo'lishingizda yordam beradi.

Kredit shartlari:

● Muddati - 20 yilgacha

● Miqdori - 800 mln. so'mgacha Toshkent shahri kesimida, 500 mln. so'mgacha Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar kesimida

Foiz stavkasi - Markaziy Bank asosiy stavkasi + 6%

Ma'lumot o'rnida: 2024-yilda bu ko'rsatkich +8% ni tashkil qilgan edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarning ma’lum qilishicha, bu yil 1700 dan ortiq masjidlarda xatmi Qur’on o‘qiladi. "Yoppasiga masjidlarda xatm bo‘ladigan diyor faqat O‘zbekiston", deydi muftiy hazratlari.

— Mana shu bir oyda (xatmi Qur’onni) xushu’ va xuzu’ bilan o‘qishimiz uchun yosh bolalar bir oy mobaynida uyda o‘tirib tursa bo‘larkan, deyishyapti. Kechqurun bo‘lyapti, beqarov ketadi, ertalab maktabga borishi kerak. Shuning uchun yosh bolalarimizni uyda ushlaylik, azizlar. Kattalar hammamiz kelib, bir oyni xushu’ bilan, xuzu’ bilan, yig‘lab, maza qilib ibodatimizni o‘tkazaylik
, — deydi muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Korrupsiyaga qarshi kurashda barchamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, yanada katta ijobiy samaraga erishamiz.

Shu bois, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga "jamiyat tanasidagi saraton" sifatida qarashi kerak.

Bugun sizlar bilan birga belgilab olingan barcha vazifalar aynan ana shunday ruhda ishlab, aniq natijaga erishishga qaratilgan.

Sizlar bu haqiqat va talabni chuqur anglab, ularni amalga oshirishda alohida jonbozlik ko‘rsatasiz, barchaga namuna bo‘lasiz, deb ishonaman",
- dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev tayinlandi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan. Hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

FVV

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡“Navoiy azot” AJda chaqnash hodisasi ro‘y bergan

Bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida yong‘in kelib chiqqan. Shunga ko‘ra, hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i, IIB, SSB, prokuratura xodimlari yetib borgan.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

—Kanalga ulanish
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Jizzax va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida qariyb 195 ming qalbaki AQSH dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida yashovchi, 1999 y.t. fuqaro va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. sherigi ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga soxta 100 AQSH dollari kupurali jami 50 ming AQSH dollarini 65 mln. so‘mga sotishga kelishishgan.
Shundan so‘ng ular Jizzax shahriga borib, xaridor bilan telefon orqali muloqot qilib, unga qalbaki pullarni shahar hududidagi xufiya joyga qoldirib ketishlarini aytib, kelishilgan summadan 39 mln. 200 ming so‘mni oldindan plastik karta orqali olishgan.
Ammo, ular qalbaki valyutalarni belgilangan joyga qoldirmasdan, xaridorni aldab, Toshkent shahriga qaytib ketayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Do‘stlik tumanida ushlandi va ular ketayotgan avtomashina salonidan qalbaki 51 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyatida yashovchi, 1949 va 1984-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs hamda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1981 y.t. fuqaro o‘zaro til biriktirib, chet davlatda tayyorlangan, har biri 100 kupurali qalbaki 50 ming AQSH dollarini haqiqiy 25 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Ta’kidlash lozimki, ularning uchalasi ham muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Toshkent shahrida qayd etilgan yana bir holatda, Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs xorijdan keltirilgan 50 va 100 AQSH dollari kupurali qalbaki 45 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 25 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. shaxs va Toshkent viloyatining Parkent tumanida yashovchi, 1994 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro qalbaki 10 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 8 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi, 1991 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha – uning 1995 va 2001-yillarda tug‘ilgan 2 nafar sherigi qalbaki 30 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 19.500 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1991 y.t. fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 88 dona 50 AQSH dollari kupurali va 44 dona 100 AQSH dolllari kupurali, jami qalbaki 8800 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11–13-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Bir_hadis_sharhi

Muborak oy fazilatlari
 

Imom Bayhaqiy Salmoni Forsiydan rivoyat qiladilar: Ramazon oyi kirib kelishi arafasida Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ey, insonlar! Buyuk va muborak oy sizlarga yaqin keldi... Bu oyda kim Allohga yaqinlashtiradigan ezgulik qilsa, undan boshqa oyda ado etgan bir farz darajasini topadi va bu oyda bir farzni ado etgan kishi boshqa oyda yetmish farzni ado etgan kabi bo‘ladi... Bu – ko‘mak va yordam oyidir! Bu oyda mo‘minnig rizqi ko‘paytiriladi...”, dedilar.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Qamchiq" dovonida qor yog‘moqda

A373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shaxrixon-Andijon”
avtomobil yo‘lining 81—164 km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Tuman, havo harorati -4 darajani tashkil etmoqda.

“Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanish tavsiya qilinadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr, Italiya, Qirg‘iziston, Belarus, Gruziya va Turkiyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

Jumladan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi otryad komandiri katta leytenat T.A. 1980 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali uning tanishini Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga M.Ulug‘bek tumanidagi "Ekobozor" savdo majmuasi avtoturargohida 5500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga qarashli sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari podpolkovnik A.R. xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1989 y.t. fuqaroni ishonchiga kirib, o‘zining vakolatli tanishlari yordamida uni Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi qo‘riqlash bo‘linmalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️6-mart kuni soat 09:00 dan e’tiboran barcha hududlarda metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

Energetika vazirligi

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

133 mingdan ortiq obyekt xatlovdan o‘tkazildi

Kadastr agentligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida" Qonunga asosan 2024 yil 8-noyabr sanasidan 2025 yil 3-mart sanasigacha respublika bo‘yicha 133 mingdan ortiq obyektda xatlov ishlari amalga oshirilgan hamda 44 mingdan ortiq obyektlar "E’tirof" axborot tizimiga kiritilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#OB_HAVO

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

Joriy yilning 6-mart kuni shimolda va cho‘l hududlarda, 7-8-mart kunlari respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7-martda va 8-martga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Kunduzgi harorat 7-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Korrupsiyani yengish uchun birinchi navbatda uning ortiqcha hashamat va dabdaba degan "o‘q ildizlarini" quritishimiz shart.Eng achinarlisi, bunga taniqli shaxslar bosh-qosh bo‘layapti, odamlar ularga tenglashaman deb, o‘zini "o‘tga-cho‘g‘ga" urayapti.Bu borada ayrim rahbarlar o‘zining kamtarona turmush tarzi bilan barchaga namuna bo‘lish o‘rniga, bunday soxta qadriyatlar asiriga aylanib, noqonuniy daromad topishga intilayotgani ham bor gap", - dedi Prezident.

Shu bois davlatimiz rahbari parlament palatalari, mahalliy kengashlar, jamoatchilik vakillari, mahalla raislari, nuroniylarni bu masalaga bosh-qosh bo‘lib, aholi orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirishga chaqirdi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel